Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 04.02.2003 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

PUL-KREDIT KO‘RSATKICHLARINI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul massasi ustidan samarali nazorat qilinishini ta’minlash, pul agregatlarini tartibga solishning zamonaviy usullarini amaliyotga keng joriy etish, bank tizimiga ishonchni yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kassa rejalarini shakllantirish hamda naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari bajarilganligi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarni rag‘batlantirishning shakllangan tizimi 2003-yil 1-fevraldan boshlab bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagilarni nazarda tutuvchi pul agregatlarini boshqarishning yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklif qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul massasi ustidan samarali nazorat qilishni ta’minlash imkonini beruvchi pul agregatlari, bank tizimining likvidligining va pulga bo‘lgan talabning faktorlar bo‘yicha tahlili va dinamikasini modellashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaxira pullar va pul massasi o‘zgarishining choraklik va yillik maqsadli prognozlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining likvidligini qisqa muddatli tartibga solishning bozor vositalaridan, shu jumladan foiz stavkalarini va majburiy zaxiralar normasini boshqarishdan, valyuta depozitlari garovi, davlat qimmatli qog‘ozlari va boshqa birinchi klassli aktivlar ostida kreditlar berish va ularni jalb qilishdan keng foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul agregatlari prognozini modellashtirish sxemasi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul agregatlari hajmlari va tarkibi o‘zgarishi, pul bozorining holati hamda zaxira pullar va pul massasi o‘zgarishining maqsadli prognozlari bajarilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul agregatlari o‘zgarishi dinamikasi va tendensiyalari to‘g‘risida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy banki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul mablag‘lari emissiyasini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 2-iyuldagi 230-son qarori va “Respublika mintaqalarida naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” 1996-yil 12-sentabrdagi 315-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 4-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
4-fevraldagi 63-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul agregatlari prognozini modellashtirish mexanizmi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 3-son, 23-modda)