O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA MINTAQALARIDA NAQD PUL MABLAG‘LARI EMISSIYASI DARAJASINI PASAYTIRISh PROGNOZLARI VA KASSA REJALARI BAJARILIShI UChUN RAHBARLAR VA MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGINI OShIRISh VA ULARNI RAG‘BATLANTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul-kredit ko‘rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 4-fevraldagi 63-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasini pasaytirishning belgilangan ko‘rsatkichlari va kassa rejalari bajarilmaganligi uchun rahbar xodimlarga jarima solish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 2-iyuldagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan “Respublika mintaqalarida naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hamda ularning tegishli o‘rinbosarlariga — Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan;”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 12 centyabr,
315-son