12.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2594
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System”da ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 12-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2594]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-son “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini koʻrsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2023-yil 13-apreldagi 29-mb-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2594-3, 03.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2023-y., 10/23/2594-3/0244-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System”da ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 30-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-mb-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 30-maydagi 3-mb-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System”da ishlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi (bundan buyon matnda Milliy statistika qoʻmitasi deb yuritiladi) va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System” asosida Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga (bundan buyon matnda KTYADR deb yuritiladi) kiritish jarayonida oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System” (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) — yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olish, toʻplash, yangilash, saqlash, nazorat qilish, tahlil qilish va belgilangan tartibda taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirishga moʻljallangan axborot tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bildirishnoma — yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridagi yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron shakli boʻlib, uning yordamida KTYADRda yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki undagi oʻzgarishlarni kiritish amalga oshiriladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 12-avgustdagi 3-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2594-1, 27.08.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 462-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
registrator — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning masʼul xodimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistik — davlat statistika organlarining KTYADRni yuritish boʻyicha masʼul xodimi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 12-avgustdagi 3-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2594-1, 27.08.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 462-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi foydalanuvchilar — KTYADRdagi axborotdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Tizim foydalanuvchilari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy statistika qoʻmitasi — Tizimni ishlashini taʼminlashda hamda unga rasmiy yoki idoraviy sayt (ixtisoslashtirilgan dasturiy modul) orqali kirish huquqini berishda;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar — yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishda;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 12-avgustdagi 3-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2594-1, 27.08.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 462-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi foydalanuvchilar — KTYADRdagi barchaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan axborotlarni olishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tizimning kechayu-kunduz ishlashi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan taʼminlanadi va tizim quyidagilarni amalga oshirish imkoniyatini beradi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat statistika organlariga — statistika klassifikatorlaridan foydalangan holda KTYADR axborotlarini kodlashtirishning yagona tizimini qoʻllash orqali, yuridik shaxslar va ularning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olish, toʻplash, yangilash, saqlash, nazorat qilish, tahlil qilish va belgilangan tartibda taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga — KTYADRni yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish hamda ularning avtomatlashtirilgan hisobini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi foydalanuvchilarga — Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy sayti orqali KTYADRdagi barchaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan axborotlarni olish.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Tizimga kirish huquqini olish va bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan masʼul xodimlarga Tizimga kirish huquqini olish uchun, mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan shakl boʻyicha, elektron koʻrinishda Milliy statistika qoʻmitasiga soʻrovnoma yuboriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Milliy statistika qoʻmitasi, bir kun muddatda, registratorga yagona login va parolni roʻyxatga olinishini va uning Tizimga kirish huquqini taʼminlaydi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agar registrator lavozimidan ozod etilsa yoki boshqa ishga oʻtsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir kun muddatda, ushbu registratorning Tizimga kirish huquqini bekor qilishni taʼminlash maqsadida, mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida koʻrsatilgan shakl boʻyicha, elektron koʻrinishda Milliy statistika qoʻmitasiga xabarnoma yuboradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Milliy statistika qoʻmitasi tegishli xabarnomani olgandan keyin, 8 ish soati mobaynida Tizimga kirish huquqini bekor qilish boʻyicha tegishli harakatlarni amalga oshiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va davlat statistika organlarining masʼul xodimlari oʻzlariga maʼlum boʻlgan login va parolni uchinchi shaxslarga oshkor qilmasliklari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish jarayonida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va davlat statistika organlarining oʻzaro munosabatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Registrator tomonidan KTYADRni yuritish uchun zarur boʻlgan, yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, bevosita Internet tarmogʻidagi Milliy statistika qoʻmitasining registr.stat.uz idoraviy saytida bildirishnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tizimga kirish uchun, registrator mazkur Yoʻriqnomaning 4 va 5-bandlarida oʻrnatilgan tartibda berilgan shaxsiy login va paroldan foydalanish orqali avtorizatsiyani amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bildirishnomani toʻldirishda quyidagilarga rioya etish talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bildirishnomaning barcha satrlarini toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bildirishnomani toʻldirishda lotin alifbosidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika klassifikatorlaridan foydalangan holda kodlarni biriktirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bildirishnomani toʻldirish quyidagi holatlar va muddatlarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yuridik shaxslarni — tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin bir kun mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxslarni — davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun mobaynida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, qayta tashkil etish, tugatish jarayonidaligi, tugatish jarayonining toʻxtatilganligi, tugatilishi va pochta manzili oʻzgarganligi, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmayotganligi yoki harakatsiz holatga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun mobaynida;
(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2023-yil 13-apreldagi 29-mb-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2594-3, 03.05.2023-y) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2023-y., 10/23/2594-3/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yuridik shaxs yangi tashkil etilgan vaqtda asosiy faoliyat turi kodini biriktirishda yoki xodimlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotni toʻldirishda noaniqlikka yoʻl qoʻyilgan deb hisoblanganda, faoliyat koʻrsatmayotganda, qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etilganda, belgilangan tartibda faoliyati tiklanganda, qayta roʻyxatdan oʻtib, taʼsis hujjatlarida ushbu faoliyat turi asosiy faoliyat turi deb belgilanganda, shuningdek maʼlum faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olganda yoki litsenziyasi bekor qilinganda uning asosiy faoliyat turi va unda ishlayotganlarning oʻrtacha yillik soni oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun mobaynida.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2023-yil 13-apreldagi 29-mb-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2594-3, 03.05.2023-y) asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2023-y., 10/23/2594-3/0244-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Registrator tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 12-avgustdagi 3-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2594-1, 27.08.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (bundan buyon matnda KTUT deb yuritiladi) — registrator tomonidan yuridik shaxsga Tizimdan foydalangan holda olingan, real vaqt rejimida bildirishnomani toʻldirish jarayonida beriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2023-yil 13-apreldagi 29-mb-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2594-3, 03.05.2023-y) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2023-y., 10/23/2594-3/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Statistik, toʻldirilgan bildirishnoma kelib tushgan paytdan boshlab, bir ish kuni mobaynida registrator tomonidan biriktirilgan statistika kodlarini tekshiradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 12-avgustdagi 3-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2594-1, 27.08.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 462-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Statistik, tekshirish natijalariga koʻra:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 12-avgustdagi 3-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2594-1, 27.08.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 462-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) statistika kodlarini biriktirishda nomuvofiqliklar mavjud boʻlmasa, yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni KTYADRga kiritadi, bunda Tizim registratorga avtomatlashgan tarzda xabar yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) statistika kodlarini biriktirishda nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa, uni bartaraf etish toʻgʻrisida Tizim yordamida registratorga avtomatlashgan tarzda xabar yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Registrator mazkur Yoʻriqnomaning 15-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan xabarni olgandan keyin, 8 ish soati mobaynida koʻrsatilgan nomuvofiqliklarni tegishli bildirishnomada bartaraf etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat statistika organlari, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning mazkur Yoʻriqnomaning 12-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarining soliq organlari, davlat mulkini boshqarish organlari va boshqa davlat organlarining registrlari hamda axborot bazalari, shuningdek statistika kuzatuvlarini amalga oshirishda olingan statistika maʼlumotlari bilan nomuvofiqligi aniqlanganda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga elektron yoki faksimil aloqa yordamida yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish toʻgʻrisida soʻrov yuboradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, tegishli soʻrovni olgandan keyin 10 kun mobaynida nomuvofiqlikni bartaraf etadilar, tegishli davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritadilar hamda soʻrovni yuborgan davlat statistika organiga elektron yoki faksimil aloqa yordamida javob yuboradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat statistika organi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning javobini olgandan keyin, bir ish kuni mobaynida KTYADRga oʻzgartirish kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tashqi foydalanuvchilarning KTYADRdagi barchaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan axborotlarni olishi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. KTYADRdagi barchaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan axborotlar quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiyalashtirish koʻrsatkichlari — yuridik shaxsning nomi, KTUT, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda STIR deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klassifikatsiya koʻrsatkichlari — asosiy faoliyat turining xususiyati, joylashgan joyi, tashkiliy-huquqiy shakli, kichik tadbirkorlik subyektlariga mansubligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumot tusidagi koʻrsatkichlar — pochta manzillari, telefon raqamlari, yuridik shaxslarning taʼsischilari (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno), rahbari (soliq organlarining maʼlumoti asosida), davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tartib raqami va sanasi (ustav fondi va taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlari.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2023-yil 13-apreldagi 29-mb-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2594-3, 03.05.2023-y) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2023-y., 10/23/2594-3/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. KTYADRdagi barchaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan axborotlar belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 12-avgustdagi 3-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2594-1, 27.08.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tashqi foydalanuvchilar, bevosita Milliy statistika qoʻmitasining www.stat.uz rasmiy saytida real vaqt rejimida, soʻralayotgan yuridik shaxsning STIRini kiritib, mazkur yoʻriqnomaning 20-bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan axborotlarni bepul olishlari mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. KTYADRdagi axborotlar tashqi foydalanuvchilar uchun faqat oʻqish rejimida ochiq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa va axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 23-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System”da ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasiga

‎SOʻROVNOMA
‎(Tizimga kirish huquqini olish uchun)

‎‎Sizdan __________________________________________ning quyidagi xodim(lar)iga

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi)‎

‎‎Registrator sifatida Tizimga kirish huquqini berishingizni soʻrayman:

T/r‎

‎‎F.I.O.‎

Lavozimi‎

STIR‎

Elektron pochtasi
‎ (E-mail)

Telefon raqami
‎ (xalqaro formatda)‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎____________________

‎‎rahbari:

‎_________

‎‎____________________

‎‎(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi)

‎‎M.Oʻ. (imzo)
‎yoki elektron raqamli imzo

‎‎(F.I.O.)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Reg-System”da ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2- ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasiga‎

XABARNOMA
‎(Tizimga kirish huquqini bekor qilish uchun)

Sizdan __________________________________________ning quyidagi xodim(lar)iga

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi)‎

berilgan Registrator sifatida Tizimga kirish huquqini bekor qilishingizni soʻrayman:

T/r‎

‎‎F.I.O.‎

Lavozimi‎

STIR‎

Elektron pochtasi
‎ (E-mail)

Telefon raqami
‎ (xalqaro formatda)‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎____________________

‎‎rahbari:

‎_________

‎‎____________________

‎‎(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi)

‎‎M.Oʻ. (imzo)
‎yoki elektron raqamli imzo

‎‎(F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 299-modda; 2015-y., 34-son, 462-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 24.12.2021-y., 10/21/2594-2/1190-son; 03.05.2023-y., 10/23/2594-3/0244-son; 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)