Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror kuchga kirgunga qadar avtovokzal (avtostansiya) pasportini olgan tadbirkorlik subyektlariga 2014-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda mazkur qaror talablariga muvofiq yangi namunadagi avtovokzal (avtostansiya) pasportini bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda amaldagi pasportlarni yangi namunadagi avtovokzal (avtostansiya) pasportiga almashtirish jadvalini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi namunadagi avtovokzal (avtostansiya) pasportini berishda byurokratizm, sansalorlik holatlariga yoʻl qoʻyilmasligiga va ularni berish muddatlari choʻzib yuborilmasligiga eʼtibor bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish tadbirlari tashkil etilishini va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining ushbu qaror kuchga kirgunga qadar olingan avtovokzal (avtostansiya) pasportida nazarda tutilgan faoliyati mazkur qaror talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror 2-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan muddat tugagandan keyin mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan avtovokzal (avtostansiya) pasportlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 5-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
320-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-dekabrdagi 320-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini amalga oshirish uchun avtovokzal (avtostansiya) pasportini (keyingi oʻrinlarda pasport deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtovokzal (avtostansiya) — transport-ekspeditsiya, tashish faoliyatini amalga oshiradigan va yoʻlovchilarga boshqa xizmatlar koʻrsatadigan tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlari — kafe, bufet, sartaroshxona, poyabzal taʼmirlash punkti, pardoz xonalari, dushxonalar, dam olish uchun mebellar bilan jihozlangan xonalar va shu kabilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya kartochkasi — yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan muayyan avtotransport vositasiga belgilangan tartibda litsenziyalash organi tomonidan beriladigan avtotransport vositalari bilan yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish (huquqi) uchun ruxsatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyslar oraligʻidagi boʻsh turib qolish — shaharlararo tashuvlarni bajaruvchi avtotransport vositasining reyslar oraligʻida avtovokzal (avtostansiya)da turish vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
perron — avtobuslarni qabul qilish va joʻnatish, yoʻlovchilarni avtobusga xavfsiz chiqarish va undan tushirish uchun moʻljallangan inshoot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xonalari — dispetcherlik xonalari, yoʻlovchilarni koʻrikdan oʻtkazish xonalari, kassalar zali (chipta kassalari), qoʻl yukini saqlash kameralari, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashni monitorlar orqali kuzatish uchun texnologik anjomlarga ega boʻlgan xonalar, tibbiyot va ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat xonalari va shu kabilar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish rejimi — avtovokzal (avtostansiya)lar uchun avtobuslar harakati jadvalidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan ish kunining boshlanish va tugash vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtovokzal (avtostansiya) ishlarining texnologik jarayoni — avtovokzal (avtostansiya) xizmatlari ishlarini tashkil etish jarayoni, avtobuslarni qabul qilish va joʻnatish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha har sutkada bajariladigan operatsiyalarning oʻzaro bogʻliqligi va muntazamliligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Pasport tadbirkorlik subyektiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shahar yoʻnalishlaridagi yoʻlovchilar stansiyalari va toʻxtab oʻtish punktlari faoliyatini amalga oshirish uchun pasport olish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pasport tadbirkorlik subyektiga — yuridik shaxsga (keyingi oʻrinlarda tadbirkorlik subyekti deb ataladi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Pasport amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari talablariga, ishlarning belgilangan rejimiga va texnologik jarayoniga, avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularning ekipirovkasi boʻyicha ekologiya talablariga tadbirkorlik subyekti tomonidan majburiy rioya etish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasportda nazarda tutilgan yoʻlovchilarning aynan bir vaqtdagi sigʻimini, avtotransport vositalarini bir sutkadagi joʻnab ketishlari sonini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtovokzal (avtostansiya)ning tegishli mezonlariga muvofiq boʻlgan binolar, inshootlar, ishlab chiqarish xonalari va yer uchastkalari, perronlar, texnologik anjomlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilar va avtovokzal (avtostansiya) ishlarining xavfsizligini taʼminlash uchun foydalaniladigan maxsus texnika vositalari bilan jihozlanganlik, shu jumladan yoʻlovchilar uchun kutish zallarida, chipta kassalarida hamda yoʻlovchilar koʻp toʻplanadigan boshqa joylarda videokuzatish kameralarining oʻrnatilganligi, avtovokzal (avtostansiya) perimetri boʻyicha toʻsiqlarning, avtovokzal (avtostansiya)ga kirish-chiqish joylarida shlagbaumlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtovokzallarga kirish joylarida yoʻlovchilarni va ularning bagajini tekshirish uchun turgʻun metall detektorlar bilan jihozlangan tekshirish postlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvlar va yongʻin xavfsizligi, avtotransport vositalarining saqlanishi, texnika xavfsizligiga rioya etish, reysga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarning tibbiy koʻrigi boʻyicha talablarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faqat litsenziya kartochkalari bilan taʼminlangan avtotransportlarga xizmat koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtovokzal (avtostansiya)ning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan hollarda bu toʻgʻrida Transport vazirligi hududiy boʻlinmasini tegishli oʻzgartirishlar qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab yetti ish kunidan kechikmay xabardor qilish.
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Pasport olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ariza beruvchi pasport olish uchun Transport vazirligi hududiy boʻlinmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport berish toʻgʻrisidagi ariza, unda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatiladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy binoning, xizmat va ishlab chiqarish xonalarining, inshootlar va yer uchastkalarining joylashish sxemasi bilan birga avtovokzal (avtostansiya) kadastr rejasining nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tadbirkorlik subyektidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Pasport olish zarur boʻlgan hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan Transport vazirligi hududiy boʻlinmasiga bevosita, ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Pasport olish uchun Transport vazirligi hududiy boʻlinmasiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi Transport vazirligining hududiy boʻlinmasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol tadbirkorlik subyektiga beriladi (yuboriladi).
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Arizani koʻrib chiqish va pasportni berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi tadbirkorlik subyektining arizasini koʻrib chiqadi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda pasportni beradi yoki uni berishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektining pasport berish toʻgʻrisidagi arizasi Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Tadbirkorlik subyekti pasport berish toʻgʻrisida taqdim etilgan arizani rad etgan taqdirda, yigʻim qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi tadbirkorlik subyektining pasport berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilishi muddati mobaynida pasportni bermasa yoki pasport berishni rad etmasa, u holda hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻn ish kuni oʻtgach, tadbirkorlik subyekti amalga oshirish uchun pasport olishni moʻljallagan avtovokzal (avtostansiya) faoliyatini boshlash huquqiga ega boʻladi va bu haqda Transport vazirligi hududiy boʻlinmasiga yozma ravishda xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi tadbirkorlik subyektining yozma bildirishnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida unga pasport beradi. Pasport olingungacha qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati hamda tadbirkorlik subyekti tomonidan Transport vazirligi hududiy boʻlinmasiga yuborilgan yozma bildirishnoma pasportga tenglashtiriladi va avtovokzal (avtostansiya)ning faoliyatini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Pasport berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi avtovokzal (avtostansiya) faoliyat koʻrsatishi xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan xizmat, madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlari, texnik koʻrikdan oʻtkazish postlari, yoʻlovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish uchun perronlar mavjudligini va ularning holatini, turgʻun metall detektorlar bilan jihozlanganligini, toʻsiqlar, shlagbaumlar mavjudligini ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan muddatda oʻrganib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, u Transport vazirligi hududiy boʻlinmasining mansabdor xodimi va tadbirkorlik subyektining rahbari tomonidan imzolanadi, dalolatnoma pasport berish yoxud pasport berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asoslardan biri hisoblanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi tadbirkorlik subyektiga pasportni beradi (yuboradi) yoki pasport berishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay yozma shaklda uni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pasport berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va pasportlarning blankalarini tayyorlash, avtovokzal (avtostansiya)ning faoliyat koʻrsatish xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan xizmat, madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlari, texnik koʻrikdan oʻtkazish postlari, yoʻlovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish uchun perronlar mavjudligini va ularning holatini, turgʻun metall detektorlar bilan jihozlanganligini, toʻsiqlar, shlagbaumlar mavjudligini oʻrganish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Pasportlarning blankalari qatʼiy hisobot hujjatlari hisoblanadi, hisobga olish tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi, Transport vazirligining buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Pasportlarning blankalarini hisobga olish, saqlash va ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi rahbari javob beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pasport berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq oʻtkazilgan oʻrganishlar yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pasport berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Pasport berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga, rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va tadbirkorlik subyekti koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat pasport berishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Pasport berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, pasport berish yoki uni berishni rad etish tadbirkorlik subyektining rad etish sabablarini bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf qilinganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Pasport berishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin tadbirkorlik subyekti tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va u Transport vazirligining hududiy boʻlinmasi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tadbirkorlik subyekti pasport berishning rad etilishi, shuningdek Transport vazirligining hududiy boʻlinmasi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Pasportni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tadbirkorlik subyekti qayta tashkil etilganda yoki uning nomi yoxud joylashgan joyi oʻzgarganda tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Transport vazirligining hududiy boʻlinmasiga pasportni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda berishi shart.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida pasportga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda, pasportni ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pasportdagi mavjud maʼlumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, pasport tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan Transport vazirligining hududiy boʻlinmasiga bevosita, ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Pasportni qayta rasmiylashtirishda Transport vazirligining hududiy boʻlinmasi berilgan pasportlar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Pasportni qayta rasmiylashtirish va berish pasportni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza, tegishli hujjatlar ilova qilingan holda Transport vazirligining hududiy boʻlinmasi tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Pasportni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi pasport qayta rasmiylashtirilgungacha unda koʻrsatilgan faoliyatni, ariza qabul qilingan sana haqidagi Transport vazirligining hududiy boʻlinmasi belgisi qoʻyilgan pasportni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza asosida amalga oshiradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Pasportni qayta rasmiylashtirganlik uchun yigʻim tadbirkorlik subyektining pasport berish toʻgʻrisidagi arizasi Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan yigʻim summasining yarmi miqdorida undiriladi. Yigʻim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Pasport yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda tadbirkorlik subyektining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi pasport dublikatini tadbirkorlik subyektining arizasi, shuningdek, pasport yaroqsiz holga kelganda — pasportning asl nusxasi hamda pasportning dublikatini berish uchun yigʻimning tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda berishi (yuborishi) shart.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pasport dublikati berilganligi uchun yigʻim tadbirkorlik subyektining pasport berish toʻgʻrisidagi arizasi Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan yigʻimning yarmi miqdorida undiriladi. Yigʻim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Pasportning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Pasportning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Quyidagilar pasportning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi tomonidan oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishlardan bosh tortish;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning uchun pasport berilgan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoki bunday zarar yetkazilishining real xavfini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya kartochkalari bilan taʼminlanmagan avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilarning va avtovokzal (avtostansiya) ishlarining xavfsizligini taʼminlash uchun foydalaniladigan maxsus texnika vositalarining, shuningdek avtovokzal (avtostansiya)da toʻsiqlarning mavjud emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Berilgan pasportlar reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Transport vazirligi berilgan pasportlar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilgan pasportlar reyestrida tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasportning berilgan sanasi va raqami, avtovokzal (avtostansiya)ning toifasi yoki klassi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasportni qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasportning amal qilishini toʻxtatish asosi va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasportni bekor qilishning asosi va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Pasportlar reyestridagi axborot uning bilan yuridik va jismoniy shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1- ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtostansiyadan bir sutkada joʻnatiladigan avtotransport vositalari soni — ________ Kolichestvo otpravleniy avtotransportnix edinits v sutki s avtostansii
Turgun metall detektor ramkasi yoki qoʻl metall detektor mavjudligi ________________
Nalichiye statsionarnogo ili ruchnogo metallodetektora
(mavjud, imeyetsya)
Video kuzatuv kameralarning mavjudligi
________________
Nalichiye kamer videonablyudeniya
(mavjud, imeyetsya)
Avtovokzal (avtostansiya I klassi) haydovchilar uzoq vaqt dam olish honasi (mehmonhona) ______ oʻrin. Komnata dlitelnogo otdixa voditeley avtovokzala ( I klassa avtostansii) (gostinitsa) na mest.
Avtovokzal (avtostansiya I klassi) ona va bola honasi:_________ kv.m Komnata materi i rebenka avtovokzala (I klassa avtostansii)
Yoʻlovchilar uchun kutish zali:________ kv.m Zal ojidaniya dlya passajirov
Yoʻlovchilarni avtobuslarga oʻtkazish va tushirish uchun perronlar soni — ______ Kolichestvo perronov dlya posadki i visadki passajirov
Naydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish honasi __________ kv.m Meditsinskiy punkt dlya provedeniya medosmotra voditeley
Avtovokzal (avtostansiya) ishlash tartibi: _______ dan soat ______ gacha.
Rejim raboti avtovokzala
s
do
Sanitariya-gigiena va madaniy-maishiy honasi mavjudligi
______________
Nalichiye kulturno-bitovix i sanitarno-gigiyenicheskoy komnat (mavjud, imeyetsya)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi rahbari _______________________________ga
Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish toʻgʻrisida ARIZA
Arizaga maʼmuriy bino, xizmat va ishlab chiqarish xonalari, inshootlar va yer uchastkalari joylashishi sxemasi bilan birgalikda avtovokzal (avtostansiya)ning kadastr plani nusxasi ilova qilinadi.
Rahbar:________________________________________
(F.I.O.)
____________________________
(imzo)
M.Oʻ.
Sana: 20___ y. “____” _________________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 648-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)