O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 1998-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. Sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi qoidalarga rioya qilingan holda sudlarga tushgan, lekin 1998-yil 1-yanvarga qadar ko‘rish tamomlanmagan fuqarolik ishlari qaysi sudlarning ish yuritishida bo‘lsa, o‘sha sudlar tomonidan ko‘riladi.
3. Agar 1998-yil 1-yanvarga qadar ko‘rilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual muddatlar o‘tmagan bo‘lsa va bu muddatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan muddatlarga qaraganda kamroq bo‘lsa, ishning ko‘rib chiqilishi vaqtida amalda bo‘lgan muddatlar qo‘llaniladi.
4. Belgilab qo‘yilsinki, qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi bilan muvofiqlashtirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunlarining ushbu Kodeksga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oylik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi nashr etilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari ilovaga muvofiq 1998-yil 1-yanvardan e’tiboran to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-avgust,
477a-I-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 477a-I-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining o‘z kuchini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan qonun hujjatlarining
ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasining 1963-yil 23-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda) — O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining V bo‘limi, shuningdek 1 va 3-ilovalaridan tashqari.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1963-yil 23-martda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksi 2-ilovasining sud ishi yo‘qolganda uni tiklashga doir qismi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1963-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik va Grajdanlik-protsessual kodekslarini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Farmonining O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga doir qismi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 36, 2-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1965-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1965-yil, № 27, 6-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasining 1965-yil 19-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1965-yil, № 28, 10-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1966-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1966-yil, № 11, 6-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasining 1966-yil 24-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1966-yil, № 12, 20-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 313-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967-yil, № 10, 1-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967-yil, № 27, 6-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasining 1967-yil 25-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967-yil, № 27, 14-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh, oila va vasiylik haqidagi hamda grajdanlik holati aktlarini qayd etish to‘g‘risidagi Qonunlari kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qo‘shimcha hamda o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni 2-moddasining “b” bandi va 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1968-yil, № 1, 1-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasining 1968-yil 15-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasining Nikoh, oila va vasiylik haqidagi hamda grajdanlik holati aktlarini qayd qilish to‘g‘risidagi qonunlari kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga qo‘shimcha hamda o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1968-yil, № 14, 7-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1972-yil 5-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 26-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1972-yil, № 28, 287-modda).
14. O‘zbekiston Respublikasining 1972-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 26-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1972-yil, № 36, 372-modda).
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1973-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 130-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1973-yil, № 19, 254-modda).
16. O‘zbekiston Respublikasining 1973-yil 29-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 130-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1973-yil, № 19, 269-modda).
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1974-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1974-yil, № 18, 195-modda).
18. O‘zbekiston Respublikasining 1974-yil 7-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1974-yil, № 22, 254-modda).
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1975-yil 29-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1975-yil, № 16, 218-modda).
20. O‘zbekiston Respublikasining 1975-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1975-yil, № 19, 280-modda).
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1977-yil 5-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 349-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 8, 110-modda).
22. O‘zbekiston Respublikasining 1977-yil 22-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining 349-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 18, 286-modda).
23. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1977-yil 27-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 30, 444-modda).
24. O‘zbekiston Respublikasining 1977-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 35, 568-modda).
25. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1979-yil 6-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1979-yil, № 34, 476-modda).
26. O‘zbekiston Respublikasining 1979-yil 8-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1979-yil, N 35, 508-modda).
27. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 10, 179-modda).
28. O‘zbekiston Respublikasining 1981-yil 29-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 16, 320-modda).
29. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 28, 549-modda).
30. O‘zbekiston Respublikasining 1981-yil 27-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining to‘rtinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 33, 651-modda).
31. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual va Axloq tuzatish-mehnat kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonining 1-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 36, 708-modda).
32. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1982-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1982-yil, № 13, 212-modda).
33. O‘zbekiston Respublikasining 1982-yil 27-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual va Axloq tuzatish-mehnat kodekslariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish haqidagi farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1982-yil, № 13, 219-modda).
34. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonining I bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 12, 180-modda).
35. O‘zbekiston Respublikasining 1984-yil 28-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi bir qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonuni yettinchi xatboshisining O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga doir qismi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 19, 281-modda).
36. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 29-apreldagi “Voyaga etmagan bolalar uchun alimentlar undirish tartibiga ba’zi o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasining Nikoh va oila, Grajdanlik, Grajdanlik-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Farmoni II bo‘limining 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 13, 142-modda).
37. O‘zbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining ba’zi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga va boshqa qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonuni uchinchi xatboshisining O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksiga doir qismi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 414-modda).
38. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988-yil 28-yanvardagi “Davlat korxonasi (birlashmasi) to‘g‘risida”gi SSSR Qonuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun aktlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Farmonining 2-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988-yil, № 4, 56-modda).
39. O‘zbekiston Respublikasining 1988-yil 10-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining beshinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988-yil, № 11, 139-modda).
40. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988-yil 15-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988-yil, № 12, 150-modda).
41. O‘zbekiston Respublikasining 1988-yil 19-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining to‘rtinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1998-yil, №32-33, 389-modda).
42. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining VI bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 198-modda).
43. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksiga va Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 369-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-songa ilova)