30.05.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2462
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2462]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 11-iyundagi 61-sonli “Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1827, 2008-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 241-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 30-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 30-apreldagi 42-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari — qonunchilik hujjatlari va sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) taʼsis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan yoki sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining rahbari — tayinlanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasi va berilgan ishonchnomaga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida boʻlinma — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiali (vakolatxonasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sugʻurtalovchilarning, sugʻurta brokerlarining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar (bundan buyon matnda nomzodlar deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi).
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (bundan buyon matnda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi deb yuritiladi) nomzodning mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni u sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga tayinlanishidan (saylanishidan) avval taqdim etishga majbur.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalarining shtatdagi soni 2 tadan kam boʻlmasligi lozim (sugʻurtalovchining alohida boʻlinmasining rahbari va bosh buxgalteri).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalterining boʻsh oʻrinlari 3 oy muddat ichida butlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Malaka talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sugʻurta sohasida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi yoʻnalishlardagi bilimlarga ega boʻlishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari.
(6-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) bosh buxgalteri quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) buxgalter sifatida 4 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi, shundan sugʻurta sohasida buxgalter sifatida 2 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi yoʻnalishlardagi bilimlarga ega boʻlishi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari;
(7-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari.
(7-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining rahbari quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sugʻurta sohasida 1 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining bosh buxgalteri quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) buxgalter sifatida 1 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbari (bosh buxgalteri) etib, rahbar (bosh buxgalter) tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha 1 yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlib hisoblangan shaxs tayinlanishi (saylanishi) mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Nomzodlarning malaka talablariga mos kelishini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha toʻldirilgan anketa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatning tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organi guvohnomasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi (xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda);
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi. Oʻrindoshlik boʻyicha mehnat staji mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda mehnat daftarchasida qayd qilingan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Nomzodning mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga mos kelishini aniqlash uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Komissiya tashkil etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga mos kelishi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Nomzodlar bilan suhbat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlangan va Istiqbolli loyihalar milliy agentligining veb-saytida joylashtirilgan savolnoma asosida oʻtkaziladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga mos kelishi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Komissiya rais, rais oʻrinbosari va kamida uchta aʼzodan iborat boʻladi, shu jumladan kotib.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyasi tarkibiga Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari kiritiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Komissiya toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya, Komissiyaning 50 foizdan kam boʻlmagan tarkibda Komissiya raisi yoki rais oʻrinbosarining majburiy ishtirokida yigʻilishlarni oʻtkazishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Komissiya ishi yigʻilish shaklida amalga oshiriladi va bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi (u boʻlmagan taqdirda esa — uning oʻrinbosari tomonidan) va yigʻilishlarda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Komissiyaning ishini tashkil etish masalalari boʻyicha Komissiya kotibi tayinlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Taqdim etilgan hujjatlar ishchi organga kelib tushgan kundan boshlab 2 kun muddatda Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya 10 kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi (suhbat oʻtkazadi) va nomzodning mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligi haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmagan va/yoki oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilgan taqdirda (ulardan biri yoki bir nechtasi), taqdim etilgan hujjatlar sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) barcha zarur hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda taqdim etmaguniga qadar Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritilmaydi, bu haqda ishchi organ 2 kun muddatda sugʻurtalovchini (sugʻurta brokerini) yozma ravishda ogohlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) Komissiya qaror qabul qilgan kundan boshlab 3 kun muddatda yozma ravishda xabar beradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelmagan taqdirda, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) mos kelmaganlik sabablarini koʻrsatgan holda Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda yozma ravishda xabar beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) mazkur Nizom talablarini buzgan taqdirda, sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
____________________________________________‎‎

‏Fotosurat
‎uchun

‎‎(sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) nomi

____________________________________________

‎(lavozimning toʻliq nomi))

‎‎

lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod
‎toʻgʻrisida maʼlumotlar
‎ANKETASI ‎‎

‎‎

‎‎Birinchi qism. Anketani toʻldirish qoidalari

‎‎

‎‎Anketaning barcha savollariga toʻliq va aniq javoblar berilishi, hamda anketaning biror qismi toʻldirilmasdan qolmasligi shart. Hatto bitta toʻldirilmay qolgan qismining mavjudligi, butun anketaning toʻliq toʻldirilmaganligini anglatadi va u sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qaytariladi. Zarur boʻlgan taqdirda, toʻliq maʼlumot keltirish uchun anketaga qoʻshimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin.

‎‎Anketaga soʻnggi 6 oy mobaynida qilingan 3 x 4 oʻlchamida rangli fotosurat biriktiriladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi qism. Anketa
‎‎
‎1. Anketa toʻldiruvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
‎‎

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

1.‎

Familiyasi‎

2.‎

Ismi‎

3.‎

Otasining ismi‎

4.‎

Avvalgi familiyasi (agar familiya oʻzgargan boʻlsa)‎

5.‎

Tugʻilgan yili‎

6.‎

Tugʻilgan joyi‎

7.‎

Pasport raqami va seriyasi‎

8.‎

Yashash joy manzili‎

9.‎

Telefon raqamlari (uy, ish, uyali aloqa)‎

‎2. Oxirgi 10 yil mobaynida ish bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maʼlumotlar har bir
‎tashkilot va lavozim boʻyicha alohida keltiriladi)

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

10.‎ Tashkilot nomi‎
11.‎

Tashkilotning anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili‎

12.‎ Lavozim (lavozimlar)‎
13.‎ Ish davri‎

“___” _________ yildan
‎‎ “___”_________yilgacha ‎

14.‎ Ish bilan taʼminlanganlik tavsifi (keragini belgilang)‎ a) mehnat shartnomasi boʻyicha;
‎b) yakka tartibdagi tadbirkor;
‎v) ishlamagan. ‎

‎‎“b” va “v” bandlari boʻyicha batafsil maʼlumot
‎keltiring

‎‎

‎‎3. Maʼlumoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (faqat oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim koʻrsatiladi,
‎har bir muassasa boʻyicha alohida)

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

15.‎ Oliy taʼlim muassasasining nomi ‎
16.‎ Ushbu muassasaning anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili‎
17.‎ Taʼlim shakli (keragini belgilang) ‎ a) kunduzgi;
‎b) sirtqi;
‎v) kechki. ‎
18.‎ Kirgan sana‎
19.‎ Oʻqishni yakunlagan sana‎
20.‎ Olgan darajasi‎
21.‎ Olgan mutaxassisligi‎
22.‎ Taʼlim muassasasida oʻqishni yakunlaganligi toʻgʻrisidagi diplom yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami‎ Seriyasi _______
‎Raqami ________ ‎
23.‎ Agar anketa toʻldiruvchi ushbu taʼlim muassasasida oʻqishni yakunlamagan boʻlsa, sababini koʻrsating‎

‎‎4. Qoʻshimcha maʼlumotlar

‎‎
Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

24.‎

Anketa toʻldiruvchi u tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida
‎sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki
‎sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari
‎(‎bosh buxgalteri) boʻlib hisoblanganmi (keragini belgilang).‎

a) yoʻq;

‎ b) ha.
‎‎“b” javobi belgilangan taqdirda, tashkilot nomi va anketa toʻldiruvchining lavozimini koʻrsating
‎‎Men:
‎ushbu anketada keltirilgan maʼlumotlar haqiqiyligi va toʻliqligini;
‎ushbu anketani toʻldirish qoidalari bilan tanishganligimni tasdiqlayman
Anketa toʻldiruvchining toʻliq
‎familiyasi, ismi, otasining ismi
‎‎Anketa toʻldiruvchining imzosi
‎‎Imzo sanasi
‎‎Anketa toʻldiruvchi mening huzurimda anketaning har bir varagʻini oʻz qoʻli bilan
‎imzolaganligini tasdiqlayman.
‎‎Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) masʼul xodimining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi
‎‎Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) masʼul xodimining imzosi
Imzo sanasi‎
‎‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462-1, 25.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 296-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2462-1/1221-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)