Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-dekabr,
369-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda):
7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
3-ilovaning 11-bandi uchinchi xatboshidagi “Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish muddatlari va chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-iyuldagi 300-son qaroriga 4-ilovaning 5-bandi ikkinchi xatboshidagi “Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Fermerlari kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida birja va koʻrgazma-yarmarka savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 25-modda) 3-bandidagi “Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi” va “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi” hamda “Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” hamda “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-banddagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” hamda “Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” hamda “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
1.2-bandning uchinchi xatboshidagi “davlat kadastri” soʻzlaridan keyin “va Fermerlar kengashi” soʻzlari qoʻshilsin;
1.3-banddagi “Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
a) 6-ilovada:
13-bandning birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Bunda fermer xoʻjaligining ustav fondiga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan berilgan arizada koʻrsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari majburiy tartibda kiritiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“fermer xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida oʻz ustav fondini ustavda nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmaslik, shu jumladan ustav fondiga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan berilgan arizada koʻrsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari kiritilmasligi”;
ikkinchi—sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi—toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
v) 10, 11 va 12-ilovalarga IX boʻlimdan keyin “200- yil “__” __________ da raqami bilan tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimida “ROʻYXATDAN OʻTKAZILDI” soʻzlaridan oldin quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tuman fermerlar kengashining fermer xoʻjaliklarining shartnomaviy-huquqiy munosabatlari boʻyicha bosh mutaxassisi
|
___________________ |
___________________ |
|
(F.I.O) |
(imzo)”. |
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning 26 va 27-bandlari “Masʼullar” ustunidagi “Fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 26-yanvardagi 21-son qaroriga 1-ilovaning 71-bandidagi “Masʼul bajaruvchilar va sheriklar” ustunidagi “Fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani 2012-2013-yillarda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2012-yil 26-martdagi 82-son qaroriga ilova 9 va 22-bandlarining “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Fermer xoʻjaliklari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi qarorlari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda uning mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash haqida” 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 22-apreldagi 168-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 16-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-iyuldagi 312-son qaroriga ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 28-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 22-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorining 13-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda uning mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash haqida” 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 76-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-martdagi 121-son qaroriga ilova 5-bandining “a” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 28-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 31-maydagi 138-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 31-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 11-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 8-modda; 2014-y., 41-son, 506-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son; 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son)