Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 05.01.2002 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI FERMER XOʻJALIKLARIGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloqda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash, ularning xoʻjalik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligi korxonalari sanatsiyasi boʻyicha Hukumat komissiyasining 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xoʻjaligi korxonalarini 2002-yilda fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:

Sirdaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklarining Mehnatobod, Mirzaobod va Yozyovon tumanlarining qishloq xoʻjaligi korxonalarini toʻliq hajmda fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlari boʻyicha 2002-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishning Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-2-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yilda Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlarida infratuzilma obyektlarini tashkil etishga doir topshiriq 3-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*3-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish tartibi 5-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash tartibi 6-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari hududida oʻzaro suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish tartibi 7-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangidan tashkil etilgan fermer xoʻjaliklariga tijorat banklari tomonidan kredit berish qoidalari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xoʻjaligi korxonalari 4—7-ilovalarga qatʼiy muvofiq holda fermer xoʻjaliklariga aylantirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror bilan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq qayta tashkil etilayotgan xoʻjaliklar negizida fermer xoʻjaliklari barpo etishning barcha jihatlarini qamrab oluvchi metodik tavsiyalarni aniq misollar asosida ishlab chiqsin va joylarga yetkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish jarayonlarini tushuntirish boʻyicha joylarda maxsus seminarlar tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonalarining fermer xoʻjaliklariga aylantirilishi ustidan muntazam monitoring oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Agrobank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, xizmat koʻrsatuvchi boshqa tijorat banklari, “Oʻzneftmahsulot” va “Oʻzkimyosanoat” kompaniyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari qayta tashkil qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari hududida bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasining quyidagi obyektlari barpo etilishini taʼminlasinlar:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat bankining filiali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining fermer xoʻjaliklarini mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan taʼminlash ombori;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 397-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 370-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi tegishli neft bazasining fermer xoʻjaliklarini yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash boʻyicha filiali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining mavjud texnikasi negizida muqobil mashina-traktor parki;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik hisobi asosida suv isteʼmolchilari uyushmasi (qayta tashkil etilayotgan xoʻjaliklar hududida oʻzaro suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish uchun).
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagromashservis” uyushmasi qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari negizida barpo etilayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mashina-traktor parki barpo etishga doir tavsiyalarni oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qayta tashkil etilayotgan xoʻjaliklar hududida barpo etilayotgan bozor infratuzilmasi obyektlarining ishlab chiqarish, moliyaviy va moddiy-texnika bazasini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida istisno tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklarini mineral oʻgʻitlar va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash boʻyicha boʻlinmalar mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan ikki yil muddatga;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari hududida tashkil etilayotgan muqobil mashina-traktor parklari soliq solish shartlari va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga koʻrsatilayotgan xizmatlar (yer haydash, ekish, ishlov berish, hosilni yigʻishtirish va boshqalar) uchun hisob-kitoblar boʻyicha “Oʻzagroservis” AJ hududiy tashkilotlarining mashina-traktor parklariga tenglashtiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining ijtimoiy infratuzilma obyektlari xatlov oʻtkazilgandan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan qayta baholash paytidagi bozor narxlari hisobga olingan holda baholanadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi balansidagi bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar va qishloq vrachlik punktlari belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlari, gaz quvuri magistrallari va gaz taqsimlash punktlari, elektr quvvati uzatish liniyalari, xoʻjaliklararo irrigatsiya inshootlari qayta baholangandan keyin belgilangan tartibda tegishli ravishda “Oʻzkommunxizmat” agentligi “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari, “Oʻzbekenergo” kompaniyasi, Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar balansiga beriladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yuridik va konsalting xizmatlarining zarur tarmogʻi, shuningdek fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish boʻyicha nodavlat tayyorlov va savdo-vositachilik tashkilotlari hamda bozorning boshqa subyektlari barpo etilishini taʼminlasinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloqda iqtisodiy islohotlarning borishini, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini muntazam ravishda yoritib borsinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 5-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga
4-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1 Mazkur Nizom Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyani (keyingi oʻrinlarda “komissiya” deb ataladi) tashkil etish tartibini va uning faoliyatini tartibga soladi, uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Komissiya tuman hokimining qarori bilan tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaga lavozimiga koʻra tuman hokim oʻrinbosari boshchilik qiladi.
(1.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi rahbarlari, mutaxassislari, aʼzolari (xodimlari)dan, shuningdek kasaba uyushmasi, xizmat koʻrsatuvchi bank, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi va tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
(1.2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Komissiya ishiga tuman hokimining qarori bilan shuningdek moliya va soliq organlari, tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ham jalb etiladi.
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish ishlarining izchilligi ilova qilinayotgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish rejasini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer resurslari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, aylanma mablagʻlar, debitorlik va kreditorlik qarzlar, tugallanmagan qurilish va boshqa moddiy boyliklarni xatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaligi tashkil etish boʻyicha ochiq tanlovda qatnashish uchun talabgorlarni tanlash;
(2.1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq tanlovni oʻtkazish hamda fermer xoʻjaligi tashkil etish huquqini berish uchun qobiliyatli, tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mehnatsevar va tadbirkor fuqarolarni aniqlash;
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aktivlar va passivlarni tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida taqsimlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi aʼzolari oʻrtasida tanishtirish-tushuntirish ishlari olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa qulay shaklda qishloq xoʻjaligi korxonasi fermer xoʻjaliklariga aylantirilishi toʻgʻrisida aholini xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonasining moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
debitorlik qarzlarni undirib olish ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonasi fermer xoʻjaliklariga aylantirilishi toʻgʻrisida kreditorlarni xabardor qilish hamda qarzlarni tarkibiy qayta koʻrib chiqish boʻyicha bundan keyingi oʻzaro munosabatlarni ular bilan kelishish va qarzlarni qaytarish muddatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerdan foydalanish, almashlab ekish va qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirishning holatini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik balansida boʻlgan sugʻorish va kollektor-drenaj tizimlarini xatlash;
(2.2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashina-traktor parki holatini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik aʼzolari va boshqa shaxslarni fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun talabgorlarni tanlab olish va ochiq tanlov oʻtkazish tartibi, taklif etilayotgan yerlarni tanlash tartibi bilan va qishloq xoʻjaligi korxonasini qayta tashkil etishning boshqa shartlari bilan tanishtirish;
(2.2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarni qishloq xoʻjaligi korxonasining moliyaviy holati toʻgʻrisidagi axborot bilan tanishtirishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini qabul qilish va oʻrganib chiqish, ochiq tanlov asosida gʻoliblarni aniqlash;
(2.2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonasining aktivlari va passivlarini tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida taqsimlash boʻyicha ajratuvchi balans va oʻtkazma hujjat tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini aniqlash va ularni hokimiyatning tegishli mahalliy organlariga va boshqa tashkilotlarga berishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjaliklarning ortiqcha va foydalanilmayotgan asosiy fondlari va moddiy boyliklarini sotishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilayotgan tadbirlarni tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. KOMISSIYANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Komissiya quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalikning rahbari va boshqa mutaxassislaridan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya va statistika hisobi va hisoboti maʼlumotlari, boshqa zarur axborotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilishini talab etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq talabgorlarning fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun berilgan arizalarini asosli rad etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Komissiya quyidagilarga majburdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarning soʻrovlari boʻyicha fermer xoʻjaliklari tashkil etilishi yuzasidan zarur axborotlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qilingan ishlar toʻgʻrisida qishloq xoʻjaligi korxonasining yakuniy umumiy yigʻilishiga va tuman hokimiga yakuniy hisobot taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya ishining oshkoraligini va uning natijalari bilan tanishishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklari tashkil etish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazishda xolislik va odillikni taʼminlash;
(3.2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun ochiq tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi qabul qilinishini yozma ravishda asosli rad etish.
(3.2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Komissiya aʼzolari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. KOMISSIYA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Komissiya majlisi zaruriyatga koʻra, biroq qishloq xoʻjaligi korxonasini qayta tashkil etishning butun davri mobaynida bir haftada kamida bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Komissiya majlisi komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda kun tartibidagi masalalar boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga egadir. Komissiyaning qaroriga koʻra ovoz berish ochiq yoki yashirin usulda oʻtkaziladi, komissiyaning har bir aʼzosi bitta ovoz berish huquqiga egadir. Qaror oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Komissiya faoliyatiga uning raisi rahbarlik qiladi. Komissiya raisi komissiya aʼzolari va jalb etilgan shaxslar faoliyatini muvofiqlashtiradi, qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning va boshqa manfaatdor tashkilotlarning mansabdor shaxslariga oʻz vakolatlari doirasida koʻrsatmalar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.4. Komissiya ishida komissiya aʼzolari doimiy ishdan ajralmagan holda qatnashadilar va oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajaradilar, shu munosabat bilan ularning ishiga qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.5. Komissiyaning qaroriga muvofiq jalb etilgan auditorlar va tashqi ekspertlar ishiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining mablagʻlari hisobiga haq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. KOMISSIYANI TUGATISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Komissiyaning vakolatlari qayta tashkil etish tugallangandan keyin toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Komissiya tugatilgandan keyin komissiyaning qishloq xoʻjaligi korxonasini qayta tashkil etish boʻyicha hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga
aylantirish boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish ishlarining izchilligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S X E M A S I

Bosqichlar‎

Chora-tadbirlar ‎

Masʼullar‎

I bosqich
‎Umumiy yigʻilish oʻtkazilgandan keyin 3 kun mobaynida

1. Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisida umumiy yigʻilishning qarorini qabul qilish.
‎2. Qayta tashkil etish boʻyicha komissiya tashkil etish va u toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash ‎
Umumiy yigʻilish va tuman hokimi

‎tuman hokimi ‎
II bosqich
‎(Komissiya tashkil etilgandan keyin) 3 kun mobaynida ‎
1. Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisida xabardor qilish.‎ Qayta tashkil etish boʻyicha komissiya‎
3 kun mobaynida‎ 2. Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisida kreditorlarni xabardor qilish va keyingi oʻzaro munosabatlarni ular bilan kelishish.‎
3 hafta mobaynida‎ 3. Mol-mulk va yer uchastkalarini kompleks xatlovdan oʻtkazish, shuningdek yerning qiymatini baholash.‎
3 hafta mobaynida‎ 4. Tuzilayotgan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalarini belgilash uchun qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining yer fondini qayta taqsimlash loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish.‎
tanlov oʻtkazilgungacha‎ 5. Ariza bergan xoʻjalik aʼzolari hamda boshqa shaxslar oʻrtasida tanlov oʻtkazish va fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun talabgorlarni tanlash shartlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borish. ‎
4 hafta mobaynida‎ 6. Fermer xoʻjaliklari tashkil etish boʻyicha talabgorlardan tushgan arizalarni oʻrganib chiqish va koʻrib chiqish.‎
5-hafta mobaynida‎ 7. Yerning aniq bir uchastkasida fermer xoʻjaligi tashkil etish toʻgʻrisida ariza bergan tanlov qatnashchilarining dasturlarini baholash.‎
5-hafta mobaynida‎ 8. Tanlovda qatnashish huquqini olgan talabgorlar roʻyxatini maʼlum qilish.‎
5-hafta mobaynida‎ 9. Tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmagan talabgorlarga buning sababini yozma ravishda asoslab berish.‎
6-haftada‎ 10. Talabgorlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish va tanlov gʻoliblari toʻgʻrisida xabar qilish.‎
6-haftada‎ 11. Tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida aktivlar va passivlarning ajratuvchi balansini tuzish.‎
7-haftada‎ 12. Qaror chiqarish va tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomani tasdiqlash.‎

III bosqich
‎(Tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma tasdiqlangandan keyin) 1 hafta mobaynida 1 hafta mobaynida ‎

1. Fermer xoʻjaliklari tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblariga doir tuman hokimining qarorini qabul qilish va tegishli organlarda roʻyxatdan oʻtkazish.
‎2. Yer ajratish, yer uchastkasi ijarasi shartnomasini rasmiylashtirish. ‎
Tuman hokimligi‎
IV bosqich
‎Fermer xoʻjaliklari roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin 1 hafta mobaynida ‎
Mol-mulkka egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni va qarzlar boʻyicha majburiyatlarni rasmiylashtirish.‎ Qayta tashkil etish boʻyicha komissiya va tuman hokimligi‎
V bosqich
‎Umumiy yigʻilish oʻtkazilgandan keyin 2 oy mobaynida Fermer xoʻjaliklari roʻyxatdan oʻtkazilgandan ‎keyin 2 hafta mobaynida
Bank filialini tashkil etish.‎

‎‎Fermerlarni yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash xizmatlarini tashkil etish. Fermerlarni mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash xizmatlarini tashkil etish.
‎Muqobil mashina-traktor parki tashkil etish.
Suv isteʼmolchilari uyushmasini tashkil etish.
Tuman hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Agrobank” ATB, tijorat banklari, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyalari‎
VI bosqich
‎ Fermer xoʻjaliklari roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin 2 hafta mobaynida ‎
1. Yakuniy umumiy yigʻilish oʻtkazish.
‎2. Qayta tashkil etish boʻyicha komissiyaning hujjatlarini belgilangan tartibda arxivga topshirish. ‎
Umumiy yigʻilish va qayta tashkil etish boʻyicha komissiya‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga
5-ILOVA

Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI

1.1. Mazkur Tartib qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirishda talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish shartlarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Mazkur Tartibda quyidagi atamalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlash — fermer xoʻjaligi tashkil etish huquqini olish uchun tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlarni tanlash shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov — qobiliyatli, tegishli bilimlar va koʻnikmalarga ega boʻlgan mehnatsevar va tadbirkor fuqarolarga fermer xoʻjaligi tashkil etish huquqini berish maqsadida ularni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov obyekti — qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi mulkining bir qismi berilgan holda muayyan yer uchastkasida fermer xoʻjaligi tashkil etish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov tashkilotchisi — qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Oʻtkazilayotgan tanlovning asosiy maqsadi fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun xoʻjalikning qobiliyatli va tadbirkor aʼzolarini va boshqa talabgorlarni aniqlash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer xoʻjaliklari rahbarlari “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida koʻrsatib oʻtilgan mezonlar boʻyicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. TANLOV OʻTKAZISHGA TAYYORGARLIK KOʻRISH VA UNI EʼLON QILISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun talabgorlarni tanlashni va ularni aniqlash boʻyicha tanlov oʻtkazishni tashkil etish qishloq xoʻjalik korxonasini qayta tashkil etish boʻyicha komissiyaga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari ochiq tanlov asosida beriladi.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Komissiya qishloq xoʻjalik korxonasining xoʻjalik-moliya faoliyati bilan bogʻliq barcha koʻrsatkichlarni oʻrganib chiqadi va xoʻjalikni kompleks xatlovdan oʻtkazadi (xoʻjalikka qarashli mol-mulkni, qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanishning ahvolini, almashlab ekish va ekinlarning joylashtirilishini, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini, xoʻjaliklararo va xoʻjalik ichki sugʻorish tizimlari hamda kollektor-drenaj tizimlari, qishloq xoʻjalik texnikasi mavjudligini, chorva mollari bosh sonini, debitorlik va kreditorlik qarzlarni aniqlaydi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Fermer xoʻjaliklari uchun yer uchastkalari xaritalarini shakllantirish uchun yer fondining mavjud holati va tasdiqlangan bosh rejalar yoki davlat dasturlarida nazarda tutilgan aholi punktlarini va dehqon xoʻjaliklarini, irrigatsiya-melioratsiya va yoʻl tarmoqlarini, boshqa muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, qurilish obyektlarini rivojlantirish istiqbollarini taʼminlovchi yer maydonlariga boʻlgan ehtiyojni, amaldagi cheklashlar va servitutlarni, loyihaga koʻra tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklariga bevosita ijaraga berish nazarda tutilmagan yerdan foydalanish va biriktirishning boshqa shartlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonasiga qarashli yer fondini qayta taqsimlash loyihasi (sxemasi) asos qilib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha (sxema) tumanlar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqiladi.
(2.3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Yer uchastkalari tanlovga ularning maydoni, mazkur yer uchastkalariga toʻgʻri keluvchi mulk ulushi va kreditorlik qarzlari aniqlanganidan keyin qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Komissiya tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan fuqarolarning arizalarini qabul qilish muddatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov oʻtkazilishidan bir oy oldin mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa qulay shaklda qishloq xoʻjalik korxonasining qayta tashkil etilishi va tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.6. Tanlov oʻtkazilishi haqidagi xabarda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati va ularga qoʻyiladigan talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovga qoʻyilgan yer uchastkalari maydonlari va chorvachilik fermalari koʻrsatkichlari hamda boshqa tegishli tavsiflar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir yer uchastkasiga tegishli mol-mulk ulushi va kreditorlik qarzi miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovni oʻtkazish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovda ishtirok etish uchun arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qilishning uzil-kesil muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovni oʻtkazish komissiyasining manzili va telefon raqami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.7. Tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot loʻnda va aholi uchun tushunarli boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. TANLOVDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Tanlovda ishtirok etish huquqiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining aʼzolari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
logistika markazlari (meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash boʻyicha quvvatlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi), shuningdek, ichki va tashki bozorda meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tajribasiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari va intensiv bogʻlar yaratish va ulardan foydalanish tajribasiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha qiymatlar zanjiri boʻyicha klaster usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shaxsiy va jalb qilingan moliyaviy mablagʻlariga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish oʻrinlari yaratish vazifalarini oʻz zimmasiga oladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlari (oʻzaro bogʻlik korxonalar guruhi) chigitdan boʻshagan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishda birinchi navbatda yerdan uzoq muddatli ijara shartlarida foydalanish huquqiga ega.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-maydagi 403-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/403/1286-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Fermer xoʻjaliklarini tashkil etayotgan talabgorlar tanlash va tanlovda ishtirok etish uchun komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovda ishtirok etishga talabgorning mazkur Tartibga 1-ilovaga muvofiq namuna boʻyicha arizasi, unda muayyan yer uchastkasining tartib raqami, biriktirilgan yer maydonidan koʻp yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan kam boʻlmagan hosildorlikni taʼminlash, tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan tasdiqlangan qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya etgan holda 10 yil muddat mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini oʻzgartirmaslik, almashlab ekishga rioya etgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot sotish kafolati, tuproq unumdorligini oshirish, kreditorlik qarzlarni belgilangan muddatlarda toʻlash, shuningdek komissiya tomonidan qoʻyilgan boshqa shartlarni oʻz vaqtida bajarish toʻgʻrisidagi majburiyatlar koʻrsatiladi;
(3.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislikni, ish tajribasi va stajni tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznes-reja asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarining hisob-kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiyanoma xatlar (zarur hollarda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov oʻtkazilishidan oʻn kun oldin toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash ikki bosqichdan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — talabgorlarning arizalarida bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi oʻrganib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov oʻtkazilgunga qadar komissiya muayyan yer uchastkasida fermer xoʻjaligi tashkil etish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan talabgorlarning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi, har bir ishtirokchining loyihasi alohida baholanadi. Bunda ariza beruvchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.5. Komissiya qaroriga koʻra tanlab olingan talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.6. Tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan shaxslarga tanlovni oʻtkazish shartlari eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.7. Komissiya tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan shaxslar toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni yozma shaklda eʼlon qilishi, shuningdek tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmagan shaxslarga yozma shaklda asosli rad javoblarini yoʻllashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.8. Tanlovni oʻtkazish qoidalari va talablariga rioya etmagan, qonunchilikka asosan talabgorlar deb eʼtirof etilmagan, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni oʻz vaqtida taqdim etmagan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
(3.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. TANLOVNI OʻTKAZISH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Tanlov oʻtkaziladigan kuni komissiya barcha talabgorlar ishtirokida fermer xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha majburiyatlar koʻrsatilgan arizalarni oʻqib eshittiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolari tanlab olingan talabgorlar ishtirokida ular tomonidan taqdim etilgan takliflarni muhokama etadi va 10 balli shkala (tizim) boʻyicha baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Tanlovga qoʻyilgan har bir yer uchastkasi boʻyicha eng koʻp ball toʻplagan shaxs tanlov gʻolibi deb hisoblanadi. Boshqa barcha shartlar boʻyicha teng ball toʻplangan hollarda qayta tashkil etilayotgan xoʻjalik aʼzosiga imtiyoz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Tanlov gʻoliblari toʻgʻrisidagi tanlov yigʻilishi tugaganidan keyingi yakuniy bayonnoma komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va xoʻjalikning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.4. Tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi materiallar komissiya tomonidan ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa qulay shaklda eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. YER UCHASTKASINI IJARAGA OLISH SHARTNOMASINI VA TANLOV GʻOLIBINING MULKKA BOʻLGAN HUQUQINI RASMIYLASHTIRISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Tanlovda gʻolib chiqqan shaxs fermer xoʻjaligining boshligʻi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Tuman hokimining qaroridan keyin amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonasining yer fondini qayta taqsimlash loyiha (sxema)si amalda roʻyobga chiqariladi (fermer va dehqon xoʻjaliklariga yerni ijaraga ajratish, foydalanilmayotgan yerlarni zaxira yerlar toifasiga oʻtkazish va hokazo).
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.3. Fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishning Namunaviy shartnomasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(5.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish tartibiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

___________________________________________

(xoʻjalik nomi)‎

xoʻjaligini qayta tashkil etish boʻyicha komissiya raisi‎‎

__________________________________________ ga

(f.i.o.)
‎__________________________________ da yashovchi

__________________________________ tomonidan

(f.i.o.) ‎

‎‎‎A R I Z A‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Menga_________________________________________________________________________________________________________ dagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(yer uchastkasining chegaralari va joy tavsifi) ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
________ konturda joylashgan _____ gektar yer uchastkasida fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun tanlovda qatnashishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzim haqimda quyidagilarni bildiraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

________________________________________________________________________________________________________________________‎

(maʼlumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi va staji, shu jumladan qishloq xoʻjaligida)‎‎
________________________________________________________________________________________________________________________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkil etiladigan fermer xoʻjaligi xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

________________________________________________________________________________________________________________________‎

(xodimlar soni, ularning bilimi, tajribasi va ish staji, shu jumladan qishloq xoʻjaligida)
________________________________________________________________________________________________________________________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz navbatida biriktiriladigan yer uchastkasidan yuqori hosil olish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini (uch yilda oʻrtacha hisoblaganda) yerning kadastr bahosidan kam boʻlmagan miqdorda taʼminlash, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 35-1 va 50-1-moddalariga muvofiq suv obyektlaridan foydalanish majburiyatlarini bajarish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan Yer kodeksining 48-moddasiga muvofiq foydalanish majburiyatlarini bajarish, qishloq xoʻjaligi tuman boʻlimi tomonidan tasdiqlangan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya qilga holda 10 yil mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini oʻzgartirmaslik, almashlab ekishga rioya qilgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotish, kreditorlik qarzlarni muddatlarida toʻlash, shuningdek komissiya tomonidan qoʻyilgan boshqa shartlarni bajarish majburiyatini oʻz zimmamga olaman.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

____________________________
(sana)

____________________________
(imzo)‎‎ ‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga mutaxassislikni, ish tajribasi va stajini tasdiqlovchi hujjatlar, biznes-reja asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarining hisob-kitobi ilova qilinadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga
6-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Tartib qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash, shuningdek mulkiy (pay) munosabatlarini tartibga solish shartlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyaga qishloq xoʻjaligi korxonasini (kooperativ, shirkat, yordamchi xoʻjalik va shu kabilarni) fermer xoʻjaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash, shuningdek mulkiy (pay) munosabatlarini tartibga solish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Komissiya tomonidan qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi balansi boʻyicha aktivlar va passivlar, shuningdek qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari mulkiy paylari toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya ortiqcha asosiy va aylanma mablagʻlarni, shuningdek foydalanish muddati tugagan vositalarni aniqlaydi va ularni kim oshdi savdosida yoki ochiq savdoda bozor narxlari boʻyicha sotishni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy infratuzilma obyektlari belgilangan tartibda mahalliy hokimliklar balansiga beriladi yoki bozor narxlari boʻyicha sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaroqsiz mulklar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalikning chorvachilik fermalari (chorva mollari, chorvachilik obyektlari va boshqalar) bozor narxi boʻyicha qayta baholab chiqiladi va kim oshdi savdosida yoki ochiq savdoda yangi mulkdorga (mulkdorlarga) sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xoʻjalikda bir nechta chorvachilik fermalari mavjud boʻlsa, u holda ular alohida-alohida sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik fermasi uchun qishloq xoʻjaligi texnikasi va boshqa zarur vositalar ham, ularning texnik holati hisobga olingan holda, ferma bilan birga bozor qiymati boʻyicha sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda va izchil ravishda xoʻjalikning kreditorlik qarzini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shirkat xoʻjaliklarida mulkiy paylar qiymatini toʻlash birinchi navbatdagi toʻlovlarga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qayta tashkil etish boʻyicha komissiya qarzlar tarkibini oʻzgartirish va ularni toʻlash muddatlarini belgilash ishlarini har bir kreditor bilan alohida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ajratuvchi balans tuziladi va tasdiqlanadi hamda qishloq xoʻjaligi tuman boʻlimiga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning ajratuvchi balansidagi aktivlar va passivlar yangi tashkil qilinayotgan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida 1 ball–gektar hisobidan, ularga ajratilgan yer maydoniga va ularning ball–bonitetiga qarab taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik fermalarining yangi egasi (egalari)ga normativlarga muvofiq, belgilangan tartibda yer maydoni ajratiladi, bunda komissiya mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik fermer xoʻjaligiga ajratilgan yer maydoni hisobiga toʻgʻri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz ushbu Tartibda nazarda tutilgan shartlar boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar xoʻjalikda qoplanmagan zarar mavjud boʻlsa, u holda zarar xoʻjalikning zaxira yoki boshqa fondlari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar zarar ushbu mablagʻlar hisobidan qoplanmasa, u holda ustav kapitali hisobiga qoplanadi va shirkat xoʻjaligining ustav kapitali ushbu summaga kamayadi. Ustav kapitalining qolgan qismi shirkat xoʻjaligi aʼzolari oʻrtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Shirkat xoʻjaligini qayta tashkil etishda ajratuvchi balansda butun ustav jamgʻarmasi uning aʼzolari oʻrtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq, jamoa xoʻjaligida esa — shirkatlardagi mulkiy pay miqdorini hisoblash metodikasi boʻyicha aniqlanadigan jamoa xoʻjaligi aʼzolarining ulushlariga muvofiq taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkat xoʻjaligi paylarining yoki jamoa xoʻjaligi ulushlari egalari oʻzlarining mulkiy paylari va ulushlari bilan tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklarining aʼzolari yoki xizmat koʻrsatuvchi korxonalar muassislari boʻlishi mumkin, bu mulkiy paylar yoki ulushlar taʼsis hujjatlarida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agar qayta tashkil etilayotgan shirkat xoʻjaligining ustav kapitali ajratuvchi balansda dastlabki ustav kapitalidagi pay jamgʻarmasidan kam boʻlsa, u holda paychilarning mulkiy paylari ularning ulushiga muvofiq ravishda kamayadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoa xoʻjaligini qayta tashkil etishda, agar xoʻjalik mulki kreditorlik qarzni qoplamasa, u holda mulk qiymati xoʻjalik aʼzolariga taqsimlanmaydi, qoplanmagan kreditorlik qarz fermerlar oʻrtasida ball-gektar boʻyicha taqsimlanadi, bu ajratuvchi balansda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoplanmagan kreditorlik qarzni taqsimlash uchun dastlab mulkning fermerlar oʻrtasida taqsimlanadigan qoldiq qiymati (mulkning umumiy qiymati va sotilgan mulk qiymati oʻrtasidagi farq) aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulk qiymati va qoplanmagan kreditorlik qarz quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xoʻjalikning umumiy ball-gektari — yer uchastkalari va ularning ball–bonitetlari hosilasi miqdori aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bir ball–gektar hisobiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha mulk ulushi – taqsimlanadigan mulk qiymatining xoʻjalikning umumiy ball–gektariga nisbati aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mulk qiymati — fermer xoʻjaligiga ajratiladigan yer uchastkasi ball–gektari hosilasi va 1 ball-gektar hisobiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha mulk ulushi fermerlar oʻrtasida taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 1 ball-gektar hisobiga toʻgʻri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz qiymati — qoplanmagan kreditorlik qarz umumiy summasining xoʻjalikning umumiy ball-gektariga nisbati aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) qoplanmagan kreditorlik qarzning har bir fermer xoʻjaligi hisobiga toʻgʻri keladigan miqdori — 1 ball-gektar hisobiga toʻgʻri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz qiymati va fermer xoʻjaligiga ajratiladigan yer uchastkasi ball-gektari hosilasi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ajratuvchi balansga muvofiq har bir fermer xoʻjaligi qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning tegishli kreditorlari bilan ularni toʻlash miqdorlari va muddatlari koʻrsatilgan shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qayta tashkil etilayotgan shirkat xoʻjaligining fermer xoʻjaliklari yoki xizmat koʻrsatuvchi kooperativlar tarkibiga kirmagan aʼzolari qayta tashkil etish komissiyasi qaroriga muvofiq oʻzlarining mulkiy paylari qiymatini belgilangan tartibda olishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar toʻlov uchun mablagʻ mavjud boʻlmasa, u holda 1 ball-gektar hisobiga toʻgʻri keladigan mulkiy pay qiymati fermer xoʻjaliklari balansiga beriladi. Bunda fermer va sobiq shirkat aʼzosi oʻrtasida keyinchalik toʻlanishi kerak boʻlgan mulkiy pay yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoa xoʻjaligini qayta tashkil etishda jamoa xoʻjaligi aʼzolariga ulushlarni toʻlash tartibi xuddi shirkat xoʻjaligidagi kabi amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agar qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikda foyda mavjud boʻlsa, u holda foyda summasi jamoa xoʻjaligi aʼzolari oʻrtasida ularning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga muvofiq, shirkat xoʻjaliklarida esa — uning aʼzolari mulkiy paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Komissiya qayta tashkil etilayotgan xoʻjalik jamoasi (paychilari)ning yakuniy umumiy majlisini oʻtkazadi. Majlisda ajratuvchi balans tasdiqlanadi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga
7-ILOVA

Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari hududida oʻzaro suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Ushbu tartib qayta tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi korxonalari hududida oʻzaro suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish shartlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Ushbu tartibda quyidagi atamalar qoʻllanilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish rejasini tuzish, suvdan foydalanuvchilarni va suv isteʼmolchilarini suv bilan taʼminlash, suvni taqsimlash, suv aylanishini belgilash, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli ustuvorligiga rioya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanilishini va suv isteʼmolini nazorat qilish, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish ishlarini tashkil etish kabilarni oʻz ichiga oluvchi ishlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isteʼmolchisi — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isteʼmolchilari uyushmasi — yuridik shaxslar boʻlgan suv isteʼmolchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligi obyekti — suv resurslarini toʻplash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni isteʼmol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida xoʻjalik faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meliorativ texnika va mol-mulk — ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, drenaj yuvish agregatlari, yuk koʻtarish kranlari va qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari hududidagi suv xoʻjaligi obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi boshqa mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanish — suv xoʻjaligi obyektlarining bir maromda ishlashini taʼminlovchi, obyektlarning texnik holatini kuzatish, tekshirish, taʼmirlash-tiklash ishlarini bajarish va ularni rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etishni oʻz ichiga oluvchi ishlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv olish limiti — amaldagi qoidalarga muvofiq maqsadli suvdan foydalanish va suv isteʼmoli uchun vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan suv resurslarining cheklangan hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish va suv isteʼmoli rejasi — suv olishning belgilangan limiti doirasida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejimi, hududning irrigatsiya-meliorativ va tuproq sharoitlarini hamda boshqa shartlarni hisobga olgan holda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining xoʻjalik faoliyati koʻrsatkichlari asosida tuziladigan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv obyektlaridan suv olishi jadvali.
(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. SUV ISTEʼMOLCHILARI UYUSHMASINI TASHKIL ETISH
(boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Suv isteʼmolchilari uyushmasi” (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) ustun darajada gidrografik prinsip yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan foydalanishni taʼminlaydigan boshqa shartlar boʻyicha tashkil etiladi.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Yuridik shaxs tashkil etgan holda fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, shuningdek boshqa suv isteʼmolchilari — yuridik shaxslar suv isteʼmolchilari uyushmalarining muassislari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv isteʼmolchilari suv isteʼmolchilari uyushmalari aʼzolari boʻlishi mumkin.
(2.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Uyushma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, taʼsis shartnomasi va ustavga muvofiq, oʻz aʼzolarining pul va moddiy badallari hisobiga amalga oshiradi.
(2.4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun Uyushma qonunda belgilangan tartibda pul va moddiy mablagʻlarni hamda boshqa manbalarni jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtamp va blanklarga, banklarda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga hamda alohida mol-mulkka ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.6. Uyushma rahbarlari, muhandis-texnik xodimlar, tarmoqlarning va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning shtatdagi soni har yili Uyushma aʼzolari umumiy yigʻilishining qarori asosida amaldagi normativlarga muvofiq, bajariladigan ishlar turi va hajmlari hisobga olingan holda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.7. Qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning barcha suv xoʻjaligi obyektlari, shuningdek qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning normal faoliyat koʻrsatish uchun zarur meliorativ texnika, binolar va boshqa mol-mulki.
(2.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.8. Uyushma oʻziga berilgan mol-mulkni boshqaga berish, sotish, ijaraga topshirish, almashtirish, garovga berish va vaqtinchalik foydalanish uchun taqdim etish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.9. Uyushmaning oʻz aʼzolari, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar bilan barcha oʻzaro munosabatlari taʼsis shartnomasi va ustavga muvofiq tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. SUV BILAN TAʼMINLASH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarini suv bilan taʼminlash ustuvorlik boʻyicha, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish va suv isteʼmoli rejalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv olishga faqat shartnoma asosida suvni tartibga solish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangan roʻyxatdan oʻtkazilgan suv ajratish tarmoqlarida (kanallarning suv olish inshootlari, quduq, nasos stansiyasi (agregat) va boshqa suv olish inshootlari)da ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushmaning suv xoʻjaligi obyektlaridan fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga suv ajratishning qoʻshimcha tarmoqlarini oʻrnatish masalasi Uyushma aʼzolarining umumiy majlisida hal etiladi va protokol bilan tasdiqlanadi.
(3.1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa suv xoʻjaligi obyektlaridan suv ajratishning qoʻshimcha tarmoqlarini oʻrnatish masalasi xizmat koʻrsatuvchi foydalanish tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Uyushma suvdan limit boʻyicha foydalanish va suv isteʼmoli rejalari asosida oʻz faoliyati hududidagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarini suv bilan taʼminlash uchun suv olishga unga xizmat koʻrsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Unga xizmat koʻrsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomada suv olish manbai koʻrsatilgan holda har 10 kunda suv olish hajmi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomaning namunaviy shakli suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi.
(3.2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish rejasi Uyushma tomonidan bir yilda ikki marta tuziladi hamda irrigatsiya tuman boʻlimi bilan kelishgan holda unga xizmat koʻrsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(3.3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvdan foydalanishning limitlangan rejasi tarkibida suvdan foydalanishning maqsadli vazifasi, suv ayirgichlar va sugʻorish kanallari koʻrsatilgan holda istisnosiz barcha suv isteʼmolchilari uchun har 10 kunda suv olish hajmi koʻrsatiladi.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Suv berilishini taʼminlash uchun Uyushma oʻzi xizmat koʻrsatadigan zonadagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari bilan har 10 kunda beriladigan suv miqdorini, suv ayirgichlar va manbalarini koʻrsatgan holda shartnomalar tuzadi.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Suv ayirgichlarning roʻyxatdan oʻtkazilmagan joylaridan suv olish noqonuniy hisoblanadi va aybdorlar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(3.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.6. Suv yetkazib berish boʻyicha Suv isteʼmolchilari uyushmasi xizmatlariga, shuningdek koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlariga shartnoma asosida haq toʻlanadi.
(3.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. SUV XOʻJALIGI OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Suv xoʻjaligi obyektlaridan va Uyushmaning boshqa mol-mulkidan foydalanish hamda Uyushmaning oʻzining taʼminoti suv yetkazib berish boʻyicha xizmatlar uchun haq toʻlashdan fermer va dehqon xoʻjaliklaridan, fuqarolardan va Uyushmaning boshqa aʼzolaridan haq sifatida tushadigan mablagʻlar, shuningdek u tomonidan koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari hisobiga uyushmaning sugʻoriladigan yerlari maydoni, qishloq xoʻjalik ekinlari turlari, suv berish hajmi, tuproq-iqlim xususiyatlari va boshqa xususiyatlar hisobga olingan holda Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishida belgilanadigan miqdorlarda amalga oshiriladi.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Uyushmaning suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda va Uyushmaning oʻzining taʼminotida har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisining ulushli qatnashishini aniqlash uchun har yili amaldagi normativlar asosida, qimmatlashish indeksi hisobga olingan holda xarajatlar smetasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan xarajatlar smetasi Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi.
(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa aʼzolarining nasos agregatlari, meliorativ texnikasi va boshqa mol-mulkidan foydalanish ularning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(4.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.4. Fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa aʼzolarining nasos agregatlari, meliorativ texnikasi va boshqa mol-mulki alohida shartnomalar boʻyicha ulardan foydalanish uchun Uyushmaga berilishi mumkin.
(4.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangidan tashkil etilgan fermer xoʻjaliklariga tijorat banklari tomonidan kredit berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI

1. Ushbu Qoidalar Fuqarolik kodeksiga, “Bank va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan hamda tugatilgan shirkat va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari negizida yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarini (keyingi oʻrinlarda matnda fermer xoʻjaliklari deb ataladi) rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Qoidalar yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yoki boshqa ishlab chiqarishni tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar berishni tartibga soladi, davlat buyurtmasi doirasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari tomonidan kreditlar berish qaytarish, haq toʻlash, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklariga boshlangʻich (dastlabki) kapitalni shakllantirish uchun kreditlar Yakka tartibdagi tadbirkorlarga, kichik va oʻrta biznes subyektlariga tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 3-oktabrda 1074-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) belgilangan tartibda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fermer xoʻjaliklari boshlangʻich kapitalni shakllantirish uchun kreditlar olgandan keyin oʻzining biznes-rejasini mablagʻ bilan taʼminlashga kredit olish yuzasidan oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi bankka murojaat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tijorat banklari kreditlarni fermerlarga shartnoma asosida 3 yilgacha muddatga beradi. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joyda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kreditlar fermerlarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan urugʻlik, mol, yosh chorva mollari, parranda, yem-xashak, omixta yem, koʻchatlar, veterinariya preparatlari, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash materiallari sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xom ashyo va materiallarga dastlabki ishlov berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat qurollari, xom ashyo sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik asbob-anjomlar sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik hajmli ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish bilan bogʻliq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirish.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kreditlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tamakichilik va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olish maqsadlari uchun berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori qarz oluvchi va bank oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv boʻyicha kredit shartnomasi asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. KREDITLARNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit olish uchun kredit buyurtmanomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul oqimi tahlili albatta koʻrsatilgan holdagi biznes-reja;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatini uch oydan ortiq amalga oshirayotgan fermer xoʻjaliklari, shuningdek oxirgi hisobot davri uchun davlat soliq xizmati mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan buxgalteriya balansi (1-shakl)ni hamda debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (2a-shakl)ni ham taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qarz oluvchi toʻlamaslik xavfini bartaraf etish maqsadida kreditni qaytarishni taʼminlashga ega boʻlishi kerak, taʼminlay olish unga qoʻyiladigan asosiy talab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar kreditning qaytarilishini taʼminlovchi boʻlib xizmat qilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta tashkilotining kafolatnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank kreditlari fermer xoʻjaliklari tomonidan qaytarilmasligi xavfini olinadigan kredit summasining 50 foizi miqdorida majburiy sugʻurta qilish hamda hosil va mol-mulkning 50 foizi ixtiyoriy sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisida sugʻurta kompaniyasining sugʻurta polisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasiga va boshqa sugʻurta tashkilotlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilining nobud boʻlishi xavfini yoki fermer xoʻjaliklarining boshqa faoliyatini sugʻurta qilish asosida kredit qaytarilishi haqida kafolatnomani tijorat banklariga taqdim etish tavsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu kredit buyurtmanomasi (arizasi) boʻyicha bank xulosasini berish muddati kredit olish uchun buyurtmanoma ushbu Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holda bankka tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. KREDIT BERISH VA SSUDANI QAYTARISH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joyda beriladi. Kreditlar alohida ssuda hisob raqami ochish va fermer xoʻjaligining asosiy faoliyati bilan bogʻliq tovar-moddiy boyliklar, asbob-uskunalar va boshqa xizmatlar uchun qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalarini toʻlash yoʻli bilan naqd pulsiz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kreditni qaytarish muddatlari jadval tarzida taqdim etilishi mumkin, jadvalda kreditni pul oqimlari tushishi istiqboliga koʻra bir nechta bosqichda qaytarish nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit uchun foizlarni toʻlash yetishtirilgan hosilni sotishdan pul mablagʻlari tushishiga qarab, biroq kredit berilgan kundan boshlab kamida 6 oydan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kreditni qaytarish muddati boshlanganda va qarz oluvchida pul mablagʻlari mavjud boʻlmaganda kredit kafolat beruvchi (sugʻurtalovchi)ning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan undirib olishga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta holati boshlanganda “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasining hududiy boʻlimlari va boshqa sugʻurta tashkilotlari tijorat banki talabiga koʻra sugʻurta summasini mazkur kredit boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni toʻlashga oʻtkazishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi va u qarz oluvchining buyurtmanomasini hamda kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashishga yoʻnaltirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Monitoring jarayonida bank joylarda kreditdan samarali va maqsadli foydalanilishini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tijorat banklari kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmayotgan qarz oluvchilarga nisbatan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit berishni vaqtinchalik toʻxtatib turishga yoki toʻliq toʻxtatib qoʻyishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan kredit boʻyicha qarzning butun summasini muddatidan oldin undirib olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaslik hollari aniqlangan taqdirda bank kreditning belgilanmagan maqsadda foydalanilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin, kredit shartnomasida belgilangan tartibda undirib olish huquqiga egadir.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 1-son, 8-modda; 2003-y., 17-18-son, 156-modda; 2004-y., 33-son, 370-modda, 52-son, 521-modda; 2006-y., 45-son, 443-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2010-y., 44-45-son, 385-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 01.06.2018-y., 09/18/403/1286-son, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)