Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2020 25.04.1996 yildagi 220-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2020
Hujjat 19.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi OʻRQ-604-sonli “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 19-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Erkin iqtisodiy zona tushunchasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona — mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan maʼmuriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti boʻlgan maxsus ajratilgan hududdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xoʻjalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyiladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Erkin iqtisodiy zonani tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Erkin iqtisodiy zona maqomini tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonaning maqomi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddat tugaganidan keyin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonaning maqomini tugatish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Erkin iqtisodiy zonalarning turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin savdo zonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin ishlab chiqarish zonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Erkin savdo zonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni oʻrash-joylash, saralash, saqlash zonalarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, aeroportlarda, temir yoʻl uzellarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Erkin ishlab chiqarish zonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin ishlab chiqarish zonalari — tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xoʻjalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni oʻz ichiga oladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat boʻlib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va oʻquv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari—texnopolislar shaklida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda manfaatlarining kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonalarda investorlarning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi taʼminlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va boshqa organlar yoxud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning oʻrni, shuningdek boy berilgan foyda hamda yetkazilgan maʼnaviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi kerak.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga muvofiq rivojlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni taʼminlashni, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini iqtisodiy ragʻbatlantirish choralarini oʻz ichiga oladi.
(10-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy taʼminlash zonaning oʻz resurslari hamda xususiy va boshqa manbalardan mablagʻlar jalb etish, shu jumladan xalqaro dasturlar hisobiga, shuningdek mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. ERKIN IQTISODIY ZONALARNING HUQUQIY TARTIBOTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Huquqiy tartibotning oʻziga xos jihatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonalarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek fuqarolar kirishi, chiqishi va bu yerda boʻlishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga va zonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot oʻrnatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yoʻli bilan olgan daromadi (foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Alohida bojxona tartiboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida bojxona tartiboti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki kamaytirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona hududida alohida bojxona tartibotini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlari taʼminlaydi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida bojxona tartiboti erkin iqtisodiy zona hududi orqali tovarlarni tranzit olib oʻtishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Alohida valyuta tartiboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida valyuta tartiboti milliy va chet el valyutalarining erkin muomalada boʻlishi hamda ayirboshlanishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida valyuta tartibotining amal qilish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) mamlakat investorlari va chet ellik investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlardan foydalanadi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Mehnat resurslari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlash uchun eng avvalo mahalliy mehnat resurslari jalb etiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi shaxslar va chet el fuqarolari ham jalb etilishi mumkin. Erkin iqtisodiy zonaga mehnat resurslarini jalb etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlari qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoa shartnomalari va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ahvolini qonun hujjatlarida, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi ham qatnashchisi boʻlgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Erkin iqtisodiy zonaning budjeti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona mustaqil budjetga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonani shakllantirish bosqichida kreditlar berish yoki ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlarini toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalash tarzida respublika budjeti va mahalliy budjetdan mablagʻlar jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonaning budjeti erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi (bundan buyon matnda Maʼmuriy kengash deb yuritiladi) foydalanishi va boshqaruvida boʻlgan yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, xizmatlar koʻrsatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Erkin iqtisodiy zonaga kirish, erkin iqtisodiy zonadan chiqish va uning hududida boʻlish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonaga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi, iqtisodiy zonadan chiqishi va shu hududda boʻlishining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Sugʻurta
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona qatnashchilarining investitsiyalari va tavakkalchiligini sugʻurta qilish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta himoyasi qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlanadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. ERKIN IQTISODIY ZONANI BOShQARISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Erkin iqtisodiy zonaning boshqaruv organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyati Maʼmuriy kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona direksiyasi (bundan buyon matnda direksiya deb yuritiladi) erkin iqtisodiy zonaning operativ boshqaruv organidir.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy kengashga rais boshchilik qiladi. Erkin iqtisodiy zonaning chegaralari Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birligi (tuman, shahar, shahardagi tuman) chegarasiga toʻgʻri kelgan taqdirda, Maʼmuriy kengash raisining vazifalarini ijro etish tegishli hokim zimmasiga yuklanadi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Erkin iqtisodiy zona Maʼmuriy kengashining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy kengash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida huquqiy tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonaga investitsiyalarni jalb etish uchun qoʻshimcha shartlar belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonaning har yilgi budjetini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy kengashning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari erkin iqtisodiy zona hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) ijro etishi uchun majburiydir.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Erkin iqtisodiy zonada davlat mulki huquqining oʻziga xos jihatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona chegaralarida joylashgan davlat mulki obyektlari (er, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolatlari doirasidagi qaroriga koʻra operativ boshqarish yoki xoʻjalik yuritish huquqi asosida Maʼmuriy kengashga topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Maʼmuriy kengashga topshirilgan yer, suv, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar va obyektlardan oqilona foydalanilishi hamda ularning muhofaza qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
(23-moddaning birinchi va ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib sotish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Erkin iqtisodiy zona direksiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya yuridik shaxs boʻlib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida huquqiy tartibotning amal qilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy kengash tomonidan tanlab olingan investorlar majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyati qatnashchilarining (yuridik va jismoniy shaxslarning) roʻyxatdan oʻtkazilishini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni taʼminlaydi, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarining but saqlanishi uchun javobgar boʻladi.
(24-moddasining ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya yuridik va jismoniy shaxslarning operativ xoʻjalik, moliyaviy faoliyatiga hamda boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyati qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada roʻyxatdan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin iqtisodiy zonada roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, direksiya erkin iqtisodiy zona hududida yuridik yoki jismoniy shaxsning faoliyatini tugatish hamda unga berilgan guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqli.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonada ishlab turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlar qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdirda, mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan xodimda qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlar saqlanib qoladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Nizolarni hal etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonalar sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-224-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 25-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
220-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 58-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 39-son, 424-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)