Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021 27.01.2009 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Do‘stlik” agrofirmasining 205 — 216, 381a — 388, 404 — 470 konturlardagi 500 gektar bo‘lgan maydonda hamda Navoiy shahri, S. Ayniy ko‘chasidagi umumiy yer maydoni 81,4 gektar bo‘lgan 27 va 69-uy manzillarida joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/629/1635-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Boshqaruv xodimlarining dastlabki soni 5 nafar bo‘lgan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi Direksiyasi tashkil etilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi to‘g‘risidagi nizomning amal qilishi samaradorligi yuzasidan monitoring olib borsinlar hamda zarur bo‘lganda “Navoiy” EIZ hududida xo‘jalik faoliyati yuritish amaliyotini hisobga olgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida tezkorlik bilan takliflar kiritsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qo‘yilsinki, “Navoiy” EIZ direksiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladigan yuridik shaxs hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy” EIZning Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjetining bir qismi, xarajatlar smetasi doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan budjet mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy” EIZ xo‘jalik faoliyati qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va “Navoiy” EIZning qatnashchilari bo‘lmagan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investorlar bilan “Navoiy” EIZ hududiga investitsiya kiritish, “Navoiy” EIZ hududida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan yer uchastkalari ijarasi yuzasidan shartnomalar tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi, natijalarini keyinchalik Ma’muriy kengashga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Navoiy” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasining (keyingi o‘rinlarda “Navoiy” EIZ direksiyasi deb ataladi) muassisi etib belgilansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda — “Navoiy” EIIZ direksiyasi to‘g‘risidagi nizom loyihasini, uning shtatlar jadvalini hamda “Navoiy” EIIZ direksiyasini yuqori malakali rahbar kadrlar va mutaxassislar bilan ta’minlash yuzasidan takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda — Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda “Navoiy” EIIZ direksiyasining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini hamda xorijiy va milliy valyutada bank hisob raqamlari ochilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Navoiy” EIIZ direksiyasining ustav fondini respublika budjetidan moliyalashtiriladigan 2008-yilgi Investitsiya dasturi bo‘yicha tejalgan 4,89 mlrd so‘m miqdorida shakllantirsin, ularni maqsadli ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy” EIIZ direksiyasi hududi atrofini perimetr bo‘yicha xalqaro normalarga muvofiq to‘siq bilan o‘rashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi muhandislik kommunikatsiyalari, shu jumladan suv ta’minoti, gaz ta’minoti, elektr ta’minoti va kanalizatsiya kommunikatsiyalari keltirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi doirasida “Navoiy” EIIZ direksiyasi ta’minotiga yo‘naltirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar ko‘rsatish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadlarning bir qismi Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan belgilangan tartibda sarflangan budjet mablag‘larini qoplashga yo‘naltiriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
E-40 trassasidan “Navoiy” EIZ hududigacha (2,2 km) to‘rt polosali avtomobil yo‘li qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy” EIZ tashqi energiya ta’minoti obyektlari qurilishi “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — to‘siqlar va “Navoiy” EIIZ hududigacha muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Zarafshon qurilish boshqarmasi — “Navoiy” EIIZ hududi atrofiga to‘siqlar qurilishi bo‘yicha bosh pudrat tashkiloti etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zshaharsozlikLITI” OAJ — “Navoiy” EIIZ, to‘siqlar, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari bosh rejasini hamda zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihalashtiruvchi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga, “O‘zshaharsozlikLITI” OAJga va Zarafshon qurilish boshqarmasiga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni va qurilish-montaj ishlarini bir paytda amalga oshirishga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy” EIIZ hududi atrofiga to‘siqlar qurilishi bo‘yicha 2009-yil 1-martgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha 2009-yil 1-iyulgacha ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin va ishlab chiqilishi ustidan arxitektura-ekspert kuzatuvini hamda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat nazoratini o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Navoiy viloyati hokimligi “Navoiy” EIIZ hududida ma’muriy bino foydalanishga topshirilgungacha bo‘lgan davr uchun “Navoiy” EIIZ direksiyasini Navoiy shahrida xizmat binolari bilan ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 27-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 40-modda; 2017-y., 13-son, 207-modda, 15-son, 252-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son, 08.08.2018-y., 09/18/629/1635-son)