Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2019 13.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2314
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining qarori, 13.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2314
Дата вступления в силу
23.01.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2019
Hujjat 23.01.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2314]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 18-fevraldagi 01/10-10/42-sonli ““Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2314-5, 04.03.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 82-modda), Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, 11-12-son), “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 51-son, 480-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 24-noyabrdagi PF-1009-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 11-12-son, 301-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-noyabrdagi 575-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 1995-yil 11-apreldagi 126-son “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1995-yil, 4-son, 15-modda) va 2011-yil 25-maydagi 146-son “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 20-21-son, 205-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan “Fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun yer uchastkalarini auksionlarda realizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizom (roʻyxat raqami 119, 1995-yil 26-yanvar) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais v.b A. ABDUXAKIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 9-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01/09-18/13-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 9-dekabrdagi 01/09-18/13-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 82-modda), Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, 11-12-son), “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 51-son, 480-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 24-noyabrdagi PF-1009-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 11-12-son, 301-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-noyabrdagi 575-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 1995-yil 11-apreldagi 126-son “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1995-yil, 4-son, 15-modda) va 2011-yil 25-maydagi 146-son “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 20-21-son, 205-modda) qarorlariga muvofiq, yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar — diplomatik korpus xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan matbuot vakillari, doimiy vakolatxonalar, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar xodimlari, qoʻshma korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslar, shuningdek, respublikada doimiy yashaydigan va yashash guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslar qatnashishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion savdosi — musobaqalashish asosida xaridorni tanlash shakli, bunda yer uchastkasiga boʻlgan huquq uchun eng yuqori narxni taklif qilgan qatnashchi yer uchastkasiga boʻlgan huquqni olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish huquqiga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich narx — yer uchastkasiga boʻlgan huquqning uni auksion savdolariga qoʻyish uchun tuman yoki shahar hokimligi tomonidan belgilangan narx;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo tashkilotchisi — tuman yoki shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarma deb yuritiladi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi rieltorlik tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — taklif etilgan shartlarda auksion savdolarida qatnashish toʻgʻrisida buyurtmanoma bergan mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov — realizatsiya qilingan yer uchastkasiga boʻlgan huquq uchun xaridor tomonidan hududiy boshqarmaning hisob raqamiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan pul mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridor — auksion savdosi natijalari boʻyicha yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchi — auksion savdosida qatnashishga ruxsat etilgan talabgor yoki uning vakolatli vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hokimlik — tuman yoki shahar hokimligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yakka tartibda uy-joy qurishga 0,04 gektargacha, dehqon xoʻjaligini yuritishga 0,06 gektargacha yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar auksion savdosi asosida realizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Auksion savdolari oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Auksion savdolariga qoʻyiladigan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning roʻyxatini tuzish, realizatsiya qilish shartlari hokimlik tomonidan belgilanadi. Hokimlik yer uchastkalarini ajratish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiyaning takliflariga asosan egalik qilish huquqi auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining roʻyxatini shakllantiradi va quyidagi hujjatlar toʻplamini hududiy boshqarmaga taqdim qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (keyingi oʻrinlarda yer uchastkasiga boʻlgan huquq deb yuritiladi) auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarini ajratish toʻgʻrisidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi. Unda yer uchastkasining oʻlchami, soni, har bir yer uchastkasining raqami, tavsifi (oʻlchami, suv bilan taʼminlanganligi, relyefi, tabiiy, sanitariya-ekologiya, tarixiy va madaniy meros muhofazasi, issiqlik, gaz, elektr taʼminoti, aloqa vositalari, kanalizatsiya bilan bogʻliq shartlar, transport kommunikatsiyalari, shuningdek yer uchastkasining boshqa oʻziga xos shartlari), joylashgan joyi va moʻljali, boshlangʻich narxi, talabgorlar tomonidan toʻlanadigan zakalat puli miqdori, yer uchastkasining muhandislik kommunikatsiyalarga ulanishi uchun tegishli tashkilotlarga texnik shartlarni belgilangan tartibda tayyorlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilishda talabgorlarga qoʻyiladigan pul bilan baholanmaydigan boshqa majburiyatlar (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik koʻrsatkichlar talablariga qonunchilikka muvofiq rioya qilingan holda tayyorlangan yer uchastkasi joylashgan hududning rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining belgilangan tartibda tasdiqlangan eksplikatsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining 1:500 nisbatdagi raqamlangan yer boʻlaklariga ajratish chizmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hududiy boshqarma hokimlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda oʻn kunlik muddat ichida yer uchastkalariga boʻlgan huquqni auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi va unda quyidagilarni koʻrsatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rieltorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuziladigan rieltorlik tashkilotining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasining raqami va joylashgan manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshlangʻich narxi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilishda talabgorlarga qoʻyiladigan pul bilan baholanmaydigan boshqa majburiyatlar (agar hokimlikning qarorida belgilangan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzilishining cheklangan muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zakalat puli miqdori, toʻlash muddati va shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion komissiyaning tarkibi, doimiy faoliyat yurituvchi auksion komissiya tashkil etilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Hududiy boshqarma tomonidan hokimlik, savdo tashkilotchisining vakillaridan va zaruriyat boʻlganda, shartnoma asosida jalb etiladigan ekspertlar va maslahatchilardan iborat boʻlgan kamida besh kishidan iborat toq sondagi tarkibda doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan auksion komissiya tuziladi. Auksion komissiyaga hududiy boshqarmaning vakili raislik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Auksion komissiya oʻz ish reglamentini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Qaror komissiya aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, auksion komissiya raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar auksion komissiya majlisida uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan komissiya raisi qatnashsa, u vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Auksion komissiya auksion savdosini oʻtkazish jarayonining qonuniyligini nazorat qiladi, auksion savdosi natijalari boʻyicha qaror qabul qilishning xolisligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hududiy boshqarmaning yer uchastkalariga boʻlgan huquqni auksion savdosiga chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan sanadan boshlab besh kunlik muddatda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun hokimlik, hududiy boshqarma va mazkur buyruqda koʻrsatilgan savdo tashkilotchisi oʻrtasida rieltorlik xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Rieltorlik xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan soʻng uch kunlik muddat ichida hududiy boshqarma hokimlik tomonidan unga taqdim etilgan hujjatlar toʻplami hamda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqning tasdiqlangan nusxasini savdo tashkilotchisiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Hududiy boshqarma auksion savdosi oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq oʻzining Internet tarmogʻidagi veb-saytida yer uchastkasiga boʻlgan huquqning auksion savdosiga qoʻyilganligi toʻgʻrisida xabarnomani belgilangan tartibda joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Savdo tashkilotchisi rieltorlik xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma va hududiy boshqarmaning yer uchastkalariga boʻlgan huquqni auksion savdosiga chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion savdosi oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin, bitta respublika va bitta viloyat miqyosidagi davriy bosma nashrda va savdo tashkilotchisining Internet tarmogʻidagi veb-saytida auksion savdosini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomani eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar bilan zakalat toʻgʻrisida kelishuv tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarning buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion savdosida talabgorlarni taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar orasidan qatnashchilar roʻyxatini tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchilarga auksion savdosi qatnashchisi chiptasini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabarnoma eʼlon qilingan paytdan boshlab talabgorlarga ularning soʻrovlari boʻyicha yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlarni beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Auksion savdosi toʻgʻrisidagi xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo tashkilotchisining nomi va manzili, uning telefon (telefaks) raqami va veb-sayti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion savdosi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarining raqamlari, soni, tavsifi (oʻlchami, suv bilan taʼminlanganligi, relyefi, tabiiy, sanitariya-ekologiya, tarixiy va madaniy meros muhofazasi, issiqlik, gaz, elektr taʼminoti, aloqa vositalari, kanalizatsiya bilan bogʻliq shartlar, transport kommunikatsiyalari, shuningdek yer uchastkasining boshqa oʻziga xos shartlari), joylashgan joyi va moʻljali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoning shakli hamda oʻtkazish tartibi (boshlangʻich narxning bosqichma-bosqich oshib borishi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshlangʻich narxi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarga qoʻyiladigan pul bilan baholanmaydigan boshqa shartlar (mavjud boʻlganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzilishining cheklangan muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zakalat puli miqdori, toʻlash muddati va shakli, toʻlov uchun bank rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmanomalarni qabul qilish joyi, ularni qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarning yer uchastkalari bilan oldindan tanishishi tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Savdo tashkilotchisi auksion savdolarining qonuniylik, oshkoralik tamoyillari, raqobatni ragʻbatlantirish asosida amalga oshirilishini va savdoning barcha qatnashchilari uchun teng sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Auksion savdosida qatnashish uchun talabgor yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshlangʻich narxining kamida oʻn besh foizi miqdorida zakalat puli toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Auksion savdosida qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish xabarnomada eʼlon qilingan sanadan boshlanadi va auksion savdosi oʻtkazilishidan bir kun oldin soat 18.00 da toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Savdo tashkilotchisi yer uchastkasining 1:500 nisbatdagi raqamlangan yer boʻlaklariga ajratish chizmalari nusxasi bilan birga auksion savdolariga qoʻyilgan yer maydonlariga boʻlgan huquqlarning har biriga talabgorlar tomonidan nechta buyurtmanomalar topshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har bir ish kunida ikki marotaba (kunning birinchi yarmida soat 12.00 da, kunning ikkinchi yarmida soat 17.00 da) savdo tashkilotchisi binosiga kirish joyiga, talabgorlar hech qanday toʻsiqsiz koʻrishi imkonini beradigan tarzda ilib qoʻyiladigan eʼlonlar taxtasiga kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Auksion savdosida qatnashish uchun savdo tashkilotchisi va talabgor oʻrtasida zakalat toʻgʻrisidagi kelishuv imzolanadi, shundan soʻng talabgor savdo tashkilotchisiga auksion savdosi oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomada belgilangan muddatlarda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda auksion savdosida qatnashishga buyurtmanomani taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — pasport nusxasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy yuridik shaxslar — ularning ustavining belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy fuqarolar — chet davlat milliy yoki diplomatik pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va yashash guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslar — yashash guvohnomasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksion savdosi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan bank hisob raqamiga zakalat puli toʻlanganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjatining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zakalat toʻgʻrisidagi kelishuv yoki buyurtmanoma talabgorning nomidan vakolatli vakil tomonidan imzolangan yoxud auksion savdosi jarayonida vakolatli vakil qatnashgan, auksion savdosi natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar vakolatli vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakolatli vakilning shaxsini va uning vakolatini tasdiqlaydigan hujjat(lar)ning (tegishincha tugʻilganlik haqida guvohnoma, sudning, vasiylik va homiylik organining qarori, ishonchnoma) nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Savdo tashkilotchisi buyurtmanomaning nusxasiga hujjatlarning roʻyxati bilan birgalikda berilgan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida ular qabul qilingan sana va vaqtni koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi, ushbu nusxa talabgorga topshiriladi. Auksion savdosida qatnashish uchun buyurtmanomalar savdo tashkilotchisi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Auksion savdosini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan qabul qilish muddati tugagandan keyin kelib tushgan yoki ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, ular savdo tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa asoslar boʻyicha hujjatlarni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Hujjatlari savdo tashkilotchisi tomonidan qabul qilib olingan talabgor auksion savdosida qatnashishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion savdosining qatnashchisi boʻlmagan boshqa shaxslar ham auksion savdosi jarayonini koʻrish uchun auksion savdosi oʻtkazilayotgan joyga kirishga haqli. Auksion savdosining oʻtkazilish jarayoniga ularning aralashishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qatnashchiga auksion savdosi oʻtkaziladigan kunda auksion savdosi boshlangunga qadar auksion savdosi qatnashchisi chiptasi beriladi. Unda qatnashchining raqami, yer uchastkasining raqami, auksion savdosi oʻtkazishning asosiy shartlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qatnashchi auksion savdosi oʻtkazilishidan kamida bir soat oldin savdo tashkilotchisiga yozma ariza berish yoʻli bilan buyurtmanomani qaytarib olishi mumkin. Ushbu holatda toʻlangan zakalat puli qatnashchi tomonidan zakalat puli qaytariladigan bank rekvizitlari (shaxsiy hisob raqami) koʻrsatilgan kundan boshlab besh kundan kech boʻlmagan muddatda savdo tashkilotchisi tomonidan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agar buyurtmanoma qabul qilish tamom boʻlishi sanasigacha birorta ham buyurtmanoma tushmagan yoki faqat bitta buyurtmanoma tushgan yoxud auksion savdolariga birorta ham qatnashchi kelmagan boʻlsa yoki faqat bitta qatnashchi kelgan taqdirda, auksion komissiya qarori bilan auksion savdosi boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Savdo tashkilotchisi buyurtmanoma qabul qilish tamom boʻlishi sanasigacha birorta ham buyurtmanoma tushmaganligi yoki faqat bitta buyurtmanoma tushganligi haqida buyurtmanomalar qabul qilinishi tugagan sanadan boshlab bir kunlik muddatda hokimlikni, hududiy boshqarmani, shuningdek yagona buyurtmanomani bergan qatnashchini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Auksion savdolarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Auksion savdolari yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshlangʻich narxi bosqichma-bosqich oshirilib borilishi shaklida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Dastlabki auksion qadami auksion komissiya tomonidan boshlangʻich narxning oʻn foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Auksion savdosi savdo tashkilotchisi tomonidan tayinlanadigan auksionchi tomonidan olib boriladi. Auksion savdosi auksionchi tomonidan savdo predmeti, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning raqami, qisqacha tavsifi va boshlangʻich narxini birinchi qadamni hisobga olgan holda, shuningdek savdo jarayonida uni oshirish (auksion qadami) eʼlon qilingan holda boshlanadi. Bunda, qatnashchilar oʻzining chiptasini koʻtarib turib, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni ushbu narxda olishga tayyorligini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksionchiga auksion savdosi boshlanishidan oldin boshlangʻich narx qatnashchilar hisoblashi uchun qiyinchilik tugʻdiradigan raqamlar boʻlgan holatda, boshlangʻich narxni uning 1 foizidan ortiq boʻlmagan summagacha oshirib, yaxlitlash huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Bir necha qatnashchilar tomonidan chipta koʻtarilgan taqdirda auksionchi narxni oʻz chiptasini koʻtarib turgan yagona qatnashchi qolgunga qadar auksion qadamiga muvofiq oshirib, navbatdagi narxni eʼlon qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Dastlabki uch marta narx oshirilishidan keyin auksionchi auksion qadamini oshirish tomonga oʻzgartirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Chiptasini koʻtarib turgan yagona qatnashchi qolganda auksionchi navbatdagi eʼlon qilingan narxni uch marta takrorlaydi. Bunda ushbu narx uchinchi marta eʼlon qilingunga qadar auksion savdosi qatnashchilaridan birortasi oʻz chiptasini koʻtarsa, auksionchi narxni auksion qadamiga muvofiq oshirib, navbatdagi narxni eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu narxni uch marta eʼlon qilingunga qadar auksion savdosi qatnashchilaridan hech biri chiptasini koʻtarmasa, auksion savdosi tugallanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Auksionchi tomonidan oxirgi narx aytilgan paytda chiptasini koʻtarib turgan qatnashchi gʻolib hisoblanadi. Auksionchi auksion savdosiga qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning realizatsiya qilinganligini eʼlon qiladi, uning narxini va auksion savdosi gʻolibining chiptasining raqamini aytadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Auksionchi tomonidan navbatdagi narx eʼlon qilingan paytda chiptasini koʻtarib turgan barcha qatnashchilar tomonidan chiptalar tushirilgan hamda hech bir qatnashchi tomonidan auksionchi tomonidan navbatdagi eʼlon qilingan narx uch marta takrorlangunga qadar chipta qayta koʻtarilmagan taqdirda, shuningdek auksion savdosi jarayonida ushbu Nizom talablari buzilganda, auksion komissiyasining qaroriga asosan auksion savdosini oʻtkazish toʻxtatiladi va mazkur yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan tartibda takroriy auksion savdolariga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Auksion savdolari natijalarini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnomani tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Auksion savdosi yakunlari boʻyicha auksion komissiya tomonidan bayonnoma tuziladi. Mazkur bayonnomaning qaror qismida qatnashchilar, ularning takliflari va gʻolib koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Auksion komissiyaning qarori asosida savdo tashkilotchisi va auksion savdosi gʻolibi tomonidan savdo oʻtkazilgan kunda savdolarning natijalari toʻgʻrisidagi ikki nusxada gʻoliblik bayonnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bayonnomaning kseronusxasi savdo tashkilotchisi tomonidan hokimlik va hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Savdo tashkilotchisi auksion savdosi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni auksion savdo oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kunlik muddat ichida auksion savdosi oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma eʼlon qilingan davriy nashrlarda eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Auksion savdosi natijalari toʻgʻrisidagi gʻoliblik bayonnomasi imzolangandan keyin yigirma kundan kechikmay hokimlik, hududiy boshqarma, savdo tashkilotchisi va gʻolib oʻrtasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi. Mazkur shartnomaning belgilangan tartib va muddatda tayyorlanishini, tuzilishini tashkil etish hamda taʼminlashga savdo tashkilotchisi masʼuldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Gʻolib yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgunga qadar gʻoliblik bayonnomasida qayd etilgan narxning kamida oʻn besh foizi miqdorida savdo tashkilotchisining hisob raqamiga toʻlanishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Gʻolib bayonnomani yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, u tomonidan toʻlangan zakalat puli qaytarilmaydi. Bunda koʻrsatilgan xizmatlar haqi chegirib qolingan holda, savdo tashkilotchisi tomonidan zakalat puli auksion komissiya bayonnomasi tuzilgan yoki shartnomani imzolash muddati tugagan sanadan boshlab besh kunlik muddat ichida hududiy boshqarmaning ikkilamchi maxsus hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnoma hududiy boshqarma tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Hududiy boshqarmaning xaridor tomonidan toʻlovlar toʻliq toʻlanganligini tasdiqlovchi yozma maʼlumoti olingandan soʻng, hokimlik tomonidan oʻn kunlik muddat ichida xaridorga uning yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi davlat hujjati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Auksion savdolari yakunlari boʻyicha hisob-kitob qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnomada toʻlovlarni amalga oshirish muddati shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab, quyidagicha belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 000,0 ming (bir million) soʻmgacha — oʻn besh kunlik muddat ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 001,0 ming (bir million bir) soʻmdan, 3 000,0 ming (uch million) soʻmgacha — oʻttiz kunlik muddat ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 001,0 ming (uch million bir) soʻmdan yuqori — oltmish kunlik muddat ichida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq uchun toʻlovlar xaridor tomonidan mazkur Nizomning 43-bandida koʻrsatilgan muddatlar doirasida shartnomada koʻrsatilgan muddat va shartlarda amalga oshiriladi. Bunda, auksion savdosi gʻolibi tomonidan auksion savdosida qatnashish uchun toʻlangan zakalat puli yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish narxi toʻlanishida hisobga olinadi va bu haqda shartnomada koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Xaridor yer uchastkasiga boʻlgan huquq uchun toʻlovlarni shartnomada koʻrsatilgan muddatdan oldin toʻlashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Savdo tashkilotchisi xaridor tomonidan toʻlangan zakalat pulidan koʻrsatilgan xizmatlar haqini chegirib qolgan holda, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnoma roʻyxatga olingan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnomada koʻrsatilgan bank rekvizitlariga zakalat pulini oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Hududiy boshqarmaning tegishli hisob raqamiga mablagʻlar kelib tushgan sana toʻlovlar toʻlangan sana hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Auksion savdolarida realizatsiya qilingan yer uchastkalariga boʻlgan huquq uchun toʻlovlar va toʻlov muddati kechiktirilganligi uchun hisoblangan penya (mavjud boʻlgan taqdirda) xaridor tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq toʻliq toʻlanganidan soʻng, bu haqda hududiy boshqarma oʻn kunlik muddat ichida tegishli hokimlikka yozma ravishda maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Auksion savdosining gʻolibi boʻlmagan va auksion savdosiga kelmagan qatnashchilarga ular tomonidan toʻlangan zakalat puli qatnashchi tomonidan bank rekvizitlari (shaxsiy hisob raqami) koʻrsatilgan holda savdo tashkilotchisiga murojaat qilingan kundan boshlab besh kundan kech boʻlmagan muddatda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar taqsimoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Xususiylashtirishdan tushumlarni hisobga olish, taqsimlash va mablagʻlardan foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar boʻyicha takroriy auksion savdolarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Savdo tashkilotchisi auksion savdosi boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilganda, gʻolib gʻoliblik bayonnomasini imzolamaganda, gʻolib tegishli toʻlovni toʻlamaganda yoki auksion savdosi oʻtkazilgan sanadan keyin yigirma kunlik muddat ichida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnomani imzolamagan taqdirda auksion komissiyasi qaroriga asosan ushbu yer uchastkasi boʻyicha auksion savdosini mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda qaytadan tashkillashtiradi. Bunda yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshlangʻich narxi uni dastlabki auksion savdolariga chiqarishda belgilangan boshlangʻich narx hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni realizatsiya qilish toʻgʻrisida shartnoma bekor qilingan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni takroran auksion savdolariga chiqarish mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 25-modda; 2014-y., 23-son, 278-modda; 2015-y., 11-son, 131-modda, 23-son, 307-modda; 2017-y., 29-son, 720-modda)