Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR UChUN ENG KAM ULGURJI-SOTISh VA ChAKANA NARXLARNI QAYTA KOʻRIB ChIQISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2301]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 6-dekabrdagi 85, 2012-37-sonli “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2404, 12.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 569-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 6-dekabrdagi 103, 2010-49-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2163, 2010-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 50-son, 476-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror 2012-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
81-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
2011-39-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 81, 2011-39-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Alkogolli mahsulotlar* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana
NARXLAR
|
Sotilayotgan tovarning nomi |
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi |
Eng kam chakana narx |
|
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
2200 |
2700 |
| Konyak, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
5000 |
6100 |
* Pivodan tashqari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 540-modda; 2012-y., 50-son, 572-modda)