OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR UChUN ENG KAM ULGURJI-SOTISh VA ChAKANA NARXLARNI QAYTA KOʻRIB ChIQISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2163]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 81, 2011-39-sonli “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2301, 16.12.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 569-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Mazkur qaror 2011-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-dekabr,
103-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-dekabr,
2010-49-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 6-dekabrdagi 103, 2010-49-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Alkogolli mahsulotlar* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
| Sotilayotgan tovarning nomi | Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi | Eng kam chakana narx |
| Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
2000 |
2500 |
| Konyak, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
4300 |
5400 |
* Pivodan tashqari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 50-son, 476-modda)