Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2023 28.08.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2259
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING SUD-TIBBIY EKSPERTIZA MUASSASALARIDA SUD-TIBBIYOT EKSPERTIZALARINI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2259]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 26-iyundagi 21-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2259-3, 10.07.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 2-bandiga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. IKRAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 25-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 25-iyuldagi 227-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 173-modda), Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son), Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son), Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 3-son) va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida (bundan buyon matnda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi deb yuritiladi) sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizalar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qarori, sud ajrimi (sudya qarori) asosida oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 19-oktabrdagi 114-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2259-1, 23.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2259-1/0304-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizaning quyidagi turlari oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zoʻraki oʻlim, zoʻrlik ishlatilganiga shubha boʻlgan yoki sud-tibbiyot tekshiruv zaruratini yuzaga keltiradigan boshqa holatlarda murdalar ekspertizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tan jarohatlarining xarakteri va ogʻirlik darajasi, yosh, jinsiy holat va sud tibbiyoti sohasidagi maxsus bilimlarni talab etadigan boshqa masalalarni hal etish uchun tirik shaxslar ekspertizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ashyoviy dalillar va biologik obyektlar ekspertizasi (tibbiy-kriminalistik ekspertiza, sud-biologik ekspertiza, sud-gistologik ekspertiza, sud-kimyo ekspertizasi, sud-tsitologik ekspertiza, kimyo-toksikologik ekspertizasi, biokimyoviy ekspertiza, genetik ekspertiza va spektrografik ekspertiza).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida uning ixtisosligi boʻyicha boshqa turdagi ekspertizalar ham oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan, muayyan sud-ekspert ixtisosligi boʻyicha keyingi tayyorgarlikdan oʻtgan va Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-dekabrdagi 300-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 50-son, 475-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq davlat sud eksperti (bundan buyon matnda ekspert deb yuritiladi) sifatida attestatsiyadan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ekspertiza muassasasida ekspertizani oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertiza boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs tomonidan ham oʻtkazilishi mumkin. Bunday xodimlar yoki jismoniy shaxslarni tanlash, ular tarkibini tasdiqlash hamda ularning faoliyat tartibini belgilash sud-tibbiy ekspertiza muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) bilan kelishmasdan boshqa shaxslarni ekspertizani oʻtkazish uchun jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari va ekspertning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonunchilik hujjatlari va ushbu Yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ekspert quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tergov harakatlari oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir boʻlish va shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid savollar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud muhokamasida sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va soʻroq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar uning huquq va erkinliklarini ishni yuritayotgan organning qarorlari, shaxsning harakatlari (harakatsizligi) buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(5-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ekspert:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert sifatida oʻzini oʻzi rad etishi uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yoki sud-tibbiy ekspertiza muassasasining yoxud boshqa tashkilotning rahbariga darhol maʼlum qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona xulosa berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi oʻtkazgan sud-tibbiyot ekspertizasi xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ekspert:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan, ishning natijasidan oʻzining manfaatdor emasligini shubha ostiga qoʻyadigan masalalar yuzasidan protsess ishtirokchilari bilan shaxsiy aloqaga kirishishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun mustaqil ravishda materiallar toʻplashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasi natijalarini ushbu ekspertizani tayinlagan organdan (shaxsdan) tashqari biron-bir shaxsga xabar qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbaridan tashqari bevosita boshqa biron-bir organdan (shaxsdan) sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriqlar qabul qilishga;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs sifatida sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert oʻz faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir va uning faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar sud-tibbiy ekspertiza muassasasida tekshirishlarni oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar boʻlmasa, sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur boʻlsa, kiritish toʻgʻrisida iltimos qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan tekshirishlarni oʻtkazishni oʻz kuchlari va vositalari bilan taʼminlayotgan tashkilotlarga sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimning koʻchirma nusxasini yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) mazkur tashkilotning tekshirish obyektlari tekshirilganidan soʻng ularni tashish, bundan pochta xarajatlari mustasno; tekshirish obyektlari sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu tashkilotda saqlash; katta xavf tugʻdiradigan obyektlarning mazkur tashkilotga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni, agar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu obyektlar bilan muomalada boʻlishning unga maʼlum boʻlgan maxsus qoidalari toʻgʻrisida rahbarga xabar bermagan boʻlsa yoki ular lozim darajada oʻralmagan boʻlsa, bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplashni talab qilish.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim olinganidan soʻng sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishni qoʻyilgan savollarga javob berish uchun talab qilinadigan koʻlamda maxsus bilimlarga ega boʻlgan ekspertga yoki ekspertlar komissiyasiga topshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertga yoki ekspertlar komissiyasining har bir aʼzosiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi (sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining xodimlariga bunday tushuntirish ishga qabul qilish chogʻida beriladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertni bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni xulosa bilan birga ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilayotgan tekshirishlarning toʻliqligi va sifati ustidan nazoratni, ekspertning mustaqilligi prinsipini buzmagan holda taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazish muddatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashi va unga rioya etilishini nazorat qilishi;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertga tekshirishlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirish tugaganidan soʻng xulosani, tekshirish obyektlari va ish materiallarini sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tekshirish obyektlarini sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ishlamaydigan shaxslarni mustaqil ravishda jalb etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertga muayyan sud-tibbiyot ekspertizasi yuzasidan tekshirish jarayonini va fikrlar mazmunini oldindan belgilab qoʻyadigan koʻrsatmalar berishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish muddatlari ushbu ekspertizalarning murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻttiz kun doirasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishni oʻttiz kun mobaynida bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari muddat oʻtishidan uch kun oldin asoslangan xulosa tuzadi va bu toʻgʻrida sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yozma ravishda xabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qoʻshimcha muddatni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish muddatlari materiallar sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ushbu muassasa rahbari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuborilgan kunda tugaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish muddatlari quyidagi davrlarga toʻxtatib turiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertning sud-tibbiyot ekspertizasiga taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qondirish yoki iltimosnomani qondirishning rad etilishi toʻgʻrisida javob olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishni oʻttiz kungacha boʻlgan muddatda bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda uni oʻtkazish muddatlarini kelishib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertning boshqa sud-tibbiyot ekspertizasini bajarishi munosabati bilan xizmat safarida boʻlishi, uni bajarishni boshqa ekspertga topshirish mumkin boʻlmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, sud-tibbiyot ekspertizasini bajarishni boshqa ekspertga topshirish mumkin boʻlmagan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik hujjatlari va ushbu Yoʻriqnomada nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazish muddatlarini toʻxtatib turishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish xizmat koʻrsatiladigan mintaqalarga muvofiq tashkil etiladi va ushbu mintaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan va sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xizmat koʻrsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud-tibbiyot ekspertizasi, mazkur organlar (shaxslar) joylashgan hududdagi sud-tibbiy ekspertiza muassasasida tegishli ekspertiza turini oʻtkazishning imkoni boʻlmagan hollarda (tekshirishlarni oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar boʻlmasa), ushbu muassasa tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 24-fevraldagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2259-2, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2259-2/0235-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun yuboriladigan materiallarni rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sud-tibbiyot ekspertizasi faqat uni tayinlagan organ (shaxs) tomonidan, protsessual qonunga, ushbu Yoʻriqnomaga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar taqdim etilgan taqdirdagina oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sud-tibbiyot ekspertizasiga sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim), tekshirish obyektlari va ish materiallari, shuningdek tekshirishlarni oʻtkazish va xulosa berish uchun ekspertga zarur boʻlgan sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga taalluqli maʼlumotlarga ega boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Sud-tibbiyot ekspertizalarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlar (ajrimlar)ning faksimil va yorugʻ sezgir qogʻozga koʻchirilgan nusxalarini taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari, taqqoslovchi materiallar, maʼlumotlarning ishonchliligi uchun sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi bitta qaror (ajrim)ga koʻp miqdordagi obyektlar tushgan taqdirda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari bir qator alohida-alohida sud-tibbiyot ekspertizalar oʻtkazilishini tashkil etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish sud-tibbiy ekspertiza muassasasi bilan birgalikda boshqa sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga (muassasalariga) topshirilgan taqdirda sud-tibbiyot ekspertizalarini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)da mazkur sud-tibbiyot ekspertizasining qanday mutaxassisliklarga ega boʻlgan ekspertlar tomonidan oʻtkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil etishning qaysi sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuklanayotganligi hamda tekshiriladigan obyektlar va boshqa materiallar qaysi sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuborilganligi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) har bir sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qoʻshimcha yoki qayta sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan taqdirda sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga xulosa yoki oldingi oʻtkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasini berish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma barcha ilovalar (fotojadvallar, eksperimental materiallar va shu kabilar) bilan birga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha yoki qayta sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)da uni tayinlashning sabablari va asoslari albatta koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilayotgan, uni oʻtkazish imkonini bermaydigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalariga rioya etilmagan taqdirda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari bu toʻgʻrida sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga darhol xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrmasa sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari oʻttiz kun oʻtgach unga materiallarni sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazmasdan qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rasmiylashtirishning protsessual tartibi buzilgan holda qayta, shuningdek komission yoki kompleks sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazishga tushgan materiallar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga uch kun muddatda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Agar tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasi sud-tibbiy ekspertiza muassasasida oʻtkazish nazarda tutilmagan boʻlsa yoki sud-tibbiy ekspertiza muassasasi tegishli mutaxassislarga yoki asbob-uskunalarga ega boʻlmasa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari sud-tibbiyot ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarni uch kun muddatda, sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ning bajarilmaganligi sabablarini koʻrsatgan holda sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ekspert sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishga sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbarining yozma topshiriqnomasi sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) va sud-tibbiyot ekspertizasiga tushgan barcha materiallar bilan birga olingan vaqtdan boshlab kirishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarni rasmiylashtirish tartibining buzilganligi aniqlangan taqdirda ekspert bu toʻgʻrida sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbarini xabardor qiladi, rahbar ushbu Yoʻriqnomaning 20-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Taqdim etilgan materiallar toʻliq boʻlmagan taqdirda bu haqda ekspert sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari orqali sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga qoʻshimcha materiallar taqdim etish toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha materiallar faqat sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha materiallar oʻttiz kun mobaynida tushmagan taqdirda ekspert tekshirishni mavjud materiallar boʻyicha oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ekspert quyidagi hollarda qoʻyilgan masalalar yuzasidan xulosa berish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida asoslangan dalolatnoma tuzadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar qoʻyilgan masala ekspertning maxsus bilimlari (vakolatlari) doirasidan chetga chiqsa yoki uni hal etish uchun maxsus bilimlar talab qilinmasa yoxud masala huquqiy tusga ega boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan tekshirish obyektlari yoxud materiallar ularning toʻliq yoki sifatli emasligi tufayli xulosa berish uchun yaroqsiz boʻlsa va toʻldirilishi mumkin boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ilm-fan va ekspertiza amaliyotining holati qoʻyilgan masalalarga javob berish imkonini bermasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirishlarni oʻtkazish va xulosalar berish uchun zarur shart-sharoitlar, uslubiy vositalar va asbob-uskunalar mavjud boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosa berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma ushbu Yoʻriqnomaning 40-bandiga muvofiq tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ekspert oʻziga taqdim etilgan obyektlar va materiallarni tekshirishni tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan holda, protsessual qonun talablariga qatʼiy muvofiq ravishda xolisona va mufassal amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlar (tirik odamdan tashqari) faqat tekshirishni oʻtkazish va xulosa berish uchun zarur boʻlgan darajada shikastlangan va sarflangan boʻlishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasining oʻziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ishda ishtirok etadigan shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazishda ishtirok etish huquqiga ega. Sababidan qatʼi nazar, ularning yoʻqligi sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazishni toʻxtatib turish uchun asos hisoblanmaydi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ekspert oʻzining maxsus bilimlariga muvofiq oʻtkazilgan tekshirishlar asosida oʻz nomidan xulosa beradi va uning uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bir xil mutaxassislikka ega boʻlgan ikki va undan ortiq ekspertlar (ekspertlar komissiyasi)ga sud-tibbiyot ekspertizasidan oʻtkazish topshirilganda komissiyaga kiritilgan ekspertlarning har biri tekshirishni toʻliq hajmda amalga oshiradi. Ekspertlar komissiyasi tekshirishda qatnashgan ekspertdan har biri unga rozi boʻlgan taqdirda umumiy xulosa beradi. Shuningdek, ekspertlar komissiyasida ishtirok etgan ekspertlar fikrining bir qismini aks ettiruvchi yagona xulosa berilishi ham mumkin. Kelishmovchilik boʻlgan taqdirda har bir ekspert kelishmovchilikka sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun har xil mutaxassislikka ega boʻlgan ikki va undan ortiq ekspertlar (kompleks ekspertiza) tayinlanganda har bir ekspert tekshirishni amalga oshiradi va oʻz vakolati doirasida xulosa beradi. Kompleks ekspertiza xulosasida har bir ekspert qanday tekshirishlar va qanday hajmda oʻtkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspert kompleks ekspertiza xulosasining oʻz vakolatiga tegishli boʻlgan qismini imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan natijalarni va aniq xulosa (xulosalar)ni shakllantirishni baholashda vakolatli boʻlgan ekspertlar umumiy xulosa (xulosalar) chiqaradi. Agar ekspertlar komissiyasining yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos hisoblansa, u holda bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak. Kelishmovchilik holatida ekspertlarning har biri kelishmovchilikka sabab boʻlgan masalalar boʻyicha alohida xulosa tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Agar sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)da turli xil sud-tibbiyot ekspertizalari predmetiga taalluqli masalalar mavjud boʻlsa, ularning har biri boʻyicha alohida xulosa yoki xulosa berish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ekspert xulosasi uch qismdan: kirish, tadqiqot va xulosa (yakunlovchi) qismlardan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert xulosasining kirish qismida ekspertning huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirish va uni bilib turib notoʻgʻri xulosa berganligi, ish materiallarini oshkor qilganligi, shuningdek uzrli sabablarsiz xulosa berishni rad etganligi yoki bundan bosh tortganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida tushuntirilganligi haqidagi ekspert tilxati olinganligi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Xulosaning kirish qismida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasining turi va uning roʻyxat raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert (ekspertlar) haqidagi maʼlumotlar. Bunda ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, maʼlumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, ixtisosi (umumiy va ekspertlik malakasi), ish tajribasi va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallarning sud-tibbiyot ekspertizasiga kelgan vaqti va xulosaga imzo chekilgan vaqt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun protsessual asos (qaror yoki ajrim, u qachon va kim tomonidan chiqarilganligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilgan materiallarning nomi, joʻnatish usuli, oʻramning turi, holati va tekshiriladigan obyektlarning rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasi hal etishi uchun qoʻyilgan savollar. Bunda savollar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)da keltirilgan shaklda qayd etiladi. Savollarni mazmunan oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ekspert faqat savolga toʻgʻri grammatik shakl berishi va ekspert ixtisosligiga moslashtirishi mumkin. Bir necha savollar qoʻyilgan taqdirda ekspert tekshiruv oʻtkazish uchun ularning eng maqbul tartibini taʼminlaydigan izchillikda guruhlarga boʻlib chiqishi mumkin. Ekspert tashabbusi bilan hal qilingan savollar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)da keltirilgan savollardan keyin bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xulosa berish uchun ahamiyatga ega boʻlgan va ekspert tomonidan asosiy maʼlumot sifatida qabul qilingan ish holatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan savollarni hal qilishda ekspert amal qilgan hujjatlar (qarorlar, buyruqlar, qoʻllanmalar, uslubiy koʻrsatmalar), shuningdek tekshiruv oʻtkazishda foydalanilgan boshqa manbalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish jarayonida hozir boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, protsessual holati);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertning qoʻshimcha materiallar taqdim etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi (iltimosnoma yuborilgan va javob olingan vaqt, iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha yoki qayta sud-tibbiyot ekspertizasi boʻyicha xulosaning kirish qismida yuqorida bayon etilgan maʼlumotlardan tashqari, dastlabki sud-tibbiyot ekspertizasi haqidagi maʼlumotlar, yaʼni xulosaning roʻyxat raqami va sanasi, ekspertning (ekspertlarning) familiyasi, ismi va otasining ismi, sud-tibbiy ekspertiza muassasasining nomi, dastlabki sud-tibbiyot ekspertizasining xulosalari hamda qoʻshimcha va qayta sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrimda)da keltirilgan sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish sabablari bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ekspert xulosasining tadqiqot qismida ekspert oldiga qoʻyilgan har bir savol boʻyicha tekshirish jarayoni va uning natijalari yoziladi, aniqlangan faktlar boʻyicha ilmiy tushuntirish beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosaning tadqiqot qismida quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvi obyektlarining holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanilgan tadqiqot usullari va bu usullar qoʻllanishining texnik sharoitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-tibbiyot ekspertizasi tahlilining sharoitlari, maqsadi va natijalari hamda namunalar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xulosani asoslash uchun ahamiyatga ega tergov (sud) harakatlari (soʻroq, koʻzdan kechirish, eksperiment va shu kabilar)ning natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namoyish materiallariga qilingan havolalar, ilovalar va ularga berilgan zarur izohlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib borilgan tekshiruv va uning alohida bosqichlari natijalariga berilgan ekspert bahosi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasining tadqiqot qismida, agarda tadqiqot natijalari bilan avvalgi sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasining yakunlari oʻrtasida tafovut mavjud boʻlsa, buning sabablari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosaning tadqiqot qismi maxsus bilimi boʻlmagan shaxslar uchun tushunarli tilda bayon etilgan boʻlishi kerak. Maxsus atamalar izohlab berilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ekspert xulosalari uning oldiga qoʻyilgan savollarga javob shaklida bayon qilinadi va turli talqinlarga yoʻl qoʻymaydigan aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xulosani tadqiqot qismida bayon qilingan tekshirish natijalarining mukammal tavsifisiz va qoʻyilgan masalaga toʻliq javobsiz shakllantirish mumkin boʻlmasa, xulosaning tadqiqot qismiga havola qilishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ekspert xulosasi ikki nusxada tuziladi, tekshirishni oʻtkazgan ekspert (ekspertlar) tomonidan imzolanadi, uning (ularning) imzosi sud-tibbiy ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin xulosaning bir nusxasi sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Agar ekspert xulosasida ekspert tekshirishlar va uning natijalarini tasvirlovchi fotojadvallar, diagrammalar, chizmalar va shu kabi ilovalar berilsa ular ham ekspert (ekspertlar) tomonidan imzolanadi. Ekspert tekshirishlarining borishi, sharoitlari va natijalarini hujjatlashtirish materiallari ekspert xulosasi nusxasi bilan birga sud-tibbiy ekspertiza muassasasida saqlanadi. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ning talabiga koʻra ular yigʻmajildga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari xulosani koʻrib chiqishda notoʻgʻri xulosaga olib kelishi mumkin boʻlgan toʻliq boʻlmagan tekshirishlarni, tekshirish oʻtkazish uslubiyoti buzilishini yoki uning notoʻgʻri rasmiylashtirilganligini aniqlagan taqdirda xulosa zarur oʻzgartirishlar va aniqliklar kiritish uchun ekspertga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ekspert oʻz xulosasini toʻgʻri deb qatʼiy turib olsa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari tekshirish oʻtkazishni belgilangan tartibda xulosa beradigan birinchi ekspert ishtirokidagi ekspertlar komissiyasiga topshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Sud-tibbiyot ekspertizasi sudda oʻtkazishda uning natijalari mazkur Yoʻriqnomaning 31 — 35-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert xulosasi ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Xulosa berish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma uch qismdan: kirish, asoslovchi va yakunlovchi qismlardan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kirish qismida ushbu Yoʻriqnomaning 32-bandida koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq maʼlumotlar bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asoslovchi qismida xulosa berish imkoni yoʻqligi sabablari batafsil bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakunlovchi qismida ekspert oldiga qoʻyilgan har bir savol boʻyicha xulosa berish imkoni yoʻqligi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosa berish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ekspert tomonidan imzolanadi, uning imzosi ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin uning bir nusxasi sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga yuboriladi, ikkinchisi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xulosa berish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma sudda koʻrib chiqish bosqichida tuzilgan boʻlsa, u ekspert tomonidan ikki nusxada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Agar bir masala boʻyicha ekspert xulosa bersa, boshqasi boʻyicha esa xulosa berish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzish uchun asos mavjud boʻlsa, u holda yagona hujjat — ekspert xulosasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ekspert xulosasi, sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvi obyektlari boʻlgan predmetlar va hujjatlar hamda boshqa materiallar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan shaxsga yoki sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organning vakolatli xodimiga yoxud sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan berilgan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxsga shaxsan beriladi yoki sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs)ga pochta orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert xulosasining, sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvi obyektlari boʻlgan predmetlar va hujjatlar hamda sud-tibbiyot ekspertizasiga berilgan boshqa materiallarning faksimil yoki yorugʻ sezgir qogʻozga koʻchirilgan ishonchnoma nusxasi orqali berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 360-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2259-1/0304-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.03.2022-y., 10/22/2259-2/0235-son)