“O‘zdavenergonazorat” Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
buyrug‘i
ELEKTR USKUNALARINING TUZILIShI QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA VII BO‘LIM
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2006-yil 18-iyul 20-15-143/14-son]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSSR Ittifoqining qonun osti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish ishini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida, buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari” (VII bo‘limi) tasdiqlansin*.
Qoidalar matni rus tilida berilgan
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tgan kunidan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kunidan boshlab SSSR Energetika va elektrlashtirish vazirligi Bosh texnik boshqarmasining 1985-yil 6 nashrdagi “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari” 7-bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazoratni o‘z zimmamda qoldiraman.
Inspeksiya boshlig‘i B. G‘ULOMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-iyun,
105-son