OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
SOBIQ SSR ITTIFOQINING QONUNGA OID HUJJATLARINI QAYTA KOʻRIB CHIQISH ISHLARINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli normativ hujjatlari qabul qilingunga qadar sobiq SSR Ittifoqining qonunga oid hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunchiligiga zid boʻlmagan qismlarining amal qilishi davom etadi.
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar:
oʻzlari ilgari chiqargan, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boʻlmagan yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning oʻzgarganligi munosabati bilan oʻzining muhimligini yoʻqotgan idoraviy hujjatlarini ekspert baholashidan keyin bekor qilsinlar yoki oʻzgartirsinlar;
Vazirlar Mahkamasining sobiq SSSR Hukumatining qarorlari asosida qabul qilingan qonunga oid hujjatlarini bekor qilish yoki oʻzgartirish boʻyicha 2 oy muddat ichida takliflar tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlimlariga taqdim etsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralarning ishini muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
3. Yuridik boʻlim (oʻrtoq Hamedov) bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining qonunga oid amaldagi hujjatlarini roʻyxatga olish va tartibga solish boʻyicha maxsus guruhning tarkibi va ish rejasi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 29-aprel,
210-son