“Oʻzdavenergonazorat” Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi BOShLIGʻINInG
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR STANSIYALARI VA TARMOQLARINI TEXNIKAVIY EKSPLUATATSIYA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA, II QISM
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2004-yil 6-dekabr, 20-15-319/24-son]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSSRning qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari”, II-qism tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan soʻng kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Inspeksiya boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-noyabr,
383-son