Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining
Buyrugʻi
ISSIQLIK ENERGIYASINI VA ISSIQLIK ELTUVChILARNI HISOBGA OLISh QOIDALARINI TASDIQLASh hAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik qoidalar va normalarga tegishli deb topilgan, 2010-yil 28-iyun 6-24/13-5638/6-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5 son, 118-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSR Ittifoqi qonun osti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga va 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchilarni hisobga olish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Inspeksiya boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyun,
119-son
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 14-iyundagi 119-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchilarni hisobga olish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchilarni hisobga olish uslubiyotini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
issiqlik isteʼmoli tizimlari — issiqlik yuklamasining bir yoki bir nechta turlarini (isitish, ventilatsiya, issiq suv taʼminoti, texnologik ehtiyojlar) qondirishiga moʻljallangan ulovchi quvurlar yoki issiqlik tarmoqlariga ega boʻlgan issiqlikni isteʼmol qilish uskunalari majmuasi;
issiqlik isteʼmoli tizimlarini bogʻliq boʻlgan ulanish sxemasi — issiqlik isteʼmoli tizimini issiqlik tarmogʻiga ulanish sxemasi, bunda issiqlik eltuvchi issiqlik tarmogʻidan issiqlik isteʼmoli tizimiga bevosita beriladi;
issiqlik isteʼmoli tizimlarini bogʻliq boʻlmagan ulanish sxemasi — issiqlik isteʼmoli tizimini issiqlik tarmogʻiga ulanish sxemasi, bunda issiqlik tarmogʻidan qabul qilinadigan issiqlik eltuvchi isteʼmolchining issiqlik punktida oʻrnatilgan issiqlik almashuvchi orqali oʻtadi, bu erda keyinchalik issiqlik isteʼmoli tizimida foydalanadigan ikkilamchi issiqlik eltuvchini isitadi;
issiqlik manbai — issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish uchun moʻljallangan qurilma;
issiqlik punkti — issiqlik eltuvchini issiqlik yuklamasi boʻyicha taqsimlash, hisobga olish, uning parametrlarini va issiqlikni isteʼmol qilish rejimlarini nazorat qilish, tezkor uzib - ulashlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan uzel;
issiqlik taʼminoti korxonasi — issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasi boʻyicha issiqlik energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
issiqlik taʼminoti tizimi — obyektning (bino, sex, tuman, shahar, korxona va boshqalar) issiqlik taʼminotini amalga oshiruvchi oʻzaro bogʻlangan issiqlik tarmoqlari majmui;
issiqlik eltuvchi — issiqlik quvvati uskunasida issiqlikni koʻproq isitilgan jismdan kamroq isitilgan jismga uzatishda foydalaniladigan harakatchan muhit (suv, suvli bugʻ, kondensat);
issiqlik energiyasi — sanoat mahsulotining turi hisoblanib, issiqlik manbaidan uzatiluvchi issiqlik eltuvchidan olinadigan energiya;
issiqlik energiyasini hisobga olish pribori — koʻrsatkichlari boʻyicha isteʼmol qilingan issiqlik energiyasi uchun issiqlik taʼminoti korxonasi bilan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan hisobga olish priborlari;
isteʼmolchi — issiqlik taʼminoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan, u bilan issiqlik tarmoqlarining balans boʻyicha mansublik chegarasiga ega boʻlgan, issiqlik energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari isteʼmolchi hamda issiqlik taʼminoti korxonasi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan yuridik shaxs;
suvli issiqlik isteʼmolining yopiq tizimi — issiqlik tarmogʻida aylanuvchi suvdan faqat issiqlik eltuvchi sifatida foydalaniladi, ushbu tarmoqdan suv olinmaydigan tizim;
suvli issiqlik isteʼmolining ochiq tizimi — issiqlik tarmogʻida aylanuvchi suv, isteʼmolchi tomonidan qisman yoki toʻliq olinadigan tizim;
hisobga olishni nazorat qilish pribori — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning koʻrsatkichlari asosida issiqlik tarmogʻining mazkur nuqtasida issiqlik eltuvchining miqdori, harorati va bosimi aniqlanadi.
2. Mazkur Qoidalar talablari issiqlik manbaini oʻrnatilgan quvvatidan va isteʼmolchini ulangan issiqlik yuklamasidan qatʼi nazar issiqlik energiyasini uzatish va isteʼmol qilishda oʻzaro hisob-kitob uchun issiqlik taʼminoti korxonasi va isteʼmolchilarga taalluqlidir.
3. Issiqlik energiyasini uzatish va isteʼmol qilinishini hisobga olish va qayd qilish quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:
issiqlik taʼminoti korxonalari va isteʼmolchilar orasidagi oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish;
issiqlik taʼminoti tizimi va issiqlik isteʼmoli tizimlarining issiqlik va gidravlik ish rejimlarini nazorat qilish;
issiqlik energiyasi va issiqlik eltuvchilardan oqilona foydalanishni nazorat qilish;
issiqlik eltuvchining parametrlarini hujjatlashtirish: miqdori, harorati va bosimi.
4. Issiqlik energiyasi va issiqlik eltuvchilar uchun hisob-kitoblar tartibi, shuningdek issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchilarni uzatish, isteʼmol qilish rejimlariga rioya qilish boʻyicha, issiqlik taʼminoti korxona hamda isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro majburiyatlar issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasi (bundan keyin — Shartnoma) bilan belgilanadi.
5. Issiqlik energiyasi va issiqlik eltuvchilarni hisobga olishni nazorat qilish hamda issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari O'zDSt 8.031:2008 “Oʻzbekiston Respublikasining hisobga olishlar birligini taʼminlash davlat tizimi kattaliklar birligi. Yoqilgʻi va energiya. Hisobga olish priborlari bilan taʼminlash va ularni ekspluatatsiya qilish” talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi lozim.
6. Issiqlik energiyasi issiqlik eltuvchilarni hisobga olish uslubiyoti ushbu Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur uslubiyotda qoʻllanilgan shartli belgilarning tasnifi ushbu Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
II. YAKUNIY QOIDA
7. Mazkur Qoidalar “Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi TEShABOYEV B.M.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi ISMAILOV J.G.
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori ABDUVALIYEV A.A.
Issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchilarni hisobga olish qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchilarni hisobga olish uslubiyoti
I. ISSIQLIK MANBAIDAGI ISSIQLIK ENERGIYASINI VA ISSIQLIK ELTUVChILARNI HISOBGA OLISh
1-§. UMUMIY QOIDALAR
1. Issiqlik manbalaridan; issiqlik elektr markazlari (bundan keyin — IEM), qozonxonalar va shunga oʻxshash issiqlik manbalaridan chiquvchi, ularning har bir uzatuvchi quvurlari issiqlik energiyasini hisobga olishni nazorat qilish priborlari bilan jihozlanadi.
2. Qaytaruvchi quvurlarda oʻrnatiladigan hisobga olish priborlari toʻyintiruvchi quvur ulangan joygacha joylashishi shart.
3. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari issiqlik taʼminoti korxonasi va isteʼmolchining issiqlik tarmoqlarining boʻlinish chegarasida amalga oshirilishi kerak.
4. Issiqlik manbaidagi har bir issiqlik punktida quyidagilar aniqlanishi shart:
hisobga olish priborlarining ishlagan vaqtlari;
yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi;
issiqlik manbai tomonidan issiqlik uzatuvchi quvur boʻylab yetkazib berilgan va qaytaruvchi quvurlar boʻylab qabul qilingan issiqlik eltuvchining miqdori;
issiqlik taʼminoti tizimini toʻyintirishga sarflanadigan issiqlik eltuvchining miqdori;
har bir soatda yetkazib berilgan bugʻning va issiqlik manbaiga qaytarilgan kondensatning miqdori;
uzatuvchi va qaytaruvchi quvurlardagi issiqlik eltuvchining va toʻyintirish quvurlaridagi toʻyintirish uchun foydalaniladigan sovuq suvning oʻrtacha soatlik va oʻrtacha sutkalik harorati va bosimi.
5. Issiqlik eltuvchining parametrlarni oʻrtacha qiymati va shuningdek biron-bir boshqa vaqt oraligʻi uchun ularning oʻrtacha qiymatlari, issiqlik eltuvchining parametrlarini qayd qiluvchi priborlar koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi.
2-§. SUVLI ISSIQLIK TAʼMINOTI TIZIMLARGA YETKAZIB BERILGAN ISSIQLIK ENERGIYASI VA ISSIQLIK ELTUVChILARNING MIQDORINI ANIQLASh
6. Suvli issiqlik taʼminoti tizimida issiqlik eltuvchining va uning oʻlchanayotgan va qayd qilinayotgan parametrlarini hisobga olish nuqtalarini joylashtirish 1-rasmda keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
7. Issiqlik manbaidan suvli issiqlik taʼminoti tizimlarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi miqdori, uning har bir uzatuvchi quvurlari boʻyicha yetkazib berilgan issiqlik energiyasi miqdorlarining yigʻindisi kabi aniqlanadi.
8. Issiqlik manbaining har bir alohida chiquvchi quvurlarda yetkazib berilgan issiqlik energiyasi miqdori har bir uzatuvchi, qaytaruvchi va toʻyintiruvchi quvur boʻylab issiqlik eltuvchining miqdorini oʻrtacha haroratga koʻpaytmalari yigʻindisi sifatida aniqlanadi. Qaytaruvchi va toʻyintiruvchi quvurdagi tarmoq suvining miqdori manfiy ifoda bilan olinadi.
Issiqlik manbaidan suvli issiqlik taʼminoti tizimiga berilgan issiqlik energiyasi miqdorlarini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
bu erda:
a — uzatuvchi quvurlardagi hisobga olish uzellari soni;
b — qaytaruvchi quvurlardagi hisobga olish uzellari soni;
m — toʻyintiruvchi quvurlardagi hisobga olish uzellari soni;
G1j — issiqlik manbaidan har bir uzatuvchi quvur boʻylab berilgan issiqlik eltuvchining miqdori, [t];
G2k - har bir qaytaruvchi quvur boʻylab issiqlik manbaiga qaytarilgan issiqlik eltuvchining miqdori [t];
GTl - issiqlik manbaidagi har bir toʻyintiruvchi quvurda sarflangan issiqlik eltuvchining miqdori [t];
t1j- uzatuvchi quvurdagi tarmoq suvining oʻrtacha harorati °S;
t2k — qaytaruvchi quvurdagi tarmoq suvining oʻrtacha harorati, °S;
tCCl — issiqlik manbaidagi toʻyintiruvchi quvurdagi sovuq suvning oʻrtacha harorati, °S;
s — solishtirma issiqlik sigʻimi, [kkal/(kg-°S)],
s = 1,0 [kkal/(kg-°S)].
1-rasm. Suvli issiqlik taʼminoti tizimida issiqlik eltuvchining miqdorini va uning oʻlchanayotgan hamda qayd qilinayotgan parametrlarini hisobga olish nuqtalarini oʻrnatish sxemasi.
3-§. BUGʻLI ISSIQLIK TAʼMINOTI TIZIMLARIGA YETKAZIB BERILGAN ISSIQLIK ENERGIYASI VA ISSIQLIK ELTUVChILARNING MIQDORINI ANIQLASh
9. Bugʻli issiqlik taʼminoti tizimida issiqlik eltuvchining hisobga olish nuqtalarini joylashtirish va uning oʻlchanayotgan va qayd qilinayotgan parametrlarini aniqlash 2-rasmda keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
10. Issiqlik manbaidan bugʻli issiqlik taʼminoti tizimlariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi miqdori, uning bugʻ quvurlari boʻyicha berilgan issiqlik energiyasi miqdorlarining yigʻindisi kabi aniqlanadi.
Issiqlik manbaining har bir alohida bugʻ quvurlaridan yetkazib berilgan issiqlik energiyasi miqdori har bir mos quvur (bugʻ va kondensat quvur) boʻyicha issiqlik eltuvchining miqdorini mos boʻlgan haroratiga koʻpaytirmasining algebraik yigʻindisi bilan aniqlanadi. Kondensat quvurdagi issiqlik eltuvchining miqdori manfiy ifoda bilan olinadi.
Issiqlik manbaidan bugʻli issiqlik taʼminotiga berilgan issiqlik energiyasi miqdorlarini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
bu erda:
k — bugʻ quvurlardagi hisobga olish uzellari soni;
m — kondensat quvurlardagi hisobga olish uzellari soni;
Di — issiqlik manbaidan har bir bugʻ quvuri boʻylab berilgan bugʻning miqdori [t];
Gkj — har bir kondensat quvuri boʻyicha issiqlik manbasi qabul qilib olgan kondensatning miqdori [t];
ti — bugʻ quvuridagi bugʻning harorati, °S;
tkj — kondensat quvuridagi kondensatning harorati, °S;
tCC — toʻyintirish uchun ishlatiladigan sovuq suvning harorati, °S.
2-rasm. Bugʻli issiqlik taʼminoti tizimida issiqlik eltuvchining miqdorini va uning oʻlchanayotgan hamda qayd qilinayotgan parametrlarini hisobga olish nuqtalarini oʻrnatish sxemasi.
II. ISSIQLIK ISTEʼMOLChISIDA ISSIQLIK ENERGIYASI VA ISSIQLIK ELTUVChILARNI HISOBGA OLISh
1-§. UMUMIY QOIDALAR
11. Issiqlik yuklamalarining alohida turlari mustaqil quvurlar yordamida tashqi issiqlik tizimlariga ulangan issiqlik isteʼmoli tizimlari uchun, issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchining miqdorini hamda parametrlarini hisobga olish har bir mustaqil ulangan yuklama uchun alohida har bir yuklamadagi oʻrnatilgan issiqlikni hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari asosida olib boriladi.
12. Bugʻli issiqlik isteʼmolining va suvli issiqlik isteʼmolining ochiq va yopiq tizimlaridagi issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchilarni hisobga olish issiqlik punktlarida oʻrnatilgan pribor (priborlar) yordamida quyidagilar aniqlanishi shart:
priborlarning ishlagan vaqti;
qabul qilingan issiqlik energiyasi;
qabul qilingan va qaytarilgan issiqlik eltuvchining miqdori;
hisobga olish uzelidagi qabul qilingan va qaytarilgan issiqlik eltuvchining oʻrtacha soatlik va oʻrtacha sutkalik harorati va bosimi;
qaytarilgan bugʻ kondensatining miqdori va harorati.
Bogʻliq boʻlmagan sxema boʻyicha ulangan issiqlik isteʼmoli tizimlarida, toʻyintirishga sarflanadigan issiqlik eltuvchining miqdori qoʻshimcha ravishda aniqlanishi lozim.
Issiqlik eltuvchini oʻrtacha soatlik va oʻrtacha sutkalik miqdorlari, issiqlik eltuvchining miqdorlarini qayd qiluvchi nazorat priborlarining koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi.
2-§. SUVLI ISSIQLIK ISTEʼMOLI TIZIMLARIDA QABUL QILINGAN ISSIQLIK ENERGIYASINI VA ISSIQLIK ELTUVChILARNING MIQDORINI ANIQLASh
13. Issiqlik energiyasining va issiqlik eltuvchilarning miqdorini, issiqlik eltuvchining oʻlchanadigan va qayd qilinadigan parametrlarini hisobga olish nuqtalarini joylashtirish suvli issiqlik isteʼmolini ochiq tizimlar uchun 3-rasmda keltirilgan, yopiq tizimlari uchun esa 4-rasmda keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
14. Shartnomada belgilangan davr uchun, isteʼmolchini hisobga olish issiqlik punktida oʻrnatilgan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari hamda, nazorat qilish priborlarining koʻrsatkichlari asosida, isteʼmolchi tomonidan qabul qilingan issiqlik energiyasi va issiqlik eltuvchining miqdori energiya taʼminlovchi korxona tomonidan, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Q = QC+QY+c(GT +GIC+GSCh)(t2-tCC)•10-3 (Gkal) (3)
bu erda:
QC — issiqlik energiyasini hisobga olish priborining koʻrsatkichlari asosida isteʼmolchi tomonidan sarflangan issiqlik energiyasi, (Gkal);
QY — isteʼmolchini issiqlik tarmogʻining balans boʻyicha mansublik chegarasidan uning hisobga olish uzeligacha boʻlgan qismidagi issiqlikni yoʻqotish. Agar hisobga olish uzeli balans boʻyicha mansublik chegarasidan tashqarida jihozlangan boʻlsa, bu kattalik Shartnomada koʻrsatib oʻtiladi va hisobga olinadi, (Gkal);
GT — isteʼmolchi tomonidan isitish tizimlarini toʻyintirish uchun sarflangan, suv sarfi hisoblagichining koʻrsatkichlari asosida aniqlangan suv miqdori (issiqlik tarmoqlariga bogʻliq boʻlmagan sxemasi asosida ulangan tizimlar uchun hisobga olinadi) (t);
GIS — isteʼmolchi tomonidan tarmoqdan olinib sarflangan, suv sarfi hisoblagichining koʻrsatkichlari asosida aniqlangan suv miqdori (issiqlik isteʼmolini ochiq tizimlari uchun hisobga olinadi) [t];
GSCh — issiqlik isteʼmoli tizimlarida sizib chiqqan suvning miqdori. Uning kattaligi, uzatuvchi quvurda oʻrnatilgan suv sarfini hisoblagichning koʻrsatkichlari asosida tarmoq suvi miqdori G1 va qaytaruvchi quvurda hamda issiq suv taʼminoti quvuri oʻrnatilgan suv sarfi hisoblagichlarining koʻrsatgichlari asosida tarmoq suvi miqdori yigʻindisining (G2+GIC) ayirmasi bilan aniqlanadi,
Gsch = [G1-(G2 + Gis)] , [t];
t2 — isteʼmolchining qaytaruvchi quvuridagi tarmoq suvining harorati,°S ;
tCC — issiqlik manbaida issiqlik taʼminoti tizimlarining toʻyintirish uchun foydalangan sovuq suvning koʻriladigan davr oraligʻidagi oʻrtacha harorati, °S.
15. Faqat issiqlik eltuvchining miqdori hisobga olishni nazorat qilish priborlari yordamida aniqlanadigan issiqlik isteʼmoli tizimlarida sarf qilingan issiqlik energiyasi Qc quyidagi formula yordamida topiladi:
3-rasm. Suvli issiqlik taʼminotining ochiq tizimida issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchi miqdorini hamda issiqlik eltuvchining qayd qilingan parametrlarini hisobga olish nuqtalarini oʻrnatish sxemasi.
4-rasm. Suvli issiqlik taʼminotining yopiq tizimida issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchi miqdorini hamda issiqlik eltuvchining qayd qilingan parametrlarini hisobga olish nuqtalarini oʻrnatish sxemasi.
QC =cG1(t1-t2) 10-3, (Gkal) (4)
bu erda:
G1 — isteʼmolchi tomonidan qabul qilingan va uning hisobga olishni nazorat qilish priborlari yordamida oʻlchangan, uzatuvchi quvurdagi tarmoq suvining [t];
t1 — uzatuvchi quvurdagi tarmoq suvining harorati, °S ;
t2 — qaytaruvchi quvurdagi tarmoq suvining harorati, °S ;
3-§. BUGʻLI ISSIQLIK ISTEʼMOLINING TIZIMLARIDA QABUL QILINGAN ISSIQLIK ENERGIYASI VA ISSIQLIK ELTUVChILARNI ANIQLASh
16. Bugʻli issiqlik isteʼmoli tizimlarida issiqlik energiyasi va issiqlik eltuvchining miqdori, shuningdek issiqlik eltuvchining oʻlchanadigan va qayd etiladigan parametrlarini hisobga olish nuqtalarini joylashtirish 5-rasmda keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
17. Isteʼmolchi tomonidan Shartnomada belgilangan davr uchun qabul qilingan issiqlik energiyasi va issiqlik eltuvchining miqdori issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan, isteʼmolchining hisobga olish issiqlik punktining priborlarini koʻrsatkichlari asosida, quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Q = QC+QY+c(D-GK)(tK – tSS) • 10-3, GJ (Gkal) (5)
bu erda:
QC — issiqlikni hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlangan issiqlik energiyasi (Gkal);
tkj — kondensat quvuridagi kondensatning harorati, °S;
5 rasm. Bugʻli issiqlik isteʼmoli tizimlarida issiqlik energiyasi va issiqlik eltuvchining miqdori, shuningdek issiqlik eltuvchining qayd etiladigan parametrlarini hisobga olish nuqtalarini oʻrnatish sxemasi.
Issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchilarni hisobga olish qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Shartli belgilar