22.12.2006 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.12.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUD AMALIYOTIDA BITIMLARNI TARTIBGA SOLUVCHI QONUNCHILIK NORMALARINI TATBIQ QILISHDA VUJUDGA KELADIGAN AYRIM MASALALAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlar bilan bogʻliq nizolarni sudda koʻrish amaliyotini umumlashtirish shuni koʻrsatadiki, sudlar bitimlarga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini asosan toʻgʻri tatbiq qilmoqdalar. Shu bilan birga sud amaliyotida nizoli huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllanishi lozim boʻlgan moddiy qonun normalarini notoʻgʻri aniqlash, mohiyatiga koʻra nizoli bitimga nisbatan bir-birini istisno qiluvchi daʼvo talablarini qabul qilish va koʻrish, ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni har tomonlama tekshirmaslik kabi xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida bayon etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini toʻgʻri tatbiq qilishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bitimlarni tartibga soluvchi qonun normalarini toʻgʻri tatbiq qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bitimlar tuzish va ularning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu toifadagi ishlar FKning 9-bobida nazarda tutilgan, yaʼni fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltiruvchi bitimlar haqidagi qoidalar hamda ayrim bitim turlarini tartibga soluvchi FK va maxsus qonun normalari asosida hal qilinadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) FKning 103-moddasiga muvofiq bir taraflama bitimlarga nisbatan ham majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) FKning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va koʻp tomonlama bitimlar (shartnoma)ga taalluqli qoidalar FKning 26, 27, 28-boblarida nazarda tutilgan shartnomalar tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish haqidagi qoidalar bilan toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi FKning 101-moddasiga muvofiq bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari tushuniladi. Bitimlarni haqiqiy deb topish haqidagi daʼvolarni koʻrishda sudlar haqiqatan ham, taraflar oʻrtasida bitim tuzish haqida kelishuv boʻlganligi, bitim shartlarining toʻliq yoki qisman bajarilganligi va bitimni notarial tasdiqlashga monelik qilgan sabablarni aniqlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi FKning 112-moddasiga muvofiq bitimning qisman yoki toʻliq bajarilganligi haqidagi yozma dalillar mavjud boʻlganda yoxud javobgar tomonidan bitim tuzilganligi tan olinganda sudlar har qanday bitimlarni emas, faqatgina qonunda notarial tasdiqlanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab qilinadigan bitimlarni haqiqiy deb topishlari mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Basharti qonun yoki majburiyatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi FK normalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talablar boʻyicha umumiy daʼvo muddati – uch yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda FKning 160-moddasi talabiga muvofiq daʼvo muddatining toʻxtatilishi, uzilishi va tiklanishi haqidagi FKning 156, 157, 159-moddalari qoidalari, agarda qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, majburiyatlarning ayrim turlariga ham taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bitimlarga oid nizolarni koʻrishda shartnomani haqiqiy emas deb topish va shartnomani bekor qilish tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi FKning 9-bobi 113 — 126-moddalarida koʻzda tutilgan bitimlarning haqiqiy emasligini tartibga soluvchi normalarda bayon etilgan asoslar boʻyicha shartnomalarni haqiqiy emas deb topilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi FKning 114-moddasi 1-qismiga muvofiq haqiqiy boʻlmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarni vujudga keltirmaydi va u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Shartnomani bekor qilish esa toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomani va uning oqibatida vujudga kelgan taraflarning huquq va majburiyatlarini kelgusida bekor qilishga qaratilgan harakatdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomaning haqiqiy emasligi va shartnomani bekor qilishning oʻzaro farqi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bitimning haqiqiy emasligiga asos uning noqonuniyligidir. Bekor qilishga esa — uning qonuniyligi nizolashilmasdan shartnomani bekor qilishga sabab boʻladigan holatlarning yuzaga kelishi asos boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shartnomani bekor qilish u amalda boʻlgan vaqtdagi oʻzaro huquq va majburiyatlarga taʼsir etmasdan, faqatgina kelgusidagi huquq va majburiyatlarga taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sudlarga tushuntirilsinki, bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi talabdan farqli ravishda shartnomani bekor qilish haqidagi talabda daʼvo muddati cheklanmagan boʻladi va bunday daʼvo bilan murojaat qilishga shartnoma harakatda boʻlgan butun davr mobaynida yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, bir tomonlama bitimlarning haqiqiy emasligi FKning 9-bobida belgilangan umumiy qoidalar bilan, uni bekor qilish shartlari esa aynan shu turkumdagi bitimlarga oid qoidalar bilan tartibga solinadi (masalan, ishonchnoma va vasiyatnomani bekor qilish FK 141, 142, 1127-moddalari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FKning 9-bobida qayd etilgan qoidalar bitimlarni haqiqiy emas deb topishning qatʼiy asoslari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim toifadagi bitimlarni tuzish tartibi va shartlari majburiyatlarning ayrim turlari toʻgʻrisidagi FK qoidalari va maxsus qonunlar bilan tartibga solinishini hisobga olib, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, bitim shakli va tuzilishi tartibi qoidalariga rioya qilmaslik, toʻgʻridan-toʻgʻri qonun qoidalarida va qonunchilik aktlarida koʻrsatilgan holatlardagina FKning 115-116-moddalari asosida bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi FKning 114-moddasi 2-qismiga muvofiq, bitim haqiqiy boʻlmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim boʻyicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin boʻlmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilmagan boʻlsa, uning qiymatini pul bilan toʻlashi shart. Sudlar “bitim boʻyicha olingan narsa”ni aniqlashda haqiqiy emas deb topilgan shartnoma shartlaridan kelib chiqib, shuni nazarda tutishlari lozimki, bitim haqiqiyligi nizolashilganda taraflarning bitim shartlari doirasidan tashqaridagi munosabatlari huquqiy ahamiyatga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. FKning 122-123-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni koʻrishda sudlar yanglishish taʼsirida, aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogʻir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan bitim tushunchalarini bir-biridan farqlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yanglishish taʼsirida tuzilgan bitim deb, bitim yuzasidan kelib chiquvchi taraflarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlish, yaʼni taraflarning haqiqiy xohish-irodasini aks ettirmasdan, bitim tuzilgan vaqtda taraflar tomonidan nazarda tutilmagan huquqiy oqibatlarga olib kelgan bitim tushuniladi. Yanglishish har xil holatlarda koʻrinishi mumkin, masalan, muzokara vaqtida taraflar bir-birlarini tushunmaganliklari, qonunlarni notoʻgʻri talqin qilganliklari, bitimning haqiqiy oqibatlarini notoʻgʻri tasavvur etganliklari va boshqalar. Shu bilan birga qonunni bilmaslik bitimning ushbu asos bilan haqiqiy emasligini keltirib chiqarmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aldash bu bir tarafning bitim tuzilishida nazarda tutilgan holatlarning yuzaga kelmasligini bila turib, atayin ikkinchi tarafni bitim tuzishga undashga qaratilgan aybli harakatidir. Aldash bitimning elementlariga, uning doirasidan tashqaridagi holatlarga, shuningdek, bitimni amalga oshirish yuzasidan bitim ishtirokchisi xohish-irodasini shakllantirish uchun ahamiyatga ega boʻlgan sabab va motivlarga qaratilgan boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zoʻrlik deb, bitim ishtirokchisiga (uning yaqin kishilariga) jismoniy yoki ruhiy azob berish natijasida bitim tuzishga majbur qilish tushuniladi. Zoʻrlik noqonuniy xatti-harakat boʻlib, jinoiy javobgarlikka tortish shart boʻlmagan harakatlarda ham koʻrinishi mumkin. Masalan, xizmat vakolatidan foydalangan holda shartnoma yuzasidan majburiyat oluvchining erkiga taʼsir qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻrqitish deb, bitim ishtirokchisining erkiga ruhiy taʼsir koʻrsatish natijasida uning uchun noqulay boʻlgan bitim tuzishga majburlash tushuniladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qayd etilgan asos boʻyicha bitimni haqiqiy emas deb topishning zarur shartlaridan biri qoʻrqitishning realligi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir taraf vakilining ikkinchi taraf vakili bilan yomon niyatda kelishuvi deb, vakilning boshqa taraf bilan vakolat beruvchi manfaatlariga zid shartlar asosida kelishuvi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ogʻir holatlarning yuz berishi taʼsirida tuzilgan bitim deganda, bir tarafning oʻzi uchun oʻta noqulay shartlar asosida bitim tuzayotganligini anglashi (bu yerda yanglishish ham, aldash ham boʻlmaydi), lekin uni tuzishga majbur boʻlishi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda quyidagi ikki shartning mavjud boʻlishi bitimni ogʻir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilganligi uchun haqiqiy emas deb topishga asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ogʻir holatlar yuz berishi tufayli bir tarafning oʻzi uchun oʻta noqulay shartlar bilan bitim tuzishga majbur boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi tarafning bunday holatdan foydalanib, bitim tuzishga qaratilgan harakatining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida qayd etilgan asoslar boʻyicha bitimlarning haqiqiy emasligini isbotlash majburiyati daʼvogarga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi boʻyicha nizolashilganda, sudlar isbotlash vositalariga yoʻl qoʻyilishi haqidagi FPKning 59-moddasi qoidalaridan kelib chiqib, ish boʻyicha tegishli (psixologik))ekspertiza tayinlash masalasini muhokama qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar yuqorida qayd etilgan asos boʻyicha nizolashilayotgan bitimni muomalaga layoqatsiz fuqaro tomonidan tuzilgan bitimdan farqlashlari lozim, bunda birinchi holatdan farqli ravishda daʼvo muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning manfaatini koʻzlab uning homiysi yoki prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bitimni amalga oshirgan shaxsning yoki ikki tomonlama bitim (shartnoma) ishtirokchilaridan birining imzosi haqiqiyligiga shubha tugʻilib, bitim nizolashilganda, arz qilingan talab asosli boʻlsa, bitim FKning 116-moddasiga muvofiq haqiqiy emas deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FKning 126-moddasida belgilangan vakolat doirasidan chetga chiqib tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishning asosiy sharti — bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talab faqat bitimni cheklash belgilanishidan manfaati bor boʻlgan shaxs tomonidan taqdim etilishidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. FKning 128-moddasida koʻzda tutilgan bitimning bir qismi deganda, bitimning mazmuniga taalluqli bir yoki bir necha shartlarning mavjud boʻlmaganligi ushbu bitimni amalga oshirish imkoniyatini istisno qilmasligi tushuniladi. Qonun talablariga koʻra, jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan va ular mavjud boʻlmaganda bitimning qolgan shartlari bitim ishtirokchilari uchun huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmaydigan shartlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi uning oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaganligidan, shuningdek, undagi muayyan shartlarning FKda belgilangan bitimlarning haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi asoslar boʻyicha nizolashuvi oqibatida kelib chiqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FKning 119 — 121-moddalaridagi asoslar boʻyicha bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi nizolashilganda bu uning butunlay haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab boʻlmasligi qonunda alohida koʻrsatilishi mumkin. Bunga FK majburiyatning bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi (garov, kafillik, kafolat kabi) kelishuvning haqiqiy emasligi majburiyatning (asosiy majburiyat) haqiqiy emasligiga olib kelmasligi toʻgʻrisidagi qoidalarini misol qilib keltirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Majburiyatlarning ayrim turlari, jumladan, garov, oldi-sotdi, aksiyalarni oʻzganing egaligiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar ishni toʻgʻri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan bitimni haqiqiy emas deb topish asosini aniqlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 52-moddasi talabiga asoslanib, garov shartnomasini haqiqiy emas deb topishga yoʻl qoʻyilmaydi, chunki mazkur qonun majburiy ijro davomida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oldi-sotdi shartnomasi uning ishtirokchilari uchun oʻzaro huquq va majburiyatlarni vujudga keltirishi bois mazkur shartnomaning haqiqiyligini qonunda belgilangan asoslar boʻyicha faqatgina shartnoma ishtirokchilari hamda shartnoma obyektining mulkdorlari nizolashishga haqlidirlar. Shartnomaning haqiqiyligi manfaatdor shaxs tomonidan oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan summaning u tomonidan toʻlanganligi asosi boʻyicha nizolashilayotganda, bu holat oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oldi-sotdi shartnomasida mulk bahosi shartnomaning majburiy shartlaridan biri boʻlib, bu faqat mazkur bitimning haq evaziga tuzilganligidan dalolat beradi. Shu sababli mulkning haqiqiy qiymati oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan qiymatdan yuqori boʻlishi notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻla olmaydi, FKning 123-moddasida koʻrsatilgan ogʻir holatlarning yuz berishi taʼsirida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qarz shartnomasi yuzasidan nizolashish jarayonida qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga pul va boshqa ashyolar haqiqatda shartnomada belgilanganidan kam berilganligi aniqlansa, shartnoma oʻsha miqdordagi pul yoki ashyoga nisbatan tuzilgan deb hisoblanishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, kimoshdi savdosini oʻtkazish qoidalarining buzilganligi kimoshdi savdosi natijasi boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi. Bunda sud bitimni FKning 116-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sudlarga tushuntirilsinki, oldi-sotdi shartnomasi yuzasidan bir vaqtning oʻzida sotib oluvchining huquqini oʻtkazish va oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida talab qoʻyilganda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 100-moddasi 1-bandiga muvofiq oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish qismini ish yuritishdan tugatish masalasini muhokama qilishlari lozim. Chunki umumiy ulushli mulkda boʻlgan mulkni sotishda oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablar imtiyozli sotib olish huquqi buzilganligi yoki boshqa asoslar boʻyicha shartnomani haqiqiy emas deb topishni istisno qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Umumiy mulkdagi ulushini sotuvchi boshqa mulkdorga oʻz ulushini sotmaslik maqsadida mulk bahosini atayin yuqori koʻrsatishi va u sotib olishni rad etganidan keyin boshqa shaxsga past bahoda sotganligi holatining aniqlanganligi imtiyozli sotib olish huquqi buzilganligiga olib keladi va uning oqibati Oʻzbekiston Respublikasi FKning 224-moddasi 4-qismini qoʻllash uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning eʼtibori umumiy mulkda boʻlgan ulushni kimoshdi savdosi orqali sotish hollariga nisbatan FKning 224-moddasi qoidalari qoʻllanilmasligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sudlarga tushuntirilsinki, FKning 224-moddasi 3-qismida belgilangan, imtiyozli sotib oluvchi koʻchmas mulkni sotib olish uchun bir oy davomida, boshqa mol-mulkka nisbatan esa oʻn kun davomida mulkni sotib olish toʻgʻrisidagi taklifni qabul qilishi mumkin, bu muddat unga, xabar qilingan kundan hisoblanib, huquqiy mohiyatiga koʻra umumiy daʼvo muddatidan farq qilib, toʻxtatilishi, uzaytirilishi va tiklanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Er yoki xotindan biri qimmatli qogʻozlar (taqdim etuvchiga deb berilgan aksiyalardan tashqari) bilan bogʻliq bitimlarni uning roziligi olinmasdan tasarruf etilganligi asosida nizolashganda, sudlar er-xotinning mulk huquqlari va majburiyatlarini tartibga soluvchi Oila kodeksi qoidalarida er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki obyekti sifatida aksiyalarni tasarruf qilish tartib va shartlari koʻrsatilmaganligini nazarda tutishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisidagi qonunchilik aktlariga muvofiq qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tuzish tomonlarning xohish-irodalarini qayd etishga imkon beradigan hujjat shaklida boʻlib, u mohiyatiga koʻra, faqatgina qimmatli qogʻozlar boʻyicha huquqni roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini toʻgʻri tatbiq qilishni taʼminlash maqsadida, sudlarga mazkur qonunchilik normalari bilan bogʻliq boʻlgan nizolar boʻyicha koʻrilgan ishlar amaliyotini doimiy ravishda umumlashtirishlari, qonunchilik buzilgan holatlarga xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 22-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-son