22.12.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2058
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrug‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG‘URTALOVCHINING MUVAQQAT MA’MURIYATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2058]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 20-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108-son

Moliya vazirining 2009-yil 20-noyabrdagi 108-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining ishlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom sug‘urtalovchining arizasiga binoan uning litsenziyasi bekor qilingan hollarga, shuningdek uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining funksiyasi bo‘lib sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati sug‘urtalovchi litsenziyasining amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) buyrug‘i bilan tayinlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati tayinlangan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi va sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyatiga o‘tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud qaror chiqargunga qadar bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati a’zolarining moddiy-texnika ta’minoti va mehnatiga haq to‘lash sug‘urtalovchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati har bir a’zosining har oylik pul mukofoti miqdori sug‘urtalovchining rahbari uchun mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati rahbar va boshqa a’zolardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati a’zolarining soni uch kishidan oshmasligi lozim. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining shaxsiy tarkibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ma’lumotga ekvivalent deb tan olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan va sug‘urta sohasida ikki yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan (sug‘urta agenti sifatidagi, shuningdek, yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi) shaxslar kiritilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining tarkibiga sug‘urtalovchining mulkdorlari (muassislari, aksiyadorlari) va (yoki) xodimlari, boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mulklarini boshqarishga cheklovlari mavjud bo‘lgan shaxslar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlari sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati tayinlangan sanadan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan sug‘urtalovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlarni hujjatlar ro‘yxati bo‘yicha, muhr va shtamplarni, moddiy va boshqa boyliklarni topshirishi, sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati esa qabul qilib olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘zining tayinlanganidan keyin sug‘urtalovchining mulkidan sug‘urtalovchining mulkdorlari (muassislari, aksiyadorlari) va xodimlari tomonidan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish bo‘yicha choralarni ko‘rishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining qarorlari uning barcha a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati a’zolarining ovozlari teng bo‘lganda, sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sug‘urtalovchining boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), sug‘urtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) to‘lash bilan bog‘liq hollar bundan mustasnodir.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 5-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3792, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati uning zimmasiga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirishda olingan ma’lumotning maxfiyligini ta’minlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘z ishi yakunlari bo‘yicha hisobot tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti uch nusxada tuziladi (vakolatli davlat organi, sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi ariza yo‘llangan sud va sug‘urtalovchi uchun bittadan), sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi, sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati hisobotining varaqlari raqamlangan va tikilgan bo‘lishi lozim.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati sud qaror chiqarganidan keyin besh kun davomida sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisobotini tuzishi hamda vakolatli davlat organiga va sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi ariza yo‘llangan sudga topshirishi lozim.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisobotida sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobotning nomi, tuzilgan sanasi va joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchining rekvizitlari (shu jumladan, amal qilishi tugatilgan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning seriyasi, raqami va berilgan sanasi) va sug‘urtalovchi faoliyatining umumiy tavsifi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati tayinlanishining asosi (sug‘urtalovchi litsenziyasining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorning, vakolatli davlat organining sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyatini tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘ining raqami va sanasi) va uning shaxsiy tarkibi;
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 14-iyuldagi 58-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2058-2, 24.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchining mulkidan sug‘urtalovchining mulkdorlari (muassislari, aksiyadorlari) va xodimlari tomonidan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish bo‘yicha sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati tomonidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi axborot;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchining boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), sug‘urtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) to‘lash bilan bog‘liq sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan xarajat operatsiyalari to‘g‘risidagi axborot;
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 5-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3792, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati ixtiyoriga ko‘ra boshqa axborot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisobotiga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyatiga sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlari tomonidan topshirilgan hujjatlarning ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati ixtiyoriga ko‘ra boshqa hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining harakatlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 582-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/2058-1/3353-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 24.07.2023-y., 10/23/2058-2/0516-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 19.03.2026-y., 10/26/3792/0255-son)