Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017 26.11.2009 yildagi 302-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI HAMDA HUQUQIY EKSPERTIZA VA XALQARO ShARTNOMALAR BOShQARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-sentabrdagi 762-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-avgustdagi 256-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 36-son, 409-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi D.O.Musayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 26-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
302-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-avgustdagi 256-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 36-son, 409-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy jihatdan ishlab chiqish, shuningdek xalqaro shartnomalar bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha faoliyatini ta’minlaydigan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga bo‘ysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish, qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalari bo‘yicha ish rejalarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalarni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan ma’lumotlar bankini shakllantirish va monitoringini olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy ta’minlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi va ularni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta’minlash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarining tizimli hisobini yuritadi, qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda Hukumat qarorlarini talqin qilish va qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlarni tayyorlaydi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar qarorlari loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalariga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalarini, uning mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari, shuningdek qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma materiallar bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar materiallarini tayyorlashda va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi buyruqlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati faoliyati bilan bog‘liq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plamini nashr etishga tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora ko‘rish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
(6-bandning “a” kichik bandi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa organlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Bosh vazirning ko‘rib chiqishi uchun Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejalari loyihalarini kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejalarining bajarilishi monitoringi olib borilishini, ko‘rsatib o‘tilgan rejalarning amalga oshirilishining holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi muntazam xabardor qilinishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari ular tomonidan muhokama etilishida qatnashadi, tegishli qonun loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida qonun loyihalarini muhokama etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari ishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalar belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlaydi, ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari topshirig‘iga ko‘ra Boshqarmaga tegishli sohaga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan Hukumatlararo komissiyalar va qo‘mitalar majlislarida ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va tuzish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) xalqaro shartnomalarni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida xalqaro shartnomalar loyihalari belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini va ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishishda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga va tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya qilinishini ta’minlash masalalarida tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim bo‘lgan xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomalarni tayyorlash va tuzish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish hamda amalga oshirilishi monitoringini olib borish sohasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish masalalari bo‘yicha axborotlarni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirishni, yuritishni va muntazam ravishda yangilab borishni ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning ahvoli to‘g‘risida turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini va tahliliy bazani shakllantirish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish masalalari bo‘yicha tahliliy va ma’lumotnoma materiallarni tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli materiallarni va hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshirig‘iga ko‘ra davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Boshqarma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari ko‘rib chiqishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilishi uchun tayyorlanadigan va kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizasining kompleksliligi va sifati uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi monitoringini olib borish ta’minlanishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining ta’minlanishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Boshqarmaning tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Boshqarma tarkibiga huquqiy ekspertiza bo‘limi hamda xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma tuzilmasi Boshqarma boshlig‘i, huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri, xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi mudiri, tegishli masalalar bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek ikki nafar inspektordan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Boshqarma ishlariga boshliq rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Boshqarma boshlig‘i, bo‘limlar mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma xodimlariga oldingi ish joyida unga berilgan uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq, martaba darajalari saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qo‘shimcha haqlar uchun xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Boshqarma ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejalari, boshliqning, bo‘limlar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning ish rejalari va Boshqarma boshlig‘ining shaxsiy ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bo‘lim mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralarda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rejali, kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Kompleks, departament majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Boshqarma boshlig‘i:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘limlar mudirlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tashkil etilishini, shuningdek Boshqarma sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari tayyorlanishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ish rejalari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalari ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan ma’lumotlar banki shakllantirilishini va monitoringi olib borilishini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan va ular bo‘yicha respublika Hukumati qarori talab etilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha takliflarni Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ko‘rib chiqishi uchun kiritadi, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish choralarini ko‘radi, shuningdek ularni rag‘batlantirish yoki ularga tanbeh berish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning bo‘lim mudirlari va mutaxassislari o‘rtasida vazifalar taqsimotini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlash uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amal qiladigan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Boshqarma boshlig‘i vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadigan bo‘lim mudirlaridan biri bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Bo‘lim mudiri o‘ziga birkitilgan masalalar yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bo‘limga bevosita rahbarlik qiladi va Boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda bo‘limdagi ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini tashkil etadi, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarga viza qo‘yadi va ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda va ekspertizadan o‘tkazishda bevosita qatnashadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlanishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli masalalar bo‘yicha turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Boshqarma boshlig‘iga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar hamda tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshlig‘iga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga tanbeh berish to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga takliflar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bo‘lim mudiri vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifasini bo‘limning Boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadigan bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Boshqarmaning bosh mutaxassisi o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, ularning sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini va boshqa materiallarni o‘rganadi, ularni ekspert jihatidan puxta ishlab chiqadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalarning turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritadi, ularni muntazam ravishda yangilab boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini talqin qilish va tushuntirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga tayyorlash, shuningdek ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama etish uchun yig‘ilishlar o‘tkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Boshqarmaning yetakchi mutaxassisi o‘ziga birkitilgan masalalar yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishi, ularni ishlab chiqishning sifati va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosalari tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallarni Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga, tegishli bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha tegishli ma’lumotnoma va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri yoki tegishli bosh mutaxassis bilan kelishgan holda ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Inspektorlar Boshqarmada va bo‘limlarda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlar o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘ma jildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining sakkizinchi xatboshi va qarorga 7-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 1-apreldagi 94-son qaroriga ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 18-modda) I bo‘limining 6 va 7-bandlari, II bo‘limining 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 14-yanvardagi 6-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 2-maydagi 82-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qarori) 2008-yil 20-maydagi 100-son qaroriga ilovaning 5-bandi 2-kichik bandi, 11-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 19-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 49-son, 523-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda, 36-son, 409-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda)