O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IQTISODIYOT VA TAShQI IQTISODIY ALOQALAR MASALALARI YIG‘MA AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari hamda huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-yanvardagi PQ-770-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi yangilangan nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 3-avgustdagi 183-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X.Bekenov zimmasiga yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 14-yanvar,
6-son
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma departament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
2. Yig‘ma departamentning faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga:
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ijtimoiy rivojlanishning o‘sishi tizimli monitoringini olib borishga, makrodarajada, shuningdek tarmoqlar va hududlar bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini chuqur va kompleks tahlil qilishga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi nomutanosibliklarni aniqlashga;
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni, hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlaydigan hamda iqtisodiyotni barqaror sur’atda o‘stirishga, aholi bandligi va turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan strategik vazifalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga;
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini modernizatsiya qilish hamda respublika hududlarini kompleks rivojlantirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish masalalarida Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, markaziy iqtisodiyot organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirishga;
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va jahon bozoridagi jarayonlarni baholashdan kelib chiqqan holda, xorijiy davlatlar, davlatlarning mintaqaviy birlashmalari, xalqaro iqtisodiyot tashkilotlari va moliya institutlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, birinchi navbatda, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar salmog‘ini, eksport tarkibida xizmatlar hajmini yanada o‘stirish hisobiga respublikaning eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan respublikaning tashqi iqtisodiy hamkorligi ustuvor vazifalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga;
qabul qilinayotgan qarorlarning alohida tarmoqlarga, hududlarga va umuman mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholashni o‘z ichiga oladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertiza qilinishini ta’minlashga;
rivojlanishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining har bir darajasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi tizimli, kompleks va qat’iy nazorat qilinishini ta’minlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini Yig‘ma departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tahliliy axborotlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
(2-bandning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
3. Yig‘ma departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yig‘ma departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil boshqarmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Yig‘ma departamentga hisob beradi.
Yig‘ma departament o‘ziga hisob beradigan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markaziga rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, axborot-tahlil guruhlari rahbarlari, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududiy bo‘linmalar mutaxassislari lavozimga tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan Yig‘ma departament mudiri bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
II. Yig‘ma departamentning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Yig‘ma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
markaziy iqtisodiy idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks o‘rganishni tashkil etish, mamlakatni makroiqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini, qabul qilinayotgan qarorlarning ularga ta’sirini tahlil qilish;
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini, mamlakat aholisini ish bilan band etish va ularning turmush darajasini oshirishni ta’minlashning strategik vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
makroiqtisodiy ahvol va iqtisodiyotdagi tarkibiy sifat o‘zgarishlari, rivojlanishning kompleks maqsadli dasturlari amalga oshirilishi, shu jumladan ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida bank-moliya tizimini isloh qilish monitoringi tizimini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar, shu jumladan bank-moliya tizimini isloh qilish bo‘yicha Hukumatning maqsadli dasturlari va qarorlari loyihalarini respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqlik yuzasidan ekspert baholash, ularning rivojlanishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholash;
(8-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
maqolalar, ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashni va tarqatishni, xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan material va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish;
b) ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlar sohasida:
markaziy iqtisodiyot idoralarini va ularning hududiy bo‘linmalarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini jalb etgan holda mamlakat tarmoqlari va mintaqalarida iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks tahlil qilishni tashkil etish;
tarmoqlarda va mintaqalarda, shu jumladan ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish asosida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, ijtimoiy muhofaza, aholini ish bilan ta’minlash va tarkibiy iqtisodiy islohotlar, investitsiya dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik jihatdan yangilash va texnologiya bilan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi amalga oshirilishini nazorat qilish monitoringini olib borish tizimini yaratish;
iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash, aholini ish bilan band etish, ularning daromadlarini ko‘paytirish va turmush darajasini oshirishni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, innovatsion rivojlanish mexanizmini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan muhim tarkibiy islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlar, Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
tarmoqlar va hududlar darajasida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
v) tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida:
kapital va tovar-xomashyo resurslarining xalqaro bozorlari rivojlanishi tendensiyalarini tahlil qilish, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash va baholash;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va jahon bozoridagi jarayonlarga baho berishdan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, davlatlarning mintaqaviy birlashmalari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha ustuvor vazifalarini ishlab chiqish;
eksport hajmlarini yanada ko‘paytirish va uning tarkibini takomillashtirish, importni maqbullashtirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik doirasida, shuningdek mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar bilan davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida normativ-huquqiy hamda shartnomaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish.
9. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
mamlakatni va mintaqalarni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar tizimlashtirilgan bazasining yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
mintaqalarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari bajarilishini, shu jumladan joyiga borgan holda, o‘rganadi, o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
(9-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi hamda ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha majlislarini tayyorlash bilan bog‘liq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi, shuningdek mazkur materiallar to‘g‘risida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi, Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
(9-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi, Yig‘ma departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishi samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi;
aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha maqsadli dasturlarning, mazkur masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va natijalarini umumlashtirishni ta’minlaydi, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni umumlashtiradi, fuqarolarning pensiya ta’minoti, yordamga muhtoj oilalarni va aholining ayrim qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta’minlash hamda ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni respublika mintaqalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari bo‘yicha umumlashtiradi;
o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Yig‘ma departamentning huquqlari va javobgarligi
10. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, Vazirlar Mahkamasi departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ularning ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun vaqtinchalik ekspert tahlil guruhlari tashkil etish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish muammolarining axborot-tahliliy tadqiqotlari sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, shuningdek xalqaro, xorijiy, moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, xorijiy hukumat muassasalari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha mustaqil yozishmalarni yuritish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yig‘ma departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislarida va yig‘ilishlarida qatnashish;
xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, nohukumat tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va ularda qatnashish;
zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish;
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Oldingi tahrirga qarang.
Yig‘ma departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Yig‘ma departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
(10-bandning o‘n ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
11. Yig‘ma departament:
o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalar ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqilishi tashkil etilishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.
IV. Yig‘ma departamentning tuzilmasi
12. Yig‘ma departamentning tuzilmasiga Yig‘ma departament mudiri, Yig‘ma departament mudirining makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Yig‘ma departament mudirining ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yig‘ma departament mudirining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shu’balar mudirlari, tegishli masalalar bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektorlar kiradi.
Yig‘ma departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
(12-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
13. Yig‘ma departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
14. Yig‘ma departament mudiri, mudirning birinchi o‘rinbosari, mudir o‘rinbosarlari, shu’balar mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Yig‘ma departament faoliyatini tashkil etish
15. Yig‘ma departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yig‘ma departamentning choraklik ish rejalari, mudir, uning o‘rinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Yig‘ma departamentning choraklik ish rejalari, mudirning va uning o‘rinbosarlarining, shu’balar mudirlarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Yig‘ma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
(15-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
16. Yig‘ma departament mudiri:
Yig‘ma departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o‘z o‘rinbosarlari, shu’ba mudirlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Yig‘ma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoringni va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Yig‘ma departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tegishli kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, Yig‘ma departament tarkibiy bo‘linmalari va mutaxassislarining ish rejasini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan Yig‘ma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Ijro etuvchi apparatda amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
17. Yig‘ma departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini birinchi o‘rinbosar bajaradi.
18. Yig‘ma departament mudirining birinchi o‘rinbosari (o‘rinbosari):
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va o‘ziga bo‘ysunuvchi mutaxassislar ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
tegishli masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda yangilab borilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
materiallar to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
(18-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yig‘ma departament mudiriga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, o‘zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
(18-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Yig‘ma departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Yig‘ma departament mudiriga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Yig‘ma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish to‘g‘risida takliflar taqdim etadi.
19. Shu’ba mudiri:
shu’ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shu’baga birkitilgan masalalar, tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va respublika hududlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ma’lumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi;
qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning doimiy asosda monitoringi olib borilishini ta’minlaydi;
mutaxassislarning, departamentning va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni o‘rganish va chora-tadbirlarni amalga oshirish muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Yig‘ma departament mudiriga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi;
mutaxassislar tomonidan iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, mudir o‘rinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Yig‘ma departament mudiri o‘rinbosariga, mudiriga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, shu’ba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Yig‘ma departament mudirining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
20. Yig‘ma departamentning bosh mutaxassisi:
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, shu’ba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi hamda respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
21. Yig‘ma departamentning yetakchi mutaxassisi:
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga, shu’ba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
tegishli funksional masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shu’ba mudiri bilan kelishgan holda o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan muhokama qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
23. Inspektor Yig‘ma departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 3-4-son, 11-modda; 20-21-son, 175-modda)