OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2011]
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV
Toshkent sh.,,
2009-yil 4-sentabr,
39/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 4-sentabr,
27/QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlari bitiruvchi oʻquvchilarining (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi oʻrinlarda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) yakuniy attestatsiya:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
oʻquvchilarga kichik mutaxassis malaka darajasini berish masalasini hal etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquvchilarga taʼlim tashkilotini tugatganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish maqsadlarida oʻtkaziladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yakuniy attestatsiya taʼlim tashkilotlarida turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda DAK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish uchun bir taʼlim tashkilotida taʼlim yoʻnalishlaridagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, bir nechta DAK tashkil etilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. DAKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
DAK bayonnomalarini rasmiylashtirish, yakuniy hisobot va tahliliy xulosalarini tayyorlash;
davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi (loyiha)ni (keyingi oʻrinlarda malakaviy ish deb yuritiladi) himoyasini oʻtkazish kuni va sinov ishlarining shaklini aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
topshiriqlar toʻplamini va baholash mezonlarini tasdiqlash;
oʻquvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim tashkilotini tugatganligi toʻgʻrisida oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. DAK oʻz faoliyatini mazkur Nizom va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchilar, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yakuniy attestatsiyadan oʻtishlari majburiy.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Yakuniy attestatsiya sinovlari
7. Yakuniy attestatsiya quyidagi koʻrinishdagi attestatsiya sinovlaridan iborat:
davlat imtihonlarini topshirish;
malakaviy ishni himoya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Akademik litseylarda davlat imtihonlari oʻquv rejadagi Oʻzbekiston tarixi fani va chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan imtihonlardan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlari oʻquv rejadagi Oʻzbekiston tarixi fani, kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar, malakaviy ish himoyasi yoki uning oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha imtihonlardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini topshirishga tavsiya etiladigan kasblar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 17-sentabrdagi, 10/qq, 7-mh va 23-2018-sonli qarori (roʻyxat raqami 2011-3, 16.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2011-3/2062-son)
Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini topshirishni tanlash huquqiga ega.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 2-maydagi, 42/QQ, 11/QQ-sonli (roʻyxat raqami 2011-2, 06.05.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 209-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Akademik litseylarda muayyan mutaxassislik (taʼlim yoʻnalishi) boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi.
Kasb-hunar kollejlarida muayyan mutaxassislik (taʼlim yoʻnalishi) boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati Kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 17-sentabrdagi, 10/qq, 7-mh va 23-2018-sonli qarori (roʻyxat raqami 2011-3, 16.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2011-3/2062-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat imtihonlarini oʻtkazish va malakaviy ishni himoya qilish jadvali taʼlim tashkiloti direktori tomonidan yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Davlat imtihonlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning davlat taʼlim standarti (tarmoq taʼlim standarti)ga muvofiq oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
III. DAK tarkibi
13. DAK aʼzolari tarkibi 7 yoki 9 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashganda yakuniy attestatsiya vakolatli hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Akademik litseylarda oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, turdosh va mazkur taʼlim tashkilotining tajribali, malakali oʻqituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi.
Akademik litseylarda DAK aʼzolari tarkibining kamida oʻttiz foizini oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari hamda turdosh taʼlim tashkilotining vakillari tashkil etishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlarining mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, vazirlik va idoralarning soha mutaxassislari hamda turdosh kasb-hunar kollejlari va mazkur taʼlim tashkilotining tajribali, malakali maxsus fan oʻqituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Kasb-hunar kollejlarining maxsus fan oʻqituvchilari ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarining tavsiyasi asosida DAK aʼzolari tarkibiga kiritiladi.
Kasb-hunar kollejlarida DAK aʼzolari tarkibining kamida qirq foizini ish beruvchi tashkilotlarning vakillari tashkil etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniyat, sanʼat, musiqa kollejlarida DAK aʼzolari tarkibining kamida yigirma foizini ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy taʼlim tashkiloti vakillari tashkil etishi lozim.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Yakuniy attestatsiya jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. DAK aʼzolari tarkibi taʼlim tashkiloti direktorining vazirlik va idoralar, tegishli oliy taʼlim tashkilotlari, ish beruvchi tashkilotlar va turdosh taʼlim tashkilotlari rahbarlariga yoʻllagan yozma murojaatlariga ularning yuborgan rozilik xati asosida yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida qirq besh kun oldin shakllantiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga hududiy kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻining (vazirlik, idora yoki oliy taʼlim tashkilotlari tasarrufidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotlari uchun shu vazirlik, idora yoki oliy taʼlim tashkiloti rahbarining), DAK aʼzolari esa, taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. DAK raisi akademik litseylarda tayanch oliy taʼlim tashkiloti rektori bilan kelishilgan holda mazkur oliy taʼlim tashkilotining professor-oʻqituvchilari tarkibidan va kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari vakillari tarkibidan tanlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Bir kishi ketma-ket bir taʼlim tashkilotida tegishli yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha ikki martadan ortiq DAK raisi boʻlishi mumkin emas.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Taʼlim tashkilotining direktori yoki uning oʻrinbosarlari (xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosaridan tashqari) DAK raisi oʻrinbosari hisoblanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
23. DAK raisi komissiya faoliyatini tashkillashtiradi, nazorat qiladi, uning xulosa va qarorlarini imzolaydi hamda oʻquvchilarga qoʻyilgan talablarning bir xilligini taʼminlaydi.
DAK raisi oʻrinbosari yakuniy attestatsiyani oʻz vaqtida sifatli oʻtkazishga hamda DAKning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga masʼul hisoblanadi.
24. DAK har yili yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi.
IV. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish tartibi
1-§. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazishning umumiy qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
25. Oʻquv reja va dasturlarining barcha talablarini toʻliq bajargan oʻquvchi taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻiga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yakuniy attestatsiyada ijobiy baho olgan oʻquvchiga belgilangan tartibda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotini tamomlaganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Oʻquv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi “aʼlo” va qolgan fanlardan “yaxshi” boʻlgan, yakuniy attestatsiya sinovlaridan “aʼlo” baholar olgan, namunali xulqqa ega boʻlgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga imtiyozli diplom beriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 2-maydagi, 42/QQ, 11/QQ-sonli (roʻyxat raqami 2011-2, 06.05.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 209-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Yakuniy attestatsiya sinovlarining birortasidan “qoniqarsiz” baho olgan yoki unga uzrli sabab bilan kelmagan oʻquvchi boshqa sinovlar (davlat imtihonlari)ni topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2013-yil 18-noyabrdagi 49/QQ, 30-sonli qarori (roʻyxat raqami 2011-1, 26.11.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 48-son, 626-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotining belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan oʻtmagan 3-bosqich oʻquvchilari Pedagogik kengash qarori asosida DAK faoliyat koʻrsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani qayta topshirish huquqiga ega.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani topshirmagan oʻquvchilar 3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza berishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza bermagan oʻquvchiga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotining toʻliq kursini tamomlaganligi toʻgʻrisida akademik maʼlumotnoma beriladi. Mazkur maʼlumotnomada semestr kesimida oʻquv rejasida belgilangan fanlarga mos oʻquv yuklamasi miqdori (soatda), oʻquvchining fanlar va amaliyotlardan toʻplagan reyting ballari, yakuniy attestatsiya sinovlari natijalari, oʻquvchilar safidan chetlashtirish sababi (buyruq raqami va sanasi), shuningdek maʼlumotnomaning qayd etilgan raqami va berilgan sanasi koʻrsatilishi hamda u taʼlim tashkiloti direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Akademik litseylarda davlat imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Akademik litsey oʻquvchilari uchun Oʻzbekiston tarixi fanidan davlat imtihonlari test sinovlari shaklida mazkur bobning 3-paragrafi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 2-maydagi, 42/QQ, 11/QQ-sonli (roʻyxat raqami 2011-2, 06.05.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 209-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha davlat imtihonlari oʻquv rejalarining izoh qismida keltirilgan (oliy taʼlim tashkilotlariga kirishda test sinovlari topshiriladigan) fanlardan oʻtkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
33. Imtihonlar ona tili va adabiyot fanidan insho, matematika fanidan yozma, qolgan fanlardan ogʻzaki sinovlar koʻrinishida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Davlat imtihonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan materiallar hamda mezonlar asosida oʻtkaziladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 17-sentabrdagi, 10/qq, 7-mh va 23-2018-sonli qarori (roʻyxat raqami 2011-3, 16.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2011-3/2062-son)
Keyingi tahrirga qarang.
35. Yozma ravishda oʻtkaziladigan davlat imtihonlari uchun ajratiladigan vaqt sarfi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-oktabrdagi 400-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tayanch oʻquv rejasida davlat attestatsiyasi uchun koʻzda tutilgan soatlar doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3-§. Kasb-hunar kollejlarida Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini tashkil etish hamda oʻtkazish
(3-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 2-maydagi, 42/QQ, 11/QQ-sonli (roʻyxat raqami 2011-2, 06.05.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 209-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Kasb-hunar kollejlarida Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihoni test sinovlari usulida oʻtkaziladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 2-maydagi, 42/QQ, 11/QQ-sonli (roʻyxat raqami 2011-2, 06.05.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 209-modda)
Test sinovlarini tashkil etish hamda tartibli, xolisona va adolatli oʻtkazish masʼuliyati DAK aʼzolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotlarining pedagog (test oʻtkaziladigan fan oʻqituvchilaridan tashqari), muhandis-pedagog, ishlab chiqarish taʼlimi ustasi hamda taklif etilgan (umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻqituvchisi, jamoat tashkilotlari vakili va shu kabi)lar orasidan DAK tomonidan tanlab olinadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Test sinovlari topshiriqlari toʻplami oʻquv dasturlari mazmunini toʻliq qamrab olgan holda taʼlim tashkiloti oʻqituvchilari tomonidan shakllantiriladi, tegishli boʻlim (kafedra)larda muhokama qilinadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
39. DAK test sinovlari topshiriqlari toʻplami asosida test sinovlari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
40. Test sinovlari topshiriqlari soni oʻquv guruhlari sonidan kam boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha test sinovlari topshiriqlari fan dasturlari doirasida tuziladi. Test sinovlari topshiriqlari namunalari kamida bir oy oldin oʻquvchilarning eʼtiboriga yetkazilishi lozim.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 2-maydagi, 42/QQ, 11/QQ-sonli (roʻyxat raqami 2011-2, 06.05.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 209-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
41. Test sinovlari boshlangandan keyin hech kim sinov oʻtkazilayotgan auditoriyaga kiritilmaydi, oʻquvchilar test materiallarini oʻrnatilgan tartibda topshirmaguncha auditoriyadan chiqarilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha oʻquvchilar bilan savol-javoblar qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Test sinovlari topshiriqlarida koʻzda tutilgan vazifalarni bajarish taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagogik kengashi qaroriga muvofiq javoblar varagʻi orqali yoki axborot kommunikatsiya vositalari yetarli boʻlgan taʼlim tashkilotlarida kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Test sinovlari topshiriqlari jami 72 ta savoldan iborat boʻladi. Topshiriqlarni bajarish uchun 2 astronomik soat, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt beriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 2-maydagi, 42/QQ, 11/QQ-sonli (roʻyxat raqami 2011-2, 06.05.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 209-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
44. Test sinovlari jarayonida oʻquvchilar tomonidan darslik, oʻquv qoʻllanma, matn, shpargalka, uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Test topshirish qoidalariga rioya qilmagan oʻquvchilar test sinovidan chetlashtiriladi va bu haqda oʻsha zahoti dalolatnoma tuziladi.
45. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman eʼlon qiladi, oʻquvchilardan test materiallarini qabul qilib oladi va ularni yelimlangan paketda DAKga topshiradi.
46. DAK tomonidan test sinovlari topshiriqlarini yakuniy baholashda topshiriqlarning 86 — 100 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 5 baho, 71 — 85 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 4 baho, 56 — 70 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 3 baho va 56 foizgacha toʻgʻri bajarilgan holda 2 baho qoʻyiladi.
47. DAKning xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada test sinovlari boʻyicha berilgan topshiriqlar, oʻquvchining bahosi qayd etiladi. Bayonnoma DAK raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
4-§. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish
48. Kasblar boʻyicha amaliy imtihon kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining egallagan kasb-hunari boʻyicha malaka va koʻnikmalarining shakllanganligi hamda kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish amaliyotlari tugagandan hamda Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha davlat imtihoni topshirilganidan soʻng malakaviy ish himoyasidan yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlaridan oldin oʻtkaziladi.
Oʻquv rejasiga muvofiq yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga ajratilgan ikki haftaning birinchi haftasida Oʻzbekiston tarixi fani va kasblar boʻyicha amaliy imtihon, ikkinchi haftasida malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlari rejalashtiriladi.
Kasblar boʻyicha amaliy imtihon bilan malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlari oraligʻida oʻquvchining tayyorgarlik koʻrishi uchun kamida uch kun vaqt ajratilishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 2-maydagi, 42/QQ, 11/QQ-sonli (roʻyxat raqami 2011-2, 06.05.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 209-modda)
50. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish shakli, beriladigan topshiriqlar mazmuni egallanayotgan kasbning xususiyati va kasbiy faoliyatning mazmuniga oid koʻrsatkichlardan kelib chiqib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar taʼlim tashkilotining oʻquv ustaxonasi, laboratoriyasi yoki ishlab chiqarish korxonalari (texnologik jarayonlar bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha) bazasida tashkil etiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
52. Kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlarining variantlari ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari, kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari, bosh usta, maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan kompleks ishlar koʻrinishida tanlanadi hamda kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlarini bajarishga kerak boʻladigan xom ashyo materiallari, chizmalar, texnologik xarita, oʻlchash va kesish asbob-uskunalari roʻyxati aniqlanadi.
Kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlari yoʻnalishning tarmoq taʼlim standarti talablaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
53. Amaliy imtihon topshiriqlarini bajarish uchun ketadigan vaqt meʼyori har bir kasbning murakkabligi va xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun taʼlim tashkiloti ish oʻrinlarini kerakli jihozlar, oʻlchov asbob-uskunalari, texnik hujjatlar hamda xom ashyo materiallari bilan taʼminlaydi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
55. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar boshlanishidan oldin DAK aʼzolaridan biri oʻquvchilarni topshiriqlar mazmuni, texnik shartlar, baholash mezoni, vaqt meʼyori va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtiradi.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida operatsiyalarning bajarilish ketma-ketligini har bir oʻquvchi oʻzi mustaqil aniqlaydi.
56. DAKning kasblar boʻyicha amaliy imtihon xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada kasblar boʻyicha amaliy imtihonning natijalari umumlashtiriladi, kasbiy amaliy imtihon natijalari boʻyicha kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni berish toʻgʻrisidagi qaror va imtihonni oʻtkazish boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalar qayd etiladi.
Bayonnoma DAK raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun talab etiladigan xarajatlar taʼlim tashkilotining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarning xarajatlari ish beruvchi tashkilotlar, vasiy va homiylar yoki taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
59. Taʼlim tashkilotining hisobxona boʻlimi kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun xom ashyoga talab etiladigan sarf-xarajatlarni oʻquv ishlari va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari bilan birgalikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
V. Malakaviy ish himoyasini tashkil etish va oʻtkazish
60. Malakaviy ish himoyasi kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari tomonidan topshiriladigan yakuniy attestatsiya sinovi hisoblanadi.
61. Malakaviy ish mavzulari oʻquvchilarga III-kurs boshlanganidan soʻng uch oy davomida taqsimot qilinadi.
62. Malakaviy ish oʻquvchilar tomonidan tayyorlagan turli buyum, qurilma (jihoz, maket va shu kabilar), jarayon va hodisalarning fizik, mexanik, kimyoviy xususiyat yoki xossalarini oʻrganishga imkon beruvchi asbob-uskunalar va elektron asboblar majmuasi koʻrinishida ham boʻlishi mumkin.
63. Malakaviy ishni tashkil etish va uning bajarilishini nazorat qilish kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi.
64. Malakaviy ish monitoringi boʻlim (kafedra) mudirlari hamda malakaviy ish rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
65. Malakaviy ish mavzulari kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchilari hamda ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda tuzilib, boʻlim (kafedra) yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi.
Malakaviy ish mavzulari roʻyxati va ularning oʻquvchilar orasidagi taqsimoti kasb-hunar kollejining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Malakaviy ish mavzulari har oʻquv yilida qayta koʻrib chiqiladi.
66. Malakaviy ishning tuzilmasi quyidagilardan tarkib topadi:
titul varagʻi;
malakaviy ishning tavsifi;
mundarija;
kirish (mavzuning mohiyati, dolzarbligi, maqsadning qoʻyilishi);
nazariy qism (asosiy tushuncha, dalil, tamoyil, kategoriya va ular orasidagi bogʻlanishlar, ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy asoslari va shu kabilar);
texnologik qism (tarmoqning zamonaviy texnologik tamoyillari, belgilangan vazifani hal etish usullari);
jihozlash qismi (tarmoq texnologiyasi boʻyicha jihozlar va uskunalar haqida maʼlumot, texnikaviy va foydalanish tavsifnomalari);
iqtisodiy qism (texnik-iqtisodiy samaradorlik tahlili, texnik samaradorlikni asoslash, ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish maqsadlari);
mehnat muhofazasi qismi (xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanoat sanitariyasi, mehnat gigiyenasi);
xulosa (malakaviy ish natijalarini umumlashtirish, qiyosiy baholash, muammoni hal etish boʻyicha taklif va tavsiyalar);
foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (rahbariy va ilmiy adabiyotlar, mavzuga oid darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari roʻyxati hamda internet maʼlumotlari);
ilova (fotosuratlar, ishchi va boshqa hujjatlar, yordamchi maʼlumotlar, jadvallar, chizmalar, grafiklar va slaydlar).
Mutaxassisliklar xususiyatidan kelib chiqib, malakaviy ish tuzilmasining qismlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
67. Malakaviy ish quyidagi koʻrinishlarda bajariladi:
a) tajribaviy-amaliy malakaviy ishi — mavjud texnologik jarayonni chuqurroq tahliliy oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, muayyan muammoni yechishga qaratilgan boʻladi;
b) sinov-tadqiqot malakaviy ishi — mavjud texnologik jarayonni takomillashtirish maqsadida kichik tadqiqot oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. Unda sinov oʻtkazish rejasi, sinov ishlari usullarining tavsifnomalari, sinovning asosiy bosqichlari, tajribaviy sinov ishi natijalarining tahlili va olingan natijalarni amaliy qoʻllash imkoniyatlari haqida tavsiyalardan iborat boʻladi;
v) loyiha malakaviy ishi — mazmunan yangi texnologik jarayon ishlanmasi yoki yangi mahsulotni yaratishdan iborat ijodiy faoliyat mahsuli.
68. Malakaviy ish loyiha koʻrinishida bajarilganda, u koʻpi bilan toʻrt nafar oʻquvchidan iborat guruh tomonidan amalga oshirilishi ham mumkin. Bunday hollarda har bir oʻquvchiga individual topshiriqlar beriladi.
69. Loyiha malakaviy ishi guruh tomonidan bajarilganda, har bir oʻquvchining malakaviy ishni bajarishga qoʻshgan hissasi aniq koʻrsatilishi shart.
70. Malakaviy ish mavzuyining mazmuni taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligiga mos kelishi hamda tarmoqdagi yangi texnologik jarayonlarni tashkil etishga qaratilgan boʻlishi kerak.
71. Malakaviy ishni bajaruvchi oʻquvchining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
mavzuga mos adabiyotlarni tanlash va ularni tahlil qilish;
malakaviy ishning bajarilish jadvaliga rioya qilish;
malakaviy ishni sifatli bajarish;
malakaviy ish boʻyicha taqdimot tayyorlash;
malakaviy ishni belgilangan muddatda himoya qilish.
72. Malakaviy ish rahbarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
malakaviy ish mavzuyi boʻyicha individual topshiriqlarni ishlab chiqish;
malakaviy ishning mazmuni va bajarish ketma-ketligi boʻyicha maslahatlar berish;
mavzuga mos adabiyotlar tanlash va ularni tahlil qilish jarayonida oʻquvchilarga amaliy yordamlar koʻrsatish;
malakaviy ishning bajarilish taqvim rejasini ishlab chiqish va oʻquvchi tomonidan uning mustaqil bajarilishini nazorat qilish;
malakaviy ishga yozma xulosa tayyorlash;
ish beruvchi tashkilotlardan taqriz olinishini muvofiqlashtirish;
malakaviy ish himoyasida ishtirok etish.
73. Malakaviy ish rahbari oʻquvchi bajargan malakaviy ishning mazmuni, sifati hamda olingan natijalar va mavjud maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan ishning ayrim boʻlimlari boʻyicha kasb-hunar kollejining oʻqituvchilari, oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, ish beruvchi tashkilotlarning mutaxassislari maslahatchilar sifatida jalb etilishi mumkin.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
75. Malakaviy ishni rasmiylashtirishga quyidagi talablar qoʻyiladi:
malakaviy ishning matni 210 x 297 mm oʻlchamdagi A-4 formatdagi yozuv qogʻozining bir tomoniga yozilgan, qoʻl yozma shaklida 60 betdan (madaniyat va sport hamda sanʼat yoʻnalishlarida 25 betdan) va kompyuter yordamida 30 betdan (madaniyat va sport hamda sanʼat yoʻnalishlarida 10 betdan) kam boʻlmagan hajmda tayyorlanadi. Kompyuterda Times New Roman nomli 12 oʻlchamli shriftda, 1,5 yoki 2 intervalda yozilishi lozim. Har bir bet hoshiyasi yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 2 sm boʻlishi, xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda boʻlishi lozim;
malakaviy ishning titul varagʻidan tashqari barcha varaqlari raqamlanadi;
malakaviy ishning grafik, chizmalar qismi qoʻlda yoki maxsus dasturlar yordamida kompyuterda A1 yoki A3 formatda bajariladi;
malakaviy ish uchun zarur boʻlgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi koʻrsatiladi;
tushuntiruv yozuvi boʻlim yoki kichik boʻlimlarga boʻlinadi. Har bir boʻlim alohida sahifadan boshlanadi va alohida tartib raqamga ega boʻladi. Masalan: 1, 2, 3, .... ; har bir kichik boʻlim esa quyidagicha belgilanadi: 2.1, 3.2, 4.2, ... ; sarlavhalar simmetrik ravishda yoziladi. Sarlavha va matn orasidagi masofa 3-4 interval boʻlishi lozim;
foydalanilgan adabiyotlar toʻgʻrisida muallifning ism-familiyasi, adabiyotning nomi, qayerda va qachon chop etilganligi, davriy nashrlardan foydalanilgan taqdirda, foydalanilgan gazeta (jurnal) nomi va sanasi yoziladi;
malakaviy ishda keltirilgan rasm, jadval hamda chizma (sxema)larning barchasi ketma-ket raqamlanadi.
76. Malakaviy ish toʻliq bajarilgach, 1 nusxada muqovalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
77. Taʼlim tashkilotining ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari malakaviy ishga malakaviy ish rahbari taqrizidan tashqari xolis tomon taqrizini ham olinishini taʼminlaydi. Xolis taqriz malakaviy ish mavzuyiga aloqador tashkilotlarning mutaxassislaridan yoki mazkur taʼlim tashkilotining umumkasbiy yoki maxsus fan oʻqituvchisi tomonidan olinadi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
78. Taqriz asosan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
malakaviy ish mazmunining berilgan mavzuga mosligi toʻgʻrisida xulosa;
malakaviy ishdagi har bir boʻlimning bajarilish mazmuni va sifatiga berilgan baho;
qoʻyilgan masalalarning yechilish darajasini, ishning nazariy va amaliy qiymatini baholash;
taqdim etilgan malakaviy ishning talab darajasida rasmiylashtirish darajasini baholash.
79. Taqrizning mazmuni bilan oʻquvchi malakaviy ish himoyasidan kamida 3 kun avval tanishtirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
80. Taʼlim tashkiloti rahbariyati tomonidan malakaviy ish himoyasidan oldin DAKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(80-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
tarmoq taʼlim standarti;
Oldingi tahrirga qarang.
yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga oid qonunchilik hujjatlari;
(80-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquvchilarni yakuniy attestatsiyaga ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi;
(80-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
kasblar boʻyicha amaliy imtihon natijalari;
tashkilotlarning biridan ishlab chiqarish amaliyoti natijalari boʻyicha oʻquvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik daraja (taʼrif razryadi)si;
oʻquv rejaga kiritilgan barcha fanlarni oʻquvchining oʻzlashtirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
oʻquvchining reyting daftarchasi;
DAKning majlislar bayoni kitobi.
81. Malakaviy ish himoyasi oʻquv rejasida belgilangan yakuniy attestatsiya uchun ajratilgan ikki hafta davomida kasblar boʻyicha amaliy imtihondan soʻng oʻtkaziladi.
82. Malakaviy ish himoyasida har bir oʻquvchiga oʻzining ishini taqdimot qilishi uchun 15 — 20 daqiqa vaqt ajratiladi, taqdimot tugagandan soʻng malakaviy ishga berilgan xulosa va taqrizlar oʻqib eshittiriladi.
83. Malakaviy ish himoyasini baholash DAK tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Yakuniy bahoni belgilashda baholash varaqasida quyidagilar hisobga olinadi:
mavzuning dolzarbligi;
malakaviy ishning sifati va rasmiylashtirilishi;
oʻquvchining loyiha boʻyicha taqdimoti;
oʻquvchining berilgan savollarga javobi;
oʻquvchining nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligi;
malakaviy ish rahbarining xulosasi;
taqrizchining bahosi.
84. Malakaviy ish himoyasining bahosi DAKning majlisida ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Bunda, oʻquvchining kasblar boʻyicha amaliy imtihon va malakaviy ish himoyasidan olgan natijalari hisobga olinadi (ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, natija oʻquvchining foydasiga hal etiladi).
85. DAKning yakuniy kengash qarorida oʻquvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni tasdiqlash, tegishli kasblarni egallagani hamda kasb-hunar kollejini tamomlagani toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplomni berish boʻyicha xulosalar aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
DAKning qarori oʻquvchining taʼlim tashkilotini tugatganligi yoki uni oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asos boʻladi.
(85-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86. Yakuniy attestatsiya sinovlari boʻyicha tuzilgan hisobotlar va malakaviy ishlar, taʼlim tashkiloti arxivida 4 yil davomida saqlanadi.
Belgilangan muddat tugagandan soʻng taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi boʻyicha tashkil etilgan komissiya majlisi qaroriga koʻra malakaviy ishlar oʻrnatilgan tartibda hisobdan chiqariladi.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
87. Yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan oʻquvchilarning arizasini koʻrib chiqish uchun taʼlim tashkiloti direktori buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Mazkur buyruq bilan apellyatsiya komissiyasining tarkibi, ishlash tartibi va vakolatlari rasmiylashtiriladi hamda yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
88. Yakuniy attestatsiya sinovlari jarayonida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan oʻquvchi faqat yakuniy attestatsiya baholari eʼlon qilingan paytda apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi shu kunning oʻzida bevosita joyida arizachining murojaatini hal etadi va tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa kunlari oʻquvchi tomonidan bildirilgan eʼtiroz va shikoyatlar koʻrib chiqilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
89. Taʼlim tashkiloti ilmiy-pedagogik kengashiga DAK raisi tahliliy hisobot taqdim etadi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
90. Ushbu Nizom idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlariga tatbiq etiladi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlari doirasida hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
92. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
93. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2009-yil 20-avgust
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
2009-yil 19-avgust
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
2009-yil 25-avgust
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
2009-yil 18-avgust
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QOʻZIYEV
2009-yil 27-avgust
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2009-yil 26-avgust
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK boshqaruv raisi A. RAMATOV
2009-yil 21-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 443-modda; 2013-y., 48-son, 626-modda; 2016-y., 18-son, 209-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2011-3/2062-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son; 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son; 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)