Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 06.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2011
Дата вступления в силу
16.10.2009
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 16.10.2009 sanasi holatiga | Hujjat 28.07.2021 sanasi holatiga |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING |
QARORI | QARORI |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida |
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi: |
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi. | 2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV |
Toshkent sh.,, | Toshkent sh.,, |
2009-yil 4-sentabr, | 2009-yil 4-sentabr, |
39/QQ-son | 39/QQ-son |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2009-yil 4-sentabr, | 2009-yil 4-sentabr, |
27/QQ-son | 27/QQ-son |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-son qaroriga ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-son qaroriga ILOVA |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida |
NIZOM | NIZOM |
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchi oʻquvchilarining (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi oʻrinlarda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi. | Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchi oʻquvchilarining (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi oʻrinlarda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi. |
I. Umumiy qoidalar | I. Umumiy qoidalar |
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) yakuniy attestatsiya: | 1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) yakuniy attestatsiya: |
oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash; | oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash; |
oʻquvchilarga kichik mutaxassis malaka darajasini berish masalasini hal etish; | oʻquvchilarga kichik mutaxassis malaka darajasini berish masalasini hal etish; |
oʻquvchilarga taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish maqsadlarida oʻtkaziladi. | oʻquvchilarga taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish maqsadlarida oʻtkaziladi. |
2. Yakuniy attestatsiya taʼlim muassasalarida turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda DAK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. | 2. Yakuniy attestatsiya taʼlim muassasalarida turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda DAK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. |
3. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish uchun bir taʼlim muassasasida taʼlim yoʻnalishlaridagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, bir nechta DAK tashkil etilishi mumkin. | 3. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish uchun bir taʼlim muassasasida taʼlim yoʻnalishlaridagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, bir nechta DAK tashkil etilishi mumkin. |
4. DAKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: | 4. DAKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: |
oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash; | oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash; |
DAK bayonnomalarini rasmiylashtirish, yakuniy hisobot va tahliliy xulosalarini tayyorlash; | DAK bayonnomalarini rasmiylashtirish, yakuniy hisobot va tahliliy xulosalarini tayyorlash; |
davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi (loyiha)ni (keyingi oʻrinlarda malakaviy ish deb yuritiladi) himoyasini oʻtkazish kuni va sinov ishlarining shaklini aniqlash; | davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi (loyiha)ni (keyingi oʻrinlarda malakaviy ish deb yuritiladi) himoyasini oʻtkazish kuni va sinov ishlarining shaklini aniqlash; |
topshiriqlar toʻplamini va baholash mezonlarini tasdiqlash; | topshiriqlar toʻplamini va baholash mezonlarini tasdiqlash; |
oʻquvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni tasdiqlash; | oʻquvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni tasdiqlash; |
taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish. | taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish. |
5. DAK oʻz faoliyatini mazkur Nizom va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonun hujjatlariga tayangan holda olib boradi. | 5. DAK oʻz faoliyatini mazkur Nizom va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi. |
6. Taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchilar, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yakuniy attestatsiyadan oʻtishlari majburiy. | 6. Taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchilar, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yakuniy attestatsiyadan oʻtishlari majburiy. |
II. Yakuniy attestatsiya sinovlari | II. Yakuniy attestatsiya sinovlari |
7. Yakuniy attestatsiya quyidagi koʻrinishdagi attestatsiya sinovlaridan iborat: | 7. Yakuniy attestatsiya quyidagi koʻrinishdagi attestatsiya sinovlaridan iborat: |
davlat imtihonlarini topshirish; | davlat imtihonlarini topshirish; |
malakaviy ishni himoya qilish. | malakaviy ishni himoya qilish. |
8. Akademik litseylarda davlat imtihonlari oʻquv rejadagi Oʻzbekiston tarixi fani va chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan imtihonlardan iborat. | 8. Akademik litseylarda davlat imtihonlari oʻquv rejadagi Oʻzbekiston tarixi fani va chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan imtihonlardan iborat. |
9. Kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlari oʻquv rejadagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar hamda kasblar boʻyicha amaliy imtihonlardan iborat. Sogʻliqni saqlash sohasiga oid mutaxassisliklarda malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy nazariy hamda kasbiy amaliy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlari oʻtkaziladi. 10. Muayyan mutaxassislik (taʼlim yoʻnalishi) boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi. | 9. Kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlari oʻquv rejadagi Oʻzbekiston tarixi fani, kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar, malakaviy ish himoyasi yoki uning oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha imtihonlardan iborat. Bunda malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini topshirishga tavsiya etiladigan kasblar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini topshirishni tanlash huquqiga ega. 10. Akademik litseylarda muayyan mutaxassislik (taʼlim yoʻnalishi) boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi. Kasb-hunar kollejlarida muayyan mutaxassislik (taʼlim yoʻnalishi) boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati Kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi. |
11. Davlat imtihonlarini oʻtkazish va malakaviy ishni himoya qilish jadvali taʼlim muassasasi direktori tomonidan yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tasdiqlanadi. | 11. Davlat imtihonlarini oʻtkazish va malakaviy ishni himoya qilish jadvali taʼlim muassasasi direktori tomonidan yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tasdiqlanadi. |
12. Davlat imtihonlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning davlat taʼlim standarti (tarmoq taʼlim standarti)ga muvofiq oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. | 12. Davlat imtihonlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning davlat taʼlim standarti (tarmoq taʼlim standarti)ga muvofiq oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. |
III. DAK tarkibi | III. DAK tarkibi |
13. DAK aʼzolari tarkibi 7 yoki 9 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashganda yakuniy attestatsiya vakolatli hisoblanadi. | 13. DAK aʼzolari tarkibi 7 yoki 9 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashganda yakuniy attestatsiya vakolatli hisoblanadi. |
14. Akademik litseylarda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, turdosh va mazkur taʼlim muassasasining tajribali, malakali oʻqituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi. | 14. Akademik litseylarda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, turdosh va mazkur taʼlim muassasasining tajribali, malakali oʻqituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi. |
Akademik litseylarda DAK aʼzolari tarkibining kamida oʻttiz foizini oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda turdosh taʼlim muassasasining vakillari tashkil etishi lozim. | Akademik litseylarda DAK aʼzolari tarkibining kamida oʻttiz foizini oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda turdosh taʼlim muassasasining vakillari tashkil etishi lozim. |
15. Kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlarning mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, vazirlik va idoralarning soha mutaxassislari hamda turdosh kasb-hunar kollejlari va mazkur taʼlim muassasasining tajribali, malakali maxsus fan oʻqituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi. | 15. Kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlarning mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, vazirlik va idoralarning soha mutaxassislari hamda turdosh kasb-hunar kollejlari va mazkur taʼlim muassasasining tajribali, malakali maxsus fan oʻqituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi. |
Kasb-hunar kollejlarining maxsus fan oʻqituvchilari ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarining tavsiyasi asosida DAK aʼzolari tarkibiga kiritiladi. | Kasb-hunar kollejlarining maxsus fan oʻqituvchilari ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarining tavsiyasi asosida DAK aʼzolari tarkibiga kiritiladi. |
Kasb-hunar kollejlarida DAK aʼzolari tarkibining kamida qirq foizini ish beruvchi tashkilotlarning vakillari tashkil etishi lozim. | Kasb-hunar kollejlarida DAK aʼzolari tarkibining kamida qirq foizini ish beruvchi tashkilotlarning vakillari tashkil etishi lozim. |
Madaniyat, sanʼat, musiqa kollejlarida DAK aʼzolari tarkibining kamida yigirma foizini ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy taʼlim muassasasi vakillari tashkil etishi lozim. | Madaniyat, sanʼat, musiqa kollejlarida DAK aʼzolari tarkibining kamida yigirma foizini ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy taʼlim muassasasi vakillari tashkil etishi lozim. |
16. Yakuniy attestatsiya jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin. | 16. Yakuniy attestatsiya jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin. |
17. Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin. | 17. Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin. |
18. DAK aʼzolari tarkibi taʼlim muassasasi direktorining vazirlik va idoralar, tegishli oliy taʼlim muassasalari, ish beruvchi tashkilotlar va turdosh taʼlim muassasalari rahbarlariga yoʻllagan yozma murojaatlariga ularning yuborgan rozilik xati asosida yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida qirq besh kun oldin shakllantiriladi. | 18. DAK aʼzolari tarkibi taʼlim muassasasi direktorining vazirlik va idoralar, tegishli oliy taʼlim muassasalari, ish beruvchi tashkilotlar va turdosh taʼlim muassasalari rahbarlariga yoʻllagan yozma murojaatlariga ularning yuborgan rozilik xati asosida yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida qirq besh kun oldin shakllantiriladi. |
19. DAK tarkibi (raisi va aʼzolari) yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻining (vazirlik yoki idoralar tasarrufidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari uchun shu vazirlik yoki idora rahbarining) buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. | 19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga hududiy kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻining (vazirlik, idora yoki oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari uchun shu vazirlik, idora yoki oliy taʼlim muassasasi rahbarining), DAK aʼzolari esa, taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. |
20. DAK raisi akademik litseylarda tayanch oliy taʼlim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda mazkur oliy taʼlim muassasasining professor-oʻqituvchilari tarkibidan va kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari vakillari tarkibidan tanlanadi. | 20. DAK raisi akademik litseylarda tayanch oliy taʼlim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda mazkur oliy taʼlim muassasasining professor-oʻqituvchilari tarkibidan va kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari vakillari tarkibidan tanlanadi. |
21. Bir kishi ketma-ket bir taʼlim muassasasida tegishli yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha ikki martadan ortiq DAK raisi boʻlishi mumkin emas. | 21. Bir kishi ketma-ket bir taʼlim muassasasida tegishli yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha ikki martadan ortiq DAK raisi boʻlishi mumkin emas. |
22. Taʼlim muassasasining direktori yoki uning oʻrinbosarlari (xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosaridan tashqari) DAK raisi oʻrinbosari hisoblanadi. | 22. Taʼlim muassasasining direktori yoki uning oʻrinbosarlari (xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosaridan tashqari) DAK raisi oʻrinbosari hisoblanadi. |
23. DAK raisi komissiya faoliyatini tashkillashtiradi, nazorat qiladi, uning xulosa va qarorlarini imzolaydi hamda oʻquvchilarga qoʻyilgan talablarning bir xilligini taʼminlaydi. | 23. DAK raisi komissiya faoliyatini tashkillashtiradi, nazorat qiladi, uning xulosa va qarorlarini imzolaydi hamda oʻquvchilarga qoʻyilgan talablarning bir xilligini taʼminlaydi. |
DAK raisi oʻrinbosari yakuniy attestatsiyani oʻz vaqtida sifatli oʻtkazishga hamda DAKning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga masʼul hisoblanadi. | DAK raisi oʻrinbosari yakuniy attestatsiyani oʻz vaqtida sifatli oʻtkazishga hamda DAKning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga masʼul hisoblanadi. |
24. DAK har yili yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi. | 24. DAK har yili yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi. |
IV. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish tartibi | IV. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish tartibi |
1-§. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazishning umumiy qoidalari | 1-§. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazishning umumiy qoidalari |
25. Oʻquv reja va dasturlarining barcha talablarini toʻliq bajargan oʻquvchi taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻiga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladi. | 25. Oʻquv reja va dasturlarining barcha talablarini toʻliq bajargan oʻquvchi taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻiga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladi. |
26. Yakuniy attestatsiyada ijobiy baho olgan oʻquvchiga belgilangan tartibda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi. | 26. Yakuniy attestatsiyada ijobiy baho olgan oʻquvchiga belgilangan tartibda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi. |
27. Oʻquv rejasi boʻyicha koʻzda tutilgan fanlardan kamida 86 foizi “aʼlo”, qolgan fanlardan “yaxshi”, xulqi uchun “aʼlo” hamda yakuniy attestatsiya sinovlaridan “aʼlo” baholar olgan, shuningdek, jamoat ishlarida faol qatnashgan oʻquvchiga imtiyozli diplom beriladi. 28. Yakuniy attestatsiya sinovlarining birortasidan “qoniqarsiz” baho olgan yoki unga uzrli sabab bilan kelmagan oʻquvchi boshqa sinovlar (davlat imtihonlari)ni topshirish huquqidan mahrum etilmaydi. Bunday holda taʼlim muassasasi direktori tomonidan oʻquvchiga joriy oʻquv yilidagi DAK ishi davrida sinov topshirish uchun ruxsat beriladi. 29. Yakuniy attestatsiya sinovlaridan oʻta olmagan, shuningdek, unda ishtirok eta olmagan oʻquvchilarga oʻqish uchun belgilangan muddat tugagandan bir oy oʻtgandan soʻng (oʻquvchi mustaqil holda tayyorgarlik koʻradi) DAK qarori bilan DAK ishi davrida sinovni qayta topshirishga ruxsat etiladi. 30. Yakuniy attestatsiya sinovlaridan qayta topshirish natijasiga koʻra ham “qoniqarsiz” baho olgan yoki unda ishtirok etmagan oʻquvchiga taʼlim muassasasining toʻliq kursini tamomlaganligi toʻgʻrisida oʻrnatilgan shaklda maʼlumotnoma beriladi. | 27. Oʻquv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi “aʼlo” va qolgan fanlardan “yaxshi” boʻlgan, yakuniy attestatsiya sinovlaridan “aʼlo” baholar olgan, namunali xulqqa ega boʻlgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga imtiyozli diplom beriladi. 28. Yakuniy attestatsiya sinovlarining birortasidan “qoniqarsiz” baho olgan yoki unga uzrli sabab bilan kelmagan oʻquvchi boshqa sinovlar (davlat imtihonlari)ni topshirish huquqidan mahrum etilmaydi. 29. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasining belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan oʻtmagan 3-bosqich oʻquvchilari Pedagogik kengash qarori asosida DAK faoliyat koʻrsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani qayta topshirish huquqiga ega. 30. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani topshirmagan oʻquvchilar 3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza berishlari mumkin. 3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza bermagan oʻquvchiga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasining toʻliq kursini tamomlaganligi toʻgʻrisida akademik maʼlumotnoma beriladi. Mazkur maʼlumotnomada semestr kesimida oʻquv rejasida belgilangan fanlarga mos oʻquv yuklamasi miqdori (soatda), oʻquvchining fanlar va amaliyotlardan toʻplagan reyting ballari, yakuniy attestatsiya sinovlari natijalari, oʻquvchilar safidan chetlashtirish sababi (buyruq raqami va sanasi), shuningdek maʼlumotnomaning qayd etilgan raqami va berilgan sanasi koʻrsatilishi hamda u taʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim. |
2-§. Akademik litseylarda davlat imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish | 2-§. Akademik litseylarda davlat imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish |
31. Akademik litsey oʻquvchilari uchun Oʻzbekiston tarixi fanidan davlat imtihonlari test usulida amalga oshiriladi. Akademik litseylarda testlarni tashkil etish va oʻtkazish mazkur boʻlimning 3-paragrafiga muvofiq kasb-hunar kollejlarida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan test usuli qoidalari asosida amalga oshiriladi. | 31. Akademik litsey oʻquvchilari uchun Oʻzbekiston tarixi fanidan davlat imtihonlari test sinovlari shaklida mazkur bobning 3-paragrafi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. |
32. Chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha davlat imtihonlari oʻquv rejalarining izoh qismida keltirilgan (oliy taʼlim muassasalariga kirishda test sinovlari topshiriladigan) fanlardan oʻtkaziladi. | 32. Chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha davlat imtihonlari oʻquv rejalarining izoh qismida keltirilgan (oliy taʼlim muassasalariga kirishda test sinovlari topshiriladigan) fanlardan oʻtkaziladi. |
33. Imtihonlar ona tili va adabiyot fanidan insho, matematika fanidan yozma, qolgan fanlardan ogʻzaki sinovlar koʻrinishida oʻtkaziladi. | 33. Imtihonlar ona tili va adabiyot fanidan insho, matematika fanidan yozma, qolgan fanlardan ogʻzaki sinovlar koʻrinishida oʻtkaziladi. |
34. Davlat imtihonlari Markaz tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan materiallar hamda mezonlar asosida oʻtkaziladi. | 34. Davlat imtihonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan materiallar hamda mezonlar asosida oʻtkaziladi. |
35. Yozma ravishda oʻtkaziladigan davlat imtihonlari uchun ajratiladigan vaqt sarfi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-oktabrdagi 400-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tayanch oʻquv rejasida davlat attestatsiyasi uchun koʻzda tutilgan soatlar doirasida amalga oshiriladi. | 35. Yozma ravishda oʻtkaziladigan davlat imtihonlari uchun ajratiladigan vaqt sarfi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-oktabrdagi 400-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tayanch oʻquv rejasida davlat attestatsiyasi uchun koʻzda tutilgan soatlar doirasida amalga oshiriladi. |
3-§. Kasb-hunar kollejlarida gumanitar va ijtimoiy- iqtisodiy fanlar boʻyicha davlat imtihonlarini tashkil etish hamda oʻtkazish | 3-§. Kasb-hunar kollejlarida Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini tashkil etish hamda oʻtkazish |
36. Kasb-hunar kollejlarida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar boʻyicha davlat imtihoni test sinovlari usulida oʻtkaziladi. | 36. Kasb-hunar kollejlarida Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihoni test sinovlari usulida oʻtkaziladi. |
Test sinovlarini tashkil etish hamda tartibli, xolisona va adolatli oʻtkazish masʼuliyati DAK aʼzolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklatiladi. | Test sinovlarini tashkil etish hamda tartibli, xolisona va adolatli oʻtkazish masʼuliyati DAK aʼzolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklatiladi. |
37. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining pedagog (test oʻtkaziladigan fan oʻqituvchilaridan tashqari), muhandis-pedagog, ishlab chiqarish taʼlimi ustasi hamda taklif etilgan (umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻqituvchisi, jamoat tashkilotlari vakili va shu kabi)lar orasidan DAK tomonidan tanlab olinadi. | 37. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining pedagog (test oʻtkaziladigan fan oʻqituvchilaridan tashqari), muhandis-pedagog, ishlab chiqarish taʼlimi ustasi hamda taklif etilgan (umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻqituvchisi, jamoat tashkilotlari vakili va shu kabi)lar orasidan DAK tomonidan tanlab olinadi. |
38. Test sinovlari topshiriqlari toʻplami oʻquv dasturlari mazmunini toʻliq qamrab olgan holda taʼlim muassasasi oʻqituvchilari tomonidan shakllantiriladi, tegishli boʻlim (kafedra)larda muhokama qilinadi. | 38. Test sinovlari topshiriqlari toʻplami oʻquv dasturlari mazmunini toʻliq qamrab olgan holda taʼlim muassasasi oʻqituvchilari tomonidan shakllantiriladi, tegishli boʻlim (kafedra)larda muhokama qilinadi. |
39. DAK test sinovlari topshiriqlari toʻplami asosida test sinovlari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini taʼminlaydi. | 39. DAK test sinovlari topshiriqlari toʻplami asosida test sinovlari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini taʼminlaydi. |
40. Test sinovlari topshiriqlari soni oʻquv guruhlari sonidan kam boʻlmasligi kerak. | 40. Test sinovlari topshiriqlari soni oʻquv guruhlari sonidan kam boʻlmasligi kerak. |
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar boʻyicha imtihonlarga kiritilgan fanlar dasturlari boʻyicha tuzilgan test sinovlari topshiriqlari namunalari kamida bir oy oldin oʻquvchilarning eʼtiboriga yetkazilishi lozim. | Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha test sinovlari topshiriqlari fan dasturlari doirasida tuziladi. Test sinovlari topshiriqlari namunalari kamida bir oy oldin oʻquvchilarning eʼtiboriga yetkazilishi lozim. |
41. Test sinovlari boshlangandan keyin hech kim sinov oʻtkazilayotgan auditoriyaga kiritilmaydi, oʻquvchilar test materiallarini oʻrnatilgan tartibda topshirmaguncha auditoriyadan chiqarilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha oʻquvchilar bilan savol-javoblar qilinmaydi. | 41. Test sinovlari boshlangandan keyin hech kim sinov oʻtkazilayotgan auditoriyaga kiritilmaydi, oʻquvchilar test materiallarini oʻrnatilgan tartibda topshirmaguncha auditoriyadan chiqarilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha oʻquvchilar bilan savol-javoblar qilinmaydi. |
42. Test sinovlari topshiriqlarida koʻzda tutilgan vazifalarni bajarish taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qaroriga muvofiq javoblar varagʻi orqali yoki axborot kommunikatsiya vositalari yetarli boʻlgan taʼlim muassasalarida kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. | 42. Test sinovlari topshiriqlarida koʻzda tutilgan vazifalarni bajarish taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qaroriga muvofiq javoblar varagʻi orqali yoki axborot kommunikatsiya vositalari yetarli boʻlgan taʼlim muassasalarida kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. |
43. Test sinovlarini topshirish uchun 120 daqiqa vaqt belgilanadi. | 43. Test sinovlari topshiriqlari jami 72 ta savoldan iborat boʻladi. Topshiriqlarni bajarish uchun 2 astronomik soat, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt beriladi. |
44. Test sinovlari jarayonida oʻquvchilar tomonidan darslik, oʻquv qoʻllanma, matn, shpargalka, uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi. | 44. Test sinovlari jarayonida oʻquvchilar tomonidan darslik, oʻquv qoʻllanma, matn, shpargalka, uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi. |
Test topshirish qoidalariga rioya qilmagan oʻquvchilar test sinovidan chetlashtiriladi va bu haqda oʻsha zahoti dalolatnoma tuziladi. | Test topshirish qoidalariga rioya qilmagan oʻquvchilar test sinovidan chetlashtiriladi va bu haqda oʻsha zahoti dalolatnoma tuziladi. |
45. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman eʼlon qiladi, oʻquvchilardan test materiallarini qabul qilib oladi va ularni yelimlangan paketda DAKga topshiradi. | 45. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman eʼlon qiladi, oʻquvchilardan test materiallarini qabul qilib oladi va ularni yelimlangan paketda DAKga topshiradi. |
46. DAK tomonidan test sinovlari topshiriqlarini yakuniy baholashda topshiriqlarning 86 — 100 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 5 baho, 71 — 85 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 4 baho, 56 — 70 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 3 baho va 56 foizgacha toʻgʻri bajarilgan holda 2 baho qoʻyiladi. | 46. DAK tomonidan test sinovlari topshiriqlarini yakuniy baholashda topshiriqlarning 86 — 100 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 5 baho, 71 — 85 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 4 baho, 56 — 70 foizi toʻgʻri bajarilgan holda 3 baho va 56 foizgacha toʻgʻri bajarilgan holda 2 baho qoʻyiladi. |
47. DAKning xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada test sinovlari boʻyicha berilgan topshiriqlar, oʻquvchining bahosi qayd etiladi. Bayonnoma DAK raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi. | 47. DAKning xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada test sinovlari boʻyicha berilgan topshiriqlar, oʻquvchining bahosi qayd etiladi. Bayonnoma DAK raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi. |
4-§. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish | 4-§. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish |
48. Kasblar boʻyicha amaliy imtihon kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining egallagan kasb-hunari boʻyicha malaka va koʻnikmalarining shakllanganligi hamda kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni aniqlaydi. | 48. Kasblar boʻyicha amaliy imtihon kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining egallagan kasb-hunari boʻyicha malaka va koʻnikmalarining shakllanganligi hamda kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni aniqlaydi. |
49. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish amaliyotlari tugagandan hamda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar boʻyicha davlat imtihonlari topshirilganidan soʻng malakaviy ish himoyasidan oldin oʻtkaziladi. | 49. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish amaliyotlari tugagandan hamda Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha davlat imtihoni topshirilganidan soʻng malakaviy ish himoyasidan yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlaridan oldin oʻtkaziladi. |
Oʻquv rejasiga muvofiq yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga ajratilgan ikki haftaning birinchi haftasida kasblar boʻyicha amaliy imtihon, ikkinchi haftasida malakaviy ish himoyasi rejalashtiriladi. | Oʻquv rejasiga muvofiq yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga ajratilgan ikki haftaning birinchi haftasida Oʻzbekiston tarixi fani va kasblar boʻyicha amaliy imtihon, ikkinchi haftasida malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlari rejalashtiriladi. |
Kasblar boʻyicha amaliy imtihon bilan malakaviy ish himoyasi oraligʻida himoyaga tayyorgarlik koʻrish uchun kamida uch kun vaqt ajratilishi lozim. | Kasblar boʻyicha amaliy imtihon bilan malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlari oraligʻida oʻquvchining tayyorgarlik koʻrishi uchun kamida uch kun vaqt ajratilishi lozim. |
50. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish shakli, beriladigan topshiriqlar mazmuni egallanayotgan kasbning xususiyati va kasbiy faoliyatning mazmuniga oid koʻrsatkichlardan kelib chiqib belgilanadi. | 50. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish shakli, beriladigan topshiriqlar mazmuni egallanayotgan kasbning xususiyati va kasbiy faoliyatning mazmuniga oid koʻrsatkichlardan kelib chiqib belgilanadi. |
51. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar taʼlim muassasasining oʻquv ustaxonasi, laboratoriyasi yoki ishlab chiqarish korxonalari (texnologik jarayonlar bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha) bazasida tashkil etiladi. | 51. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar taʼlim muassasasining oʻquv ustaxonasi, laboratoriyasi yoki ishlab chiqarish korxonalari (texnologik jarayonlar bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha) bazasida tashkil etiladi. |
52. Kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlarining variantlari ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari, kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari, bosh usta, maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan kompleks ishlar koʻrinishida tanlanadi hamda kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlarini bajarishga kerak boʻladigan xom ashyo materiallari, chizmalar, texnologik xarita, oʻlchash va kesish asbob-uskunalari roʻyxati aniqlanadi. | 52. Kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlarining variantlari ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari, kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari, bosh usta, maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan kompleks ishlar koʻrinishida tanlanadi hamda kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlarini bajarishga kerak boʻladigan xom ashyo materiallari, chizmalar, texnologik xarita, oʻlchash va kesish asbob-uskunalari roʻyxati aniqlanadi. |
Kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlari yoʻnalishning tarmoq taʼlim standarti talablaridan kelib chiqqan holda tuziladi. | Kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlari yoʻnalishning tarmoq taʼlim standarti talablaridan kelib chiqqan holda tuziladi. |
53. Amaliy imtihon topshiriqlarini bajarish uchun ketadigan vaqt meʼyori har bir kasbning murakkabligi va xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. | 53. Amaliy imtihon topshiriqlarini bajarish uchun ketadigan vaqt meʼyori har bir kasbning murakkabligi va xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. |
54. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun taʼlim muassasasi ish oʻrinlarini kerakli jihozlar, oʻlchov asbob-uskunalari, texnik hujjatlar hamda xom ashyo materiallari bilan taʼminlaydi. | 54. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun taʼlim muassasasi ish oʻrinlarini kerakli jihozlar, oʻlchov asbob-uskunalari, texnik hujjatlar hamda xom ashyo materiallari bilan taʼminlaydi. |
55. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar boshlanishidan oldin DAK aʼzolaridan biri oʻquvchilarni topshiriqlar mazmuni, texnik shartlar, baholash mezoni, vaqt meʼyori va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtiradi. | 55. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar boshlanishidan oldin DAK aʼzolaridan biri oʻquvchilarni topshiriqlar mazmuni, texnik shartlar, baholash mezoni, vaqt meʼyori va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtiradi. |
Topshiriqlarni bajarish jarayonida operatsiyalarning bajarilish ketma-ketligini har bir oʻquvchi oʻzi mustaqil aniqlaydi. | Topshiriqlarni bajarish jarayonida operatsiyalarning bajarilish ketma-ketligini har bir oʻquvchi oʻzi mustaqil aniqlaydi. |
56. DAKning kasblar boʻyicha amaliy imtihon xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada kasblar boʻyicha amaliy imtihonning natijalari umumlashtiriladi, kasbiy amaliy imtihon natijalari boʻyicha kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni berish toʻgʻrisidagi qaror va imtihonni oʻtkazish boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalar qayd etiladi. | 56. DAKning kasblar boʻyicha amaliy imtihon xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada kasblar boʻyicha amaliy imtihonning natijalari umumlashtiriladi, kasbiy amaliy imtihon natijalari boʻyicha kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni berish toʻgʻrisidagi qaror va imtihonni oʻtkazish boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalar qayd etiladi. |
Bayonnoma DAK raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi. | Bayonnoma DAK raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi. |
57. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun talab etiladigan xarajatlar taʼlim muassasasining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi. | 57. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun talab etiladigan xarajatlar taʼlim muassasasining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi. |
58. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarning xarajatlari ish beruvchi tashkilotlar, vasiy va homiylar yoki taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin. | 58. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarning xarajatlari ish beruvchi tashkilotlar, vasiy va homiylar yoki taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin. |
59. Taʼlim muassasasining hisobxona boʻlimi kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun xom ashyoga talab etiladigan sarf-xarajatlarni oʻquv ishlari va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari bilan birgalikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi. | 59. Taʼlim muassasasining hisobxona boʻlimi kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun xom ashyoga talab etiladigan sarf-xarajatlarni oʻquv ishlari va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari bilan birgalikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi. |
V. Malakaviy ish himoyasini tashkil etish va oʻtkazish | V. Malakaviy ish himoyasini tashkil etish va oʻtkazish |
60. Malakaviy ish himoyasi kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari tomonidan topshiriladigan yakuniy attestatsiya sinovi hisoblanadi. | 60. Malakaviy ish himoyasi kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari tomonidan topshiriladigan yakuniy attestatsiya sinovi hisoblanadi. |
61. Malakaviy ish mavzulari oʻquvchilarga III-kurs boshlanganidan soʻng uch oy davomida taqsimot qilinadi. | 61. Malakaviy ish mavzulari oʻquvchilarga III-kurs boshlanganidan soʻng uch oy davomida taqsimot qilinadi. |
62. Malakaviy ish oʻquvchilar tomonidan tayyorlagan turli buyum, qurilma (jihoz, maket va shu kabilar), jarayon va hodisalarning fizik, mexanik, kimyoviy xususiyat yoki xossalarini oʻrganishga imkon beruvchi asbob-uskunalar va elektron asboblar majmuasi koʻrinishida ham boʻlishi mumkin. | 62. Malakaviy ish oʻquvchilar tomonidan tayyorlagan turli buyum, qurilma (jihoz, maket va shu kabilar), jarayon va hodisalarning fizik, mexanik, kimyoviy xususiyat yoki xossalarini oʻrganishga imkon beruvchi asbob-uskunalar va elektron asboblar majmuasi koʻrinishida ham boʻlishi mumkin. |
63. Malakaviy ishni tashkil etish va uning bajarilishini nazorat qilish kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi. | 63. Malakaviy ishni tashkil etish va uning bajarilishini nazorat qilish kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi. |
64. Malakaviy ish monitoringi boʻlim (kafedra) mudirlari hamda malakaviy ish rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. | 64. Malakaviy ish monitoringi boʻlim (kafedra) mudirlari hamda malakaviy ish rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. |
65. Malakaviy ish mavzulari kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchilari hamda ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda tuzilib, boʻlim (kafedra) yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi. | 65. Malakaviy ish mavzulari kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchilari hamda ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda tuzilib, boʻlim (kafedra) yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi. |
Malakaviy ish mavzulari roʻyxati va ularning oʻquvchilar orasidagi taqsimoti kasb-hunar kollejining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. | Malakaviy ish mavzulari roʻyxati va ularning oʻquvchilar orasidagi taqsimoti kasb-hunar kollejining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. |
Malakaviy ish mavzulari har oʻquv yilida qayta koʻrib chiqiladi. | Malakaviy ish mavzulari har oʻquv yilida qayta koʻrib chiqiladi. |
66. Malakaviy ishning tuzilmasi quyidagilardan tarkib topadi: | 66. Malakaviy ishning tuzilmasi quyidagilardan tarkib topadi: |
titul varagʻi; | titul varagʻi; |
malakaviy ishning tavsifi; | malakaviy ishning tavsifi; |
mundarija; | mundarija; |
kirish (mavzuning mohiyati, dolzarbligi, maqsadning qoʻyilishi); | kirish (mavzuning mohiyati, dolzarbligi, maqsadning qoʻyilishi); |
nazariy qism (asosiy tushuncha, dalil, tamoyil, kategoriya va ular orasidagi bogʻlanishlar, ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy asoslari va shu kabilar); | nazariy qism (asosiy tushuncha, dalil, tamoyil, kategoriya va ular orasidagi bogʻlanishlar, ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy asoslari va shu kabilar); |
texnologik qism (tarmoqning zamonaviy texnologik tamoyillari, belgilangan vazifani hal etish usullari); | texnologik qism (tarmoqning zamonaviy texnologik tamoyillari, belgilangan vazifani hal etish usullari); |
jihozlash qismi (tarmoq texnologiyasi boʻyicha jihozlar va uskunalar haqida maʼlumot, texnikaviy va foydalanish tavsifnomalari); | jihozlash qismi (tarmoq texnologiyasi boʻyicha jihozlar va uskunalar haqida maʼlumot, texnikaviy va foydalanish tavsifnomalari); |
iqtisodiy qism (texnik-iqtisodiy samaradorlik tahlili, texnik samaradorlikni asoslash, ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish maqsadlari); | iqtisodiy qism (texnik-iqtisodiy samaradorlik tahlili, texnik samaradorlikni asoslash, ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish maqsadlari); |
mehnat muhofazasi qismi (xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanoat sanitariyasi, mehnat gigiyenasi); | mehnat muhofazasi qismi (xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanoat sanitariyasi, mehnat gigiyenasi); |
xulosa (malakaviy ish natijalarini umumlashtirish, qiyosiy baholash, muammoni hal etish boʻyicha taklif va tavsiyalar); | xulosa (malakaviy ish natijalarini umumlashtirish, qiyosiy baholash, muammoni hal etish boʻyicha taklif va tavsiyalar); |
foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (rahbariy va ilmiy adabiyotlar, mavzuga oid darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari roʻyxati hamda internet maʼlumotlari); | foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (rahbariy va ilmiy adabiyotlar, mavzuga oid darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari roʻyxati hamda internet maʼlumotlari); |
ilova (fotosuratlar, ishchi va boshqa hujjatlar, yordamchi maʼlumotlar, jadvallar, chizmalar, grafiklar va slaydlar). | ilova (fotosuratlar, ishchi va boshqa hujjatlar, yordamchi maʼlumotlar, jadvallar, chizmalar, grafiklar va slaydlar). |
Mutaxassisliklar xususiyatidan kelib chiqib, malakaviy ish tuzilmasining qismlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. | Mutaxassisliklar xususiyatidan kelib chiqib, malakaviy ish tuzilmasining qismlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. |
67. Malakaviy ish quyidagi koʻrinishlarda bajariladi: | 67. Malakaviy ish quyidagi koʻrinishlarda bajariladi: |
a) tajribaviy-amaliy malakaviy ishi — mavjud texnologik jarayonni chuqurroq tahliliy oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, muayyan muammoni yechishga qaratilgan boʻladi; | a) tajribaviy-amaliy malakaviy ishi — mavjud texnologik jarayonni chuqurroq tahliliy oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, muayyan muammoni yechishga qaratilgan boʻladi; |
b) sinov-tadqiqot malakaviy ishi — mavjud texnologik jarayonni takomillashtirish maqsadida kichik tadqiqot oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. Unda sinov oʻtkazish rejasi, sinov ishlari usullarining tavsifnomalari, sinovning asosiy bosqichlari, tajribaviy sinov ishi natijalarining tahlili va olingan natijalarni amaliy qoʻllash imkoniyatlari haqida tavsiyalardan iborat boʻladi; | b) sinov-tadqiqot malakaviy ishi — mavjud texnologik jarayonni takomillashtirish maqsadida kichik tadqiqot oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. Unda sinov oʻtkazish rejasi, sinov ishlari usullarining tavsifnomalari, sinovning asosiy bosqichlari, tajribaviy sinov ishi natijalarining tahlili va olingan natijalarni amaliy qoʻllash imkoniyatlari haqida tavsiyalardan iborat boʻladi; |
v) loyiha malakaviy ishi — mazmunan yangi texnologik jarayon ishlanmasi yoki yangi mahsulotni yaratishdan iborat ijodiy faoliyat mahsuli. | v) loyiha malakaviy ishi — mazmunan yangi texnologik jarayon ishlanmasi yoki yangi mahsulotni yaratishdan iborat ijodiy faoliyat mahsuli. |
68. Malakaviy ish loyiha koʻrinishida bajarilganda, u koʻpi bilan toʻrt nafar oʻquvchidan iborat guruh tomonidan amalga oshirilishi ham mumkin. Bunday hollarda har bir oʻquvchiga individual topshiriqlar beriladi. | 68. Malakaviy ish loyiha koʻrinishida bajarilganda, u koʻpi bilan toʻrt nafar oʻquvchidan iborat guruh tomonidan amalga oshirilishi ham mumkin. Bunday hollarda har bir oʻquvchiga individual topshiriqlar beriladi. |
69. Loyiha malakaviy ishi guruh tomonidan bajarilganda, har bir oʻquvchining malakaviy ishni bajarishga qoʻshgan hissasi aniq koʻrsatilishi shart. | 69. Loyiha malakaviy ishi guruh tomonidan bajarilganda, har bir oʻquvchining malakaviy ishni bajarishga qoʻshgan hissasi aniq koʻrsatilishi shart. |
70. Malakaviy ish mavzuyining mazmuni taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligiga mos kelishi hamda tarmoqdagi yangi texnologik jarayonlarni tashkil etishga qaratilgan boʻlishi kerak. | 70. Malakaviy ish mavzuyining mazmuni taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligiga mos kelishi hamda tarmoqdagi yangi texnologik jarayonlarni tashkil etishga qaratilgan boʻlishi kerak. |
71. Malakaviy ishni bajaruvchi oʻquvchining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: | 71. Malakaviy ishni bajaruvchi oʻquvchining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: |
mavzuga mos adabiyotlarni tanlash va ularni tahlil qilish; | mavzuga mos adabiyotlarni tanlash va ularni tahlil qilish; |
malakaviy ishning bajarilish jadvaliga rioya qilish; | malakaviy ishning bajarilish jadvaliga rioya qilish; |
malakaviy ishni sifatli bajarish; | malakaviy ishni sifatli bajarish; |
malakaviy ish boʻyicha taqdimot tayyorlash; | malakaviy ish boʻyicha taqdimot tayyorlash; |
malakaviy ishni belgilangan muddatda himoya qilish. | malakaviy ishni belgilangan muddatda himoya qilish. |
72. Malakaviy ish rahbarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: | 72. Malakaviy ish rahbarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: |
malakaviy ish mavzuyi boʻyicha individual topshiriqlarni ishlab chiqish; | malakaviy ish mavzuyi boʻyicha individual topshiriqlarni ishlab chiqish; |
malakaviy ishning mazmuni va bajarish ketma-ketligi boʻyicha maslahatlar berish; | malakaviy ishning mazmuni va bajarish ketma-ketligi boʻyicha maslahatlar berish; |
mavzuga mos adabiyotlar tanlash va ularni tahlil qilish jarayonida oʻquvchilarga amaliy yordamlar koʻrsatish; | mavzuga mos adabiyotlar tanlash va ularni tahlil qilish jarayonida oʻquvchilarga amaliy yordamlar koʻrsatish; |
malakaviy ishning bajarilish taqvim rejasini ishlab chiqish va oʻquvchi tomonidan uning mustaqil bajarilishini nazorat qilish; | malakaviy ishning bajarilish taqvim rejasini ishlab chiqish va oʻquvchi tomonidan uning mustaqil bajarilishini nazorat qilish; |
malakaviy ishga yozma xulosa tayyorlash; | malakaviy ishga yozma xulosa tayyorlash; |
ish beruvchi tashkilotlardan taqriz olinishini muvofiqlashtirish; | ish beruvchi tashkilotlardan taqriz olinishini muvofiqlashtirish; |
malakaviy ish himoyasida ishtirok etish. | malakaviy ish himoyasida ishtirok etish. |
73. Malakaviy ish rahbari oʻquvchi bajargan malakaviy ishning mazmuni, sifati hamda olingan natijalar va mavjud maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi. | 73. Malakaviy ish rahbari oʻquvchi bajargan malakaviy ishning mazmuni, sifati hamda olingan natijalar va mavjud maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi. |
74. Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan ishning ayrim boʻlimlari boʻyicha kasb-hunar kollejining oʻqituvchilari, oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, ish beruvchi tashkilotlarning mutaxassislari maslahatchilar sifatida jalb etilishi mumkin. | 74. Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan ishning ayrim boʻlimlari boʻyicha kasb-hunar kollejining oʻqituvchilari, oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, ish beruvchi tashkilotlarning mutaxassislari maslahatchilar sifatida jalb etilishi mumkin. |
75. Malakaviy ishni rasmiylashtirishga quyidagi talablar qoʻyiladi: | 75. Malakaviy ishni rasmiylashtirishga quyidagi talablar qoʻyiladi: |
malakaviy ishning matni 210 x 297 mm oʻlchamdagi A-4 formatdagi yozuv qogʻozining bir tomoniga yozilgan, qoʻl yozma shaklida 60 betdan (madaniyat va sport hamda sanʼat yoʻnalishlarida 25 betdan) va kompyuter yordamida 30 betdan (madaniyat va sport hamda sanʼat yoʻnalishlarida 10 betdan) kam boʻlmagan hajmda tayyorlanadi. Kompyuterda Times New Roman nomli 12 oʻlchamli shriftda, 1,5 yoki 2 intervalda yozilishi lozim. Har bir bet hoshiyasi yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 2 sm boʻlishi, xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda boʻlishi lozim; | malakaviy ishning matni 210 x 297 mm oʻlchamdagi A-4 formatdagi yozuv qogʻozining bir tomoniga yozilgan, qoʻl yozma shaklida 60 betdan (madaniyat va sport hamda sanʼat yoʻnalishlarida 25 betdan) va kompyuter yordamida 30 betdan (madaniyat va sport hamda sanʼat yoʻnalishlarida 10 betdan) kam boʻlmagan hajmda tayyorlanadi. Kompyuterda Times New Roman nomli 12 oʻlchamli shriftda, 1,5 yoki 2 intervalda yozilishi lozim. Har bir bet hoshiyasi yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 2 sm boʻlishi, xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda boʻlishi lozim; |
malakaviy ishning titul varagʻidan tashqari barcha varaqlari raqamlanadi; | malakaviy ishning titul varagʻidan tashqari barcha varaqlari raqamlanadi; |
malakaviy ishning grafik, chizmalar qismi qoʻlda yoki maxsus dasturlar yordamida kompyuterda A1 yoki A3 formatda bajariladi; | malakaviy ishning grafik, chizmalar qismi qoʻlda yoki maxsus dasturlar yordamida kompyuterda A1 yoki A3 formatda bajariladi; |
malakaviy ish uchun zarur boʻlgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi koʻrsatiladi; | malakaviy ish uchun zarur boʻlgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi koʻrsatiladi; |
tushuntiruv yozuvi boʻlim yoki kichik boʻlimlarga boʻlinadi. Har bir boʻlim alohida sahifadan boshlanadi va alohida tartib raqamga ega boʻladi. Masalan: 1, 2, 3, .... ; har bir kichik boʻlim esa quyidagicha belgilanadi: 2.1, 3.2, 4.2, ... ; sarlavhalar simmetrik ravishda yoziladi. Sarlavha va matn orasidagi masofa 3-4 interval boʻlishi lozim; | tushuntiruv yozuvi boʻlim yoki kichik boʻlimlarga boʻlinadi. Har bir boʻlim alohida sahifadan boshlanadi va alohida tartib raqamga ega boʻladi. Masalan: 1, 2, 3, .... ; har bir kichik boʻlim esa quyidagicha belgilanadi: 2.1, 3.2, 4.2, ... ; sarlavhalar simmetrik ravishda yoziladi. Sarlavha va matn orasidagi masofa 3-4 interval boʻlishi lozim; |
foydalanilgan adabiyotlar toʻgʻrisida muallifning ism-familiyasi, adabiyotning nomi, qayerda va qachon chop etilganligi, davriy nashrlardan foydalanilgan taqdirda, foydalanilgan gazeta (jurnal) nomi va sanasi yoziladi; | foydalanilgan adabiyotlar toʻgʻrisida muallifning ism-familiyasi, adabiyotning nomi, qayerda va qachon chop etilganligi, davriy nashrlardan foydalanilgan taqdirda, foydalanilgan gazeta (jurnal) nomi va sanasi yoziladi; |
malakaviy ishda keltirilgan rasm, jadval hamda chizma (sxema)larning barchasi ketma-ket raqamlanadi. | malakaviy ishda keltirilgan rasm, jadval hamda chizma (sxema)larning barchasi ketma-ket raqamlanadi. |
76. Malakaviy ish toʻliq bajarilgach, 1 nusxada muqovalanadi. | 76. Malakaviy ish toʻliq bajarilgach, 1 nusxada muqovalanadi. |
77. Taʼlim muassasasining ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari malakaviy ishga malakaviy ish rahbari taqrizidan tashqari xolis tomon taqrizini ham olinishini taʼminlaydi. Xolis taqriz malakaviy ish mavzuyiga aloqador tashkilotlarning mutaxassislaridan yoki mazkur taʼlim muassasasining umumkasbiy yoki maxsus fan oʻqituvchisi tomonidan olinadi. | 77. Taʼlim muassasasining ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari malakaviy ishga malakaviy ish rahbari taqrizidan tashqari xolis tomon taqrizini ham olinishini taʼminlaydi. Xolis taqriz malakaviy ish mavzuyiga aloqador tashkilotlarning mutaxassislaridan yoki mazkur taʼlim muassasasining umumkasbiy yoki maxsus fan oʻqituvchisi tomonidan olinadi. |
78. Taqriz asosan quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | 78. Taqriz asosan quyidagilarni oʻz ichiga oladi: |
malakaviy ish mazmunining berilgan mavzuga mosligi toʻgʻrisida xulosa; | malakaviy ish mazmunining berilgan mavzuga mosligi toʻgʻrisida xulosa; |
malakaviy ishdagi har bir boʻlimning bajarilish mazmuni va sifatiga berilgan baho; | malakaviy ishdagi har bir boʻlimning bajarilish mazmuni va sifatiga berilgan baho; |
qoʻyilgan masalalarning yechilish darajasini, ishning nazariy va amaliy qiymatini baholash; | qoʻyilgan masalalarning yechilish darajasini, ishning nazariy va amaliy qiymatini baholash; |
taqdim etilgan malakaviy ishning talab darajasida rasmiylashtirish darajasini baholash. | taqdim etilgan malakaviy ishning talab darajasida rasmiylashtirish darajasini baholash. |
79. Taqrizning mazmuni bilan oʻquvchi malakaviy ish himoyasidan kamida 3 kun avval tanishtirilishi kerak. | 79. Taqrizning mazmuni bilan oʻquvchi malakaviy ish himoyasidan kamida 3 kun avval tanishtirilishi kerak. |
80. Taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan malakaviy ish himoyasidan oldin DAKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: | 80. Taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan malakaviy ish himoyasidan oldin DAKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: |
tarmoq taʼlim standarti; | tarmoq taʼlim standarti; |
yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga oid qonun hujjatlari; | yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga oid qonunchilik hujjatlari; |
oʻquvchilarni yakuniy attestatsiyaga ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi; | oʻquvchilarni yakuniy attestatsiyaga ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi; |
kasblar boʻyicha amaliy imtihon natijalari; | kasblar boʻyicha amaliy imtihon natijalari; |
tashkilotlarning biridan ishlab chiqarish amaliyoti natijalari boʻyicha oʻquvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik daraja (taʼrif razryadi)si; | tashkilotlarning biridan ishlab chiqarish amaliyoti natijalari boʻyicha oʻquvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik daraja (taʼrif razryadi)si; |
oʻquv rejaga kiritilgan barcha fanlarni oʻquvchining oʻzlashtirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; | oʻquv rejaga kiritilgan barcha fanlarni oʻquvchining oʻzlashtirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; |
oʻquvchining reyting daftarchasi; | oʻquvchining reyting daftarchasi; |
DAKning majlislar bayoni kitobi. | DAKning majlislar bayoni kitobi. |
81. Malakaviy ish himoyasi oʻquv rejasida belgilangan yakuniy attestatsiya uchun ajratilgan ikki hafta davomida kasblar boʻyicha amaliy imtihondan soʻng oʻtkaziladi. | 81. Malakaviy ish himoyasi oʻquv rejasida belgilangan yakuniy attestatsiya uchun ajratilgan ikki hafta davomida kasblar boʻyicha amaliy imtihondan soʻng oʻtkaziladi. |
82. Malakaviy ish himoyasida har bir oʻquvchiga oʻzining ishini taqdimot qilishi uchun 15 — 20 daqiqa vaqt ajratiladi, taqdimot tugagandan soʻng malakaviy ishga berilgan xulosa va taqrizlar oʻqib eshittiriladi. | 82. Malakaviy ish himoyasida har bir oʻquvchiga oʻzining ishini taqdimot qilishi uchun 15 — 20 daqiqa vaqt ajratiladi, taqdimot tugagandan soʻng malakaviy ishga berilgan xulosa va taqrizlar oʻqib eshittiriladi. |
83. Malakaviy ish himoyasini baholash DAK tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. | 83. Malakaviy ish himoyasini baholash DAK tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. |
Yakuniy bahoni belgilashda baholash varaqasida quyidagilar hisobga olinadi: | Yakuniy bahoni belgilashda baholash varaqasida quyidagilar hisobga olinadi: |
mavzuning dolzarbligi; | mavzuning dolzarbligi; |
malakaviy ishning sifati va rasmiylashtirilishi; | malakaviy ishning sifati va rasmiylashtirilishi; |
oʻquvchining loyiha boʻyicha taqdimoti; | oʻquvchining loyiha boʻyicha taqdimoti; |
oʻquvchining berilgan savollarga javobi; | oʻquvchining berilgan savollarga javobi; |
oʻquvchining nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligi; | oʻquvchining nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligi; |
malakaviy ish rahbarining xulosasi; | malakaviy ish rahbarining xulosasi; |
taqrizchining bahosi. | taqrizchining bahosi. |
84. Malakaviy ish himoyasining bahosi DAKning majlisida ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Bunda, oʻquvchining kasblar boʻyicha amaliy imtihon va malakaviy ish himoyasidan olgan natijalari hisobga olinadi (ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, natija oʻquvchining foydasiga hal etiladi). | 84. Malakaviy ish himoyasining bahosi DAKning majlisida ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Bunda, oʻquvchining kasblar boʻyicha amaliy imtihon va malakaviy ish himoyasidan olgan natijalari hisobga olinadi (ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, natija oʻquvchining foydasiga hal etiladi). |
85. DAKning yakuniy kengash qarorida oʻquvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni tasdiqlash, tegishli kasblarni egallagani hamda kasb-hunar kollejini tamomlagani toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplomni berish boʻyicha xulosalar aks ettiriladi. | 85. DAKning yakuniy kengash qarorida oʻquvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik darajasi (taʼrif razryadi)ni tasdiqlash, tegishli kasblarni egallagani hamda kasb-hunar kollejini tamomlagani toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplomni berish boʻyicha xulosalar aks ettiriladi. |
DAKning qarori oʻquvchining taʼlim muassasasini tugatganligi yoki uni oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asos boʻladi. | DAKning qarori oʻquvchining taʼlim muassasasini tugatganligi yoki uni oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asos boʻladi. |
86. Yakuniy attestatsiya sinovlari boʻyicha tuzilgan hisobotlar va malakaviy ishlar, taʼlim muassasasi arxivida 4 yil davomida saqlanadi. | 86. Yakuniy attestatsiya sinovlari boʻyicha tuzilgan hisobotlar va malakaviy ishlar, taʼlim muassasasi arxivida 4 yil davomida saqlanadi. |
Belgilangan muddat tugagandan soʻng taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi boʻyicha tashkil etilgan komissiya majlisi qaroriga koʻra malakaviy ishlar oʻrnatilgan tartibda hisobdan chiqariladi. | Belgilangan muddat tugagandan soʻng taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi boʻyicha tashkil etilgan komissiya majlisi qaroriga koʻra malakaviy ishlar oʻrnatilgan tartibda hisobdan chiqariladi. |
VI. Yakuniy qoidalar | VI. Yakuniy qoidalar |
87. Yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan oʻquvchilarning arizasini koʻrib chiqish uchun taʼlim muassasasi direktori buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Mazkur buyruq bilan apellyatsiya komissiyasining tarkibi, ishlash tartibi va vakolatlari rasmiylashtiriladi hamda yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi. | 87. Yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan oʻquvchilarning arizasini koʻrib chiqish uchun taʼlim muassasasi direktori buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Mazkur buyruq bilan apellyatsiya komissiyasining tarkibi, ishlash tartibi va vakolatlari rasmiylashtiriladi hamda yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi. |
88. Yakuniy attestatsiya sinovlari jarayonida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan oʻquvchi faqat yakuniy attestatsiya baholari eʼlon qilingan paytda apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi shu kunning oʻzida bevosita joyida arizachining murojaatini hal etadi va tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa kunlari oʻquvchi tomonidan bildirilgan eʼtiroz va shikoyatlar koʻrib chiqilmaydi. | 88. Yakuniy attestatsiya sinovlari jarayonida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan oʻquvchi faqat yakuniy attestatsiya baholari eʼlon qilingan paytda apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi shu kunning oʻzida bevosita joyida arizachining murojaatini hal etadi va tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa kunlari oʻquvchi tomonidan bildirilgan eʼtiroz va shikoyatlar koʻrib chiqilmaydi. |
89. Taʼlim muassasasi ilmiy-pedagogik kengashiga DAK raisi tahliliy hisobot taqdim etadi. | 89. Taʼlim muassasasi ilmiy-pedagogik kengashiga DAK raisi tahliliy hisobot taqdim etadi. |
90. Ushbu Nizom idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga tatbiq etiladi. | 90. Ushbu Nizom idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga tatbiq etiladi. |
91. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlari doirasida hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. | 91. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlari doirasida hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. |
92. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi. | 92. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi. |
93. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK bilan kelishilgan. | 93. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK bilan kelishilgan. |
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV | Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV |
2009-yil 20-avgust | 2009-yil 20-avgust |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV |
2009-yil 19-avgust | 2009-yil 19-avgust |
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV | Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV |
2009-yil 25-avgust | 2009-yil 25-avgust |
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV | Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV |
2009-yil 18-avgust | 2009-yil 18-avgust |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QOʻZIYEV | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QOʻZIYEV |
2009-yil 27-avgust | 2009-yil 27-avgust |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV | Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV |
2009-yil 26-avgust | 2009-yil 26-avgust |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK boshqaruv raisi A. RAMATOV | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK boshqaruv raisi A. RAMATOV |
2009-yil 21-avgust | 2009-yil 21-avgust |