05.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1963
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi, 05.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1963
Дата вступления в силу
02.09.2009
Hujjat 17.01.2025 sanasi holatiga
Hujjat 28.03.2025 sanasi holatiga
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING

buyrugʻi
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1963]

Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 469-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:

1. “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 2009-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 1996-yil 26-apreldagi 106-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizom (1996-yil 2-may, roʻyxat raqami 242) mazkur buyruq kuchga kirgandan soʻng oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2009-yil 22-may,
2009-yil 22-may,
160-son
160-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida

NIZOM
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar
I. Umumiy qoidalar
1. Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.

2. Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy taʼlim tashkilotidagi har bir taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

3. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

bitiruvchining bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;

yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini hal qilish;

komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

4. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari oʻz faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.

II. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari

5. Yakuniy davlat attestatsiyasi taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) oʻquv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi attestatsiya sinovlaridan iborat:

xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy taʼlim tashkiloti Kengashi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin);

taʼlim yoʻnalishi boʻyicha fanlararo (majburiy fanlar) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;

diplom loyihasi himoyasi;
diplom loyihasi himoyasi;
bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.

6. Xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanning davlat taʼlim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.

7. Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qoʻyiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha malaka talablarida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.

8. Yakuniy davlat attestatsiyasini majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi yoki diplom loyihasi himoyasi yoxud bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi shaklida oʻtkazilishi bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va taʼlim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy taʼlim tashkiloti Kengashi qarori bilan belgilanadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasiga oliy taʼlim tashkiloti Kengashi qaroriga asosan xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi qoʻshimcha sifatida kiritilishi mumkin.

Oliy taʼlim tashkiloti Kengashining qarori bilan bitiruvchi uchun belgilangan yakuniy davlat attestatsiyasining shakli bir oʻquv yili davomida oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari oʻquv jarayoni jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda fakultet dekani yoki oʻquv-uslubiy boʻlim (boshqarma) tomonidan tayyorlangan, oliy taʼlim tashkiloti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori tomonidan tasdiqlangan Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jadvali asosida oʻtkaziladi.

9. Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tajribali professor-oʻqituvchilarni jalb etgan holda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari va baholash mezonlari ishlab chiqiladi hamda oliy taʼlim tashkiloti Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida uch oy oldin talabalar eʼtiboriga yetkaziladi.

III. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi

10. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar kafedra mudiri tomonidan tasdiqlash uchun oliy taʼlim tashkiloti rektoriga (filial direktoriga) taqdim etiladi.

11. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy taʼlim tashkilotining idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, ushbu taʼlim tashkilotida faoliyat yuritmayotgan olimlar, ishlab chiqarishning tajribali mutaxassislaridan tegishli oliy taʼlim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.

Bir kishi ketma-ket bir oliy taʼlim tashkilotida tegishli yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi boʻlishi mumkin emas.

12. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari rahbarligida oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) bilan birgalikda xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy taʼlim tashkiloti Kengashi qaroriga asosan) va (yoki) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoki majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovini oʻtkazish boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.

13. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi mutaxassis tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagogik kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 50 foizigacha), shuningdek mazkur soha kadrlarining isteʼmolchilari boʻlgan korxona, tashkilot va muassasalarning yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining yetakchi professor-oʻqituvchi va ilmiy xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi tegishli soha olimlaridan iborat boʻladi.

14. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va mutaxassislardan shakllantiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari hamda kadrlar buyurtmachilari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari jarayoni onlayn rejimda ovozli videotranslyatsiya qilinadi hamda ushbu video tasvirlar 1 yil davomida mutaxassislik kafedrasida saqlanadi.

15. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.

Zaruriyat boʻlganda attestatsiya sinovlarining biri boʻyicha bitta rais rahbarligida bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Taʼlim sifatini nazorat qilish boshqarmasi vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Oliy taʼlim tashkilotlarining davlat attestatsiyasidan oʻtmagan yoʻnalish va mutaxassislik bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy taʼlim tashkilotining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etiladigan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.

IV. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi

16. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va aʼzolarining vazifalari, bitiruvchilarga qoʻyilayotgan talablar, tartib-intizom toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazadi.

17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki ogʻzaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy taʼlim tashkiloti Kengashi qarori asosida taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan uch oy oldin talabalar eʼtiboriga yetkaziladi. Talabalar sinov oʻtkaziladigan fanlar dasturlari bilan taʼminlanadilar, ularga tayyorgarlik koʻrish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

18. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv reja va fan dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari tegishli taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtishlari majburiydir.

19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda, rais ishtirok etmagan taqdirda rais oʻrinbosari raisligida oʻtkaziladi.

Diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovi ishlab chiqarish bazasida tashkil etilgan kafedra filiallarida sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda oʻtkazilishi mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni rasmiylashtirilgandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlarida mualliflikni oʻzlashtirishga (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holat aniqlanganda davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiya sinovidan qoniqarsiz baho qoʻyiladi yoki qoʻyilgan ijobiy baho bekor qilinadi.

20. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida ularga taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha bakalavr (magistr) darajasi berish haqida qaror qabul qiladi.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, majlisda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

21. Oliy taʼlim tashkiloti bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga muvofiq darajadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va uning ilovasi beriladi.

22. Fanlar dasturlarini oʻzlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan (5 baholik tizimda oʻzlashtirish koʻrsatkichi 4 bahodan (yaxshi) kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boʻyicha kamida 86 ball (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.

23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʻta olmagan shaxs oʻqish muddati tugagandan soʻng, arizasiga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini keyingi 3 yil davomida qayta topshirish huquqiga ega.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʻta olmagan shaxs keyingi oʻquv yili boshlanganidan keyin yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruxsat berishni soʻrab oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunda, shaxsga yakuniy davlat attestatsiya sinovini keyingi har bir oʻquv yilida (3 yil davomida) 2-martadan ortiq qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruxsat berish oliy taʼlim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan keyingi 3 yil davomida qayta oʻta olmagan talabaga akademik maʼlumotnoma beriladi va u oʻrnatilgan tartibda, toʻlov-kontrakt asosida tegishli bitiruv kursiga oʻqish uchun qayta tiklanishi mumkin.

26. Uzrli sabab bilan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kelmagan talabalar rektorning buyrugʻi bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kiritilishi mumkin.

27. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun oliy taʼlim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

Apellyatsiya komissiyasi oliy taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagogik kadrlari (apellyatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek tegishli sohaning malakali mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining tajribali professor-oʻqituvchi va ilmiy xodimlari orasidan kamida 5 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi ishida ishtirok etgan shaxslarning kiritilishi taqiqlanadi.

28. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi baholari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.

29. Apellyatsiya komissiyasi oʻz xulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida maʼlum qilishi lozim.

30. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining ishi boʻyicha yillik hisobot oliy taʼlim tashkiloti Ilmiy kengashida koʻrib chiqiladi. Mazkur Ilmiy kengashga yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislari taklif qilinadi.

V. Yakuniy qoidalar
V. Yakuniy qoidalar
32. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.

33. Ushbu Nizom Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Davlat soliq qoʻmitasi, Badiiy akademiya, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
2009-yil 21-aprel
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi A. RAMATOV

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV

Badiiy akademiya raisi T. QOʻZIYEV
Badiiy akademiya raisi T. QOʻZIYEV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
2009-yil 21-aprel
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Bosh direktori Q. SANAQULOV

Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. SHOUMAROV
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. SHOUMAROV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
2009-yil 21-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
2009-yil 21-aprel