O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1963]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1963-4, 25.03.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 469-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng 2009-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1996-yil 26-apreldagi 106-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom (1996-yil 2-may, ro‘yxat raqami 242) mazkur buyruq kuchga kirgandan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-may,
160-son
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
2. Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy ta’lim tashkilotidagi har bir ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
3. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bitiruvchining bilim, malaka va ko‘nikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;
yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini hal qilish;
komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
4. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari o‘z faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va ta’lim mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yo‘naltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.
II. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari
5. Yakuniy davlat attestatsiyasi ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) o‘quv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi attestatsiya sinovlaridan iborat:
xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim tashkiloti Kengashi qaroriga asosan o‘tkazilishi mumkin);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo (majburiy fanlar) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 10-noyabrdagi 38-2021-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-3, 16.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 10/21/1963-3/1063-son)
diplom loyihasi himoyasi;
bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
6. Xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanning davlat ta’lim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
7. Ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha malaka talablarida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
8. Yakuniy davlat attestatsiyasini majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi yoki diplom loyihasi himoyasi yoxud bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi shaklida o‘tkazilishi bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tashkiloti Kengashi qarori bilan belgilanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasiga oliy ta’lim tashkiloti Kengashi qaroriga asosan xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi qo‘shimcha sifatida kiritilishi mumkin.
Oliy ta’lim tashkiloti Kengashining qarori bilan bitiruvchi uchun belgilangan yakuniy davlat attestatsiyasining shakli bir o‘quv yili davomida o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan muddatlarda fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim (boshqarma) tomonidan tayyorlangan, oliy ta’lim tashkiloti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlangan Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jadvali asosida o‘tkaziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
9. Oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tajribali professor-o‘qituvchilarni jalb etgan holda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari va baholash mezonlari ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim tashkiloti Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida uch oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
III. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi
10. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar kafedra mudiri tomonidan tasdiqlash uchun oliy ta’lim tashkiloti rektoriga (filial direktoriga) taqdim etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
11. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy ta’lim tashkilotining idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ushbu ta’lim tashkilotida faoliyat yuritmayotgan olimlar, ishlab chiqarishning tajribali mutaxassislaridan tegishli oliy ta’lim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.
Bir kishi ketma-ket bir oliy ta’lim tashkilotida tegishli yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi bo‘lishi mumkin emas.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
12. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari rahbarligida oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) bilan birgalikda xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim tashkiloti Kengashi qaroriga asosan) va (yoki) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoki majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
13. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 50 foizigacha), shuningdek mazkur soha kadrlarining iste’molchilari bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalarning yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim tashkilotlarining yetakchi professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi tegishli soha olimlaridan iborat bo‘ladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
14. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-o‘qituvchi va mutaxassislardan shakllantiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari hamda kadrlar buyurtmachilari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari jarayoni onlayn rejimda ovozli videotranslyatsiya qilinadi hamda ushbu video tasvirlar 1 yil davomida mutaxassislik kafedrasida saqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 10-noyabrdagi 38-2021-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-3, 16.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 10/21/1963-3/1063-son)
15. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Zaruriyat bo‘lganda attestatsiya sinovlarining biri bo‘yicha bitta rais rahbarligida bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oliy ta’lim tashkilotlarining davlat attestatsiyasidan o‘tmagan yo‘nalish va mutaxassislik bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy ta’lim tashkilotining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etiladigan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
IV. Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi
16. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va a’zolarining vazifalari, bitiruvchilarga qo‘yilayotgan talablar, tartib-intizom to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki og‘zaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy ta’lim tashkiloti Kengashi qarori asosida ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan uch oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi. Talabalar sinov o‘tkaziladigan fanlar dasturlari bilan ta’minlanadilar, ularga tayyorgarlik ko‘rish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
18. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli o‘quv reja va fan dasturlarini to‘liq tugatgan va o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar qo‘yiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari tegishli ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari majburiydir.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda, rais ishtirok etmagan taqdirda rais o‘rinbosari raisligida o‘tkaziladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 10-noyabrdagi 38-2021-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-3, 16.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 10/21/1963-3/1063-son)
Diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovi ishlab chiqarish bazasida tashkil etilgan kafedra filiallarida sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda o‘tkazilishi mumkin.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 10-noyabrdagi 38-2021-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-3, 16.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 10/21/1963-3/1063-son)
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni rasmiylashtirilgandan so‘ng shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlarida mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiatga) yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holat aniqlanganda davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiya sinovidan qoniqarsiz baho qo‘yiladi yoki qo‘yilgan ijobiy baho bekor qilinadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
20. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida ularga ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha bakalavr (magistr) darajasi berish haqida qaror qabul qiladi.
Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan, majlisda ishtirok etuvchilarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
21. Oliy ta’lim tashkiloti bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng unga muvofiq darajadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi beriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
22. Fanlar dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va o‘quv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi bo‘yicha 86 ball va undan yuqori (5 baholik tizimda 5 baho (a’lo) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 balldan (5 baholik tizimda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 4 bahodan (yaxshi) kam bo‘lmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘yicha kamida 86 ball (5 baholik tizimda 5 baho (a’lo) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan o‘ta olmagan shaxs o‘qish muddati tugagandan so‘ng, arizasiga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini keyingi 3 yil davomida qayta topshirish huquqiga ega.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan o‘ta olmagan shaxs keyingi o‘quv yili boshlanganidan keyin yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruxsat berishni so‘rab oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunda, shaxsga yakuniy davlat attestatsiya sinovini keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) 2-martadan ortiq qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruxsat berish oliy ta’lim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan keyingi 3 yil davomida qayta o‘ta olmagan talabaga akademik ma’lumotnoma beriladi va u o‘rnatilgan tartibda, to‘lov-kontrakt asosida tegishli bitiruv kursiga o‘qish uchun qayta tiklanishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 10-noyabrdagi 38-2021-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-3, 16.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 10/21/1963-3/1063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1963-2, 12.12.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)
26. Uzrli sabab bilan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kelmagan talabalar rektorning buyrug‘i bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kiritilishi mumkin.
27. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida olgan bahosiga e’tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun oliy ta’lim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Apellyatsiya komissiyasi oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik kadrlari (apellyatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek tegishli sohaning malakali mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim tashkilotlarining tajribali professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlari orasidan kamida 5 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi ishida ishtirok etgan shaxslarning kiritilishi taqiqlanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 10-noyabrdagi 38-2021-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-3, 16.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 10/21/1963-3/1063-son)
28. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qo‘yilgan bahodan norozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi baholari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
29. Apellyatsiya komissiyasi o‘z xulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida ma’lum qilishi lozim.
30. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining ishi bo‘yicha yillik hisobot oliy ta’lim tashkiloti Ilmiy kengashida ko‘rib chiqiladi. Mazkur Ilmiy kengashga yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislari taklif qilinadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1963-1, 06.11.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 571-modda)
V. Yakuniy qoidalar
32. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar bo‘yicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
33. Ushbu Nizom O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, Davlat soliq qo‘mitasi, Badiiy akademiya, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK raisi A. RAMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Badiiy akademiya raisi T. QO‘ZIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Bosh direktori Q. SANAQULOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Xalq ta’limi vaziri G‘. SHOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 23-son, 267-modda; 2015-y., 44-son, 571-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 16.11.2021-y., 10/21/1963-3/1063-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 27.12.2024-y., 10/24/2565-13/1075-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)