24.09.2004 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.09.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YAKKA TARTIBDA QURILGAN UYGA BOʻLGAN MULK HUQUQI BILAN BOGʻLIQ NIZOLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibda uy qurish fuqarolarning uy-joyga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi va davlat yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga yer uchastkalarini ajratish, uy qurishga ssuda va kreditlar berish yoʻli bilan har taraflama koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha ishlar sudlar tomonidan koʻrilayotganda qonun hujjatlarini toʻgʻri qoʻllanilishi fuqarolarning xususiy mulkka boʻlgan konstitutsiyaviy huquqi himoya etilishini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur toifadagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish shuni koʻrsatdiki, bunday ishlar sudlar tomonidan asosan toʻgʻri hal etilmoqda. Shu bilan birga sudlar ulushni ajratib berish (uyni boʻlish) toʻgʻrisidagi, uylardan foydalanish tartibini belgilash haqidagi hamda uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq boshqa nizolarni hal etishda xatoliklarga yoʻl qoʻymoqdalar. Ishlarni sudda koʻrishga tayyorlashda tegishli hujjatlar talab qilib olinmayapti, zarur hollarda qurilish-texnika ekspertizasi tayinlanmayapti.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur ishlarni sudlar tomonidan hal etayotganda qonun hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolarga doir ishlarning toʻgʻri hal etilishi fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda yakka tartibda uy qurishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashda, muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shuni nazarda tutish joizki, uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq quyidagi nizolar sudlarga taalluqlidir, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uyga yoki uning bir qismiga (ulushga) boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) umumiy ulushli mulk huquqi asosida bir necha shaxsga yoki umumiy birgalikdagi mulk huquqi asosida er-xotinga tegishli uydan ulushni ajratib berish (uyni boʻlish) haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tegishli hokimiyatdan ruxsat olingan holda uyning va yordamchi imoratlarning ustiga, yoniga qoʻshimcha imoratlar qurish yoki ularni qayta qurishlarga nisbatan umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilarini eʼtirozlari boʻlganligi haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) uydan foydalanish tartibini belgilash haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ishtirokchilarning umumiy ulushli mulk boʻlgan uydagi ulushlari miqdorini oʻzgartirish haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ishtirokchining umumiy ulushli mulk boʻlgan uydagi ulushini imtiyozli asosda sotib olish huquqi haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) uyning oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va boshqa shartnomalarni haqiqiy emas deb topish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) oʻzboshimchalik bilan qurilgan uyga nisbatan qonunda nazarda tutilgan hollarda mulk huquqini eʼtirof etish haqidagilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, shu jumladan ana shunday uyga nisbatan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, meros olish bilan, shuningdek uyni boʻlish bilan bogʻliq daʼvolar, oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilinganidan qatʼi nazar, sudlarga taalluqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday daʼvolar bilan arz qilinganda, sud FPK 152-moddasining 1-bandiga asosan arizani qabul qilishni rad etadi, agar ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa FPK 100-moddasining 1-bandiga koʻra ish yuritishni tugatadi va arizachiga ushbu talab bilan tegishli hokimiyatga murojaat qilish huquqini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni vaqtda shuni ham nazarda tutish zarurki, qonun oʻzboshimchalik bilan uy qurgan shaxsning va boshqa manfaatdor shaxsning daʼvolari, agar talab mulk huquqi bilan bogʻliq boʻlmagan, xususan qurilish materiallariga boʻlgan huquqni eʼtirof etish, uyga koʻchirib kiritish, uydan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisida berilgan boʻlsa, sudlar tomonidan koʻrib chiqilishini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha ishlarni tez va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida sudlar ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash bosqichida daʼvoning predmeti va asosini oydinlashtirishi, nizoli huquqiy munosabatlarning xususiyatini hamda mazkur nizoli huquqiy munosabatga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunni aniqlab olishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud uyga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi dalillarni (qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, oldi-sotdi, hadya shartnomasi va shu kabilarni), uyning va yer uchastkasining rejasini taqdim etishni taraflarga taklif qilishi yoki oʻz tashabbusi bilan ularni talab qilib olishi lozim. Uydan ulush ajratib berish (uyni boʻlish), uyni qayta qurish va shu kabi ishlarni koʻrib hal etishda sud Fuqarolik protsessual kodeksi 160-moddasining 7-bandiga muvofiq, taraflarning fikrini inobatga olib, qurilish-texnika ekspertizasini tayinlash va mutaxassis jalb etish masalasini muhokama qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 45-moddasiga muvofiq zarur deb topilgan hollarda, uyga boʻlgan mulk huquqi haqidagi nizolar boʻyicha mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida tegishli hokimiyat ishda ishtirok etish uchun jalb etilmogʻi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilgan yangi uyga boʻlgan mulk huquqi Fuqarolik kodeksining 210-moddasiga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy qurilishi tamom boʻlguniga va davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar uy mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyni birgalikda qurayotgan er-xotinning, imorat soluvchining oila aʼzolarining, shuningdek merosxoʻrlarning daʼvosiga koʻra sud qurilishi tugallanmagan uyni, agar uning bitay deb qolganlik darajasini inobatga olib, alohida qilib ajratib berish mumkin boʻlgan qismlarini keyinchalik ularning mazkur shaxslar tomonidan qurilishi oxiriga yetkazilishi texnik imkoniyatlari mavjudligidan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin boʻlsa, boʻlishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishi tugallanmagan uyni boʻlishning imkoniyati boʻlmasa, sud mazkur shaxslarning qurilish materiallariga hamda uyning konstruktiv elementlariga boʻlgan huquqini eʼtirof etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Uyning bir qismiga nisbatan uy qurilishidagi ishtirokka asoslangan mulk huquqini eʼtirof etish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, uy qurishda imorat soluvchiga yot shaxslarning ishtirok etganligi qurilgan uyning bir qismiga nisbatan ularning mulk huquqini eʼtirof etish uchun asos boʻla olmaydi. Bunday shaxslar uy mulkdoridan qilgan xarajatlarini qoplab berishni talab qilishga haqlidirlar. Ayrim hollarda, sudlar ishning barcha holatlarini inobatga olib, mazkur shaxslarning uyning bir qismiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etishi mumkin. Bunda taraflarning oʻzaro haqiqiy munosabatlari sinchkovlik bilan tekshirilishi, uy qurilishida uyning bir qismiga nisbatan mulk huquqi bor deb eʼtirof etilishiga daʼvogarlik qilayotgan shaxslarning ishtirokida amalga oshirilganligi sabablari, taraflar oʻrtasida uyga nisbatan umumiy mulkning vujudga kelishi toʻgʻrisida kelishuv boʻlgan-boʻlmaganligi aniqlanishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Imorat soluvchiga uning oila aʼzolari yoki qarindoshlarining uy qurishda yordam berganligi faktining oʻzi ularning uyning bir qismiga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvosini qanoatlantirish uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday daʼvo ana shu shaxslar bilan imorat soluvchi oʻrtasida uyga nisbatan umumiy mulkning vujudga kelishi toʻgʻrisida kelishuv boʻlgan hamda ular (shaxslar) ayni ana shu maqsadda uy qurilishiga oʻz mehnat va mablagʻlarini qoʻshgan hollardagina sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Uyni qurishda imorat soluvchining oila aʼzolari yoki unga yot shaxslarning ishtirokiga asoslangan uyning bir qismiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish haqidagi nizolarni hal etishda sud yer uchastkasini ajratish haqida qaror chiqargan tegishli hokimiyatni arz qilingan talabga munosabatini aniqlashi va nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishi shart. Hokimiyatning nizo boʻyicha fikri sud tomonidan ishda mavjud boʻlgan boshqa dalillar yigʻindisi bilan birgalikda baholanadi. Ushbu fikr bilan kelishmagan taqdirda sud buning sababini hal qiluv qarorida asoslantirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Nikoh vaqtida, yaʼni birgalikdagi turmush davrida er-xotin tomonidan qurilgan yoki qonunda belgilangan asoslar bilan qoʻlga kiritilgan uy, bu uyni qurish uchun yer uchastkasi ulardan qaysi biriga ajratib berilganligidan, uyni mulk qilib olish toʻgʻrisidagi shartnomada ulardan qaysi birining nomi koʻrsatilganligidan va uy kimning nomiga roʻyxatdan oʻtkazilganligidan qatʼi nazar, ularning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan uyni boʻlish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, uyning ulardan har biriga tegishli ulushi miqdori Oila kodeksining 28-moddasiga muvofiq belgilanadi. Agar xotin (er) uydan oʻz ulushi uchun pul kompensatsiyasi olishga rozi boʻlsa, erga (xotinga) berilishi yoki ularning umumiy ulushli mulki qilib qoldirilishi mumkin. Uy umumiy ulushli mulk qilib qoldirilgan taqdirda, sud oʻzining hal qiluv qarorida uyning er-xotindan har biriga tegishli ulushi miqdorini koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sud oldi-sotdi shartnomasi asosida birgalikda olingan uyga nisbatan oila aʼzolarining umumiy mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvoni, muayyan holatlarni inobatga olgan holda agar bu shaxslar (oila aʼzolari) bilan shartnomada sotib oluvchi sifatida koʻrsatilgan oila aʼzosi oʻrtasida uyni birgalikda sotib olish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi va ana shu maqsadda oila aʼzolari uyni olishga oʻz mablagʻlarini qoʻshganliklarini aniqlasa qanoatlantirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Umumiy ulushli mulk huquqi asosida bir necha shaxsga tegishli boʻlgan uydan ulush ajratib berish (uyni boʻlish) haqidagi nizolarni koʻrishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Fuqarolik kodeksining 223-moddasiga koʻra, ulushli mulk ishtirokchisi oʻz ulushini umumiy mol-mulkdan asl holida ajratib berilishini talab qilishga haqli. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining talabi boʻyicha unga umumiy mulk boʻlgan uydan tegishli ulushini ajratib berish (uyni boʻlish) uyning va yordamchi imoratlarni ishtirokchining ulushiga mutanosib hamda kirish-chiqishi alohida boʻlgan qismini unga mulk qilib berilishini, shuningdek u umumiy mulkdagi ulushga boʻlgan huquqini yoʻqotganligini anglatishini inobatga olib, sud bunday talabni, agar ajratib berilayotgan ulush uyning kirish-chiqishi alohida boʻlgan qismini tashkil etsa yoki uyning bu qismini tegishincha qayta jihozlash yoʻli bilan alohida qilib ajratib qoʻyish mumkin boʻlsagina, qanoatlantirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyning bir qismini qayta jihozlash yoʻli bilan bogʻliq holda ajratib berishga, bunday jihozlash arxitektura hamda qurilish normalari hamda qoidalariga monand boʻlsagina, yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlar Fuqarolik kodeksining 221-moddasiga koʻra, umumiy ulushli mulkning har bir ishtirokchisi mol-mulkni saqlash chiqimlarida ulushiga qarab qatnashishi shart ekanligi sababli sud tomonidan taraflar oʻrtasida ularning ulushini inobatga olgan holda taqsimlanishi kerak. Shu bilan birgalikda mulkdorlarning moddiy ahvolini va eʼtiborga loyiq boshqa holatlarini eʼtiborga olgan holda sud ushbu qoidadan chekinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agar ulushni ajratib berish texnik jihatdan mumkin boʻlsa-yu, har bir mulkdorga toʻgʻri keladigan ulush miqdoridan chekinishga toʻgʻri kelsa, sud ajratib berilayotgan ulush miqdorini muayyan holatlarni inobatga olgan holda koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunga ajralib chiqayotgan mulkdorning ulushiga qoʻshilgan uy qismi uchun yoki ajralib chiqayotgan mulkdor ulushining boshqa mulkdorlarda qoldirilayotgan qismi uchun pul kompensatsiyasi toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyni boʻlish haqidagi nizo boʻyicha sudning hal qiluv qarorida uyning qaysi qismi alohida qilib ajratib berilayotganini hamda bu qism uyning qanday ulushini tashkil etishi aniq koʻrsatib oʻtilmogʻi kerak. Ajralib chiqayotgan mulkdorga qaysi yordamchi imoratlar berilishi ham qarorda oʻz aksini topmogʻi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uyga boʻlgan ulushini asl holida ajratib berishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, uyning unga tegishli qismi oʻrniga, Fuqarolik kodeksi 223-moddasining oltinchi qismiga koʻra, boshqa mulkdorlar tomonidan pul summasini toʻlash yoki boshqacha kompensatsiya toʻlanishiga uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim hollarda, sud uyga boʻlgan umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari zimmasiga ajralib chiqayotgan mulkdorning roziligi boʻlmagan taqdirda ham unga tegishli ulush uchun yuqorida koʻrsatilgan moddiy huquq normasiga muvofiq pul summasi yoki boshqacha kompensatsiya toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin boʻlib, sud bu holatni oʻzining qarorida asoslantirmogʻi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul kompensatsiyasi, xususan uyga boʻlgan umumiy mulkda mulkdorning ulushi arzimas boʻlsa va amalda uni ajratib berish mumkin boʻlmasa hamda mazkur mulkdor umumiy mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega boʻlmasa (masalan, ajralib chiqayotgan mulkdor bu uyda yashamaydigan va boshqa uy-joy maydoni bilan taʼminlangan boʻlsa), toʻlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uydan foydalanishda katta manfaatga ega boʻlish yoki boʻlmasligi masalasini sud har bir muayyan holatdan, taraflar tomonidan taqdim qilingan dalillar yigʻindisidan (xususan, yoshiga koʻra uydan foydalanishga muhtojligi, salomatlik darajasi, bolalarining yoki boshqa oila aʼzolarining shu jumladan mehnatga layoqatsiz oila aʼzolarining borligi va h.k.) kelib chiqib hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanab oʻtilgan shartlarning birortasi boʻlmagan taqdirda, sud umumiy mulkning boshqa ishtirokchilariga kompensatsiya toʻlash majburiyatini yuklashga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdor pul kompensatsiyasini olganidan soʻng umumiy ulushli mulk boʻlgan uydagi ulushiga boʻlgan mulk huquqini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ajralib chiqayotgan mulkdorga beriladigan pul kompensatsiyasi uyning boʻlinayotgan paytdagi haqiqiy bahosidan kelib chiqib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taraflar uyning bahosi toʻgʻrisida kelishuvga erisha olmasalar, u holda uyning haqiqiy bahosi qurilish-texnika ekspertizasi oʻtkazish yoʻli bilan belgilanadi va bunda qurilish materiallariga boʻlgan chakana (mahalliy) baho, tashish tariflari, oʻsha joydagi ishchi kuchiga toʻlanadigan haq, uyning eskirganlik darajasi, shuningdek boshqa muayyan holatlar (uyni joylashgan oʻrni, obodonlashtirilganlik darajasi va boshqalar) hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sud uyni boʻlish toʻgʻrisidagi kelishuv bitimini tasdiqlashda, kelishuv bitimining qonunga zid yoki zid emasligini, boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilmayotganligini, kelishuv bitimi shartlariga muvofiq uyni boʻlishning texnik imkoniyatlari mavjud yoki mavjud emasligini tekshirib koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining mol-mulkdagi ulushini imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda sudlar quyidagilarga eʼtibor qaratishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Fuqarolik kodeksining 223-moddasida, mol-mulkka boʻlgan umumiy ulushli mulk huquqi umumiy mulkdan ulush asl holida ajratib berilishi bilan bekor boʻlishi nazarda tutilganligi tufayli, fuqarolarning uyga nisbatan umumiy ulushli mulk huquqi shunday tartibda bekor boʻlganidan keyin ular mazkur uydan ulushni imtiyozli sotib olish huquqini ham yoʻqotadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) imtiyozli sotib olish huquqi umrbod taʼminlash sharti bilan uyni boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzishda tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) imtiyozli sotib olish huquqi buzilgan taqdirda, umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchisi sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini oʻziga oʻtkazishni sud tartibida talab qilish uchun Fuqarolik kodeksi 224-moddasida belgilangan uch oylik muddat manfaatdor shaxs huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta boshlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agar tegishli hokimiyatning ruxsati hamda umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari roziligi bilan uyning ustiga, yoniga qoʻshimcha imoratlar qurilganligi yoki uy qayta qurilganligi natijasida uyning foydali maydoni koʻpayganligi yoxud uy har bir mulkdor ulushining aniq miqdoridan chekingan holda boʻlinganligi natijasida oʻzgarish boʻlganligi yoki mulkdorlardan biriga uyning unga tegishli ulushi uchun pul kompensatsiyasi toʻlanganligi aniqlansa, uyga boʻlgan umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining daʼvosiga koʻra ularning ulushlari miqdori sud tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, umumiy ulushli mulk boʻlgan uydan ulushni asl holida ajratib berish (uyni boʻlish) mumkin emasligi umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uydan foydalanish tartibini belgilab berish haqidagi talab bilan arz qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday talabni hal etayotganda sudlar, uydan foydalanishning amalda shakllangan va umumiy mulkdagi ulushlarga batamom mutanosib kelmasligi ham mumkin boʻlgan tartibini, mulkdorlardan har birining uydan foydalanishga boʻlgan ehtiyojini hamda birgalikda foydalanishning real imkoniyatini inobatga olishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalda uydan birgalikda foydalanishning imkoniyati boʻlmasa sud mulkdorga kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdorga foydalanishi uchun kirish-chiqish yoʻli alohida, shuningdek alohida boʻlmagan yashash xonalari ajratib berilishi mumkin. Bunday holda, umumiy mulk boʻlgan uyga nisbatan mulk huquqi bekor boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yordamchi imoratlar va qurilmalar (pillapoyalar, yoʻlak-dahlizlar, isitkich asboblar va shu kabilar) umumiy foydalanishda qoldirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sudlar uyning oldi-sotdi, hadya va shu kabi shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni hal etishda Fuqarolik kodeksining bitimlarning haqiqiy emasligiga oid normalariga amal qilishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalda yer uchastkasi sotilganligini niqoblash maqsadida tuzilgan oldi-sotdi, hadya, uy ijarasi shartnomalari va boshqa shartnomalar Fuqarolik kodeksi 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar bilan haqiqiy emas deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sudlar uyning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni koʻrishda shuni eʼtiborga olishlari lozimki, uy boshqa shaxsga mulk qilib berilganda, agar uyni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnomada yordamchi imoratlarni buzish yoki koʻchirib olib ketish shart qilib qoʻyilgan boʻlmasa, yordamchi imoratlar uy bilan birgalikda yangi mulkdorga oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish kerakki, uy bilan bir butunlikni tashkil etuvchi xoʻjalik maqsadida qurilgan har xil imoratlar (omborxona, yozgi oshxona va shu kabilar) yordamchi imoratlar deb tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Uyga yoki uning qismiga boʻlgan mulk huquqi buzilishi bilan bogʻliq talablarga Fuqarolik kodeksining 150-moddasida koʻrsatilgan uch yillik umumiy daʼvo muddati qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni eʼtiborda tutishlari joizki, Fuqarolik kodeksi 153-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud hal qiluv qarori chiqargunga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Umumiy qoidaga koʻra, oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs mazkur qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini ololmaydigan boʻlganligi sababli oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblangan uyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etishning Fuqarolik kodeksi 212-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida belgilab qoʻyilgan asoslari va shartlari qatʼiy hamda tugal ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻziga belgilangan tartibda ajratilmagan yer uchastkasida shaxsning oʻzboshimchalik bilan qurgan imoratiga nisbatan mulk huquqini sud Fuqarolik kodeksi 212-moddasining toʻrtinchi qismi talabiga muvofiq, basharti mazkur yer uchastkasi shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda ajratiladigan boʻlsagina, eʼtirof etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilganlarni inobatga olib, ishlarni toʻgʻri va imkon qadar tezroq hal etilishini taʼminlash maqsadida daʼvo arizasini qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash bosqichida sudlar, nizoni hal etish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlash uchun daʼvogarga oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi belgilangan tartibda unga berilganligini tasdiqlovchi hokimiyat qarorini taqdim etishni taklif qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birgalikda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bunday qarorning mavjud emasligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi. Bunday holda, sud ishni sudda koʻrishga tayyorlash bosqichida taqdim etilgan daʼvoga boʻlgan munosabatini aniqlash uchun hokimiyatni arz qilingan talab toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hokimiyat oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasini daʼvogarga ajratishni rad qilgan taqdirda, sud huquq toʻgʻrisida nizo mavjudligi sababli daʼvogarga rad etish haqidagi qaror ustidan sud tartibida nizolashishga haqli ekanligini tushuntiradi va ishni koʻrishni keyinga qoldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daʼvogarning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasini ajratishni rad qilish haqidagi hokimiyat qarorini gʻayriqonuniy deb topish haqidagi daʼvosi, hamda agar arz qilinsa, hokimiyatning ushbu oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzish haqidagi daʼvosi, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish haqidagi dastlabki daʼvo bilan birgalikda koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holda yer uchastkasi ajratilgan, ammo u yakka tartibda uy qurish maqsadida emas, balki boshqa maqsadda ajratilgan, shuningdek yakka tartibda uy qurilishi uchun yer uchastkasi ajratishning belgilangan tartibi buzilgan hollarda ham Fuqarolik kodeksi 212-moddasining toʻrtinchi qismi qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Fuqarolik kodeksi 212-moddasining beshinchi qismi talabiga koʻra, imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning ham oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan eʼtirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, Fuqarolik kodeksi 212-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, nazarda tutilgan imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxs bilan ushbu yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs oʻrtasida nizo mavjud boʻlgandagina oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish haqidagi daʼvo sudda koʻrishga tegishli boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Fuqarolik kodeksi 212-moddasining oltinchi qismi talabiga koʻra, agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan yoki fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmaydigan boʻlsa, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi Fuqarolik kodeksi 212-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq sud tomonidan eʼtirof etilishi mumkin. Bunday holda, sudlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblangan uyga nisbatan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolarni koʻrayotganda, ushbu qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzilishiga, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilishiga olib kelmasligini aniqlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Fuqarolik kodeksi 187-moddasining egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat toʻgʻrisidagi normalari, uyga egalik qilish mazkur qonunda belgilangan muddat mobaynida shartnoma majburiyatlari (ijara, tekin foydalanish) asosida amalga oshirilgan hollarda qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqi vujudga kelishi bilan avvalgi mulkdor uyga boʻlgan mulk huquqini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining (Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi qarori asosida kiritilgan oʻzgartirishlar bilan) 9 va 10-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 24-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-son