24.09.1999 yildagi 16-son
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli va 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fuqarolik kodeksini tatbiq qilish bilan bog‘liq ishlarni to‘g‘ri hal qilish qonunchilikka qat’iy rioya qilishni ta’minlashda, qonun bilan himoyalangan davlat manfaatlari va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. FKning 187-moddasiga ko‘ra egalik huquqini olish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat o‘zganing mulkiga amalda asossiz egalik qilib kelish hollariga ham tatbiq etiladi. Egalik qiluvchida biron-bir egalik qilish huquqiy asosi mavjudligi, masalan, uzoq muddatli ijara shartnomasi borligi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatni amalda bo‘lishini inkor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. FK 259-moddasiga binoan majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakolat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim.
14. FK 264-moddasiga ko‘ra garov asosiy bosh majburiyatga to‘lig‘icha bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatdir va asosiy majburiyat tugashi bilan u ham tugaydi. Lekin garov shartnomasini sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi asosiy majburiyatni tugatilishiga asos bo‘lib hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Garov to‘g‘risidagi shartnomaning muhim shartlari bo‘lib garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddati, shuningdek, garovga qo‘yilgan mulk taraflar (garovga qo‘yuvchi yoki garovga oluvchi)ning qaysi birida ekanligi ham ko‘rsatilishi hisoblanadi (FK 271-moddasi 1-qism). Agar ko‘rsatib o‘tilgan shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bo‘yicha taraflar o‘zaro kelisha olmagan bo‘lsalar, yoxud tegishli shartlar shartnomada qayd etilmagan bo‘lsa, garov to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
17. FK 272-moddasining 4-qismiga binoan bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir vaqtning o‘zida o‘sha shartnoma bo‘yicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu uchastkaning garovga qo‘yilayotgan obyekt ishlashini ta’minlaydigan qismini yoki garovga qo‘yuvchiga qarashli bo‘lgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini bir vaqtda ipotekaga qo‘ygan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda bino yoki inshootni garovga beruvchi shaxs tegishli yer uchastkasining egasi yoki ijaraga oluvchi bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa holatlarda agar bino yoki inshootni garovga beruvchi yer uchastkasining egasi yoki ijarachisi hisoblanmasa, ipoteka shartnomasi FK 272-moddasining 4-qismiga asosan qonunchilikka muvofiq emas deb hisoblanmaydi. Garovga qo‘yuvchining huquqi, undiruv garovga qaratilgan bino yoki inshootga qaratilgan hollarda sotib oluvchining yer uchastkasiga nisbatan huquqi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 22-moddasiga asosan belgilanadi, unga ko‘ra korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkka nisbatan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki ularni operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ana shu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
FKning 279-moddasiga ko‘ra garovga oluvchi (kreditor) garov bilan ta’minlangan majburiyatini qarzdor bajarmagan taqdirda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish imkoniyati bo‘lmagan taqdirdagina garovga oluvchi (kreditor) bu mol-mulkni FKning 281-moddasida belgilangan tartibda o‘z egaligiga olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. FKning 733-moddasi 1-qismiga binoan qarz beruvchi yuridik shaxs bo‘lganida yoki fuqarolar o‘rtasida tuzilgan qarz shartnomasining summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lgan hollarda qarz shartnomasini oddiy yozma shaklda tuzilishi talab qilinadi. Sudlar qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmasligini nazarda tutishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
FK 109-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq taraflar bunday holda guvohlarning ko‘rsatuvlariga asoslanishga haqli emas, lekin bu ularni yozma va boshqa dalillar keltirish imkoniyatidan mahrum qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.