25.10.2002 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2013
 LexUZ sharhi
2. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuniga ko‘ra, tadbirkorlik — tegishli subyektlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkalchilik asosida o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir.
Sudlar, shuni e’tiborda tutishlari kerakki, aybdorning muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyati uchun JK 72-moddasi tartibida belgilangan sinov muddati davrida, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tashi davomida yoki jazoni o‘tab bo‘lgandan so‘ng sudlanganlik holati tugallanmasdan, yoxud qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmasdan tadbirkorlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganda ham uning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi talab qilinadi. Jinoyat kodeksi muayyan moddalarining tegishli qismlari dispozitsiyalarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lgan jinoyat sodir etilgan hollar bundan mustasno.
5. Sudlar, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ko‘rishda yuridik shaxs tashkil etgan holda bunday faoliyat bilan shug‘ullanayotgan kichik va o‘rta biznes subyektlari rahbarlarining g‘ayriqonuniy harakat yoki harakatsizligi JKning iqtisodiyot asoslari va xo‘jalik sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi boblaridagi moddalar dispozitsiyasi bilan qamrab olinsa, qo‘shimcha ravishda mansabdorlik jinoyatlari bilan kvalifikatsiya qilinmasligini nazarda tutishlari kerak.
6. Tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini JK 167-moddasi bilan javobgarlikka tortishda mulkchilik shakllariga alohida e’tibor qaratilishi, jumladan xususiy firma va korxonalar, dehqon (fermer) xo‘jaliklari mulkdorlari o‘z mulklarini shaxsiy maqsadlarda tasarruf qilganliklari uchun ushbu modda bilan javobgarlikka tortilishlari mumkin emas.
7. Sudlar qilmishni JK 184-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishda tadbirkor amalda olgan foyda (daromad)dan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan bo‘lishi shartligiga e’tibor berishlari lozim.
Foyda (daromad)ni qasddan yashirishning belgilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlar undirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 483-sonli qaroriga 1-Ilovada qat’iy ko‘rsatilgan bo‘lib, bular: hujjatlarni soxtalashtirish (tuzatish, noqonuniy to‘g‘rilash); qalbaki boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish; foydalanilmagan moddiy xarajatlarni ishlab chiqarish hisobiga qo‘shib hisobdan chiqarish; korxonada ishlamaydigan, lekin hisobda turadigan xodimlarga ish haqi yozish yo‘li bilan mehnatga haq to‘lash xarajatlarini oshirish; sotishdan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni qasddan kamaytirish); moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) miqdorini sun’iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni noto‘g‘ri qo‘llash; hujjatlarni yo‘q qilish yoki ularni taqdim etishni rad etish; sotish joylarida buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovar)larning mavjud bo‘lishi; davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va soliq organlarida hisobda turmasdan xo‘jalik (tadbirkorlik) faoliyatini yuritish; davlat soliq xizmatining yozma bildirishnomasi mavjud bo‘lgani holda ikki va undan ortiq manbalardan daromad oluvchi jismoniy shaxslar tomonidan barcha daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etmaslikdan iborat.
JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda sudlarning e’tibori tadbirkorning qilmishida yuqorida qayd etilgan holatlardan biri mavjud bo‘lishi zarurligiga qaratilsin.
JK 184-moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan “ancha miqdor”, “ko‘p miqdor” va “juda ko‘p miqdor” tushunchalariga baho berishda olingan foyda (daromad)ning miqdoridan emas, balki to‘lanmagan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlar summasidan kelib chiqiladi.
Qonun mazmuniga ko‘ra (Soliq kodeksining 133-moddasi) agar soliq, yig‘im, boj yoki boshqa majburiy to‘lovlarni biron turi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar o‘rni, boshqa tur bo‘yicha qasddan to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa, shaxs ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
8. Sudlar tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga rioya etilganligiga, jumladan, nazorat qiluvchi organlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashmaganligiga, tekshirishning qonuniyligi, davriyligi va belgilangan muddatlarda o‘tkazilganligiga hamda “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish Kitobi”ga bu haqda tegishli yozuvlar kiritilganligiga e’tibor berishlari kerak.
Bunday qonunbuzarlik hollariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan sudlar, tegishli munosabat bildirishlari va ularni MJtK 2411-moddasi bilan javobgarlikka tortish masalasini, yetarli asoslar aniqlangan hollarda esa, belgilangan tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal etishlari lozim.
9. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda (tegishli aksiz markalarisiz va hokazo) muomalaga kiritish (JK 1861-moddasi) deganda, uni haq evaziga sotish yoki tijorat maqsadida boshqa moddiy qimmatliklarga ayirboshlash, shuningdek garovga qo‘yish, qarz evaziga o‘tkazish tushuniladi.
10. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasi va Jinoyat kodeksining 189-moddasida nazarda tutilgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishning subyekti sifatida faqat belgilangan tartibda savdo yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tushuniladi. Bu huquqbuzarlik tovarlar bevosita savdo qoidalari buzib muomalaga kiritilganda (sotilganda), shuningdek, xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilganda sodir etilgan hisoblanadi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-iyundagi PF-3076 va 11-iyuldagi PF-3105-sonli farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-maydagi 154-sonli, 13-iyundagi 208-sonli, 12-iyuldagi 248 va 249-sonli, 19-iyuldagi 257-sonli, 20-avgustdagi 295-sonli qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 31-avgustda 1169-raqami bilan ro‘yxatga olingan “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlarini olib kelish va sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovar moddiy boyliklarini olib kirishning va muomalaga kiritishning yangi tartibi belgilangan.
13. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasiga ko‘ra shaxs huquqbuzarlik faktini inkor etgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi har qanday ish uning ko‘rib chiqilishi qaysi vakolatli davlat organiga (mansabdor shaxsga) taalluqliligidan qat’i nazar, sudlar tomonidan ko‘riladi. Shuning uchun ham sudlar bunday ishlarni o‘z ish yurituvlariga mone’liksiz qabul qilishlari va mazmunan hal etishlari lozim.
14. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlar bir-biriga zid kelgan hollarda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi. Jumladan, bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudlar ushbu masalada Bojxona kodeksida belgilangan normalarni qo‘llashlari lozim.