Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2011 20.05.2002 yildagi PF-3076-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2011
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA SOLIQQA TORTISh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida band bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimini yanada soddalashtirish va tartibga solish, budjetga soliqlar tushumi to‘liq yig‘ilishini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 89-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bojxona to‘lovlari, davlat poshlinalari, savdo qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqini beradigan litsenziya yig‘imlari, shuningdek davlatning maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Bunda soliqqa tortish tizimini o‘zgartirish va soliqlar stavkasini indekslash bilan bog‘liq o‘zgarishlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan oladigan daromadlariga qat’iy belgilangan soliqning joriy etilishi tadbirkorlik, shu jumladan kichik va xususiy biznes subyektlarining faoliyati uchun nisbatan noqulay shart-sharoitni vujudga keltiruvchi omillar emasligi nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 20-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3076-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 106-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 3-son, 21-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 89-modda)