Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
OʻSIMLIK (PAXTA) YoGʻI UChUN TOʻLANADIGAN AKSIZ SOLIGʻINING BIR QISMINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING MAXSUS OChILADIGAN HISOBVARAGʻIGA OʻTKAZISh VA UNI IShLATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-fevralda 1912-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 18-yanvardagi 4, 2010-3 sonli “Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus ochiladigan hisobvaragʻiga oʻtkazish va uni ishlatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1912-1, 23.01.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus ochiladigan hisobvaragʻiga oʻtkazish va uni ishlatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 6-martdagi 27 va 2007-23-son “Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2007-yil 28-mart, roʻyxat raqami 1666 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 26-son, 126-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-fevral,
14-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-fevral,
2009-5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 3-fevraldagi 14, 2009-5 - son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus ochiladigan hisobvaragʻiga oʻtkazish va uni ishlatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq oʻsimlik (paxta) yogʻi ishlab chiqaruvchi korxonalardan olinadigan aksiz soligʻining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus ochiladigan hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda — Maxsus hisobvaraq) oʻtkazib berish va uni ishlatish tartibini belgilaydi.
I. Oʻsimlik (paxta) yogʻi ishlab chiqaruvchi korxonalarda aksiz soligʻining bir qismini hisoblash tartibi
1. Maxsus hisobvaraqqa oʻtkazib beriladigan aksiz soligʻining bir qismi oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun aksiz soligʻining umumbelgilangan stavkasi boʻyicha hisoblanadigan va mazkur aksiz soligʻining Davlat budjetiga toʻlanadigan summalari oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi.
Maxsus hisobvaraqqa va Davlat budjetiga oʻtkaziladigan oʻsimlik (paxta) yogʻiga hisoblanadigan aksiz soligʻining summasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
II. Maxsus hisobvaraqqa aksiz soligʻining bir qismini oʻtkazib berish va uni ishlatish tartibi
2. Korxonalar oʻsimlik (paxta) yogʻini, salomas va “Oʻzbekiston” yogʻini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yogʻ bundan mustasno, sotishdan umumiy hisoblangan aksiz soligʻining toʻlov topshiriqnomasini aksiz soligʻini toʻlash muddatlarida xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboradi. Toʻlov topshiriqnomasida aksiz soligʻining umumiy summasi bilan birga budjetga hamda Maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladigan aksiz soligʻining summasi belgilangan miqdorda alohida ajratilib koʻrsatilishi shart. Bunda, Maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladigan aksiz soligʻining summasi koʻrsatilmagan toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatuvchi bankka ijro uchun topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki bilan tuzilgan solishtirma dalolatnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi kafolati asosida jalb qilingan kreditni soʻndirilmagan summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xulosasiga asosan Maxsus hisobvaraqda jamlangan mablagʻni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligi Oʻzbekiston Respublikasi kafolati bilan jalb qilingan kreditni soʻndirish uchun “MT Invest-Impeks” respublika tashqi savdo firmasining TIA Milliy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Amaliyot boshqarmasidagi MFO 00451, INN 201292107, 20210000300429574006 raqamli maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
5. “MT Invest-Impeks” respublika tashqi savdo firmasi ikki bank ish kunida maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan mablagʻlarni konvertatsiya qilish uchun yoʻnaltiradi.
Konvertatsiya qilingan mablagʻlar ikki bank ishi kunida Hukumat kafolati bilan jalb qilingan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi kafolati asosida jalb qilingan kredit toʻliq soʻndirilgan holatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim qilgan kredit toʻliq soʻndirilganligi toʻgʻrisidagi solishtirma dalolatnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligi Maxsus hisobvaraqda jamlangan mablagʻni hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay toʻliq Davlat budjetiga oʻtkazadi.
7. Ushbu Nizom kuchga kirganga qadar “Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” (2007-yil 28-mart, roʻyxat raqami 1666 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 26-son, 126-modda)ga asosan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi kafolati asosida jalb qilingan kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilmagan mablagʻlar toʻligʻicha Maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
III. Javobgarlik va nazorat
8. Oʻsimlik (paxta) yogʻi sotishni amalga oshiruvchi korxonalar Maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladigan aksiz soligʻining bir qismini toʻgʻri hisoblanishiga qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
9. Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻni ushbu Nizomda koʻzda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.
10. Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini toʻgʻri hisoblanishi va maxsus hisobvaraqqa toʻliq oʻtkazilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
IV. Yakuniy qoida
11. Mazkur Nizom Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan kelishilgan.
Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 101-modda)