O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZILIShIGA DOIR MA’MURIY IShLARNI KO‘RIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh HAQIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 933-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-sonli “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2240, 05.07.2011-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2000-yil 23-apreldagi 87-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish haqidagi yo‘riqnoma”ga (2000-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 933 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-yil, 12-son) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgandan so‘ng uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-may,
88-son
Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritiladigan qo‘shimchalar
1. 3.3-band “135-moddasida” degan so‘zlardan keyin “1351-moddasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 3.4-band “135-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1351-moddasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 3.5-band “135-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1351-moddasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 3.7-bandda:
birinchi xatboshisi “135” raqamidan keyin “1351” raqami bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: kodeksning 1351-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda sug‘urta idoralarining huquqbuzarlik alomati bartaraf etilganligi haqidagi tegishli ma’lumoti taqdim etilgandan so‘ng transport vositasini qo‘yib yuborishga ruxsat berilishi mumkin”.
5. 3.23-bandning uchinchi xatboshisi “135-moddasida” degan so‘zlardan keyin “1351-moddasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 24-25-son, 246-modda)