O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA”GI HAMDA “KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad soliqlari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda) O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 191-modda), 1991-yil 20-noyabrdagi va 1992-yil 14-yanvardagi qonunlari bilan kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. 3-moddada:
birinchi bandning “s” bandchasidagi “1000 so‘mgacha” degan so‘zlar “soliq solinmaydigan minimumning uch baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ana shu bandning “r” bandchasidagi “200 so‘mgacha” degan so‘zlar “soliq solinmaydigan minimumning bir yarim baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 4-moddada:
birinchi bandning “a” bandchasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida soliq solinadigan va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan oshib ketmaydigan ish haqi va boshqa turdagi pul mukofoti oladigan ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar”;
shu bandning “e” bandchasidan so‘ng modda quyidagi mazmundagi 2-band bilan to‘ldirilsin:
“2. Quyidagilar soliq solinmaydigan minimumning sakkiz baravari miqdorida oladigan barcha daromadlari bo‘yicha soliq to‘lashdan ozod qilinadilar”.
birinchi bandning “j” — “t” bandchalari keyingi bandning “a” — “m” bandchalari deb hisoblansin.
3. 8-moddada:
birinchi band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Fuqarolar ish haqi mukofotlari va boshqa daromadlari summasidan (mualliflarning merosxo‘rlariga takror beriladigan mukofotlar bundan mustasnodir) quyidagi miqdorda soliq undiriladi:
|
Soliq solinadigan yillik daromad miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirib tashlangan) |
|
Soliq summasi |
| | | |
|
36000 so‘mgacha |
|
12 foiz |
|
36001 so‘mdan 48000 so‘mgacha |
|
4320 so‘m+36000 so‘mdan ortiq pulning 15 foizi |
|
48001 so‘mdan 60000 so‘mgacha |
|
6120 so‘m+48000 so‘mdan ortiq pulning 20 foizi |
|
60001 so‘mdan 72000 so‘mgacha |
|
8520 so‘m+60000 so‘mdan ortiq pulning 30 foizi |
|
72001 so‘mdan 96000 so‘mgacha |
|
12120 so‘m+72000 so‘mdan ortiq pulning 40 foizi |
|
96001 so‘mdan 192000 so‘mgacha |
|
21720 so‘m+96000 so‘mdan ortiq pulning 50 foizi |
|
192001 so‘m va undan ham ortiq puldan |
|
69720 so‘m+192000 so‘mdan ortiq pulning 60 foizi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi o‘ta zararli ishlab chiqarishda ishlaydigan alohida toifadagi fuqarolar uchun favqulodda hollarda soliq solishning imtiyozli stavkalarini belgilash huquqi berilsin”.
4. 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Fuqarolarning asosiy ish joyidagi ish haqi va boshqa daromadlari summasidan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Soliq kalendar yil boshidan e’tiboran har oy tugaganidan keyin ilgari ushlab qolingan soliq summasini ham hisobga olgan holda soliq solinadigan daromadlar yig‘indisi summalaridan hisoblab chiqiladi.
Yil tugaganidan keyin fuqarolarning kalendar yildagi butun daromadini (to‘liq so‘mlarda) tashkil qiladigan summalarga asoslangan holda soliq qayta hisob-kitob qilinadi.
Yil davomida ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda soliq yangi (xizmat o‘qish) joyida avvalgi va yangi ish joyida olingan yillik daromad yig‘indisiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi. Avvalgi ish joyida olingan daromadlar ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi”.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda) O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1991-yil, № 8, 191-modda) va 1992-yil 14-yanvardagi qonunlari bilan kiritilgan o‘zgartishlarni hisobga olgan holda quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. 1-moddada uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xo‘jalik hisobida turmaydigan, lekin xo‘jalik (tijorat) faoliyatidan daromad oladigan (budjetdagi ilmiy-tekshirish tashkilotlaridan tashqari) tashkilotlar;”
2. 4-moddada:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksizlar, respublika hududidan tashqariga olib ketilayotgan xomashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliqlari”.
O‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklardan vaqtincha foydalanishga olingan kredit resurslari uchun to‘lovlar, operatsiya sarf-xarajatlari, pul mablag‘lari va qimmatbaho xomashyolarini tashish va saqlash sarf-xarajatlari;
hisob-kitob va joriy schyotlar bo‘yicha, depozit schyotlar, aholi jamg‘armalari, Davlat sug‘urtasi schyotlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan va to‘langan foizlar;”
3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat sug‘urtasi depozitlar bo‘yicha foizlardan olgan pul summasi”.
Shu modda quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ajnabiy yuridik shaxslarning, O‘zbekiston va ajnabiy yuridik shaxslar, fuqarolar ishtirokidagi qo‘shma korxonalarning daromadlari bo‘yicha soliq solinadigan bazasi shunday korxonalarning rezerv fondi yoki shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan fondlarga ajratmalari summasi bu fondning miqdori ustav fondining 25 foiziga yetgunga qadar korxonalar daromadlarining 20 foizi miqdorida kamaytiriladi”.
3. 9-moddada:
“a” bandidan “asosiy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
“e” bandi “Orol” so‘zidan keyin “Navro‘z”, “Tadbirkorlarga yordam” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Modda quyidagi mazmundagi “n” va “o” bandlari bilan to‘ldirilsin:
“n) axloq tuzatish-mehnat muassasalarining korxonalari;
o) Qizil Yarim Oy jamiyati ta’sis etgan korxona va tashkilotlar, bu mablag‘lardan jamiyatning ustavda belgilab qo‘yilgan vazifalarini bajarishda to‘liq foydalanish sharti bilan”.
4. 10-moddada:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yangi tashkil etilgan korxonalar (birjalar, tayyorlov, ulgurji, ta’minlovchi-sotuvchi, vositachi va savdo-tijorat korxonalaridan tashqari) tashkil topgan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) paytdan e’tiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi mikdorida va ikkinchi yili 50 foizi miqdorida soliq to‘laydilar”.
5. 11-moddada:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1) korxona ikki yil davomida:
a) patent egasi o‘z ishlab chiqarishida ixtirolardan foydalanishdan va unga litsenziya sotishdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga ixtirodan foydalana boshlagan yoki litsenziya, sotilgan sanadan boshlab patent amal qiladigan muddat atrofida;
b) litsenziya, sotib olish natijasida ixtirodan foydalanishdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga ixtirodan foydalana boshlangan sanadan boshlab;
v) yoki patentlangan ixtironi, qo‘llanib yangi texnika tayyorlash uchun maxsus barpo etiladigan ishlab chiqarishdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga korxona yoki yangi ishlab chiqarish ishga tushirilgan sanadan boshlab”;
2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar qo‘shma korxona ikki yil davomida o‘z ustav fondini tarkib toptirmasa yoki soliq to‘lashdan ozod etilgan qo‘shma korxona uch yillik muddat o‘tmay turib tugatilgan taqdirda soliq summasi umumiy belgilangan tartibda, uning butun faoliyat davri uchun to‘la miqdorda undiriladi”.
6. 12-modda quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“umumiy foydalanishdagi yo‘llarni saqlash, ta’mirlash va qurish uchun ajratmalar;
Qizil Yarim Oy jamiyatiga badallar va boshqa xayr-ehsonlar”;
7. 19-moddada:
26-band “poyabzal tikish, ta’mirlash” degan so‘zlardan keyin “trikotaj buyumlari, murakkab ro‘zg‘or texnikasi, soat, mebel tuzatish yoki ta’mirlash, ijaraga berish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
28-band “protez-ortopediya buyumlari” so‘zlaridan so‘ng “va nogironlar uchun ashyolar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Modda quyidagi mazmundagi yangi bandlar bilan to‘ldirilsin:
“29) nashriyotlar, ro‘znomalar va oynomalarning muharririyatlari, matbaa va kitob savdosi korxonalari, Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi chiqaradigan mahsulotlar va ko‘rsatadigan xizmatlar;
30) O‘zbekiston Respublikasi Qizil Yarim Oy jamiyatining korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar va ko‘rsatadigan xizmatlar, basharti bo‘shatib olinadigan mablag‘lar jamiyatning ustavda belgilab qo‘yilgan vazifalarini bajarishda ishlatilgan taqdirda”.
8. 23-modda “o‘zi ishlab chiqargan mollar” degan so‘zlardan keyin “va Qizil Yarim Oy jamiyatining korxonalari bilan tashkilotlari ishlab chiqarayotgan mollar, basharti bu mablag‘lar, jamiyatning ustavda belgilab qo‘yilgan vazifalarini bajarishda ishlatilgan taqdirda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
9. 25-modda “to‘laydilar” degan so‘zdan so‘ng “Qizil Yarim Oy jamiyati va u ta’sis etgan korxonalar va tashkilotlar bundan mustasno, basharti bo‘sh mablag‘lar jamiyatning ustavida belgilab qo‘yilgan vazifalarni bajarishda ishlatilgan taqdirda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
10. 35-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mulkchilikning barcha shaklidagi yuridik shaxslar, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning yuridik shaxs bo‘lmasa-da, o‘z mustaqil balansiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo‘linmalari korxona mol-mulki uchun soliq to‘lovchilar hisoblanadi”.
11. 36-moddada:
birinchi qism quyidagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“foydalanilgan daromad (foyda)”;
Modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Banklar, sug‘urta tashkilotlari, birjalar, shuningdek xalq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlariga soliq solish xususiyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi”.
12. 38-moddaning “g” bandi “birlashma va tashkilotlar” degan so‘zlardan so‘ng “Qizil Yarim Oy jamiyati va u ta’sis etgan tashkilot va korxonalar, basharti bo‘shatib olinadigan mablag‘lar jamiyatning ustavda belgilab qo‘yilgan vazifalarini bajarishda ishlatilgan taqdirda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
631-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)