1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I-BOB. UMUMIY QOIDALAR
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.01 (Кучини йукотган) Daromaddan soliq to‘lovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Soliq to‘lovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (quyida “fuqarolar” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida daromad solig‘i to‘lovchilardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan deb qaraladigan fuqarolar jumlasiga kalendar yil davomida 183 kundan ko‘proq vaqt O‘zbekiston Respublikasida turgan fuqarolar kiradilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.01 (Кучини йукотган) Daromaddan soliq to‘lovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida ham pul yoki natura tarzida olgan daromadlari soliq solish obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lmagan fuqarolarning daromadlari O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan bo‘lsa, bu daromadlarga soliq solinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Chet el valyutasi olingan daromadlardan soliq to‘lovchining istagiga muvofiq so‘m tarzida yoki SSSR Davlat banki sotib oladigan chet el valyutasida soliq to‘lanadi. Bunda chet el valyutasi olinadigan daromadlar SSSR Davlat bankining soliq hisoblab chiqariladigan kundagi pulning qadri to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumoti asosida so‘mga aylantirilib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Soliq solinadigan daromadga quyidagilar kiritilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat ijtimoiy sug‘urtasi va davlat ijtimoiy ta’minot nafaqalari, vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan to‘lanadigan nafaqalar (shu jumladan, bemor bolani parvarishlash nafaqalari)dan tashqari, shuningdek xayriya jamg‘armalari va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan fuqarolarga beriladigan nafaqalar va pul hamda natura shaklidagi yordamning boshqa turlari;
(3-moddaning 1-bandi “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 522-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oliy o‘quv yurtlari hamda o‘rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari, shu jumladan oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlari tomonidan o‘z studentlari va o‘quvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek ushbu moddaning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan jamg‘armalarning mablag‘laridan ta’sis etiladigan stipendiyalar;
(3-moddaning 1-bandi “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi 436-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 50-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilari bajargan ish uchun mazkur bilim yurtlari o‘quvchilarga beradigan to‘lovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) pensiyalar, shuningdek pensiyaga qo‘shimchalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) fuqarolar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan pul, shuningdek meditsina muassasalarining xodimlari qon yig‘ib topshirganliklari uchun oladigan pul;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) mayib bo‘lish yoki boshqa tarzda salomatlikka ziyon yetishi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganlik uchun tovon tarzida olinadigan pul;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) fuqarolarni chet elga ishga yuborish munosabati bilan ularga sovet davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari to‘laydigan ish haqi va chet el valyutasidagi boshqa pullar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) fuqarolarning mulkchilik huquqi asosida o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan oladigan pullari, mazkur mol-mulkni tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida sotishdan olinadigan daromadlar bundan mustasnodir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jalikda chorva mollar, quyonlar, nutriya, baliq, parranda va boshqa jonivorlarni boqib, ularni xoh tirik vaznda, xoh so‘ygan holda sotishdan va qayta ishlash asosida olingan mahsulotlarini sotishdan, asalarichilik mahsulotlari, shuningdek mazkur xo‘jalikda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini natural holida va qayta ishlab sotishdan oladigan daromadlari. Fuqaroning shaxsiy yordamchi xo‘jaligi borligi mahalliy hokimiyat organining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi;
(3-moddaning 1-bandi “i” va “k” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) meros qilib qoldirish va sovg‘a qilish natijasida olingan pul; fan, adabiyot va san’at asarlari mualliflarining merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi tarzidagi pul bundan mustasnodir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) SSSR, O‘zbekiston Respublikasi davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo‘yicha yutuqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) fuqarolarning sug‘urta yuzasidan oladigan pullari, sug‘urta bo‘yicha sug‘urta badallari korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hisobidan beriladigan hollar bundan mustasnodir;
(3-moddaning 1-bandi “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) bank muassasalaridagi omonatlar bo‘yicha va SSSR davlat xazina majburiyatlari bo‘yicha foizlar va yutuqlar;
(3-moddaning 1-bandi “o” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
p) ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofot puli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
r) korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan yiliga soliq solinmaydigan minimum oylik miqdorining uch barobarigacha miqdorda olingan sovg‘alar (buyum tarzidagi mukofotlar) qiymati, shuningdek, xalqaro, Butunittifoq va jumhuriyat konkurslari hamda musobaqalarida buyum tarzida olingan sovrinlar qiymati;
(3-moddaning 1-bandi “r” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) beriladigan pulning miqdoridan qat’i nazar, tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan, shuningdek SSSR, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatlarining qarorlari asosida beriladigan moddiy yordam puli; boshqa hollarda, shu jumladan chakana narxlar islohoti munosabati bilan (ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilganlaridan tashqari) yiliga soliq solinmaydigan minimum oylik miqdorining olti barobarigacha pul va natura shaklida beriladigan moddiy yordam summalari;
(3-moddaning 1-bandi “s” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
t) davlat korxonalari mol-mulkini sotib olishga, aksiyalar, “Toshkentuyjoyjamg‘armabank”ning egasi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini xarid etishga va shu maqsad uchun berilgan qarzlarni uzishga ishlatiladigan, soliq solinishi kerak bo‘lgan fuqarolar ish haqi va boshqa daromadlarining summasi, shuningdek aksiyalar bo‘yicha olingan va aksiyali jamiyatning yoki dividend olingan korxonalarning aksiyalarini sotib olishga ishlatiladigan dividendlar. Aytib o‘tilgan mol-mulkni sotish vaqtida ilgari soliqdan ozod qilingan daromadlardan umumiy asoslarda soliq olinadi;
(3-moddaning 1-bandi “t” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u) qidiruvchilar artellari a’zolarining oltin qazib olish sohasidagi qidiruvchilik faoliyati bilan bog‘liq ishlar uchun oladigan daromadlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) chakana narxlarning oshirilishi munosabati bilan barcha toifadagi fuqarolarga SSR Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan miqdorda pul va natura shaklida beriladigan kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek SSSR va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida nazarda tutilgan normalar doirasida beriladigan boshqa kompensatsiya to‘lovlari, ishdan bo‘shash chog‘ida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya to‘lovlari bundan mustasno;
(3-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuniga muvofiq “f” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
x) jismoniy shaxs — patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishidan yoki ular litsenziyalar sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromad summasi, shu jumladan valyuta tushumi, foydalana boshlagan sanadan e’tiboran:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent bo‘yicha ixtirodan foydalanilsa — 5 yil davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki patent bo‘yicha ixtirodan foydalanilsa — 3 yil davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent bo‘yicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 3 yil davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki patent bo‘yicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 2 yil davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnoma bo‘yicha foydali modeldan foydalanilsa — 2 yil davomida.
(3-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuniga muvofiq “x” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ts) bolalar va boshqa sog‘lomlashtirish lagerlarining bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan yo‘llanmalari qiymatini, ota-onalarning bolalar bilan dam olishiga maxsus mo‘ljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga yo‘llanmalari qiymatini, shuningdek o‘z xodimlarining ambulatoriy yoki statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatini to‘liq yoki qisman kompensatsiya tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘z xodimlariga yoki ular uchun to‘lagan summalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar sirasiga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarning sog‘lomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga olgan yo‘llanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika vositalari sotib olish uchun hamda o‘z salomatliklarini tiklash uchun qilgan xarajatlarini to‘liq yoki qisman to‘lash tartibida to‘lagan summalar ham kiradi.
(3-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuniga muvofiq “ts” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fuqarolarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan o‘zlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan daromadlardan xayriya jamg‘armalari va ekologiya jamg‘armalariga o‘tkazadigan summalar, shuningdek davlat budjetidan qisman yoki to‘liq ta’minlanadigan madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga o‘tkaziladigan summalari;
(3-moddaning 2-bandi “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 522-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fuqarolarning soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlardan ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda bergan badallari summasi tegishli kalendar yil uchun soliq solish paytida hisobga olinadigan daromaddan oshmaydigan miqdorda kamaytiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Soliq yuzasidan imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar soliq to‘lashdan butunlay ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida soliq solinadigan va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan yillik soliq solinmaydigan minimumdan oshib ketmaydigan ish haqi va boshqa turdagi pul mukofoti oladigan ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar;
(4-moddaning 1-bandi “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fan, adabiyot va san’at asarlari, intellektual mulk obyektlarini yaratganlik, nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun mualliflik haqi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan oshmaydigan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi bo‘lmasa;
(4-moddaning 1-bandi “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining, dehqon (fermer) xo‘jaligining barcha turlaridan, shuningdek tadbirkorlik subyektlaridan oladigan daromadlari yiliga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan oshmaydigan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi bo‘lmasa;
(4-moddaning 1-bandi “b” va “v” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) dehqon xo‘jaligining a’zolari, dehqon xo‘jaligi tashkil etilgan (ro‘yxatdan o‘tgan) yildan boshlab ikki yil davomida — mazkur xo‘jalikdan oladigan daromadlari yuzasidan;
(4-moddaning 1-bandi “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) muddatli haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar va o‘quv yoki tekshiruv mashqlariga chaqirilgan harbiy xizmat yoshidagi kishilar — xizmat joyidan yoki o‘quv yoxud tekshiruv mashqlarida bo‘lgan vaqt uchun oladigan maosh, sutkalik pul va boshqa mablag‘lar yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) bojxona xizmatining oddiylar va boshliqlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar — o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oladigan barcha to‘lovlar bo‘yicha;
(4-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuniga muvofiq “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar soliq solinmaydigan minimumning to‘rt baravari miqdorida oladigan barcha daromadlari bo‘yicha soliq to‘lashdan ozod qilinadilar:
(4-moddaning 2-bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan kishilar, Ulug‘ Vatan urushining nogironlari yoki SSSRni himoya qilish chog‘ida yoxud harbiy xizmatning boshqa xil vazifalarini bajarish chog‘ida yarador bo‘lish, kontuziya bo‘lish yoki shikastlanish natijasida yohud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasalliklar natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lgan nogironlar, shuningdek pensiya ta’minoti jihatdan harbiy xizmatchilarning mazkur toifalariga tenglashtirilgan boshqa nogironlar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Grajdanlar urushi va Ulug‘ Vatan urushi, SSSRni himoya qilish bo‘yicha boshqa jangavor operatsiyalarning qatnashchilari bo‘lgan va harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda sobiq partizanlar, Ulug‘ Vatan urushi davridagi mehnat frontining veteranlari va bolaligida konsentratsion lagerlarning tutqunlari bo‘lganlar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari safidan bo‘lgan, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida yarador bo‘lganlik, kontuziya bo‘lganlik yoki jarohatlanganlik tufayli nogiron bo‘lib qolgan kishilar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) bolalikdan nogironlar, shuningdek ko‘rish qobiliyatiga ko‘ra I va II guruh nogironlari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) qahramon onalar, o‘n va undan ortiq bolalari bo‘lgan ayollar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
(4-moddaning 2-bandi “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Ulug‘ Vatan urushi yillarida Leningrad shahri qamal qilingan davrda shaharda 1941-yilning 8-sentabridan 1944-yilning 27-yanvarigacha ishlagan fuqarolar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) SSSRni himoya qilish yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini ijro etish chog‘ida yarador bo‘lganlik, kontuziya olganlik yoki jarohatlanganlik natijasida, yohud frontda, bo‘lganlik bilan bog‘liq kasalliklar natijasida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan sovet qo‘shinlarining cheklangan qismi tarkibida xizmatni o‘tagan harbiy xizmat yoshidagi harbiy xizmatchilar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) studentlar qurilish otryadlari shtablarining ishonch qog‘oziga asosan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlardan olingan daromadlar yuzasidan studentlar mehnat otryadlarining a’zolari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishga yuborilgan fuqarolar shu ishlarini bajarganlik uchun olinadigan daromadlar yuzasidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) Chernobil falokati oqibatida jafo chekkan fuqarolar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatida nurlanish kasalligi bilan og‘rigan va bunday kasallikni boshidan kechirgan fuqarolar, shuningdek nogironlikning kelib chiqish sababi Chernobil falokati bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan nogironlar, chunonchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chernobil atom elektr stansiyasida ajratib qo‘yilgan tegra doirasida falokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan shaxslar (yo‘llanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilganlar ham shular sirasiga kiradi) yoki stansiyani ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band bo‘lgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar idoralarining xizmatni ajratib qo‘yilgan tegrada o‘tagan (o‘tayotgan) rahbar va oddiy xodimlari jumlasidan bo‘lgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar — ofitserlar, praporshchiklar, michmanlar, SSSR Qurolli Kuchlarida, SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining qo‘shinlari va idoralarida, ichki qo‘shinlar va temir yo‘l qo‘shinlarida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda muddatdan tashqari xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, ayol harbiy xizmatchilar, haqiqiy muddatli xizmatni o‘tayotgan serjantlar va oddiy askarlar, shuningdek maxsus yig‘inlarga chaqirilgan va ajratib qo‘yilgan tegrada mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni o‘tashga majbur shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1986-yilda ajratib qo‘yilgan tegradan ko‘chirilgan (ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketgan), shuningdek 1986-yil 26-apreldan e’tiboran ko‘chirib yuborilgan tegrada hamda ko‘chirib yuborish huquqi saqlab qolingan tegrada yashab turgan (yashagan) shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1986-1987-yillarda ajratib qo‘yilgan tegrada Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashgan yoki shu davrda Chernobil atom elektr stansiyasini ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band bo‘lgan shaxslar (shu jumladan yo‘llanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilgan shaxslar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayerda joylashganligi va qanaqa ish bajarganligidan qat’i nazar, ushbu kichik bandning beshinchi xatboshisida sanab o‘tilgan harbiy xizmatchilar hamda maxsus yig‘inlarga chaqirilib, 1986-1987-yillarda mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni o‘tashga majbur shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar idoralarining 1986-1987-yillarda ajratib qo‘yilgan tegralarda xizmatni o‘tagan boshliqlari va oddiy askarlari jumlasidan bo‘lgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) qishloq joylarda yashaydigan, xo‘jaligi qishloq xo‘jalik solig‘i yoki yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan, 60 yoshga to‘lgan erkaklar yoki 55 yoshga to‘lgan ayollar — xoh yakka tartibda, xoh tadbirkorlar jamoasi tarkibida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar yuzasidan.
(4-moddaning 2-bandi “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 2-band bilan to‘ldirilgan va 1-bandning “j” — “t” kichik bandlari 2-bandning “a” — “m” kichik bandlariga o‘zgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soliq miqdori quyidagilarga kamaytiriladi:
(4-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 3-bandga o‘zgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan nogironlardan tashqari I va II guruh nogironlari, ular oladigan barcha daromadlari bo‘yicha soliqning 50 foiziga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) muddatidan ortiq xizmatdagi ofitserlar, praporshiklar, michmanlar va harbiy xizmatchilarga, shuningdek ichki ishlar organlarining oddiy xizmatchi va boshliqlari safidan bo‘lgan kishilar, SSSR Vazirlar Kabineti belgilaydigan tartib va miqdorda beriladigan maoshiga;
(4-moddaning 2-bandi “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 16 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolali yolg‘iz onalar — ular oladigan barcha daromadlar bo‘yicha soliqning 30 foiziga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 16 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolali hamda boquvchisidan marhum bo‘lganligi uchun pensiya olmayotgan ayol va erkak bevalar, ular oladigan daromadlar bo‘yicha soliqning 30 foiziga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) bolalikdan nogiron bo‘lib qolgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandini tarbiyalovchi ota-onadan biri, u oladigan barcha daromadlar bo‘yicha soliqning 30 foiziga.
(4-moddaning 3-bandi “g”, “d” va “e” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuniga muvofiq “v”, “g” va “d” kichik bandlariga o‘zgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fuqaro bir necha asosga ko‘ra soliq bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lsa, unga ana shu imtiyozlarning miqdor jihatdan ko‘proq yengillik beradiganidan foydalanish huquqi beriladi.
(4-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 4-bandga o‘zgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari ayrim soliq to‘lovchilarning moddiy ahvolini hisobga olib, ularni daromad solig‘idan ozod qilish, shuningdek, ayrim soliq to‘lovchilar uchun soliq miqdorini kamaytirish huquqiga egadirlar.
(4-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 5-bandga o‘zgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qonunning ushbu moddasida sanab o‘tilgan fuqarolarning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi hujjatlar bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi, bu hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(4-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 6-bandga o‘zgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi tegishli hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar ham daromad solig‘i to‘lashdan batamom ozod qilinadilar:
(4-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 7-bandga o‘zgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xorijiy davlat diplomatiya vakolatxonalarining diplomatlik va konsullik darajalariga ega bo‘lgan boshliqlari va a’zolari, ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmasalar, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining ma’muriy-texnikaviy xodimlari va ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmasalar yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan hamda diplomatiya va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mazkur vakolatxonalar xizmatchi xodimlari tarkibiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslar — o‘z xizmatlari yuzasidan olgan barcha daromadlari bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari xodimlarining u xizmatchilari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmasalar yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — o‘z xizmatlari yuzasidan olgan daromadlarning barcha turlari bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha.
(4-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 522-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ikki yoqlama soliq solishni bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi bo‘lgan kishilar chet elda oladigan daromadlar O‘zbekiston Respublikasida soliq solinadigan daromadlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida daromad solig‘ini to‘lovchi kishilar chet davlatlar qonunlariga muvofiq xorijda to‘lagan daromad soliqlari O‘zbekiston Respublikasida daromad solig‘ini to‘lash paytida hisobga olinadi. Bundan chet elda to‘lanadigan soliqlarning miqdori O‘zbekiston Respublikasida to‘lanadigan soliq miqdoridan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Xalqaro shartnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SSSRning xalqaro shartnomasi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida soliq solishga oid qoidalarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidasi qo‘llanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II BOB. FUQAROLAR OLADIGAN ISh HAQI, TO‘LOVLAR, MUKOFOTLAR VA BOShQA DAROMADLARGA SOLIQ SOLISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.01 (Кучини йукотган) Daromaddan soliq to‘lovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Soliq to‘lovchilar toifalari va soliq solinadigan obyektlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunning mazkur bobi qoidalariga muvofiq quyidagilar soliq to‘lashga jalb etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar — mulkchilik shakllari va mulk kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oladigan ish haqlari, mukofotlari va boshqa har qanday daromadlari summasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fuqarolar — tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlaridan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari bilan o‘z mehnatidan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) fuqarolar — fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik, nashr qildirganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik, shuningdek intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun mualliflik haqi summalaridan;
(7-moddaning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) fuqarolar — Qonunning ushbu moddasi “a — v” bandlarida sanab o‘tilmagan boshqa barcha daromadlaridan.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.03 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fuqarolarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari summasidan quyidagi miqdorda soliq undiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solinadigan yillik daromadning miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda)
Soliq summasi
eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobarigacha
daromad summasining15 foizi
eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan (+1 so‘m) 60 barobarigacha
eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan olinadigan soliq+24 barobaridan ortiq summaning 25 foizi
eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan (+1 so‘m) 120 barobarigacha
eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan olinadigan soliq+60 barobaridan ortiq summaning 35 foizi
eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobari (+1 so‘m) va undan ortig‘i
eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan olinadigan soliq+120 barobaridan ortiq summaning 40 foizi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga o‘ta zararli ishlab chiqarishda ishlaydigan alohida toifadagi fuqarolar uchun favqulodda hollarda 12 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda soliq solishning imtiyozli stavkalarini belgilash huquqi berilsin.
(8-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Asosiy ish joylarida ishchi va xizmatchilardan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan fuqarolar hamda fan, adabiyot va san’at xodimlaridan oladigan daromad soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan ushbu Qonunning 4-moddasi 1-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan tartibda soliq solinmaydigan ish haqining minimumi va boshqa daromadlar chiqarib tashlanadi.
(8-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Soliq solinadigan daromad tarkibiga qo‘shilmaydigan pullar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq solinadigan daromad tarkibiga qo‘shilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) amaldagi qonunlarga muvofiq ishdan bo‘shash vaqtida to‘lanadigan nafaqalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) SSSR va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan normalar doirasidagi kompensatsiya to‘lovlari, ishdan bo‘shash vaqtida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya bundan mustasnodir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bepul berib qo‘yiladigan uy-joy binolari va kommunal xizmatlar o‘rniga amaldagi qonunlarga muvofiq to‘lanadigan pul;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) SSSR Vazirlar Kabinetining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan natura holida beriladigan oziq-ovqat qiymati, shuningdek shu oziq-ovqat o‘rniga to‘lanadigan pul;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ijodiy faoliyat, tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishdan daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ana shu daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar turkumiga moddiy xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘la qayta tiklashga amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega bo‘lganlik uchun patent boji, huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik yig‘imlari va huquqlar uchun litsenziya to‘lovlari, fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning mehnatiga to‘lanadigan haq xarajatlari, davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar, majburiy mulk sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar, banklarning qisqa muddatli kreditlari uchun foiz to‘lovi (to‘lov muddati uzaytirilgan va kechiktirilgan foizlardan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlarining hamma turdagi remonti uchun qilinadigan xarajatlar qo‘shiladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Iqlim sharoitlari og‘ir bo‘lgan joylardagi ish uchun to‘lovlariga soliq solish miqdori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan joylardagi ish uchun SSSR va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan koeffitsiyentlar (rayon koeffitsiyentlari, baland tog‘, cho‘l va suvsiz rayonlardagi ish uchun koeffitsiyentlar) ish haqiga qo‘shib yoziladigan va to‘lanadigan puldan hamda mazkur joylardagi ish staji uchun qo‘shimcha haqdan 12 foiz stavka bo‘yicha soliq undirib olinadi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi 436-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 50-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Korxona va tashkilotlar tugatilgan paytda soliq solinadigan daromadni belgilash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning tugatiladigan korxona va tashkilotlardan oladigan jami daromadlariga, shu jumladan shu korxona va tashkilotlarning mol-mulki sotilishi munosabati bilan fuqarolarga to‘lanadigan daromadlar miqdoriga — shu daromadlar to‘lanadigan yildagi boshqa daromadlar (ish haqi) birga qo‘shilib, yillarga taqsimlamay soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, hisobot va to‘lash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Fuqarolarning asosiy ish joyidagi ish haqi va boshqa daromadlari summasidan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq kalendar yil boshidan e’tiboran har oy tugaganidan keyin ilgari ushlab qolingan soliq summasini ham hisobga olgan holda soliq solinadigan daromadlar yig‘indisi summalaridan hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil tugaganidan keyin fuqarolarning kalendar yildagi butun daromadini (to‘liq so‘mlarda) tashkil qiladigan summalarga asoslangan holda soliq qayta hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil davomida ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda soliq yangi (xizmat, o‘qish) joyida avvalgi va yangi ish joyida olingan yillik daromad yig‘indisiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi. Avvalgi ish joyida olingan daromadlar ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, hisobot va to‘lash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Asosiy ish joyidan boshqa yerda olingan ish haqidan va boshqa to‘lovlardan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fuqarolarning har qanday daromadlariga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlariga asosiy ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olayotgan daromadlari bilan bir vaqtda Qonunning ushbu moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq solinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib o‘tilgan daromadlardan soliq mazkur Qonunning 12 va 16-moddalarida belgilangan tartibda, tadbirkorlik faoliyatidan orttiriladigan daromadlaridan esa soliq mazkur Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda fuqarolarning daromadlaridan Qonunda belgilangan soliq solinmaydigan minimumning oylik miqdori summasi istisno qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yil davomida soliq solinadigan yillik jami daromadga asosan soliqni mustaqil ravishda hisoblab chiqarishlari va soliq solinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan daromad to‘lovchi manba tomonidan ushlab qolingan soliq summasi o‘rtasidagi farqni yilning har choragida kamida bir marta budjetga to‘lashlari mumkin. Kalendar yili tugaganidan keyin bu daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar fuqarolarning doimiy yashash joyidagi soliq organiga belgilangan tartibda taqdim etiladigan deklaratsiyaga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlarni to‘lagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolar har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechikmay o‘zlari turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan yili o‘zlari daromad to‘lagan shaxslarning doimiy yashash joyini ko‘rsatgan holda ularga to‘langan daromad summasi va ulardan undirilgan soliqlar summasi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadilar. Aytib o‘tilgan ma’lumotlar daromadlar olgan shaxslarning doimiy yashash joyidagi soliq organlariga yuboriladi. Soliq organlari fuqarolar bir yilda olgan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etganlarida ana shu ma’lumotlarni e’tiborga oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan fuqaroga mualliflik haqi to‘lash hamda fan, adabiyot va san’at asarlarini nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan o‘zga tarzda foydalanganlik uchun haq to‘lash, intellektual mulk obyektlarining mualliflarini taqdirlash, shuningdek yillik jami daromad bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish vaqtida hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar hisobga olinadi. Agar bu xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashning iloji bo‘lmasa, u holda bunday xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilagan tartibda hisobga olinadi.
(13-modda 2-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr etish, ijro etish yoki ulardan o‘zga tarzda foydalanish uchun shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda shu shartnoma hisobidan avans sifatida to‘lanadigan haq uzil-kesil hisob-kitob vaqtida qo‘shib hisoblanadi hamda soliq solish maqsadida shartnoma amal qilgan yil miqdoriga taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday shartnoma bo‘lmagan taqdirda, agar asarni yaratganlik yoki birinchi marta nashr etganlik uchun to‘lanadigan haq minimal oylik ish haqi miqdorining 12 barobaridan oshsa, bu summa to‘lovchining arizasi bo‘yicha 3 yilga taqsimlanadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, hisobot va to‘lash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Fuqarolar tomonidan yillik jami daromadni deklaratsiyada ifoda etish va yillik jami daromad bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Amalda olingan daromadlar va qilingan sarf-xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiya fuqarolar tomonidan o‘zlarining doimiy yashash joylaridagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechikmay taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq soliq to‘lagan fuqaro deklaratsiya taqdim etishdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti yil davomida ushbu Qonunning 15-moddasida aytib o‘tilgan daromad manbalari paydo bo‘lib qolgudek bo‘lsa, fuqarolar bunday manbalar paydo bo‘lgan kundan bir oy o‘tganidan keyin besh kunlik muddat ichida deklaratsiya topshiradilar. Deklaratsiyada birinchi oydagi faoliyat natijasida olgan daromadlarining miqdori va joriy yilning oxirigacha olinishi kutilayotgan daromad miqdori ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromad manbai joriy yilning oxiriga qadar to‘xtagan taqdirda u to‘xtagan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida deklaratsiya taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklaratsiya fuqarolar bir yil davomida olgan barcha daromadlarini, bu daromadlarning manbalari hamda hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliq summalarini ko‘rsatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 12, 13 va 15-moddalarida nazarda tutilgan soliq solinadigan daromadlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar deklaratsiyada alohida ifoda etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Soliq solinadigan yillik jami daromad bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi va yil davomida o‘tkazilgan soliq summalari o‘rtasidagi farq hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan kechikmay, yil davomida qayta hisoblab chiqilgan taqdirda esa soliq organiga deklaratsiya topshirilgan kundan e’tiboran ikki oylik muddat ichida fuqarolar tomonidan to‘lanishi yoki soliq organlari tomonidan fuqarolarga qaytarilishi lozim.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, hisobot va to‘lash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Boshqa daromadlardan soliqni hisoblab chiqish va uni to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qonunning ushbu moddasida ko‘rsatilgan tartibda tadbirkorlik, yakka tartibdagi va boshqa faoliyatning barcha turlari bilan shug‘ullanadigan fuqarolarga; chet elda yoki chet eldan daromad oladigan O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarga (mualliflik mukofotlari hamda ularning o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar summasi bundan mustasno); fuqarolarning ushbu Qonunning 12, 13 va 14-moddalarida ko‘rsatilmagan barcha boshqa daromadlariga soliq solinadi.
(15-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar o‘rtasidagi tafovut soliq undiriladigan daromad hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soliq tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining hamma turlaridan olinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni soliq to‘lovchining doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralari soladi, agar faoliyat boshqa joyda amalga oshirilsa, faoliyat amalga oshiriladigan joydagi soliq idoralari tomonidan soliq solinadi, lekin daromad va soliq miqdori to‘g‘risida soliq to‘lovchining doimiy istiqomat joydagi soliq idorasiga xabar qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadigan ro‘yxat bo‘yicha yakka tartibdagi faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning daromadlaridan daromad solig‘i mahalliy hokimiyat idoralari belgilab qo‘yadigan qat’iy miqdorlarda undiriladi.
(15-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 522-XII-sonli Qonuniga muvofiq xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonunning ushbu moddasida ko‘rsatilgan hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar to‘laydigan daromad solig‘i ushbu Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Har gal navbatdagi to‘lov chog‘ida soliq qayta hisob-kitob qilinadi, bunda joriy yilda ushbu to‘lov makoni bo‘yicha to‘langan umumiy summaga asoslaniladi.
(15-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Soliq quyidagi tartibda to‘lanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) soliq to‘lovchi har bir kvartalda oldingi yil daromadlariga qarab hisoblab chiqilgan yillik soliq miqdorining 25 foizini to‘laydi, soliq to‘lashga birinchi bor jalb etilgan to‘lovchilar esa soliq idoralari ularning joriy yildagi taxminiy daromadlaridan hisoblab chiqargan miqdorning 25 foizini to‘laydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil davomida soliq to‘lovchining daromadlari ancha ko‘paygan yoki kamaygan taqdirda soliq to‘lash muddati kelmagan davr uchun soliq miqdori qaytadan hisoblab chiqilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yil tugaganidan so‘ng soliqning yillik miqdori haqiqatda olingan daromaddan hisoblab chiqariladi va ana shu miqdori bilan yil davomida to‘langan summa o‘rtasidagi farq soliq to‘lovchidan kelgusi yilning 15-martidan kechiktirmay undirib olinadi yoki qaytarib beriladi, daromad manbai barham topgan taqdirda esa — 15 kun muddat ichida hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qonunning mazkur moddasida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilarga quyidagi asoslarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) soliq to‘lovchilarning yil davomida olgan haqiqiy daromadlari to‘g‘risidagi kelgusi yilning 15-yanvarigacha taqdim etiladigan deklaratsiya asosida soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil davomida daromad manbalari paydo bo‘lgan taqdirda fuqarolar daromad manbai paydo bo‘lgan kundan boshlab bir oy o‘tgach 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiradilar, unda faoliyatining birinchi oyidagi haqiqiy daromad miqdori va yil oxirigacha faraz etilgan daromad miqdori ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromad manbai bahram topgan taqdirda daromad manbai bahram topgan kundan boshlab 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) soliq idoralarining fuqarolar faoliyatini hamda soliq to‘lovchilarning daromadlari to‘g‘risidagi boshqa mavjud ma’lumotlarni tekshirishiga oid materiallar asosida soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Soliqlar 15-martgacha, 15-maygacha, 15-avgustgacha va 15-noyabrgacha bo‘lgan muddatlarda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oila a’zolaridan har birining hamda mehnat xo‘jaligini birgalikda olib boruvchi va umumiy ulushbay mulk asosida o‘z mol-mulkiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarning daromadlari ularning o‘zaro kelishuviga muvofiq aniqlanadi, bu haqda daromad to‘g‘risida soliq idorasiga taqdim etiladigan deklaratsiyada ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga haq to‘laydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘zlari joylashgan yerdagi soliq idoralariga fuqarolarga to‘lagan summalari haqida har oyda yozma ma’lumot berishlari shart. Bu ma’lumotlarni daromadlarni to‘lagan korxona, muassasa va tashkilot joylashgan yerdagi soliq idoralari soliqni to‘g‘ri va to‘la solish maqsadida hisobga olish uchun daromad oluvchilarning doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralariga yuboradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘z mehnatidan foydalanish haqida tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad solig‘i ana shu fuqarolarga ish haqi to‘lanayotgan paytda ushlab qolinadi. Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar bo‘yicha ushlab qolinadi.
(15-moddaning 10-bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq puli ushbu moddaning 7-bandida ko‘rsatilgan navbatdagi to‘lov muddati boshlanishi bilanoq o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151-modda. Daromad solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash tartibiga tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash tartibiga tuzatish kiritish huquqiga egadir.
(151-modda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, hisobot va to‘lash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan hisoblangan soliq miqdorini budjetga o‘tkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bank muassasalaridan fuqarolarga tegishli haq to‘lash uchun mablag‘ olish bilan bir vaqtda hisoblab yozilgan soliq miqdorini budjetga o‘tkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot sotishdan va xizmat ko‘rsatishdan tushgan puldan ish haqi to‘laydigan tashkilotlar soliqning hisoblab yozilgan miqdorini ish haqi to‘langan kunning ertasiga bank muassasasiga topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fuqarolarning maoshlaridan olinadigan soliqni korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘i hisobidan to‘lash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III-BOB. FUQAROLARNING DEHQON XO‘JALIGINI YuRITIShDAN OLGAN DAROMADLARIDAN SOLIQ UNDIRISh
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.01 (Кучини йукотган) Daromaddan soliq to‘lovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Soliq to‘lovchilarning toifalari va soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon xo‘jaligini yuritayotgan fuqaro yoki birgalikda dehqon xo‘jaligini yuritayotgan fuqarolar, ya’ni qishloq joylarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan band xo‘jalik Qonunning ushbu bobida ko‘rsatilgan tartibda va miqdorda soliq to‘laydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan harajatlar o‘rtasidagi farq soliq solinadigan daromad hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘la tiklash uchun ketadigan amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega bo‘lganlik uchun patent boji, huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik yig‘imlari va huquqlar uchun litsenziya to‘lovlari, o‘z mehnatlaridan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzgan fuqarolarning mehnatiga haq to‘lash uchun ketgan sarf-xarajatlar, davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar, mol-mulkni majburiy sug‘urta qilishga to‘lovlar, bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar uchun foizlar to‘lovi (to‘lov muddati o‘tib ketgan va kechiktirilgan qarzlar foizidan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlari remontining barcha turlariga doir xarajatlar daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibiga kiradi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, hisobot va to‘lash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolar mustaqil ravishda yil davomida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan yoki xizmat ko‘rsatishdan tushum olingan oydan keyin keladigan oyning 10-kuniga qadar budjetga oylik daromadning 10 foizi miqdorida soliq to‘lab boradilar. Soliq dehqon xo‘jaligi a’zolarining topshirig‘iga muvofiq ulardan biri tomonidan tushumning jami miqdori hisobidan to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yillik soliqning uzil-kesil miqdorini kelgusi yilning 1-martiga qadar taqdim etiladigan yil davomida olingan haqiqiy daromad haqidagi deklaratsiya asosida soliq idorasi belgilaydi. Bunda dehqon xo‘jaligi har bir a’zosining soliq solinadigan yillik daromadi miqdori ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq aniqlanib, bu haqda deklaratsiyada uqtirib o‘tiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqning kamini to‘lash, binobarin tegishli hollarda yil davomida ortiqcha to‘langan soliqni qaytarib berish kelgusi yilning 1-aprelidan kechiktirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Dehqon xo‘jaligida o‘z mehnatidan foydalanish haqida shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad solig‘i shartnoma tuzgan dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan ana shu fuqarolarga ish haqini to‘lash chog‘ida ushlab qolinadi. Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar bo‘yicha ushlab qolinadi. Soliqlarni budjetga o‘tkazish oylik tushumdan avans soliq to‘lashning navbatdagi muddati boshlangan paytda amalga oshiriladi.
(18-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.06 (Кучини йукотган) Norezidentlar va chet ellik jismoniy shaxslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV-BOB. AJNABIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARGA SOLIQ SOLIShNING XUSUSIYATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (quyida “ajnabiy jismoniy shaxslar” deb yuritiladi) soliq solinadigan daromadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining soliq solinadigan daromadiga bo‘lgani kabi tartibda aniqlanadi. Ajnabiy jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash chog‘ida unga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) SSSRda yashashi munosabati bilan to‘lanadigan qo‘shimcha haq miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bolalarni maktabda o‘qitish, ovqatlantirish, soliq to‘lovchilar oilasi a’zolarining otpuska vaqtidagi kira haqlari va shu kabi maqsadlardagi sarf-xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan pul miqdori ham kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ajnabiy jismoniy shaxsni yollovchining O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga o‘tkaziladigan pul miqdori;
(19-moddaning 2-bandi “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xizmat maqsadlari uchun uy-joy binosini ijaraga olish va avtomobil saqlab turish uchun xarajatlarni qoplashga to‘lanadigan pul miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xizmat safari xarajatlari miqdori kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Soliq solish miqdori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega ajnabiy jismoniy shaxslar deb qaraladiganlarning daromadlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xuddi shunday daromadlariga nisbatan ko‘zda tutilgan miqdorlarda daromad solig‘i solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy kompaniyalar egalarining daromadlariga ushbu Qonun 8-moddasining 1-bandida ko‘zda tutilgan miqdorlarda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Soliq solish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxslar ushbu moddada belgilab qo‘yilgan tartibda daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va ushbu Qonunning II-III-boblari bilan tartibga solinadigan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxslar tegishli boblarda belgilab qo‘yilgan tartibda daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Amalda olingan daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-martiga qadar ajnabiy jismoniy shaxs faoliyatini amalga oshiradigan yoki istiqomat qiladigan joydagi soliq idorasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxs joriy yildagi ko‘zda tutilayotgan daromadlari haqidagi deklaratsiyani O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kundan boshlab bir oy davomida taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajnabiy jismoniy shaxsning faoliyati kalendar yil davomida to‘xtagan va u O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketgan taqdirda amalda olingan daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya u jo‘nab ketishidan kamida bir oy oldin topshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ajnabiy jismoniy shaxslarning daromadlariga ularning daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida solinadigan daromad solig‘i O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchining faoliyati amalga oshiriladigan yoki yashaydigan joydagi soliq idorasi tomonidan hisoblab chiqiladi. Soliq idorasi to‘lovchiga yuboradigan to‘lov xabarnomasi soliq to‘lash uchun hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘zda tutilayotgan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lovchi uchun u to‘lashi lozim bo‘lgan soliqning avans miqdori uning soliq majburiyatlarining 75 foizi miqdorida hisoblab chiqiladi; soliq miqdorini qaytadan hisoblab chiqish haqiqiy daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy yil solig‘i baravar miqdorda uch bo‘lib — 15-maygacha, 15-avgustgacha va 15-noyabrgacha to‘lanadi. Hisobot yili uchun qayta hisoblab chiqilgan soliqqa qo‘shimcha to‘lov xabarnomasi yozilgan kundan boshlab bir oy davomida to‘lanadi. Soliqning ortiqcha to‘langan miqdori soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra unga qaytarib beriladi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zaro kelishuv asosida ajnabiy jismoniy shaxslardan daromad solig‘i undirish to‘xtalishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin, qachonki tegishli xorijiy davlatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan shunday tadbir amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu hol ana shu xorijiy davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandni qo‘llash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DOIMIY ISTIQOMAT JOYIGA EGA BO‘LMAGAN ShAXSLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MANBALARDAN OLADIGAN DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Soliq solish miqdorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlaridan (ushbu Qonun 7-moddasining “a” bandida ko‘rsatilgan daromadlardan tashqari) olinadigan soliq daromadni to‘lash manbaida 20 foiz stavka bo‘yicha ushlab qolinadi. Soliqning mazkur stavkasi ushbu Qonunning 6-moddasi va 21-moddasining 4-bandi qoidalarida boshqa hol ko‘zda tutilmagan bo‘lsa qo‘llanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 7-moddasining “a” bandida ko‘rsatilgan daromadlardan ularda keltirilgan stavkalar bo‘yicha soliq ushlab qolinadi.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI-BOB. UShBU QONUNGA RIOYa ETILIShINI TA’MINLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Qonunga muvofiq soliq solinadigan fuqarolar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) soliq idoralariga ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan shakllarda daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiya, deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tasdiqlovchi boshqa zarur hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etishi, shuningdek soliq solinadigan daromadlarni va ana shu daromadlarni olish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni hisobga olib borishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) soliq imtiyozlari huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishi, tegishli hollarda esa bunday hujjatlarni taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) soliq idoralari taqdim etgan soliq miqdorini budjetga o‘z vaqtida va to‘la miqdorda to‘lashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) daromad olish uchun foydalanilayotgan binolarga soliq idoralarining mansabdor shaxslarini kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishchilar va xizmatchilar ish haqidan olinadigan soliqlar miqdorini hamda to‘lov manbai soliq solinadigan boshqa daromadlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisoblab berish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim bo‘lib, o‘zlari fuqarolarga to‘lagan daromadlar haqidagi ma’lumotlarni soliq idoralariga o‘z vaqtida taqdim etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tashqi iqtisodiy bitimlar tuzish chog‘ida daromadni to‘laydigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ajnabiy jismoniy shaxslar o‘rniga soliq to‘lash xarajatlarini qoplash majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Soliqlar ushlab qolish va noto‘g‘ri ushlab qolingan soliqlarni qaytarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarning ish haqidan hamda fuqarolarning boshqa daromadlaridan o‘z vaqtida ushlab qolinmagan soliq miqdori ko‘pi bilan ikki yili uchun qaytarib berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlariga deklaratsiyaga muvofiq soliq solinadigan, soliq to‘lashga o‘z vaqtida jalb etilmagan yoki noto‘g‘ri soliq solingan fuqarolardan soliqni undirib olish yoxud ularga qaytarib berish soliqni noto‘g‘ri ushlash aniqlangunga qadar o‘tgan davrning ko‘pi bilan ikki yili uchun amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq to‘lovchining soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashi natijasida undirilmay qolgan soliq miqdori butun bo‘yin tovlash davri uchun undirib olinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Soliq solinadigan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmagan soliq to‘lovchilarga soliq idoralari oldingi hisobot yilida to‘langan soliqning 150 foizi miqdorida yoki soliq idorasi ega bo‘lgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumot asosida shartli ravishda hisoblab chiqilgan miqdorda soliq to‘lash to‘g‘risida to‘lov xabarnomasi yuboriladi. Mazkur hujjatlar taqdim etilgach va ular tekshirib ko‘rilgandan keyin soliq miqdori haqiqatdan olingan daromadga qarab to‘lanadigan soliqning 10 foizi ushlab qolinib, qaytadan hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini buzishda aybdor bo‘lgan yoki maxsus ravishda taqiqlab qo‘yilgan yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar, shuningdek, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoxud deklaratsiyaga noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritishda, soliq solish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning tegishli hisob-kitobi bo‘lmaganligida aybdor bo‘lgan fuqarolar soliq idoralarining rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Soliq solinishi lozim bo‘lgan amalda olingan daromadlarni yashirganlik (kamaytirib ko‘rsatganlik) uchun daromadning yashirilgan (kamaytirilgan) qismi miqdorida jarima solinadi, qonunni takroriy buzgan taqdirda esa ikki hissa miqdorida jarima solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin almashtiriladigan valyutada olingan daromadlarni yashirish daromad miqdorini SSSR Davlat bankining maxsus kursi bilan ikki hissa miqdorida qayta hisoblab chiqishga sabab bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ana shu pul soliq idoralarining mansabdor shaxslari protokol tuzgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida budjetga o‘tkaziladi. Ana shu pulni to‘lashdan bosh tortilgan taqdirda u muddatida to‘lanmagan soliqlarni va soliqdan tashqari to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risidagi Nizomda belgilab qo‘yilgan tartibda undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning daromad solig‘i miqdorini to‘la hajmda o‘z vaqtida ushlab qolmaganlik va budjetga o‘tkazmaganlikda, fuqarolarning daromadlarini yashirishda (kamaytirib ko‘rsatishda), buxgalteriya hisobotini olib bormaganlik yoki bunday hisobotni belgilangan tartibni buzgan holda olib borganlik, soliqni hisoblab chiqish va to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, umuman taqdim etmaganlik yoki belgilangan shaklda taqdim etmaganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslari soliq idoralarining rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Haq to‘lash manbaida undirilishi lozim bo‘lgan, o‘z vaqtida ushlab qolinmagan, to‘la ushlab qolinmagan yoki budjetga o‘tkazilmagan soliq miqdori fuqarolarga daromad to‘laydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan soliq idoralari tomonidan shak-shubhasiz undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Soliq to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun muddati o‘tgan har kun uchun to‘lanmagan miqdorning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.15.00.00 Davlat soliq xizmati idoralari aktlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Soliq idoralarining harakatlari ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mansabdor shaxslarning soliqni undirib olish chog‘ida yo‘l qo‘ygan harakatlari va farmoyishlari ustidan shikoyatlar ana shu shaxslar bevosita bo‘ysunadigan idoraga yoki qaysi idoraning farmoyishi bilan soliq undirilayotgan bo‘lsa, o‘sha idoraga topshiriladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ustidan tushgan shikoyatlar shikoyat tushgan paytdan boshlab 15 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va ular bo‘yicha qaror qabul qilinadi, fuqarolar ustidan tushgan shikoyatlar esa fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun belgilab qo‘yilgan muddatda ko‘rib chiqiladi va ular bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatlarga doir qarorlar ustidan bir oy muddat ichida yuqori turuvchi soliq idorasiga yoki xalq sudiga shikoyat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat topshirish soliq undirishni to‘xtata olmaydi. Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan idora shikoyat hal qilingunga qadar tegishli soliq miqdorini undirishni to‘xtatib turishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq idoralari mansabdor shaxslarning ma’muriy jazo belgilashlari bilan bog‘liq harakatlari ustidan shikoyat qilish O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Ushbu Qonunni qo‘llashga doir ko‘rsatmalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunni qo‘llashga doir ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 15-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 88-modda; 8-son, 191-modda; 1992-y., 1-son, 50-modda; 4-son, 168-modda; 9-son, 337-modda; 1993-y., 1-son, 20-modda; 1994-y., 1-son, 14-modda; 10-son, 254-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 12-son, 269-modda; 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda)