OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
QARORI
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari 11-sinflari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 473-sonli qaroriga muvofiq qaror qiladi:
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari 11-sinflari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga koʻra tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-aprel,
01-128/QQ-son
Xalq taʼlimi vaziri v.v.b. R. AHLIDDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-aprel,
16-son
Oliy va oʻrta maxsus Taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazi direktori Z. SATTAROV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-aprel,
14/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2008-yil 22-apreldagi 01-128/QQ, 16 va 14/QQ-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari 11-sinflari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 473-son hamda 2004-yil 24-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 293-son qarorlariga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari 11-sinflari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining (bundan keyin bitiruvchilar deb yuritiladi) umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish (bundan keyin monitoring deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Monitoring har yili vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan keyin DTM deb yuritiladi) Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamkorligida tashkil etiladi hamda oʻtkaziladi. Monitoring oʻtkazish muddati toʻgʻrisida taʼlimning tegishli hududiy organlari oldindan ogohlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. DTM direktorining buyrugʻi bilan monitoring oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (bundan keyin hudud deb yuritiladi) boʻyicha monitoring guruhlari tarkibi tasdiqlanadi.
§ 2. Monitoring oʻtkazish maqsadi va vazifalari
3. Monitoring oʻtkazishning asosiy maqsadi umumiy oʻrta, shuningdek, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini muntazam kuzatib borish orqali bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifatiga oid xolis maʼlumotlar toʻplash, ularni tahlil qilish hamda ular asosida xulosalar tayyorlab, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha qarorlar qabul qilishlari uchun taʼlimning boshqaruv organlarini axborot bilan taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Monitoring oʻtkazishning asosiy vazifalari:
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Davlat taʼlim standartlari talablari asosida bitiruvchilarning oʻquv rejadagi umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish darajasi va sifati toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, ularni tahlil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifatiga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish;
bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati koʻrsatkichlari orqali taʼlim berish holatini oʻrganish, tayyorlanayotgan kadrlar sifati boʻyicha xulosalar tayyorlash.
§ 3. Monitoring oʻtkazish tartibi
5. Monitoring Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Monitoring taʼlim muassasalarida har oʻquv yilining tugashi arafasida 15-apreldan 25-maygacha boʻlgan muddatda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv rejalarida belgilangan umumtaʼlim fanlari boʻyicha, taʼlim va tayyorlov yoʻnalishlarini hisobga olgan holda uchta fandan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Monitoring oʻtkazish jarayoni uchun nazorat turlari (test sinovlari, yozma ish va boshqalar) DTM tomonidan belgilanadi va xalq taʼlimi hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalariga monitoring boshlanishidan ikki hafta oldin maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Monitoring oʻtkazish jarayoniga guruh rahbari — DTM xodimi rahbarlik qiladi. DTMning viloyatlar boʻyicha vakillari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va xalq taʼlimi hududiy boshqarmalari vakillari monitoring oʻtkazishda bevosita ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Monitoring jarayoniga monitoring guruhi rahbarining taklifiga binoan DTM tomonidan belgilangan va vazirliklar bilan kelishilgan jamoatchi ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.
9. Monitoring oʻtkazish uchun taʼlim muassasalarini tanlab olish usuliga yondoshilib, bunda taʼlim muassasalari hududiy joylashuvi, taʼlim muassasalari turlari, ulardagi taʼlim tili, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tayyorlov yoʻnalishlari xususiyatlari eʼtiborga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Monitoring oʻtkazish uchun umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazi, tumanlari kesimida) ixtiyoriy (maktablardan 10 ta, akademik litseylardan 1 ta, kasb-hunar kollejlaridan yoʻnalishlar boʻyicha 7 ta) tanlanadi va monitoring natijalari tahlili asosida bitiruvchilarning taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati haqida xulosa chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Hududiy organlarda monitoring oʻtkazish uchun tumanlar qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qurʼa tashlash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda hudud markazi va tumanlardan 2 tasi tanlab olinadi.
ikkinchi bosqichda taʼlim muassasalari tanlanadi; bunda:
hudud markazida faoliyat koʻrsatayotgan maktablardan 4 tasi (2 ta oʻzbek, 1 ta rus va 1 ta fanlarni chuqurlashtirib oʻqitadigan maktablar), 1 ta akademik litsey va 1 ta kasb-hunar kolleji tanlab olinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tanlab olingan 2 ta tumanlardan alohida-alohida qurʼa tashlash yoʻli bilan har bir tumandan 3 tadan maktab (1 ta tuman markazi, 2 ta qishloq maktablari) va sohalar boʻyicha 3 tadan kasb-hunar kollejlari tanlab olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hududlarda tumanlar, taʼlim muassasalari va oʻquvchilar soniga qarab bu raqamlar oʻzgarishi mumkin.
13. Tanlangan kasb-hunar kollejlarida monitoring oʻtkazish uchun bir xil yoʻnalishlar tanlanadi.
14. Monitoring oʻtkazish jarayonida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejining tugallangan semestri boʻyicha bitiruvchilarning olgan baholari (maktablarda oʻquvchilarning 3-chorak yakunlari boʻyicha baholari) va taʼlim muassasasi toʻgʻrisida maʼlumotlar avvaldan DTMda tayyorlangan jadvallar asosida olinadi. Bitiruvchilar uchun nazorat (test sinovlari, yozma ish va boshqalar) ishlari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar orasida anketa-soʻrovlar oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Monitoring guruhi tomonidan taʼlim muassasasida bitiruvchi sinf (guruh) oʻquvchilarining oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga asosan oʻrtacha sinf (guruh — 1 ta yoki 2 ta) tanlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Monitoring jarayoni boshlangunga qadar taʼlim muassasasi rahbari, Xalq taʼlimi vazirligi yoki Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi vakillari bilan birgalikda monitoring oʻtkaziladigan joyni, auditoriyalar va ulardagi oʻrinlar sonini aniqlaydi, monitoring oʻtkazish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratadi. Oʻquvchilar barcha fanlardan test sinovlari va yozma ishlarni bajarishlari uchun hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi yoki taʼlim muassasasi muhri tushirilgan qoralama qogʻozlar va daftarlar bilan taʼminlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. DTMda tayyorlangan jadvallar (shakllar) taʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga toʻldirish uchun topshiriladi.
18. Bitiruvchilar test sinovlari yoki yozma ishni boshlashdan oldin, DTMda tayyorlangan soʻrov-anketalarini toʻldiradilar (soʻrovlar oʻtkazish muddati 10—15 minut);
19. Tanlangan sinf (guruh) bitiruvchilaridan oʻquv rejadagi umumtaʼlim fanlarining uchtasidan Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda nazorat ishi (test yoki yozma ish) oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Yozma ish oʻtkazish uchun:
auditoriya rahbari boshchiligida yozma ish variantlari oʻquvchilar yordamida tanlanadi va tarqatiladi hamda ularga tushuntirishlar beriladi (15 minut);
yozma ishlarni bajarish soat 1000 da boshlanadi. Doskaga yozma ishning boshlanish va tugash vaqti yoziladi;
barcha fanlar boʻyicha yozma ishlar uchun oʻquvchilarga 2 astronomik soat beriladi (har bir fan uchun 40 minutdan);
yozma ish topshiriqlari bajarilgandan soʻng, oʻquvchilarning ishlari auditoriya rahbari tomonidan har bir fan boʻyicha alohida-alohida yigʻib olinadi va barcha bitiruvchilar guvohligida alohida konvertga solinadi va muhrlanadi;
Yozma ish natijalari umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida joriy etilgan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Test sinovlarini oʻtkazish uchun:
muhrlangan qutilar auditoriya rahbari tomonidan ikki oʻquvchi ishtirokida ochiladi va oʻquvchilarga savollar kitobi, javoblar varagʻi tarqatiladi;
auditoriya rahbari tomonidan test sinovlarini bajarish, javoblar varagʻini toʻldirish boʻyicha tushuntirish ishlari olib boriladi (15 minut);
soat 1000 da bitiruvchilar uchun test sinovlari boshlanadi. Doskaga test sinovlarining boshlanish va tugash vaqti yoziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
barcha fanlar boʻyicha test sinovlarini bajarish uchun oʻquvchilarga ikki astronomik soat beriladi, javoblar varagʻini toʻldirish uchun 15 minut qoʻshimcha vaqt ajratiladi. Test sinovlariga ajratilgan vaqt tugayotganligi toʻgʻrisida auditoriya rahbari oʻquvchilarni ogohlantirib turadi;
Keyingi tahrirga qarang.
test sinoviga berilgan vaqt tugagandan soʻng, savollar kitobi, javoblar varagʻi auditoriya rahbari, kuzatuvchilar va barcha bitiruvchilar guvohligida sanaladi, maxsus konvertlarga solinadi va muhrlanadi.
Test natijalari toʻgʻri javoblar samaradorligi boʻyicha baholanadi.
21. Nazorat ishlari jarayonida bitiruvchilarning oʻzaro gaplashishi, savollar kitobi yoki javoblar varagʻini almashtirishlari, yordamchi vositalardan foydalanishlari taqiqlanadi.
22. Yozma ish va test sinovlari oʻtayotgan xonaga bitiruvchilar tomonidan qogʻoz, kitob, lugʻat va uyali telefonlar olib kirish man etiladi. Nazorat ishlari boshlangandan keyin auditoriyaga hech kim kiritilmaydi va nazorat ishlari tugamaguncha auditoriyadan hech kim chiqarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tartibni buzgan bitiruvchilarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, auditoriyadan chetlashtiriladi va natijalarni hisoblashda inobatga olinadi.
23. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari test sinovlari va yozma ishlar bajarilish jarayonida oʻquvchilar oldiga borishi va savollariga javob berishlari taqiqlanadi. Bitiruvchilar yozma ish yoki test sinovlarini bajarayotgan vaqtda tanlangan guruhlarning fan oʻqituvchilari ham bu jarayonda ishtirok etadilar, ular alohida xonada oʻqituvchilar uchun moʻljallangan soʻrov-anketalarini toʻldiradilar.
§ 4. Maʼlumotlarning tahlili
24. Taʼlim muassasalaridan olingan maʼlumotlar DTMda tahlil qilinadi.
25. Yozma ishlar, taʼlim muassasalaridan jalb etilgan ekspert-oʻqituvchilari tomonidan DTM xodimi kuzatuvi ostida Davlat test markazida tekshiriladi va natijalari tahlil qilinadi.
Yozma ishlar fanlar boʻyicha alohida tekshiriladi va baholanadi. Yozma ish natijalari qaydnomaga koʻchiriladi.
26. Monitoring jarayonida olingan maʼlumotlar, soʻrovnoma natijalari asosida bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati koʻrsatkichlari (fan qismlari, taʼlim turi va respublika boʻyicha) statistik usullar yordamida aniqlanadi hamda ularga taʼsir etuvchi omillar oʻrganiladi.
27. Maʼlumotlarning tahlili asosida Respublika umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.