OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-mayda 1804-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 473-sonli qaroriga muvofiq qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-aprel,
01-128/QQ-son
Xalq taʼlimi vaziri v.v.b. R. AHLIDDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-aprel,
16-son
Oliy va oʻrta maxsus Taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazi direktori Z. SATTAROV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-aprel,
14/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2008-yil 22-apreldagi 01-128/QQ, 16 va 14/QQ-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnoma
(yoʻriqnoma nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2004-yil 24-iyundagi 293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining (bundan buyon matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish (bundan buyon matnda monitoring deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
§ 1. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Monitoring har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda DTM deb yuritiladi) tomonidan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda tashkil etiladi hamda oʻtkaziladi. Monitoring oʻtkazish muddati toʻgʻrisida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari oldindan ogohlantiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
2. DTM direktorining buyrugʻi bilan monitoring oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (bundan keyin hudud deb yuritiladi) boʻyicha monitoring guruhlari tarkibi tasdiqlanadi.
§ 2. Monitoring oʻtkazish maqsadi va vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
3. Monitoring oʻtkazishning asosiy maqsadi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini muntazam kuzatib borish orqali bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifatiga oid xolis maʼlumotlar toʻplash, ularni tahlil qilish hamda ular asosida xulosalar tayyorlab, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha qarorlar qabul qilishi uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazini axborot bilan taʼminlash.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
4. Monitoring oʻtkazishning asosiy vazifalari:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Davlat taʼlim standartlari talablari asosida bitiruvchilarning oʻquv rejadagi umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish darajasi va sifati toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, ularni tahlil qilish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifatiga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish;
bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati koʻrsatkichlari orqali taʼlim berish holatini oʻrganish, tayyorlanayotgan kadrlar sifati boʻyicha xulosalar tayyorlash.
§ 3. Monitoring oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Monitoring Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Monitoring taʼlim muassasalarida har yili may-iyun oylarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv rejalarida belgilangan umumtaʼlim fanlari boʻyicha, taʼlim va tayyorlov yoʻnalishlarini hisobga olgan holda uchta fandan oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Monitoring oʻtkazish jarayoni uchun nazorat turlari (test sinovlari, yozma ish va boshqalar) DTM tomonidan belgilanadi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalariga monitoring boshlanishidan ikki hafta oldin maʼlum qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Monitoring oʻtkazish jarayoniga guruh rahbari — DTM xodimi rahbarlik qiladi. DTMning viloyatlar boʻyicha vakillari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari vakillari monitoring oʻtkazishda bevosita ishtirok etadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Monitoring jarayoniga monitoring guruhi rahbarining taklifiga binoan DTM tomonidan belgilangan va vazirliklar bilan kelishilgan jamoatchi ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Monitoring oʻtkazish uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tanlab olish usuliga yondoshilib, bunda taʼlim muassasalarining hududiy joylashuvi, taʼlim tili va tayyorlov yoʻnalishlari xususiyatlari eʼtiborga olinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Monitoring oʻtkazish uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazi, tumanlari kesimida) ixtiyoriy (akademik litseylardan 1 ta, kasb-hunar kollejlaridan yoʻnalishlar boʻyicha 7 ta) tanlanadi va monitoring natijalari tahlili asosida bitiruvchilarning taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati haqida xulosa chiqariladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Monitoring oʻtkaziladigan tumanlar va taʼlim muassasalari tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarida qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlab olinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
12. Qurʼa tashlash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda hudud markazi va tumanlardan 2 tasi tanlab olinadi.
ikkinchi bosqichda taʼlim muassasalari tanlanadi; bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
hudud markazida faoliyat koʻrsatayotgan 1 ta akademik litsey va 1 ta kasb-hunar kolleji tanlab olinadi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tanlab olingan 2 ta tumanlardan alohida-alohida qurʼa tashlash yoʻli bilan har bir tumandan sohalar boʻyicha 3 tadan kasb-hunar kollejlari tanlab olinadi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Hududlarda tumanlar, taʼlim muassasalari va oʻquvchilar soniga qarab bu raqamlar oʻzgarishi mumkin.
13. Tanlangan kasb-hunar kollejlarida monitoring oʻtkazish uchun bir xil yoʻnalishlar tanlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Monitoring oʻtkazish jarayonida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejining tugallangan semestri boʻyicha bitiruvchilarning olgan baholari va taʼlim muassasasi toʻgʻrisida maʼlumotlar avvaldan DTMda tayyorlangan jadvallar asosida olinadi. Bitiruvchilar uchun nazorat (test sinovlari, yozma ish va boshqalar) ishlari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar orasida anketa-soʻrovlar oʻtkaziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Monitoring guruhi tomonidan taʼlim muassasasida oʻzlashtirish koʻrsatkichi oʻrtacha boʻlgan 1 ta bitiruvchi guruh tanlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Monitoring jarayoni boshlangunga qadar taʼlim muassasasi rahbari Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi vakillari bilan birgalikda monitoring oʻtkaziladigan joyni, auditoriyalar va ulardagi oʻrinlar sonini aniqlaydi, monitoring oʻtkazish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratadi. Oʻquvchilar barcha fanlardan test sinovlari va yozma ishlarni bajarishlari uchun hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi yoki taʼlim muassasasi muhri tushirilgan qoralama qogʻozlar va daftarlar bilan taʼminlanadilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
17. DTMda tayyorlangan jadvallar (shakllar) taʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga toʻldirish uchun topshiriladi.
18. Bitiruvchilar test sinovlari yoki yozma ishni boshlashdan oldin, DTMda tayyorlangan soʻrov-anketalarini toʻldiradilar (soʻrovlar oʻtkazish muddati 10—15 minut);
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tanlangan guruh bitiruvchilaridan oʻquv rejadagi umumtaʼlim fanlarining uchtasidan Davlat test markazi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda nazorat ishi (test yoki yozma ish) oʻtkazadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
20. Yozma ish oʻtkazish uchun:
auditoriya rahbari boshchiligida yozma ish variantlari oʻquvchilar yordamida tanlanadi va tarqatiladi hamda ularga tushuntirishlar beriladi (15 minut);
yozma ishlarni bajarish soat 1000 da boshlanadi. Doskaga yozma ishning boshlanish va tugash vaqti yoziladi;
barcha fanlar boʻyicha yozma ishlar uchun oʻquvchilarga 2 astronomik soat beriladi (har bir fan uchun 40 minutdan);
yozma ish topshiriqlari bajarilgandan soʻng, oʻquvchilarning ishlari auditoriya rahbari tomonidan har bir fan boʻyicha alohida-alohida yigʻib olinadi va barcha bitiruvchilar guvohligida alohida konvertga solinadi va muhrlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Yozma ish natijalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida joriy etilgan baholash mezonlari asosida baholanadi.
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Test sinovlarini oʻtkazish uchun:
muhrlangan qutilar auditoriya rahbari tomonidan ikki oʻquvchi ishtirokida ochiladi va oʻquvchilarga savollar kitobi, javoblar varagʻi tarqatiladi;
auditoriya rahbari tomonidan test sinovlarini bajarish, javoblar varagʻini toʻldirish boʻyicha tushuntirish ishlari olib boriladi (15 minut);
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlari soat 9.00 da (2-smenada soat 14-00 da) boshlanadi. Doskaga test sinovlarining boshlanish va tugash vaqti yoziladi;
(20-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va geografiya fanlarining 1 ta savoliga 3 minut, qolgan fanlardan 1 ta savolga 2 minut vaqt beriladi, javoblar varagʻini toʻldirish uchun 15 minut qoʻshimcha vaqt ajratiladi. Test sinovlariga ajratilgan vaqt tugayotganligi toʻgʻrisida auditoriya rahbari oʻquvchilarni ogohlantirib turadi;
(20-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
test sinoviga berilgan vaqt tugagandan soʻng, savollar kitobi, javoblar varagʻi auditoriya rahbari, kuzatuvchilar va barcha bitiruvchilar guvohligida sanaladi, maxsus konvertlarga solinadi va muhrlanadi.
Test natijalari toʻgʻri javoblar samaradorligi boʻyicha baholanadi.
21. Nazorat ishlari jarayonida bitiruvchilarning oʻzaro gaplashishi, savollar kitobi yoki javoblar varagʻini almashtirishlari, yordamchi vositalardan foydalanishlari taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yozma ish va test sinovlari oʻtayotgan xonaga bitiruvchilar tomonidan qogʻoz, kitob, lugʻat va uyali telefonlar olib kirish man etiladi. Nazorat ishlari boshlangandan keyin auditoriyaga hech kim kiritilmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
Tartibni buzgan bitiruvchilarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, auditoriyadan chetlashtiriladi va natijalarni hisoblashda inobatga olinadi.
23. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari test sinovlari va yozma ishlar bajarilish jarayonida oʻquvchilar oldiga borishi va savollariga javob berishlari taqiqlanadi. Bitiruvchilar yozma ish yoki test sinovlarini bajarayotgan vaqtda tanlangan guruhlarning fan oʻqituvchilari ham bu jarayonda ishtirok etadilar, ular alohida xonada oʻqituvchilar uchun moʻljallangan soʻrov-anketalarini toʻldiradilar.
§ 4. Maʼlumotlarning tahlili
24. Taʼlim muassasalaridan olingan maʼlumotlar DTMda tahlil qilinadi.
25. Yozma ishlar, taʼlim muassasalaridan jalb etilgan ekspert-oʻqituvchilari tomonidan DTM xodimi kuzatuvi ostida Davlat test markazida tekshiriladi va natijalari tahlil qilinadi.
Yozma ishlar fanlar boʻyicha alohida tekshiriladi va baholanadi. Yozma ish natijalari qaydnomaga koʻchiriladi.
26. Monitoring jarayonida olingan maʼlumotlar, soʻrovnoma natijalari asosida bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati koʻrsatkichlari (fan qismlari, taʼlim turi va respublika boʻyicha) statistik usullar yordamida aniqlanadi hamda ularga taʼsir etuvchi omillar oʻrganiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Maʼlumotlarning tahlili asosida Respublika oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2015-yil 24-iyundagi 36/QQ, 17-mh va 29-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1804-1, 30.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 347-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 167-modda; 2015-y., 26-son, 347-modda)