03.04.2008 yildagi 61-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIBBIY FAOLIYATNI LITSENZIYALASH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq hamda tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 48-son, 447-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalar litsenziatlar ushbu qarorda belgilangan yangi litsenziya talablari va shartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda ushbu qaror chiqqan kundan boshlab 5 yil mobaynida amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar qat’iy ravishda ushbu qarorga muvofiq berilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari berilgan litsenziya egalarining ushbu qarorda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini uch oy muddatda ko‘rib chiqsin hamda egalari mazkur talablar va shartlarga javob bermaydigan litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi apparatini hamda sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlaridagi tegishli bo‘linmalarni yuqori malakali va tajribali mutaxassislar bilan butlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali litsenziya talablari va shartlari, shu jumladan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablar, shuningdek litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan, to‘xtatilgan yoxud litsenziyasi bekor qilingan litsenziatlar to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 3-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 48-son, 447-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy faoliyatni litsenziyalash ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalar talabgorlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini chuqur o‘rganib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlar tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘llanishga ruxsat etilgan profilaktika, diagnostika va davolash vositalariga muvofiqligini nazorat qilish;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monitoring olib borish davomida va tekshirishlar natijalari bo‘yicha olingan litsenziatlarning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi, litsenziatlarning tibbiy xizmatlari sifati haqidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatiga litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoxud litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar tomonidan tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertlar guruhini shakllantiradi, litsenziyalar talabgorlari tomonidan tibbiy faoliyatni amalga oshirish sharoitlarining dastlabki, zarurat bo‘lganda esa qo‘shimcha ekspertizasini tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z vakolatlari doirasida litsenziyalar talabgorlariga zarur axborotlarni taqdim etadi, ularga konsultativ-metodik yordam ko‘rsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalar blankalarini rasmiylashtiradi, litsenziya talabgorlarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan litsenziyalar berish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar to‘g‘risida xabardor qiladi, litsenziya bitimlarini rasmiylashtiradi, litsenziatlarga litsenziyalar beradi, litsenziyalarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiradi yoki ularning dublikatlarini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlardan iborat bo‘lgan reyestrni va markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan litsenziatlarning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishlarini tekshirishlarda (nazorat tartibidagi tekshirishlarda) belgilangan tartibda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining, shuningdek ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablarning buzilishi hollari aniqlangan hollarda bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan tartibda tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoxud litsenziyalarni bekor qilish haqida taqdimnoma taqdim etgan holda qaror qabul qilish yoki sudga murojaat qilish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
(5-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy faoliyatni litsenziyalash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlar tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning sifati to‘g‘risida monitoring o‘tkazish davomida va tekshirishlar natijalari bo‘yicha olingan axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda diagnostika va davolash standartlarini, klinik protokollar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda tibbiy amaliyotga joriy qilishda qatnashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan quyidagi yo‘llar bilan doimiy monitoringni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi o‘rtasida, shu jumladan savolnoma-anketalardan foydalangan holda so‘rovlar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini belgilangan tartibda qabul qilish va ularning murojaatlarini o‘rganish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparatida va sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlarida o‘rnatilgan “ishonch telefonlari” orqali axborotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan litsenziatlar faoliyatini tekshirishlar yakunlari bo‘yicha tushadigan axborotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joyning o‘zida, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatga aralashmasdan, litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishning holati va shart-sharoitlari bilan tanishish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-sonli qaroriga muvofiq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 48-son, 447-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlardan tekshirishlar o‘tkazish chog‘ida zarur hujjatlarni va tekshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotlarni so‘rash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlarga aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, bunday qoida buzishlarni bartaraf etish zarur bo‘lgan muddatlarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa nazorat qiluvchi organlardan ular tomonidan o‘tkazilgan litsenziatlar faoliyatini tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi ular tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati masalalariga taalluqli axborotlarni so‘rash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatiga tibbiy faoliyatni litsenziyalash, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tibbiy xizmatlar sifatiga rioya qilinishini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va to‘liqligi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi oliy tibbiy, farmatsevtika va yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga bo‘ysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lmagan taqdirda uning funksiyasini boshliqning o‘rinbosari bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, boshqarma ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning to‘liqligi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, bo‘limlar xodimlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, har bir xodimning aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga boshqarma xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlarini rag‘batlantirish yoki ularni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va vazirlik rahbariyatiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirini Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi quyidagi ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy faoliyatni litsenziyalash bo‘limi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish bo‘limi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 48-son, 447-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlari Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlari o‘z faoliyatini boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarga muvofiq amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlarida litsenziatlar tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati ustidan nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalarining tibbiyot xizmatlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassislar (keyingi o‘rinlarda bosh mutaxassislar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh mutaxassislar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlarini, shuningdek bosh mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori) 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilova 28-bandining “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilova 50-bandining “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 18-maydagi 104-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 30-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 102-modda; 2010-y., 48-son, 447-modda; 2012-y., 13-son, 146-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)