02.10.2007 yildagi PQ-700-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli Farmoniga muvofiq hamda tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3052-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3052-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshida sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi doimiy faoliyatdagi komissiya 8-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar attestatsiya komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash tizimining rahbar xodimlarini har yili attestatsiyadan oʻtkazib turish, jumladan, ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosibligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda attestatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni, attestatsiyadan oʻtkazish tartibini, shuningdek attestatsiyadan oʻtkaziladigan sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarining lavozimlari roʻyxatini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat diagnostika markazi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, shuningdek qishloq vrachlik punkti toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot muassasalarida qon, uning komponentlari va preparatlarini tayyorlash, saqlash va xavfsizlik standartlariga hamda aholiga gematologik yordam koʻrsatish standartlariga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yilning 1-yanvaridan boshlab qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tibbiy muolajalarni koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan buyum hamda asboblar roʻyxatini tasdiqlagan holda bir marotabalik tibbiy buyum va asboblardan foydalanishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008—2010-yillarda gematologiya va qon quyish institutini, qon quyish stansiyalarini, OITS markazlarini zamonaviy laboratoriya va boshqa jihozlar bilan budjet mablagʻlari hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari grantlarini jalb etish hisobidan mukammal taʼmirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, xususiy tibbiyot muassasalari quyidagi majburiy talablar va shartlarni bajargan taqdirda aholiga xizmat koʻrsatish huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot muassasasi davolash faoliyatini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga binoan muayyan turdagi ixtisos yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diagnostika va davolash asbob-uskunalaridan iborat zamonaviy moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassasa shtatida turgan, tegishli ixtisos yoʻnalishi boʻyicha malaka toifasiga ega boʻlgan yuqori malakali vrach mutaxassislar diagnostika va davolash faoliyatini mustaqil ravishda olib borishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot muassasasi faoliyatini faqatgina davolash jarayoni standartlariga javob beradigan bino va xonalarda tashkil etishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining litsenziya berish va nodavlat muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning sifatini nazorat qilish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, tibbiyot faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin va bunda Sogʻliqni saqlash vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishning alohida reglamenti nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda yangi tashkil etilayotgan tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, jumladan, viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari, shuningdek, tibbiy diagnostika markazlarida kompleks inventarizatsiya oʻtkazsin va ularning moddiy-texnik bazasi holatini baholasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari boʻyicha 2008—2012-yillarda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot va diagnostika markazlari, tuman tibbiyot birlashmalari hamda sanitariya-epidemiologiya xizmatlarini bosqichma-bosqich mukammal taʼmirlash va zamonaviy diagnostika hamda davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) Dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ushbu maqsadlar uchun xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda qarzlarini jalb etish nazarda tutilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etilayotgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat tibbiyot diagnostika markazlari, koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari binolarini rekonstruksiya qilish, ularning boʻlinmalarini bemorlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash texnologiyalariga muvofiq maqbul tarzda joylashtirgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 2008 — 2012-yillardagi Investitsiya dasturlariga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi qoshida, mavjud maydonlardan, Markazning ishlab chiqarish-texnika va kadrlar salohiyatidan foydalangan holda, kardioxirurgiya boʻlimini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini uzoq muddat ijaraga beradigan, ustav kapitalini shakllantirish manbalari belgilangan ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-yanvardagi F-2658-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruhning sogʻliqni saqlash tarmogʻini va shifoxonalardagi oʻrinlar sonini, shu jumladan kam quvvatli tibbiyot muassasalarini tugatish yoki tegishli shifoxonalarning boʻlimlariga aylantirish hisobiga maqbullashtirish toʻgʻrisidagi taklifi 9-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klinik ordinatura orqali shifokor xodimlar malakasini oshirish va kasb mahoratini takomillashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot muassasalarining bosh shifokorlari va ularning oʻrinbosarlarini tibbiyot muassasalari menejmenti boʻyicha qisqa muddatli maxsus kurslarda oʻqitishni nazarda tutuvchi tibbiyot kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-yanvardagi 18-sonli qarorining 1-bandi, 1 va 7-ilovalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarorining 2-ilovasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 2-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-700-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga
8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshida attestatsiyadan oʻtkazuvchi doimiy faoliyatdagi komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

F.G. Nazirov

sogʻliqni saqlash vaziri, Komissiya raisi

N.U. Sharapov

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

A.I. Kamilov

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

B.B. Alimuxamedov

mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari

J.A. Qoʻchqorov

moliya vaziri oʻrinbosari

R.M. Shoabdurahmonov

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

R.D. Qurbonov

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya tibbiyot markazi direktori

O.M. Islamova

Sogʻliqni saqlash vazirligi nazorat inspeksiyaning boshligʻi

Sh.X. Xashimov

Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika yordamini tashkil etish Bosh boshqarmasi boshligʻi

K.T. Yadgarova

Sogʻliqni saqlash vazirligining onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi

N.V. Sharipova

Sogʻliqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasining sanitariya-gigiyena boʻlimi boshligʻi

M.N. Akbarov

professor, Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya tibbiyot markazi boʻlinmasi mudiri, Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh jarrohi

S.P. Abdullayev

professor, Toshkent tibbiyot akademiyasi boʻlinmasi mudiri, Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh terapevti

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga
9-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatilayotgan yoki tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonalari boʻlinmalariga aylantirilayotgan kam quvvatli tibbiyot muassasalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

T/r

Muassasalarning nomlanishi

Joylashgan joyi

Izoh

1.

Chimboy tumani silga qarshi dispanseri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy shahri

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

2.

Chimboy tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy shahri

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

3.

“Qilichboy” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

4.

“Oʻzbekiston” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

5.

“Qipchoq” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

6.

“Shege” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Moʻynoq tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

7.

Qoʻngʻirot tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

8.

“Jalpok yab” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

9.

“Vodnik” shahar kasalxonasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xoʻjayli tumani

ambulatoriya — QVP ga, kasalxona — tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

10.

Xoʻjayli tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xoʻjayli tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

11.

“A. Durdiyev” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

12.

“Miskin” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

13.

“Tazo bogʻ” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

14.

Baliqchi tumani silga qarshi dispanseri

Andijon viloyati, Baliqchi tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

15.

Baliqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Andijon viloyati, Baliqchi tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

16.

Gʻijduvon tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Buxoro viloyati, Gʻijduvon shahri

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

17.

Shofirkon tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Buxoro viloyati, Shofirkon shahri

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

18.

“Qizilravat” qishloq kasalxonasi

Buxoro viloyati, Romitan tumani

tugatiladi

19.

“Kovchin” reabilitatsiya shifoxonasi

Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor shahri

tugatiladi

20.

Uchquduq tumani silga qarshi dispanseri

Navoiy viloyati, Uchquduq tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

21.

Xatirchi tumani Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi

Navoiy viloyati, Xatirchi tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

22.

Tugʻruq kompleksi, Guliston shahri

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

23.

Viloyat kirxonasi

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri

tugatiladi

24.

Boyovut tumani silga qarshi dispanseri

Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

25.

Oltinsoy tumani 1-son shifoxonasi

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

26.

Oltinsoy tumani “Vaxshivor” qishloq kasalxonasi

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

27.

Jarqoʻrgʻon tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

28.

Uzun tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Surxondaryo viloyati, Uzun tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

29.

Shoʻrchi tumani “Tolli” 1-son shifoxonasi

Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

30.

Olmaliq shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Toshkent viloyati, Olmaliq shahri

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

31.

Angren shahar psixonevrologiya dispanseri

Toshkent viloyati, Angren shahri

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

32.

Chirchiq shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Toshkent viloyati, Chirchiq shahri

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

33.

Piskent tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Toshkent viloyati, Piskent tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

34.

Margʻilon shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

35.

Oltiariq tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

36.

Bogʻdod tumani silga qarshi dispanseri

Fargʻona viloyati, Bogʻdod tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

37.

Dangʻara tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

38.

Soʻx tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Fargʻona viloyati, Soʻx tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

39.

Furqat tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Fargʻona viloyati, Furqat tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

40.

Fargʻona tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

41.

XOSPIS kasalxonasi

Xorazm viloyati, Urganch tumani

tuman markaziy koʻp tarmoqli shifoxonasi boʻlinmasiga aylantiriladi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 40-son, 413-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 6-son, 223-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 29-son, 356-modda; 2016-y., 9-son, 86-modda)