Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2016 03.01.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1756
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2016
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MOLIYAVIY HISOBOTLAR VA SOLIQ HISOB-KITOBLARINI ALMAShTIRILADIGAN MAGNIT (ELEKTRON, OPTIK) MANBALARDA YoKI ALOQANING TELEKOMMUNIKATSIYA KANALLARI VOSITASIDA TAQDIM ETIShNING TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 3-yanvarda 1756-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-sonli “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2808, 12.07.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi “Soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 157-son qaroriga muvofiq qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 18-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-65-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasining
2007-yil 18-dekabrdagi 2007-65-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINChALIK NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23-24-son, 168-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi “Soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 157-son qaroriga muvofiq moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini (bundan buyon matnda elektron koʻrinishdagi soliq hisoboti deb yuritiladi) almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishni tashkil etishning umumiy tamoyillarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Vaqtinchalik nizomni amalda qoʻllash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron raqamli imzo (ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERI yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ERI yopiq kaliti egasi — elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qoʻygan) va roʻyxatga olish markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni kriptografik muhofaza qilish — kriptografik almashtirish algoritmlari yordamida amalga oshiriladigan axborotning toʻla-toʻkisligi, qulayligi va maxfiyligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ERI kalitining sertifikati (imzo kaliti sertifikati) — elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga Roʻyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari (AKMV) — axborot xavfsizligini taʼminlash uchun uni kriptografik almashtirishni amalga oshiruvchi apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ERI vositalari — elektron hujjatda ERI yaratilishini, ERIning haqiqiyligi tasdiqlanishini, ERIning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini taʼminlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ERI kalitlarini roʻyxatga olish markazi (bundan buyon matnda Roʻyxatga olish markazi deb yuritiladi) — maxsus vakolatli organda davlat roʻyxatidan oʻtgan va qonunchilikda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan yuridik shaxsdir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchi — soliq hisobotini joʻnatuvchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq hisobotini qabul qiluvchi va ularga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlari — soliq hisobotini qabul qiluvchi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etish soliq toʻlovchining xohishiga koʻra va unda zarur apparat vositalari, shuningdek mos keladigan dasturiy taʼminot mavjud boʻlganda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etmaydigan soliq toʻlovchilar uchun soliq hisobotini qogʻozda taqdim etish tartibi saqlanib qoladi. Bunda soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etayotgan soliq toʻlovchi, soliq organlariga ushbu hisobotining nushasini qogʻozda taqdim etmasdan, keyingi nazorat uchun qogʻozdagi nusxalarini tayyorlashi va oʻzida tikib qoʻyishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qogʻoz koʻrinishdagi soliq hisobotlariga imzo chekuvchi vakolatli shaxs, elektron koʻrinishdagi soliq hisobotlariga ham imzo chekish vakolatiga ega boʻlib, shu shaxs ERI kalitining egasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli shaxs tomonidan imzo chekilmagan elektron koʻrinishdagi soliq hisobotlari qabul qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etishda apparat vositalar, shuningdek unga mos dasturiy taʼminot:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organiga joʻnatish uchun soliq hisobotini elektron koʻrinishda shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan foydalangan holda soliq hisobotini elektron koʻrinishda joʻnatishda shifrlash va qabul qilib olishda shifrdan echish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni uzatishda elektron raqamli imzoni shakllantirish va uni qabul qilib olishda elektron raqamli imzo vositalari yordamida tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron koʻrinishdagi soliq hisobotini magnit (elektron, optik) manbalarda hamda telekommunikatsiya kanallari orqali joʻnatish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etishga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq hisobotining majburiy rekvizitlari mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron koʻrinishdagi soliq hisobotlarida elektron raqamli imzo mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq hisobotidagi maʼlumotlarda xatoliklar mavjud boʻlmaganda ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Elektron koʻrinishdagi soliq hisobotdagi axborotlarni muhofaza qilish maqsadida, axborotni uzatishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini qoʻllaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Soliq toʻlovchilar soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etganda davlat soliq xizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari soliq hisobotini avtomatik tarzda qabul qilinishini yoki soliq hisoboti notoʻgʻri tuzilganligi yoki unda xatoliklar mavjudligi sababli qaytarilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisobotining notoʻgʻri tuzilganligi yoki unda xatoliklar mavjudligi sababli qaytarilgan holatda soliq organlari soliq toʻlovchiga bu haqda elektron koʻrinishda xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur vaqtinchalik nizomda koʻzda tutilgan tartibda soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etganda, soliq toʻlovchi va davlat soliq xizmati organlari qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda elektron koʻrinishda saqlanishini taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Soliq hisobotini elektron koʻrinishda saqlash vaqtida elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan soliq hisobotining qogʻoz nusxalarini berish va ulardan foydalana olish imkoniyatlari koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Soliq hisobotining elektron koʻrinishda saqlanish muddatlari, qogʻozdagi hisobotlar uchun oʻrnatilgan muddatlardan kam boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining soliq hisobotini taqdim etishdagi oʻzaro munosabatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Soliq toʻlovchi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq hisobotini elektron koʻrinishda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Elektron koʻrinishdagi soliq hisobotini qabul qilib olish vaqtida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining dasturiy-apparat vositalari mazkur hisobotni qabul qilib olganligi toʻgʻrisida, qabul qilib olingan sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda, avtomatik tarzda tasdiqlanishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda taqdim etilgan holatda, soliq organlari soliq hisobotini qabul qilib olganligini tasdiqlovchi hujjatni qogʻozda taqdim etishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Elektron koʻrinishdagi soliq hisoboti, agar u bevosita soliq toʻlovchi tomonidan joʻnatilgan boʻlsa, joʻnatilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Elektron koʻrinishdagi soliq hisoboti joʻnatuvchisining elektron manzilidan joʻnatish sanasi va vaqti soliq qabul qilib oluvchisining elektron manzilidan qabul olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma kelganda soliq hisobotini taqdim etish sanasi va vaqti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Elektron koʻrinishdagi soliq hisobotini qabul qilib oluvchisining elektron manziliga soliq hisoboti kelib tushgan sana va vaqt elektron koʻrinishdagi soliq hisoboti qabul qilib olingan sana va vaqt hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Elektron koʻrinishdagi soliq hisobotini joʻnatish va qabul qilib olish sanasi va vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining dasturiy-apparat vositalari orqali avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron koʻrinishdagi soliq hisoboti almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda taqdim etilgan holatda, soliq hisobotini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbadan qabul qilib oluvchining elektron manziliga oʻtkazish sanasi va vaqti soliq hisobotini qabul qilib olish sanasi va vaqti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Soliq hisobotini joʻnatishda axborotni kriptografik muhofaza qilish vositasi va elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Elektron raqamli imzo vositalari va axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini tarqatish va hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda, Roʻyxatga olish markazi litsenziyasiga amal qilish shartlariga hamda elektron raqamli imzo vositalari va axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar texnik hujjatlari talablaridan kelib chiqib, Roʻyxatga olish markazi yoki uning joylardagi hamkorlari (agentlari) tomonidan tashkil etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 18-martdagi 2013-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1756-1, 01.04.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 186-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini olish, uzatish va foydalanishga faqat elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining egasiga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etuvchi soliq toʻlovchi soliq hisobotidagi maʼlumotlarning oʻz vaqtida, toʻla va ishonchli taqdim etilishiga javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Soliq hisobotini qabul qiluvchi va unga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari keyingi foydalanish uchun qabul qilinib olinayotgan axborotga oʻz vaqtida ishlov berilishiga shaxsan javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 17-dekabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 17-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 3-modda; 2013-y., 14-son, 186-modda)