Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.08.2006 yildagi 157-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOLIQ TO‘LOVChILARGA AXBOROT XIZMATI KO‘RSATISh VA DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARINING AXBOROT TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq xizmati organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda soliq to‘lovchilarga axborot xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblar taqdim etishda elektron hujjat aylanishini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda davlat soliq xizmati organlariga moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblarni taqdim etish amaliyoti joriy etilishiga ko‘maklashadigan zarur normativ-huquqiy baza yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2006—2010-yillarda soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2006—2010-yillarda soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishiga doir ishlar tashkil etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 4-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
157-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 4-avgustdagi 157-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006—2010-yillarda soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ Tadbirlar nomi‎‎ Bajarish muddatlari‎‎ Amalga oshirish shakli‎‎ Mas’ul bajaruvchilar‎‎

‎‎I. Elektron hujjat aylanishini joriy etish bo‘yicha, shu jumladan soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda, idoraviy normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.1.‎ Moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblarni qog‘ozda taqdim etishning amaldagi tartibi saqlanib qolgan holda almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki elektron raqamli imzodan foydalangan holda aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash‎ 2006-yil avgust ‎ Vaqtinchalik tartib‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi ‎
1.2.‎ Moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblarni elektron shaklda taqdim etish formatini belgilash‎ 2006-yil avgust ‎ Elektron moliyaviy hisobot va hisob-kitoblar shakli‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ‎
1.3.‎ Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: a) Elektron hujjat aylanishi tizimida ma’mur tomonidan xavfsizlik ta’minlanishi tartibi;
‎b) Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari uchun yo‘riqnoma ‎
2006-yil avgust ‎
‎Tartib


‎‎Yo‘riqnoma ‎
Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ‎
1.4.‎ Davlat soliq xizmati organlari va davlat boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek banklar o‘rtasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydal�ngan holda o‘zaro hamkorlik va axborot ayirboshlash to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash‎ 2006-yil avgust ‎ Normativ hujjatlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi departament va boshqa manfaatdor organlar ‎
1.5.‎ Soliq to‘lovchilar tomonidan moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblarni elektron raqamli imzodan foydalanilgan holda almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalar va aloqaning telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda taqdim etish tizimini tashkil etish va uning ishlashi bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish borasidagi ishlar natijalari to‘g‘risida hisobot tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish‎ 2006-yil 1-oktabrgacha ‎ Vazirlar Mahkamasiga hisobot‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, ‎
1.6.‎ Axborot-hisoblash resurslaridan foydalanishni cheklashni boshqarishni tashkil etish va elektron hujjatlar aylanishining muhofazalangan idoraviy tizimini yaratish, MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning soliq xizmatlari bilan integratsiyalash bo‘yicha tegishli normativ-metodik bazani takomillashtirish‎ 2007-yil II yarim yillik ‎ Yo‘riqnoma‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
1.7.‎ Soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlari bilan elektron shaklda hisob-kitob qilish holatini avtomatlashtirilgan tarzda solishtirib chiqish va bu to‘g‘ridagi ma’lumotnomalarni va hujjatlarning nusxalarini aloqa kanallari orqali berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash‎ 2007-yil IV chorak ‎ Tartib‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎

‎‎II. Soliq to‘lovchilar tomonidan moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblarni taqdim etishda, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini soliq organlarida hisobga qo‘yishda ele�tron hujjat aylanishini joriy etish bo‘yicha tadbirlar

2.1.‎ Hisobotni qog‘ozda taqdim etishning amaldagi tartibi saqlanib qolgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblarni elektron hujjat aylanish vositalaridan foydalangan holda taqdim etish tizimini tajriba tartibida joriy etish‎ 2006-yil 1-sentabrdan boshlab ‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
2.2.‎ Davlat soliq xizmati organlari bilan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organlari o‘rtasida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlardan soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini (STIR) berish uchun so‘rovlar olish hamda ularga berilgan STIR to‘g‘risida axborot berishni nazarda tutuvchi axborotlarning elektron ayirboshlash tartibini joriy etish‎ 2006-yil 1-sentabrdan boshlab ‎ Tadbirlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimliklari ‎
2.3.‎ Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan elektron hujjat aylanishi vositalaridan foydalangan holda moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblarni taqdim etish tizimini joriy etishga doir o‘tkazilgan tajriba natijalari to‘g‘risida hisobot tayyorlash va ushbu tizimni kelgusida qo‘llash bo‘yicha aniq takliflar bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritish‎ 2006-yil IV chorak ‎ Vazirlar Mahkamasiga hisobot‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ‎
2.4. Soliq to‘lovchilar o‘rtasida moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblarni elektron hujjat aylanish vositalaridan foydalangan holda taqdim etishga taalluqli masalalar bo‘yicha doimiy ravishda tushuntirish va axborot ishlarini olib borish ‎ Doimiy ravishda ‎ Tadbirlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish �gentligi ‎

‎‎III. Axborot oqimlarini tashkil etishni takomillashtirish

3.1.‎ Axborot oqimlarini maqbullashtirish (minimallashtirish va bir-birini takrorlash va qarama-qarshiliklarni istisno etish) maqsadida tahlil o‘tkazish‎ Doimiy ravishda ‎ Tahlil natijalari bo‘yicha dasturiy ta’minlashga o‘zgartirishlar kiritish‎ Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, jalb etilgan mutaxassislar ‎
3.2.‎ Elektron axborotni saqlash, ishlov berish va ayirboshlashning mavjud va jahon amaliyotida qo‘llaniladigan ilg‘or normalari va standartlarini o‘rganish‎ Doimiy ravishda‎ Avtomatlash-tirish vositalarini takomillash-tirishga doir takliflar kiritish ‎ Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ‎

IV. Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash

4.1.‎ Davlat soliq xizmati organlarining mavjud axborot tizimini baholash hamda uni quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish:
‎—davlat soliq xizmati organlarining hududiy bo‘linmalarida lokal axborot-hisoblash tarmoqlarini jihozlash va modernizatsiya qilish;
— modem aloqasi apparatlari bilan ta’minlangan, axborot saqlash qurilmalarining ishonchliligi, sig‘imi bo‘yicha ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan serverlar bilan qo‘shimcha ravishda jihozlash (serverlar va modemlar sotib olish, shuningdek Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparati binosida klaster tizimini yaratish);
—axborotni qayta ishlash va saqlashning ishonchliligini ta’minlash tizimlari bilan qo‘shimcha jihozlash (arxiv ma’lumotlarini saqlash tizimlari va uzluksiz energiya bilan ta’minlash bloklari sotib olish, A.Qodiriy ko‘chasidagi 13a-uyda joylashgan Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparati binosida energiya bilan ta’minlashning zaxira tizimini yaratish);
‎—ma’lumotlarni uzatishning transport muhiti va elektron hujjatlar aylanishini joriy etish asosi si�atida O‘zbekiston Respublikasi operatorlarining telekommunikatsiyalari va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari bazasida ma’lumotlarni uzatish tezligini va o‘tkazish qobiliyati darajasini oshirgan holda Davlat soliq qo‘mitasini?g ma’lumotlar uzatish mavjud korporativ tarmog‘ini modernizatsiya qilish ‎
2007–2008-yillar‎ Tadbirlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
4.2.‎ Tuman, shahar inspeksiyalari, soliq boshqarmalari darajasida mutaxassislarning ish o‘rinlarini modernizatsiya qilish va zamonaviy shaxsiy kompyuterlar bilan qayta jihozlash‎ 2006-2010-yillar‎ Tadbirlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
4.3.‎ Davlat soliq xizmati organlarini boshqa idora asbob-uskunalari (printerlar, skanerlar, nusxa ko‘chirish texnikasi va hokazolar) bilan ta’minlash‎ 2006—2010-yillar‎ Tadbirlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎

‎‎V. Dasturiy ta’minlashni ishlab chiqish va sotib olish

5.1.‎ Quyidagilar bo‘yicha dasturiy ta’minlashni ishlab chiqish:
‎— almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari orqali moliyaviy hisobotlar va hisob‎-kitoblarni taqdim etish va qabul qilish;
‎— kiritiladigan qog‘oz axborotni elektron formatlarga aylantirish;
‎— hujjatli tekshirishning istiqbolli yo‘nalishlari va obyektlarini aniqlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishlarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish uchun moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini tekshirishgacha o‘rganib chiqish ‎


‎2006-yil III chorak



‎2006-yil dekabr ‎

‎2007-yil
Tadbirlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
5.2.‎ Operatsiya tizimlarini yangilash va foydalanilayotgan kompyuter dasturlarini modernizatsiya qilish ‎ 2006—2010-yillar‎ Tadbirlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
5.3.‎ Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlari bajarilishi ustidan kundalik nazoratni amalga oshirishda foydalaniladigan dasturiy komplekslarni yanada modernizatsiya qilish‎ 2007-yil‎ Tadbirlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
5.4.‎ Budjetga va maqsadli jamg‘armalarga tushumlar prognozi hisob-kitobi uchun zarur baza yaratish maqsadida dasturlar kompleksini ishlab chiqish‎ 2006—2007-yillar‎ Tadbirlar‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
5.5.‎ Davlat soliq qo‘mitasining veb sayti — “www.soliq.uz”ni modernizatsiya qilish va yangilash‎ Doimiy ravishda‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
5.6.‎ Turli idoralarning axborot resurslaridan foydalangan holda markazlashtirilgan avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etish‎ 2006—2010-yillar‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda‎
5.7.‎ Yashirilgan daromadlarni va uning davlatdan yashirilishi hollarini aniqlash uchun yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni va boshqa vazirliklarning turdosh axborotlarini muqobil o‘rganish uchun dasturiy kompleksni ishlab chiqish ‎ 2006-2007-yillar‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda‎
5.8.‎ Davlat budjetining g‘azna ijrosida davlat soliq xizmati organlari va davlat moliya organlari axborot tizimlarining markazlashtirilgan hamkorligini amalga oshirish uchun dasturiy kompleksni ishlab chiqish‎ 2007-2008-yillar‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi ‎

‎‎VI. Axborot tizimining xavfsizligini ta’minlash

6.1.‎ Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining himoyalangan avtomatlashtirilgan namunaviy ish o‘rinlariga texnik talablarni ishlab chiqish ‎ 2006-yil IV chorak ‎ Yo‘riqnoma‎ Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizlik xizmati‎
6.2.‎ Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining malakasini oshirish va ularni o‘qitish tizimini tashkil etish‎ 2006—2010-yillar‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
6.3.‎ Axborotni muhofaza qilish hamda xizmat va soliq siri mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ishlov berishga mo‘ljallangan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha maxsus ishlarni tashkil etish‎ 2006—2010-yillar‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎
6.4.‎ Davlat soliq xizmati organlarini axborotdan ruxsat berilmagan foydalanishdan muhofaza qiluvchi sertifikatlangan vositalar o‘rnatilgan hisoblash texnikasi vositalari bilan jihozlashga o‘tish‎ 2006—2007-yillar‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizlik xizmati‎
6.5.‎ Davlat soliq xizmati organlarini tarmoqlararo o‘zaro hamkorlikni himoya qilishning sertifikatsiyalangan vositalari, axborotni kriptografik muhofaza qilishning sertifikatsiyalangan vositalari bilan jihozlash‎ 2006—2008-yillar ‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati ‎
6.6.‎ Davlat soliq xizmati organlarini virusga qarshi muhofazaning ishonchli vositalari, ruxsat berilmagan kirishlarni aniqlash va uning oldini olish vositalari bilan ta’minlash‎ Doimiy ravishda ‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
6.7.‎ O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, shuningdek MDH qatnashchisi bo‘lgan davlatlar soliq xizmatlari bilan avtomatlashtirilgan hamkorlikni tashkil etishda soliq axborotining xavfsizligini ta’minlash‎ Doimiy ravishda‎‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
6.8.‎ Internet tipidagi umumiy foydalaniladigan global tarmoqlardan foydalanishda davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash‎ Doimiy ravishda‎‎ Tadbirlar ‎ Davlat soliq qo‘mitasi ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Dasturni amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni moliyalashtirish davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.