20.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1718
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 20.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1718
Дата вступления в силу
30.09.2007
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAXSUS, ANTIDEMPING VA KOMPENSATSIYA BOJLARINI HISOBLASH, UNDIRISH VA QAYTARISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-sentabrda 1718-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Bojxona xizmati to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi va “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi qonunlari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 4-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 129-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 21-son, 149-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilinayotgan maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-02/8-3-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EG-01/10-3339-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot vaziri B. XO‘JAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining
2007-yil 15-iyundagi 01-02/8-3, EG-01/10-3339, 20, 58-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 19-maydagi 129-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 21-son, 149-modda) muvofiq maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini (bundan keyin alohida bojxona bojlari deb yuritiladi) hisoblash, undirish va qaytarish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Alohida bojxona bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlari asosida bojxona organlari tomonidan undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, vakolatli organning tekshiruvi tugallangunga va u tomonidan alohida bojxona bojlarining qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi taqdim etilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vaqtinchalik alohida bojxona bojlarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik alohida bojxona bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida bojxona bojlarini qo‘llash to‘g‘risidagi yakuniy qarori qabul qilingunga qadar qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) stavkalari va qo‘llash muddatlari, zarur hollarda esa qaytarish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2005-yil 19-maydagi 129-son qaroriga muvofiq vakolatli organ tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Alohida bojxona bojlarini (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) hisoblash va undirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Alohida bojxona bojlarining miqdorini belgilashda advalor, xos va aralash stavkalar qo‘llanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Alohida bojxona bojlarini (vaqtinchalik alohida bojxona bojlarini) hisoblash uchun asos bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advalor stavkalar va aralash stavkalarning advalor qismi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan boj undiriladigan tovarning bojxona qiymati;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi TIF TNga muvofiq boj undiriladigan tovarning tegishli o‘lchov birligi — xos stavkalar va aralash stavkalarning xos qismi uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) import tovarlari uchun belgilangan bojxona to‘lovlari bilan bir qatorda undiriladi va soliqqa tortiladigan summa miqdoriga qo‘shilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) import qilingan tovarlar bo‘yicha advalor stavkalarda quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abs = Bq x AB/100%, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abs — alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq — import qilinayotgan tovarning bojxona qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AB — o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga yoki dastlabki xulosaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan alohida bojxona bojlarining tegishli stavkasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) har qanday mamlakat tovarlariga nisbatan qo‘llanilsa, ular ushbu tovarlarning kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar, belgilangan miqdorda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agar alohida bojxona bojlari (vaqtinchalik alohida bojxona bojlari) biror-bir alohida mamlakatning tovarlariga nisbatan qo‘llanilsa, ko‘rsatilgan mamlakatning tovarlari bilan bir qatorda, tovarning kelib chiqish mamlakati noma’lum bo‘lgan tovarlardan ham belgilangan miqdorda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, alohida bojxona bojlari joriy qilingan tovarga nisbatan uning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida, bojxona organlari tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi sertifikatning taqdim etilishini talab qilishga haqli. Tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda ham, alohida bojxona bojlari undiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kelib chiqish mamlakati noma’lum bo‘lgan tovarlarga to‘langan alohida bojxona bojlari summasi, to‘lovchi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmasdan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etish sharti bilan (tovarlariga alohida bojxona bojlari joriy qilingan mamlakatlar bundan mustasno), O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga muvofiq qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-sonli (ro‘yxat raqami 1718-1, 14.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT,2016-y., 28-son, 347-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Maxsus bojlarni qo‘llash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Maxsus bojlar zarur miqdorda va muddatlarda tovarlar importining o‘sishi natijasida iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi tug‘ilishini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Maxsus bojlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, agar tekshirish natijasida vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga import qilinishi ortib ketgan hajmda (mutlaq ifodada yoki O‘zbekiston Respublikasida uning ishlab chiqarilishiga nisbatan) va iqtisodiyot tarmog‘iga zarar yetkazayotgan yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan sharoitlarda amalga oshirilayotganligi aniqlangan bo‘lsa qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Amal qilish muddatlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik maxsus bojlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran ikki yuz kalendar kun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus bojlar uchun — to‘rt yilgacha (vaqtinchalik maxsus bojlarning amal qilish muddatini qo‘shgan holda). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, maxsus bojlarning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin, ammo bunda uning amal qilishining umumiy muddati sakkiz yildan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agar maxsus bojlar vaqtinchalik maxsus bojlardan ko‘p miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farqi to‘lovchidan undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda, vakolatli organning iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus bojlar miqdorini kamaytirishi mumkin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agar maxsus bojlar vaqtinchalik maxsus bojlardan kam miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farqi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-sonli (ro‘yxat raqami 1718-1, 14.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT,2016-y., 28-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agar tekshirish natijalariga ko‘ra vakolatli organ tomonidan tovar importi ko‘payganligi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, vaqtinchalik bojni undirish to‘xtatiladi, oldin to‘langan vaqtinchalik maxsus bojlar summalari esa O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-sonli (ro‘yxat raqami 1718-1, 14.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT,2016-y., 28-son, 347-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Antidemping bojlarini qo‘llash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Antidemping bojlari bojxona hududiga eksport narxi normal qiymatidan past bo‘lgan tovarlarni import qilish hollarida, agar bunday import iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotgan yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirayotgan bo‘lsa qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Antidemping bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, agar vakolatli organning tekshiruvi natijalariga ko‘ra demping narxlar bo‘yicha tovarlar importi iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirayotganligi aniqlanganda qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Antidemping bojlari bir yoki bir nechta tovar yetkazib beruvchilarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Antidemping bojlari turlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) individual — har bir ma’lum chet el eksportyori yoki chet el tovar ishlab chiqaruvchisiga nisbatan qo‘llaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yagona — barcha ma’lum chet el eksportyorlari yoki chet el tovar ishlab chiqaruvchilariga nisbatan qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Amal qilish muddatlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik antidemping bojlari uchun — olti oygacha, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
antidemping bojlari uchun — besh yilgacha (vaqtinchalik antidemping bojlarining amal qilish muddati qo‘shilgan holda), keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Agar antidemping bojlari vaqtinchalik antidemping bojlaridan ko‘p miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchidan undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agar antidemping bojlari vaqtinchalik antidemping bojlaridan kam miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-sonli (ro‘yxat raqami 1718-1, 14.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT,2016-y., 28-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agar vakolatli organning tekshiruv natijalariga ko‘ra demping narxlar bo‘yicha tovarlar importi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazish xavfi yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan vaqtinchalik antidemping bojlarining undirilishi to‘xtatiladi, ilgari to‘langan summalar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-sonli (ro‘yxat raqami 1718-1, 14.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT,2016-y., 28-son, 347-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Kompensatsiya bojlarini qo‘llash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kompensatsiya bojlari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ishlab chiqarish, eksport qilish yoki tashishda bevosita yoki bilvosita chet davlatlarning subsidiyalaridan foydalanilgan tovarlarni olib kirish hollarida, agar bunday import iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazadigan yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan bo‘lsa qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Kompensatsiya bojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, agar vakolatli organning tekshiruvi natijalariga ko‘ra subsidiya qilingan tovarlarning importi iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirayotganligi aniqlangan bo‘lsa qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bitta tovarga nisbatan bir vaqtning o‘zida kompensatsiya va antidemping bojlarini qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Amal qilish muddatlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik kompensatsiya bojlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran to‘rt oygacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompensatsiya bojlari uchun — qo‘llanish boshlangan yoki subsidiya bilan ta’minlangan tovarlar importi va jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazish xavfining bor-yo‘qligini aniqlash yuzasidan tekshirish natijalarini oxirgi marta qayta ko‘rib chiqish boshlangan paytdan e’tiboran besh yildan (vaqtinchalik kompensatsiya bojlarining amal qilish muddatini qo‘shgan holda) oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Agar kompensatsiya bojlari vaqtinchalik kompensatsiya bojlaridan ko‘p miqdorda belgilangan bo‘lsa, oradagi farq to‘lovchidan undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Kompensatsiya bojlarining stavkasi subsidiya miqdoridan kam bo‘lishi mumkin, agar bunday kam stavka iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilgan zararni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Agar kompensatsiya bojlari vaqtinchalik kompensatsiya bojlaridan kam miqdorda qo‘llanilgan bo‘lsa, oradagi farq O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-sonli (ro‘yxat raqami 1718-1, 14.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT,2016-y., 28-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Agar vakolatli organning tekshiruv natijalariga ko‘ra subsidiya bilan ta’minlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazish xavfi yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan vaqtinchalik kompensatsiya bojlarining undirilishi to‘xtatiladi, ilgari to‘langan summalar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 353-moddasiga asosan to‘lovchiga qaytariladi yoxud dastlabki pul mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-sonli (ro‘yxat raqami 1718-1, 14.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT,2016-y., 28-son, 347-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Alohida bojxona bojlarining hisobi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Alohida bojxona bojlarining to‘lovchisi bo‘lib deklarantlar — yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Har qanday manfaatdor shaxs to‘lovchining o‘rniga alohida bojxona bojlarini to‘lashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Alohida bojxona bojlarini hisoblash va to‘lash import tovarlarini bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona yuk deklaratsiyasining 47-grafasi “To‘lov turi” ustunida Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) muvofiq alohida bojxona boji turining kodi ko‘rsatiladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-sonli (ro‘yxat raqami 1718-1, 14.07.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT,2016-y., 28-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2016-yil 28-iyundagi 01-02/8-38, 2, 116, 47-sonli (ro‘yxat raqami 1718-1, 14.07.2016-y.) qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT,2016-y., 28-son, 347-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Vaqtinchalik alohida bojxona bojlarini hisobini yuritish va to‘plash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi to‘langan pul mablag‘lari hududiy bojxona boshqarmalari tomonidan o‘tkazilishi uchun g‘azna hisob varag‘ini ochadi.
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi alohida bojxona bojlarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini qabul qilgunga qadar, vaqtinchalik alohida bojxona bojlari davlat budjetiga o‘tkazilmaydi va istiqbol rejani bajarish ko‘rsatkichlariga qo‘shilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida bojxona bojlarni qo‘llash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng, bojxona to‘lovlari bo‘yicha istiqbol rejalarni bajarish ko‘rsatkichlariga qo‘shilgan holda, vaqtinchalik alohida bojxona bojlari bo‘yicha ilgari to‘langan pul mablag‘lari davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasi budjeti daromadlar va xarajatlar klassifikatsiyasining tegishli paragrafiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Alohida bojxona bojlarini undirish, hisobini yuritish va davlat budjetiga o‘tkazish, shuningdek ular bo‘yicha hisobotni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining hududiy bojxona boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 398-modda; 2016-y., 28-son, 347-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)