O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 12-MARTDAGI PQ-601-SON HAMDA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 22-MARTDAGI PQ-607-SON QARORLARI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-may,
96-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Kandim konlar guruhi uchastkasiga, Xauzak va Shodi uchastkalariga, shuningdek Qo‘ng‘irot uchastkasiga nisbatan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-son qarorining 5-bandidagi “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyuldagi 600-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 173-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 26-son, 297-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 12, 24, 33, 34, 37-bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish byurosida maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va tavsiyalar tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 22-maydagi 91-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 33-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 19-20-son, 196-modda; 2007-y., 23-son, 238-modda; 2009-y., 26-son, 297-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2015-y., 32-son, 433-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son; 19.07.2019-y., 09/19/600/3448-son, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)