O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ–601-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 170-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentiga yangi kiritilgan shu’ba mudiri lavozimiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha 18-razryadli ish haqi belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ–131-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish byurosini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 3-apreldagi PQ–316-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika kompleksi, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasi to‘g‘risida” 2006-yil 30-maydagi PQ–358-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-mart,
PQ-607-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 170-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 13-son, 115-modda; 2008-y., 20-21-son, 170-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)