11.04.2007 yildagi O‘RQ-88-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlar, shuningdek amaldagi qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish uchun asosdir.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻpchilik oʻrinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etishi mumkin.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yoʻli va dasturiga yoki uning ayrim yoʻnalishlariga qoʻshilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻzlarini muxolifat deb eʼlon qilishi mumkin.
(2-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qoʻymaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir nafar qoʻmita raisi va ikki nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining muqobil tahririni, qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar uning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahririni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻzining alohida fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisi bayonnomasiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish (“hukumat soati”) doirasida yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha kelishuv komissiyasida oʻz vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
(2-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1077-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi koʻpchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi kerak.
(2-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi OʻRQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya fraksiyasi oʻz tarkibidan fraksiya rahbarini saylaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya fraksiyasining faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan siyosiy partiya fraksiyasining kelishilgan nuqtai nazarini bayon etadi, ular boʻyicha rasmiy bayonotlar bilan chiqadi (siyosiy partiya fraksiyasining qaroriga koʻra mazkur vakolat siyosiy partiya fraksiyasining boshqa aʼzolari zimmasiga ham yuklatilishi mumkin);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi, uning organlari va mansabdor shaxslari bilan siyosiy partiya fraksiyasi nomidan muzokaralar olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya fraksiyasining partiya rahbar organlari bilan hamkorligini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda siyosiy partiya fraksiyasi nomidan ish yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya fraksiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya fraksiyasi majlislarining kun tartibini shakllantirish boʻyicha tavsiyalar beradi hamda muhokamaga kiritilgan masalalarni tayyorlash ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya fraksiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya fraksiyasining ishida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini va boshqa davlat organlarining rahbarlarini, ekspertlarni, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini taklif etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya fraksiyasi oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda, siyosiy partiya fraksiyasining aʼzolariga ularning oʻz saylov okruglaridagi faoliyatini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
siyosiy partiya fraksiyasining samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlariga koʻra Spiker oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari siyosiy partiya fraksiyasining majlisida saylanadigan oʻrinbosariga (oʻrinbosarlariga) ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari yoʻqligida uning vakolatlarini siyosiy partiya fraksiyasi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi toʻgʻrisidagi qaror siyosiy partiya fraksiyasining majlisida qabul qilinadi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlarini saylash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi taqdim etgan nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, Siyosiy partiyalar vakillari kengashi deputatlar orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan soʻng bir oy ichida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi isteʼfoga chiqqanidan keyin bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi va maʼqullashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda maʼqullangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ovoz berish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpining ovozini toʻplay olmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraksiyalar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar uning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan birga isteʼfoga chiqadi.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Bosh vazirning isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi arizasiga binoan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Bosh vazir oʻz vakolatlarini bajarishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega boʻlgan bunday tashabbusni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qoʻllab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ovozga qoʻyilganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy soni uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozini olsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(5-modda birinchi qismining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.
(5-modda birinchi qismining “d” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimdan ozod etilishi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼfoga chiqishiga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi boʻyicha farmon qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilish vazifalari samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi beriladi. Bunday tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bu tashabbusning xalq deputatlari Kengashidagi muhokamasini tayinlaydi va muhokama natijalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 2008-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 11-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-88-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 151-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)