Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMON VA QARORLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metall parchalari, chiqindilarini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-419-sonli qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-sentabr,
PF-3800-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
baʼzi farmon va qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
baʼzi farmon va qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi PF-2212-son Farmoni 2-bandidagi “Oʻzikkilamchiranglimetall” OAJga” soʻzlari “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmoni:
3-bandida va 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Oʻzikkilamchiranglimetall” OAJ va uning mintaqaviy boʻlinmalari” soʻzlari “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandida va 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzikkilamchiranglimetall” OAJ” soʻzlari “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi PF-3876-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 191-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 375-modda; 2007-y., 19-20-son, 191-modda; 2008-y., 14-15-son, 95-modda)