Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 04.03.2000 yildagi PF-2559-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARI O‘G‘IRLANIShI HAMDA NOQONUNIY ChETGA OLIB ChIQIB KETILIShINING OLDINI OLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarish-texnika buyumlari parchalari va rangli metallar chiqindilari o‘g‘irlanishi hamda noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek qimmatli xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 5-fevraldagi PF-2212-son Farmoniga muvofiq rangli metallar parchalari va chiqindilarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlanganligi qayd etib o‘tilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari bilan birgalikda ishlab chiqarish-texnika buyumlari parchalari va rangli metallar chiqindilarining chegara yaqinidagi temir yo‘llar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi bo‘ylab joylashgan avtomobil o‘tish va aylanib o‘tish yo‘llari orqali qonunga zid ravishda olib chiqib ketilishini bartaraf etish yuzasidan qat’iy tezkor chora-tadbirlar ko‘rsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, faqat “O‘zbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ O‘zbekiston Respublikasi hududida rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlovchi vakolatli organ hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jismoniy shaxslarga lom va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “O‘zikkilamchiranglimetal” AJ va uning tarkibiy tuzilmalari jismoniy shaxslardan rangli metallarning maishiy lomini, shu jumladan, foydalanish uchun mo‘ljallangan asboblar va uskunalar, shuningdek, Hukumat qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha lom va rangli metallar parchalari va chiqindilarini maxsus qabul punktlari orqali qabul qilinishini amalga oshiradilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “O‘zbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ ikkilamchi alyuminiyni hamda rangli metallar parchalari va chiqindilarini taqsimlash chog‘ida xalq iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi kichik biznesga tegishli qayta ishlash korxonalari ehtiyojlarini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ xalq hunarmandchiligi va amaliy san’atni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish uchun rangli metall parchalari va chiqindilarini sotishga ruxsat etilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda rangli metallardan tayyorlangan ishlab chiqarish-texnika buyumlarini o‘g‘irlash, rangli metallar parchalari va chiqindilarini sotib olish va noqonuniy ravishda olib chiqib ketish, havo va kabel liniyalari hamda elektruzatkichlarga qasddan zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi rangli metallar parchalari va chiqindilarini to‘plash, tayyorlash, saqlash va sotish yuzasidan nazoratni kuchaytirsin, rangli metallar parchalari va chiqindilari bilan muomala qilish bo‘yicha har bir noqonuniy xatti-harakat yuzasidan batafsil tekshirish o‘tkazib, aybdor shaxslarni qonunchilikka muvofiq ravishda javobgarlikka tortsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholi o‘rtasida rangli metallar parchalari va chiqindilari bilan noqonuniy muomala qilish va ularni respublika hududidan olib chiqib ketish, havo va kabel aloqa liniyalari hamda elektruzatkichlarga qasddan zarar yetkazish uchun javobgarlik haqida keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 4-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2559-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 100-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 32-33-son, 241-modda; 2006-y., 37-38-son, 375-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son; 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)