21.07.2006 yildagi PQ-423-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BAʼZI RESPUBLIKA KOMISSIYALARI VA KENGASHLARI TARKIBLARI HAMDA ULARNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning baʼzi komissiyalari va kengashlari tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tenderlar oʻtkazilishini muvofiqlashtiruvchi Davlat komissiyasi tugatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-apreldagi 136-sonli qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy soha muassasalarini, maxsus isteʼmolchilar va davlat rezervini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash Tartibiga oʻzgartishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baʼzi qonun hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin hamda ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 21-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-423-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2006-yil 21-iyuldagi
PQ–423-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(4-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari bilan tasdiqlangan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlariga muvofiq davlat korxonalari (mulki) qismi boʻyicha, shuningdek yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha davlatga tegishli va sotilishi zarur boʻlgan aksiyalar paketlari va ulushlarini sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari (xoʻjalik uyushmalari), mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Komissiyaning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jalb qilingan xorijiy ekspert kompaniyalar va maslahatchi-konsultantlarning sotishdan oldingi tayyorgarlik hamda yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha xususiylashtiriladigan obyektlarni sotish masalalari boʻyicha birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi asosida tender qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender savdolari asosida sotiladigan korxonalarning davlat aktivlarini xarid qilishga nomzodlarning eng manfaatli takliflari ekspert baholashini amalga oshirish va tanlovini oʻtkazish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonalarini xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan Prezident va Hukumat hujjatlarining soʻzsiz bajarilishini tashkil etish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ayniqsa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb qilish, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini yanada rivojlantirish va oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sansalorlik, byurokratizmning paydo boʻlishi va obyektlarni xususiylashtirish, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish hamda aksiyalar paketlarini va korxonalarni toʻliq tanlov (tender) savdolari gʻoliblariga sotishni jadallashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etish muddatlari choʻzib yuborilishi hollarini bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlarida Davlat komissiyasi qarorlari qabul qilingan xususiylashtirilgan korxonalar va obyektlarning faoliyati ustidan monitoring tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivlarini sotishning (tender, tanlov, kimoshdi, birja) shartlari va shakllarini, shuningdek, zarurat boʻlganda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining taklifiga muvofiq davlat mulkini xususiylashtirishning umumoʻrnatilgan tartibidan boshqa shakl va usullarini, muddatlari va shartlarini belgilash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender hujjatlarini va shuningdek tender obyektlarining sotilish bahosini, tender obyektlarini sotishga jalb qilinadigan ekspert, shu jumladan xorijiy kompaniyalar va vositachilarni tanlash shartlari va mezonlarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtiriladigan obyektga (aksiyalar paketiga) talab konyunkturasiga koʻra hamda tegishli investitsiya majburiyatlari boʻlgan aniq strategik investorlar mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda tender obyektlarining boshlangʻich narxini oʻzgartirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan yoki uning tomonidan shartnomaviy asosda jalb qilingan mahalliy va xorijiy investitsiyalar vositachilari orqali oʻtkaziladigan tender savdolari natijalarini tasdiqlash;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlar va aksiyalarni (ulushlarni) ham erkin muomaladagi valyutada, ham milliy valyutada, shu jumladan haq toʻlashning aralash shakllarida va investor tomonidan erkin muomaladagi valyutada aniq investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish hisobiga sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun zarur axborotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlarni xususiylashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishdagi sansalorlik, byurokratizmning paydo boʻlishi, muddatlarni choʻzish hollari hamda korxonalar va aksiyalarni xorijiy investorlarga sotishni jadallashtirish boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tarmoq birlashmalari, korxonalarning ijro etuvchi organlari vakillarini Komissiya faoliyati uchun jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivlarini muvaffaqiyatli sotish uchun moliyaviy maslahatchi-konsultantlar, ekspertlar va texnik mutaxassislarni jalb qilish shartlari va mezonlarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
past rentabelli, zarar koʻrib ishlaydigan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari va obyektlar, shu jumladan xizmat koʻrsatish va servis sohasi korxonalarini tashkil etish uchun qishloq joylarda foydalanilmayotgan binolar va xonalar roʻyxatlarini, shuningdek ularni investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bilan sotish shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investorlarning buyurtmanomalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan obyektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan tanlov oʻtkazmasdan sotish;
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlarni roʻyxatdan chiqarib tashlash, bir roʻyxatdan boshqa roʻyxatga oʻtkazish, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar shartlarini, sotish usullarini oʻzgartirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari (aksiyalari, ulushlari) roʻyxatlariga oʻzgartishlar kiritish;
(4-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar sof aktivlarining davlat aksiya paketlari (ulushlari)ga nisbatan proporsional qiymati 100 mln soʻmdan oshmasa, sof aktivlarining proporsional ulushiga teng (sof aktivlari ustav kapitalidan kam boʻlganda nominal) qiymatda jamiyat qatnashchilarining sotib olishdagi ustunlik huquqini qoʻllamagan holda ommaviy savdolarga qoʻyish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarishda ularning boshlangʻich narxini (balans, nominal qiymatlarida, fond birjasi kotirovkasi boʻyicha, sof aktivlari qiymatida yoki davlat aktivlari baholangan narxining 70 foizgacha pasaytirilgan miqdorida) belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat unitar korxonalarini xususiylashtirish maqsadida xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirishda korxonaning mol-mulklari va majburiyatlarini xatlov hamda baholashni oʻtkazmasdan, ularning ustav kapitali miqdorini soliq organlariga topshirilgan oxirgi buxgalteriya balansi maʼlumotlari asosida sof aktivlari qiymatida, sof aktivlari manfiy boʻlgan taqdirda, korxona ustav kapitali miqdorida belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivlarini ustav kapitaliga berish orqali xususiylashtirish yoki davlat ishtirokidagi korxonalar hamda ustav fondida ularning ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning boshqaruv organlari qarorlari asosida ularning aktivlarini davlat tashkilotlariga berish va berish mexanizmlarini belgilash, shu jumladan ulardagi davlat ulushlarini kamaytirish hisobiga berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
(4-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar hamda ularga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarning ulushlari, koʻchmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini realizatsiya qilishda umumoʻrnatilgan tartibdan boshqa shakl va usullarni, sotish muddatlari va shartlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatish yuzasidan davlat nomidan aksiyadorga (ishtirokchiga, muassisga) koʻrsatma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining asoslantirilgan takliflariga muvofiq, jumladan bozor holati va anderrayterlar xulosalarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etiladigan aksiyalar paketining hajmini va savdoga chiqarish muddatini belgilash, ularning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-AUKSION” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionda auksion gʻolibi sifatida toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortib qatnashish huquqi cheklangan yuridik va jismoniy shaxslarni nohalol ishtirokchilar roʻyxatidan chiqarish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻn sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari boʻyicha oldi-sotdi shartnomalarini qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonchalaridan tashqarisida roʻyxatdan oʻtkazgan holda xususiylashtirishning umumoʻrnatilgan tartibidan boshqa shakl va usullari orqali sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektlari va kelgusida shakllanadigan davlat aksiya paketlari (ulushlari) hamda davlat korxonalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni sotish shartlari, savdo turi va ommaviy savdolardagi boshlangʻich narxini belgilash;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat muassasalarini (bundan xususiylashtirilmaydigan davlat muassasalari mustasno) xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish, shuningdek, davlat muassasalarini tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun muassislarga koʻrsatma va takliflar kiritish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya shuningdek ayrim hollarda, iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarga investitsiyalarni jalb etishda quyidagi huquqlarga ham ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona (aksiyalar ulushlari) sotilgunga qadar budjetdan va davlat korxonalaridan, jumladan muddatlari kechiktirilgan yigʻilgan qarzlarini tarkibiy oʻzgartirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investorning soʻroviga koʻra, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulotlarni oʻzlashtirish davrida tabiatni muhofaza qilish koʻrsatkichlari boʻyicha talablarni oshirishga moratoriylarni belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya davlat mulkini birinchi darajali strategik investorlarga ularning korxonalarni rivojlantirish boʻyicha investitsiya majburiyatlari ostida sotganida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi takliflarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida olingan banklarning, shu jumladan xorijiy banklarning kreditlari boʻyicha korxonalarning qarzlarini toʻliq soʻndirilishi boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar olish shartlarida korxonani yaxlit yoki sotiladigan davlat ulushini aksiyalarning nazorat paketigacha oshirish haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilayotgan korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida olingan banklarning, shu jumladan xorijiy banklarning kreditlari boʻyicha qarzlarini qisman yoki toʻlaligicha tarkibiy oʻzgartirish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Komissiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tender obyektlarini sotishni tashkil etish boʻyicha qarorlarini bajarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Komissiya ishini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Komissiya oʻzining ish jarayonida ushbu Nizomga amal qiladi va oʻz faoliyatini tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Komissiya majlislari uning aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi qatnashgan holda zaruratga qarab vaqti-vaqti bilan oʻtkazib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imzolanayotganda Komissiya aʼzolari unga oʻzlarining alohida fikrlarini ilova qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tender obyektlarini uning gʻoliblariga berish Komissiyaning tegishli qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Komissiya ishi bilan bogʻliq axborotlar maxfiy hisoblanadi va xususiylashtirish jarayonida qatnashmaydigan uchinchi shaxsga oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolari, koʻrsatib oʻtilgan axborotni oshkor qilganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Komissiyaning tenderlarni tashkil etish va ularni oʻtkazish, shuningdek, ekspert kompaniyalarni va vositachilarni, shu jumladan xorijiy, tender asosida tanlash xarajatlari hamda ularga toʻlanadigan pul mukofotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender obyektini sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Komissiyaning ishchi organi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Komissiyaning savdolarni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil qilishni amalga oshiruvchi (tushayotgan takliflarni ekspert baholash, Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish, reklama ishlari, Komissiyada ish yuritish) ishchi organi hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Komissiyaning ishchi organi quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Komissiya tomonidan tasdiqlangan shartlarda, jumladan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va vositachilarni jalb etgan holda kimoshdi, tanlov, birja, tender va xususiylashtirishning umumoʻrnatilgan tartibidan boshqa shakl va usullarda savdolarni tashkil etish va oʻtkazish;
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Komissiya tomonidan belgilangan shartlar va mezonlarda, shu jumladan xorijiy, texnik, moliyaviy, yuridik ekspertlarni va vositachilarni davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlardan, keyinchalik xarajatlarni obyektlar (aksiyalar) sotilishidan tushadigan tushumlar hisobidan kompensatsiya qilish bilan ularning xizmatlariga haq toʻlagan holda tender va kimoshdi savdolarini tayyorlash va oʻtkazish uchun tanlov asosida taklif etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Komissiyaga:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro amaliyotga muvofiq va (yoki) jalb qilingan xorijiy ekspert kompaniyalari va maslahatchi-konsultantlarning taklifiga asosan davlat mulkini sotishning belgilangan tartibi, shakllari, usullari, muddatlari va shartlarini oʻzgartirish boʻyicha;
(16-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender savdolarini tayyorlash va oʻtkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, gʻolibni tanlash mezonlari, toʻlovlar tartibi va shartlari boʻyicha takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar birlashmalari va xususiylashtiriladigan korxonalardan unga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Komissiya bilan kelishgan holda tender savdolarini oʻtkazish va ularning yakunlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida oʻz nomidan eʼlonlar chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Komissiyaning ishchi organi quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir xususiylashtirish obyekti toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, tartibga solish va ishlashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
potensial investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga obyektlar haqidagi umumiy majburiy axborotlar va ularning soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha axborot oʻz vaqtida joʻnatilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bevosita yoxud sotish boʻyicha boshqa agentlar bilan birgalikda texnik topshiriq, kontrakt loyihalarini va Komissiya tasdigʻiga kiritiladigan boshqa tender hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tenderlar va kimoshdi savdolarini oʻtkazish boʻyicha reklama-maʼrifiy ishlarni tashkil etish. Tarkibiga kiradigan korxonalar-emitentlar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ishchi organ korxonalar toʻgʻrisidagi axborotni ochishni amalga oshiradi, potensial investorlarning korxonalar va ularning asosiy texnik-iqtisodiy, moliyaviy hamda ishlab chiqarish koʻrsatkichlari bilan tanishish uchun sharoitlar yaratadi, investorlar izlash va ular bilan muzokaralar olib borishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda, chorakda kamida bir marta tender, kim oshdi, birja savdolari yakunlari, shuningdek Komissiya tomonidan tasdiqlangan shartlarda davlat aktivlarini sotish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish natijalari boʻyicha Komissiyaga axborot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya majlislarini chaqirishning barcha tashkiliy masalalarini hal qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyada aniq va toʻliq ish yuritish, Komissiya xat-xabarlarini hisobga olish va turkumlash, Komissiya barcha majlislarining bayonnomalarini oʻz vaqtida rasmiylashtirish.
(17-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlarining soʻzsiz bajarilishi, xususiylashtirishdan valyuta resurslarining qoʻshimcha toʻldirilishi, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarishdan tushumlarni taqsimlash yuzasidan talablarga qatʼiy rioya qilinishi uchun toʻliq javob beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2006-yil 21-iyuldagi
PQ–423-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Baʼzi qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) 1-ilovasining 5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qarorining 1-ilovasidagi “V.A. Golishev — Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari” soʻzlari “B.A.Xoʻjayev — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan qonun hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarini bajarish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 20-maydagi 258-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 22-iyundagi 309-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 32-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “2000-2001-yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 26-noyabrdagi 511-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 69-modda) 4-ilovaning 4 va 5-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 6-ilovaning 10-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasining roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 75-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-iyundagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 61-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorning 1-ilovasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 25 va 31-ilovalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining yigirma birinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 16-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining oʻn ikkinchi xatboshi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 289-modda; 2007-y., 19-20-son, 191-modda; 2008-y., 40-41-son, 407-modda; 2010-y., 1-2-son, 2-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda, 26-27-son, 288-modda; 2013-y., 30-son, 386-modda, 36-son, 477-modda; 2015-y., 17(1)-son, 216-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son; 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)