01.05.2006 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARNING RAGʻBATLANTIRUVCHI ROLINI OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining xorijiy investorlarga va xorijiy investitsiyalarga teng huquqli rejim berish haqidagi 9-moddasi qoidalarini amalga oshirishni davom ettirish, respublika hududida investitsiya faoliyatini faollashtirish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalarining ragʻbatlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq solish soliq solinayotgan vaqtda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar qonunchilikda belgilangan barcha umumiy soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalaridan, shuningdek, qonunchilikda (shu jumladan investitsiya shartnomalarida, mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda) nazarda tutilgan tartibga va shartlarga qatʼiy rioya qilgan holda berilgan qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalardan toʻliq hajmda foydalanadilar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, soliqlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va muddatsiz tusda boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Hukumat qarorlari bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ilgari berilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hamda muddatsiz tusdagi barcha imtiyozlar 2006-yil 1-iyundan boshlab bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat koʻrsatayotgan, tarmoqqa kiradigan yoki qonun hujjatlarida ustuvor deb eʼtirof etilgan loyihalarni amalga oshirayotgan korxonalarga kelgusida qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berishning zarurligi va samaradorligi masalalarini mufassal ishlab chiqishni taʼminlash uchun ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus ishchi guruh tuzilsin, unga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari Hukumat qarorlari bilan soliqlar, yigʻimlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatsiz qoʻshimcha imtiyozlar berilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ayrim korxonalarning murojaatlarini har tomonlama koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim korxonalarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ilgari muddatsiz imtiyozlarga ega boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ayrim korxonalarga aniq muayyan muddatga, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qarorida belgilangan tartibda investitsiya shartnomalari tuzgan holda soliqlar, yigʻimlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha asoslangan imtiyozlar belgilash yuzasidan asoslangan tegishli takliflar kiritish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 1-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 151-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)