

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC8350315" id="onLBC8350315">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6751"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot;</span></div><div id="LBC22733"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS8350315" id="onLS8350315">[<b>TSZ:</b><div id="LS3736"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="8356559" id="8356559">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="8356560" id="8356560">BUYRUG'I</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="8356561" id="8356561"><b>Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tan olish toʻgʻrisida</b></div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="8356562" id="8356562">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3400-2]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356564" id="8356564"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356565" id="8356565">Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-2931253">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-4746047">qarori</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 507-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/ru/acts/-4966554">qaroriga </a>muvofiq buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356566" id="8356566">1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 10-noyabrdagi 61-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-6312360">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3400, 2022-yil 9-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2022-y., 10/22/3400/1087-son) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olingan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kiritilgan quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356567" id="8356567">1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” Buxgalteriya hisobining xalqaro <a href="/ru/acts/-6312360?ONDATE=07.03.2026 00#-8083678">standartiga</a> oʻzgartirish va qoʻshimchalar <a href="/ru/acts/8350315#8356580">1-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356568" id="8356568">7-son “Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot” Buxgalteriya hisobining xalqaro <a href="/ru/acts/-6312360?ONDATE=07.03.2026 00#-8083685">standartiga</a> qoʻshimchalar va oʻzgartirish <a href="/ru/acts/8350315#8356625">2-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356569" id="8356569">12-son “Foyda soliqlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro <a href="/ru/acts/-6312360?ONDATE=07.03.2026 00#-8083845">standartiga</a> qoʻshimchalar <a href="/ru/acts/8350315#8356648">3-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356570" id="8356570">21-son “Valyuta kurslaridagi oʻzgarishlarning taʼsirlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro <a href="/ru/acts/-6312360?ONDATE=07.03.2026 00#-6312729">standartiga</a> qoʻshimchalar <a href="/ru/acts/8350315#8356666">4-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356571" id="8356571">1-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qoʻllash” Moliyaviy hisobotning xalqaro <a href="/ru/acts/-6312360?ONDATE=07.03.2026 00#-8084825">standartiga </a>qoʻshimcha <a href="/ru/acts/8350315#8356678">5-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356572" id="8356572">7-son “Moliyaviy instrumentlar: maʼlumotlarni yoritib berish” Moliyaviy hisobotning xalqaro <a href="/ru/acts/-6312360?ONDATE=07.03.2026 00#-8084903">standartiga </a>qoʻshimchalar va oʻzgartirish <a href="/ru/acts/8350315#8356684">6-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356573" id="8356573">16-son “Ijara” Moliyaviy hisobotning xalqaro <a href="/ru/acts/-6312360?ONDATE=07.03.2026 00#-8085052">standartiga </a>oʻzgartirishlar va qoʻshimcha <a href="/ru/acts/8350315#8356695">7-ilovaga </a>muvofiq tan olinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356574" id="8356574">2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="8356575" id="8356575"><b>Vazir J. KUCHKAROV</b></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="8356576" id="8356576">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="8356577" id="8356577">2026-yil 26-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="8356578" id="8356578">384-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356579" id="8356579"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="8356580" id="8356580">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son <a href="/ru/acts/8350315">buyrugʻiga</a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="8356581" id="8356581"><b>1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar</b></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356582" id="8356582"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356583" id="8356583">1. 60-banddagi “66 — 76-bandlarga” degan soʻzlar “66 — 76B-bandlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356584" id="8356584">2. 69-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356585" id="8356585">“(g) u hisobot davrining oxirida majburiyatning soʻndirilishini hisobot davridan soʻng kamida oʻn ikki oy muddatga uzaytirish boʻyicha huquqqa ega boʻlmasa.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356586" id="8356586">3. 69-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356587" id="8356587">“Odatiy operatsion sikl (69 (a)-band))”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356588" id="8356588">4. 70-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356589" id="8356589">“Asosan savdo maqsadida ushlab turiladigan (69(b)-band) yoki oʻn ikki oy ichida hisob-kitob qilinishi lozim boʻlgan (69(v)-band))”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356590" id="8356590">5. 72-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356591" id="8356591">“Majburiyatni soʻndirishni kamida oʻn ikki oyga kechiktirish huquqi (69(g)-band))”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356592" id="8356592">6. 72A va 72B-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356593" id="8356593">“72A. Tashkilotning hisobot davridan keyin kamida oʻn ikki oy davomida majburiyatni soʻndirishni kechiktirish huquqi mazmunan mavjud boʻlishi va 72B — 75-paragraflarda koʻrsatilganidek hisobot davri oxirida mavjud boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356594" id="8356594">72B. Tashkilotning qarz bitimi boʻyicha yuzaga kelgan majburiyatni hisobot davridan keyin kamida oʻn ikki oyga soʻndirishni kechiktirish huquqi mazkur qarz bitimida belgilangan shartlarga (bundan keyin — “kovenantlar”) rioya qilinishiga bogʻliq boʻlishi mumkin. 69 (g)-paragrafni qoʻllash maqsadida bunday kovenantlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356595" id="8356595">(a) 74-75-bandlarda koʻrsatilganidek, agar tashkilot kovenant talablariga hisobot davri oxirida yoki undan oldin rioya qilishi talab etilsa, bunday kovenant hisobot davri oxirida mazkur huquqning mavjudligiga taʼsir koʻrsatadi. Bunday kovenant, hatto unga rioya etilganligi faqat hisobot davridan keyin baholangan taqdirda ham, hisobot davri oxirida mazkur huquqning mavjudligiga taʼsir koʻrsatadi (masalan, tashkilotning hisobot davri oxiridagi moliyaviy holatiga asoslangan, ammo unga rioya etilganligi faqat hisobot davridan keyin baholanadigan kovenant);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356596" id="8356596">(b) agar tashkilot kovenant talablariga faqat hisobot davridan keyin rioya qilishi talab etilsa (masalan, hisobot davri tugaganidan keyin olti oy oʻtgach tashkilotning moliyaviy holatiga asoslangan kovenant), bunday kovenant hisobot davri oxirida mazkur huquqning mavjudligiga taʼsir koʻrsatmaydi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356597" id="8356597">7. 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356598" id="8356598">“73. Agar tashkilot mavjud kredit liniyasi doirasida majburiyatni hisobot davridan soʻng kamida oʻn ikki oy muddatga uzaytirishga hisobot davri oxirida huquqi mavjud boʻlsa, hatto ushbu majburiyat boshqa hollarda qisqaroq muddatda soʻndirilishi mumkin boʻlsa ham, u majburiyatni uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflaydi. Agar tashkilotda bunday huquq mavjud boʻlmasa, tashkilot majburiyatni qayta moliyalashtirish boʻyicha potensial imkoniyatini koʻrib chiqmaydi va majburiyatni joriy majburiyat sifatida tasniflaydi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356599" id="8356599">8. 74-banddagi “kelishuvning” va “shartsiz huquqqa” degan soʻzlar tegishli ravishda “bitimning” va “huquqqa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356600" id="8356600">9. 75A-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356601" id="8356601">“75A. Tashkilotning majburiyatni hisobot davridan keyin kamida oʻn ikki oy davomida soʻndirishni kechiktirish huquqidan foydalanishi ehtimolligi majburiyatning tasniflanishiga taʼsir koʻrsatmaydi. Agar majburiyat 69-bandga muvofiq uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflash mezonlariga javob bersa, u hatto rahbariyat tashkilot mazkur majburiyatni hisobot davridan keyingi oʻn ikki oy ichida soʻndirishni rejalashtirayotgan yoki kutayotgan boʻlsa ham, shuningdek tashkilot majburiyatni hisobot davri oxiri bilan moliyaviy hisobotlar eʼlon qilish uchun tasdiqlangan sana oraligʻida soʻndirgan boʻlsa ham, uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflanadi. Biroq, ushbu holatlarning har ikkisida ham tashkilot moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga majburiyatning tashkilot moliyaviy holatiga taʼsirini tushunish imkonini berish uchun majburiyatni soʻndirish muddatiga oid maʼlumotlarni oshkor qilishi talab etilishi mumkin (17 (v) va 76 (g)-bandlarga qarang).”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356602" id="8356602">10. 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356603" id="8356603">“76. Agarda quyidagi hodisalar hisobot davri oxiri va moliyaviy hisobotni eʼlon qilish uchun maʼqullash sanasi orasida sodir boʻlsa, ushbu hodisalar 10-son BHXS “Hisobot davridan keyingi hodisalar”ga muvofiq tuzatishni talab etmaydigan hodisalar sifatida yoritib beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356604" id="8356604">(a) joriy majburiyat deb tasniflangan majburiyatni uzoq muddat asosida qayta moliyalashtirish (72-bandga qarang);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356605" id="8356605">(b) joriy deb tasniflangan uzoq muddatli kredit bitimining buzilgan shartlarining tuzatilishi (74-bandga qarang);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356606" id="8356606">(v) joriy deb tasniflangan uzoq muddatli kredit bitimining buzilgan shartlarini tuzatish uchun kreditor tomonidan imtiyozli davrning taqdim etilishi (75-bandga qarang); va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356607" id="8356607">(g) uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflangan majburiyatning soʻndirilishi (75A-bandga qarang).”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356608" id="8356608">11. 76ShA — 76B-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356609" id="8356609">“76ShA. 69 — 75-bandlarni qoʻllashda, agar tashkilotning kredit bitimlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning soʻndirilishini kechiktirish huquqi tashkilotning hisobot davridan keyingi oʻn ikki oy davomida kovenantlarga rioya qilishiga bogʻliq boʻlsa, tashkilot ushbu majburiyatlarni uzoq muddatli majburiyatlar sifatida tasniflashi mumkin (72B-bandning “b” kichik bandiga qarang). Bunday holatlarda tashkilot moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga hisobot davridan keyingi oʻn ikki oy ichida mazkur majburiyatlarning soʻndirilishi talab qilinishi mumkin boʻlgan riskni tushunish imkonini beradigan maʼlumotlarni izohlarda yoritib berishi lozim, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356610" id="8356610">(a) kovenantlarga oid maʼlumotlar (jumladan, kovenantlarning xususiyati va tashkilot ularga qachon rioya qilishi talab etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), shuningdek tegishli majburiyatlarning balans qiymati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356611" id="8356611">(b) agar mavjud boʻlsa, tashkilot kovenantlarga rioya qilishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini koʻrsatuvchi faktlar va holatlar. Masalan, tashkilotning hisobot davri mobaynida yoki undan keyin kovenantning ehtimoliy buzilishining oldini olish yoki uning oqibatlarini yumshatish maqsadida choralar koʻrganligi. Bunday faktlar va holatlarga, shuningdek, agar kovenantlarga rioya etilishi hisobot davri oxiridagi tashkilot holatidan kelib chiqqan holda baholanganda, tashkilot ularga rioya qilmagan boʻlar edi, degan holat ham kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356612" id="8356612">Majburiyatni soʻndirish (69 (a), 69 (v) va 69 (g)-bandlar))</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356613" id="8356613">76A. Majburiyatni joriy yoki uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflash maqsadida, soʻndirish deganda majburiyatning soʻndirilishiga olib keladigan aktiv yoki huquqning kontragentga oʻtkazilishi tushuniladi. Bunday oʻtkazish quyidagi shakllarda boʻlishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356614" id="8356614">(a) pul mablagʻlari yoki boshqa iqtisodiy resurslar (masalan, tovarlar yoki xizmatlar); yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356615" id="8356615">(b) tashkilotning oʻz kapital instrumentlari, 76B-band qoʻllaniladigan holatlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356616" id="8356616">76B. Majburiyatning shartlari, kontragentning ixtiyoriga koʻra, tashkilotning oʻz xususiy kapital instrumentlari orqali toʻlanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa ham, agar tashkilot 32-son BHXS “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish”ni qoʻllab, ushbu variantni xususiy kapital instrumenti sifatida tasniflasa va uni majburiyatdan alohida qoʻshma moliyaviy instrumentning xususiy kapital tarkibiy qismi sifatida tan olsa, bu shartlar uning joriy yoki uzoq muddatli tasnifiga taʼsir koʻrsatmaydi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356617" id="8356617">12. 139G-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356618" id="8356618">13. 139U-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356619" id="8356619">“139U. 2020-yil yanvarda eʼlon qilingan “Majburiyatlarni joriy yoki uzoq muddatli sifatida tasniflash” 69, 73, 74 va 76-bandlarga oʻzgartirish kiritdi hamda72A, 75A, 76A va 76B-bandlarni qoʻshdi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni 2024-yil 1-yanvardan boshlab yoki undan keyingi hisobot davrlari uchun 8-son BHXSga muvofiq retrospektiv tarzda qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruxsat etiladi. Agar tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar” hujjati chiqarilgandan soʻng oldingi davr uchun qoʻllasa (139X-bandga qarang), u oʻsha davr uchun “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar”ni ham qoʻllashi lozim. Agar tashkilot “Majburiyatlarni joriy yoki uzoq muddatli sifatida tasniflash”ni oldingi davr uchun qoʻllasa, u bu haqda maʼlumot berishi lozim.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356620" id="8356620">14. 139X-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356621" id="8356621">“139X. 2022-yil oktabrda eʼlon qilingan “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar” 60, 71, 72A, 74 va 139U-bandlarga oʻzgartirish kiritdi hamda 72Bva 76ShA-bandlarni qoʻshdi. Tashkilot quyidagilarni qoʻllashi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356622" id="8356622">(a) “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar” eʼlon qilinishi bilanoq 139U-bandga oʻzgartirish kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356623" id="8356623">(b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab yoki undan keyingi hisobot davrlari uchun 8-son BHXSga muvofiq barcha boshqa oʻzgartirishlarni retrospektiv tarzda qoʻllash. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruxsat etiladi. Agar tashkilot bu oʻzgartirishlarni oldingi davr uchun qoʻllasa, u oʻsha davr uchun “Majburiyatlarni joriy yoki uzoq muddatli sifatida tasniflash” qoidalarini ham qoʻllashi lozim. Agar tashkilot “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar” qoidalarini oldingi davr uchun qoʻllasa, u bu haqda maʼlumot berishi lozim.”.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356624" id="8356624"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="8356625" id="8356625">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son <a href="/ru/acts/8350315">buyrugʻiga</a><br />2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="8356626" id="8356626"><b>7-son “Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish</b></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356627" id="8356627"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356628" id="8356628">1. 44D-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha hamda bandlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356629" id="8356629">“Taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356630" id="8356630">44Ye. Tashkilot oʻzining taʼminotchilarni moliyalashtirish bitimlari toʻgʻrisidagi (44Yo-bandda tavsiflangan) maʼlumotlarni oshkor qilishi lozim. Bu moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga mazkur bitimlarning tashkilotning majburiyatlari va pul oqimiga taʼsirini hamda tashkilotning likvidlilik riskiga taʼsirini baholash imkonini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356631" id="8356631">44Yo. Taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar bir yoki bir nechta moliyalashtiruvchi tomon tashkilotning taʼminotchilar oldidagi qarzdorlik summalarini toʻlashni taklif qilishi va tashkilot bitim shartlari va qoidalariga muvofiq taʼminotchilarga toʻlov amalga oshirilgan sanada yoki undan keyingi sanada toʻlashga rozilik berishi bilan tavsiflanadi. Bunday bitimlar tegishli hisob-faktura boʻyicha toʻlov muddatiga nisbatan tashkilot uchun uzaytirilgan toʻlov muddatlarini yoki tashkilotning taʼminotchilari uchun ertaroq toʻlov muddatlarini taʼminlaydi. Taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar koʻpincha taʼminot zanjirini moliyalashtirish, kreditorlik qarzlarini moliyalashtirish yoki teskari faktoring deb ataladi. Faqat tashkilot uchun kredit taʼminotini kuchaytirishga qaratilgan bitimlar (masalan, kafolat sifatida foydalaniladigan akkreditivlarni oʻz ichiga olgan moliyaviy kafolatlar) yoki tashkilot tomonidan taʼminotchi oldidagi qarzdorlik summalarini bevosita soʻndirish uchun foydalaniladigan vositalar (masalan, kredit kartalari) taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356632" id="8356632">44J. 44Ye-banddagi maqsadlarga erishish uchun tashkilot oʻzining taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlari boʻyicha jami holda quyidagi maʼlumotlarni oshkor qilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356633" id="8356633">(a) bitimlarning shartlari va qoidalari (masalan, uzaytirilgan toʻlov muddatlari hamda taqdim etilgan taʼminot yoki kafolatlar). Biroq, tashkilot shartlari va qoidalari bir-biridan farq qiladigan bitimlarning shartlari va qoidalarini alohida oshkor qilishi lozim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356634" id="8356634">(b) hisobot davrining boshida va oxirida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356635" id="8356635">(<span translate="no">i</span>) taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitim tarkibiga kiruvchi moliyaviy majburiyatlarning balans qiymatlari va tashkilotning moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotida taqdim etilgan tegishli moddalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356636" id="8356636">(<span translate="no">ii</span>) (<span translate="no">i</span>)-kichik bandga muvofiq oshkor qilingan moliyaviy majburiyatlarning balans qiymatlari va tegishli moddalari, ular boʻyicha taʼminotchilar moliyalashtiruvchi tomonlardan toʻlovni allaqachon olgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356637" id="8356637">(<span translate="no">iii</span>) (<span translate="no">i</span>)-kichik bandga muvofiq oshkor qilingan moliyaviy majburiyatlar hamda taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitim tarkibiga kirmaydigan taqqoslanadigan savdo kreditorlik qarzlari uchun toʻlov muddatlari oraligʻi (masalan, hisob-faktura sanasidan keyin 30 — 40 kun). Taqqoslanadigan savdo kreditorlik qarzlari, masalan, tashkilotning (i)-kichik bandga muvofiq oshkor qilingan moliyaviy majburiyatlari bilan bir xil faoliyat sohasi yoki yurisdiksiyaga tegishli savdo kreditorlik qarzlaridir. Agar toʻlov muddatlari oraligʻi keng boʻlsa, tashkilot ushbu oraliqlar boʻyicha tushuntiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilishi yoki qoʻshimcha oraliqlarni (masalan, tabaqalashtirilgan oraliqlarni) oshkor qilishi lozim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356638" id="8356638">(v) “b (<span translate="no">i)</span>” kichik bandga muvofiq oshkor qilingan moliyaviy majburiyatlarning balans qiymatlaridagi pulsiz oʻzgarishlarning turi va taʼsiri. Pulsiz oʻzgarishlarga misol sifatida biznes birlashuvlarining taʼsiri, valyuta kurslari farqlari yoki pul mablagʻlari yoki pul mablagʻlari ekvivalentlaridan foydalanishni talab etmaydigan boshqa operatsiyalar taʼsiri keltirilishi mumkin (43-bandga qarang).”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356639" id="8356639">2. “Kuchga kirish sanasi” sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="8356640" id="8356640">“Kuchga kirish sanasi va oʻtish qoidalari”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356641" id="8356641">3. 61-banddan keyin quyidagi mazmundagi 62 va 63-bandlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356642" id="8356642">“62. 2023-yil may oyida eʼlon qilingan “Taʼminotchini moliyalashtirish bitimlari”ga 44Ye — 44J-bandlari kiritildi. Tashkilotlar mazkur oʻzgartirishlarni 2024-yil 1-yanvardan yoki undan keyingi davrlarga nisbatan qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruxsat etiladi. Agar tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni oldinroq davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni yoritib berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356643" id="8356643">63. Taʼminotchining moliyaviy bitimlarini qoʻllashda tashkilot quyidagilarni oshkor qilishi shart emas:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356644" id="8356644">(a) tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni birinchi marta qoʻllaydigan yillik hisobot davri boshlanishidan oldin taqdim etilgan har qanday hisobot davrlari uchun qiyosiy maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356645" id="8356645">(b) tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni birinchi marta qoʻllaydigan yillik hisobot davrining boshida 44J-bandning “b (<span translate="no">ii</span>) — (<span translate="no">iii</span>)” kichik bandida talab qilingan boshqa maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356646" id="8356646">(v) tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni birinchi marta qoʻllaydigan yillik hisobot davrida taqdim etilgan har qanday oraliq davr uchun 44Ye — 44J-bandlarida talab qilingan boshqa maʼlumotlar.”.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356647" id="8356647"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="8356648" id="8356648">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son <a href="/ru/acts/8350315">buyrugʻiga</a><br />3-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="8356649" id="8356649"><b>12-son “Foyda soliqlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimchalar</b></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356650" id="8356650"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356651" id="8356651">1. 4-banddan keyin quyidagi mazmundagi 4A-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356652" id="8356652">“4A. Ushbu Standart Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) tomonidan chop etilgan Ikkinchi Ustun model qoidalarini amalga oshirish uchun qabul qilingan yoki amalda qabul qilingan soliq qonunchiligidan kelib chiqadigan daromad soliqlariga, shu jumladan ushbu qoidalarda tasvirlangan malakali milliy minimal qoʻshimcha soliqlarni amalga oshiradigan soliq qonunchiligiga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday soliq qonunchiligi va undan kelib chiqadigan daromad soliqlari bundan buyon “Ikkinchi Ustun qonunchiligi” va “Ikkinchi Ustun daromad soliqlari” deb yuritiladi. Ushbu Standart talablaridan istisno sifatida, tashkilot Ikkinchi Ustun daromad soliqlari bilan bogʻliq kechiktirilgan soliq aktivlari va majburiyatlari haqidagi maʼlumotlarni tan olmasligi va yoritib bermasligi lozim.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356653" id="8356653">2. 88-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha hamda bandlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356654" id="8356654">“ Xalqaro soliq islohoti — Ikkinchi ustun modeli qoidalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356655" id="8356655">88A. Tashkilot Ikkinchi Ustun daromad soliqlari bilan bogʻliq kechiktirilgan soliq aktivlari va majburiyatlari haqidagi maʼlumotlarni tan olish va yoritib berishdan istisno qilish qoidasini qoʻllaganligini yoritib berishi lozim (4A-bandga qarang).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356656" id="8356656">88B. Tashkilot Ikkinchi Ustun daromad soliqlari bilan bogʻliq joriy soliq xarajatini (daromadini) alohida yoritib berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356657" id="8356657">88V. Ikkinchi ustun qonunchiligi qabul qilingan yoki amalda qabul qilingan, biroq hali kuchga kirmagan davrlarda, tashkilot moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga mazkur qonunchilikdan kelib chiqadigan Ikkinchi ustun daromad soliqlariga nisbatan oʻz taʼsirlanishini tushuntirishga yordam beradigan maʼlum yoki asosli baholangan maʼlumotlarni yoritib berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356658" id="8356658">88G. 88V-bandda belgilangan maʼlumotlarni yoritib berish maqsadiga erishish uchun, tashkilot hisobot davrining oxirida Ikkinchi Ustun daromad soligʻiga nisbatan oʻz taʼsirlanish darajasi haqidagi sifat va miqdoriy maʼlumotlarni yoritib berishi lozim. Ushbu maʼlumotlar Ikkinchi Ustun qonunchiligining barcha aniq talablarini aks ettirishi shart emas va taxminiy koʻrsatkichlar oraligʻi shaklida taqdim etilishi mumkin. Agar maʼlumotlar nomaʼlum yoki asosli ravishda baholab boʻlmaydigan boʻlsa, tashkilot buning oʻrniga shu haqda bayonot berishi va oʻzining taʼsirlanish darajasini baholash boʻyicha olib borayotgan ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritib berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356659" id="8356659">88V — 88G-bandlarga oid misollar: 88V — 88G-bandlardagi maqsad va talablarga javob berish uchun tashkilot yoritib berishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga misollar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: sifat maʼlumotlari, masalan, Ikkinchi Ustun qonunchiligi tashkilotga qanday taʼsir qilishi va Ikkinchi Ustun daromad soliqlari mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan asosiy yurisdiksiyalar haqidagi maʼlumotlar; hamda miqdoriy maʼlumotlar, masalan: tashkilot foydasining Ikkinchi Ustun daromad soligʻiga tortilishi mumkin boʻlgan qismi va ushbu foydalarga nisbatan qoʻllaniladigan oʻrtacha samarali soliq stavkasi; agar Ikkinchi Ustun qonunchiligi amalda boʻlganida, tashkilotning oʻrtacha samarali soliq stavkasi qanday oʻzgarishini koʻrsatadigan maʼlumotlar.</div></div><div class="TABLE_STD2"><div name="8356717" id="8356717"><table class="MsoTableGrid" style="border-collapse:collapse; border:none" width="100%"><tbody><tr><td style="border-bottom:1px solid black; width:726px; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white; border-top:1px solid black; border-right:1px solid black; border-left:1px solid black" valign="top"><p style="text-align:justify; text-indent:35.55pt"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif">88V — 88G-bandlarga oid misollar</span></span></p></td></tr><tr><td style="border-bottom:1px solid black; width:726px; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white; border-top:none; border-right:1px solid black; border-left:1px solid black" valign="top"><p style="text-align:justify; text-indent:35.55pt"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif">88V — 88G-bandlardagi maqsad va talablarga javob berish uchun tashkilot yoritib berishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga misollar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</span></span></p></td></tr><tr><td style="border-bottom:1px solid black; width:726px; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white; border-top:none; border-right:1px solid black; border-left:1px solid black" valign="top"><p style="text-align:justify; text-indent:35.55pt"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif">(a) sifat maʼlumotlari, masalan, Ikkinchi Ustun qonunchiligi tashkilotga qanday taʼsir koʻrsatishi va Ikkinchi Ustun daromad soliqlari taʼsiri mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan asosiy yurisdiksiyalar haqidagi maʼlumotlar; va</span></span></p></td></tr><tr><td style="border-bottom:1px solid black; width:726px; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white; border-top:none; border-right:1px solid black; border-left:1px solid black" valign="top"><p style="text-align:justify; text-indent:35.55pt"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif">(b) miqdoriy maʼlumotlar, masalan:</span></span></p></td></tr><tr><td style="border-bottom:1px solid black; width:726px; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white; border-top:none; border-right:1px solid black; border-left:1px solid black" valign="top"><p style="text-align:justify; text-indent:71.1pt"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif">(<span translate="no">i</span>) tashkilot foydalarining Ikkinchi Ustun daromad soliqlari taʼsiriga tushishi mumkin boʻlgan qismining koʻrsatkichi va ushbu foydalarga nisbatan qoʻllaniladigan oʻrtacha samarali soliq stavkasi; yoki</span></span></p></td></tr><tr><td style="border-bottom:1px solid black; width:726px; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white; border-top:none; border-right:1px solid black; border-left:1px solid black" valign="top"><p style="text-align:justify; text-indent:71.1pt"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif">(<span translate="no">ii</span>) agar Ikkinchi Ustun qonunchiligi amalda boʻlganida, tashkilotning oʻrtacha samarali soliq stavkasi qanday oʻzgarishini koʻrsatadigan maʼlumot.</span></span></p></td></tr><tr><td style="border-bottom:none; width:726px; padding:0cm 4px 0cm 4px; background-color:white; border-top:none; border-right:none; border-left:none" valign="top"><p align="right" style="text-align:right"><span style="font-size:12pt"><span style="font-family:"Times New Roman",serif">”.</span></span></p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356661" id="8356661">3. 98K-banddan keyin quyidagi mazmundagi 98L-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356662" id="8356662">“98L. 2023-yil mayda eʼlon qilingan Xalqaro soliq islohoti — Ikkinchi Ustun modeli qoidalari tufayli 4A va 88A — 88G-bandlar kiritildi. Tashkilot quyidagilarni amalga oshirishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356663" id="8356663">(a) 4A va 88A bandlarni ushbu oʻzgartirishlar eʼlon qilinishi bilan darhol hamda 8-son BHXSga muvofiq retrospektiv ravishda qoʻllash; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356664" id="8356664">(b) 88B-88G bandlarni 2023-yil 1-yanvardan yoki undan keyingi yillik hisobot davrlari uchun qoʻllashi lozim. Tashkilot 2023-yil 31-dekabrgacha yoki undan oldin tugaydigan oraliq davrlar uchun mazkur bandlarda talab etilgan maʼlumotlarni yoritib berishi shart emas.”.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356665" id="8356665"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="8356666" id="8356666">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son <a href="/ru/acts/8350315">buyrugʻiga</a><br />4-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="8356667" id="8356667"><b>21-son “Valyuta kurslaridagi oʻzgarishlarning taʼsirlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimchalar</b></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356668" id="8356668"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356669" id="8356669">1. “Taʼriflarni batafsil aniqlashtirish” sarlavhasidan keyin quyidagi mazmundagi 8A-8B-bandlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356670" id="8356670">“8A-8B. [Ushbu bandlar kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356671" id="8356671">2. 19-banddan keyin quyidagi mazmundagi 19A-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356672" id="8356672">“19A. [Ushbu band kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356673" id="8356673">3. 57-banddan keyin quyidagi mazmundagi 57A-57B-bandlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356674" id="8356674">“57A — 57B. [Ushbu bandlar kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356675" id="8356675">4. 60Y-banddan keyin quyidagi mazmundagi 60K-60L-bandlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356676" id="8356676">“60K-60L. [Ushbu bandlar kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356677" id="8356677"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="8356678" id="8356678">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son <a href="/ru/acts/8350315">buyrugʻiga</a><br /> 5-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="8356679" id="8356679"><b>1-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qoʻllash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimcha</b></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356680" id="8356680"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356681" id="8356681">1. 39AJ-banddan keyin quyidagi mazmundagi 39AZ-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356682" id="8356682">“39AZ. [Ushbu band kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356683" id="8356683"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="8356684" id="8356684">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son <a href="/ru/acts/8350315">buyrugʻiga</a><br />6-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="8356685" id="8356685"><b>7-son “Moliyaviy instrumentlar: maʼlumotlarni yoritib berish” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish</b></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356686" id="8356686"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356687" id="8356687">1. 44ZZ-banddan keyin quyidagi mazmundagi <span translate="no">44II</span>-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356688" id="8356688">“<span translate="no">44II.</span> 2023-yil mayda chiqarilgan taʼminotchini moliyalashtirish boʻyicha bitimlar 7-son BHXSga oʻzgartirishlar kiritib, B11E-bandni ham oʻzgartirdi. Tashkilot 7-son BHXSga kiritilgan oʻzgartirishlarni qoʻllaganida ushbu tuzatishni ham qoʻllashi lozim.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356689" id="8356689">2. B11E-bandda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356690" id="8356690">“j” va “z” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356691" id="8356691">“(j) tashkilot unga moliyaviy majburiyatlarni pul mablagʻlari (yoki boshqa moliyaviy aktiv) bilan yoxud oʻz aksiyalarini berish bilan soʻndirishni tanlash imkoniyatini beradigan instrumentlarga egaligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356692" id="8356692">(z) sof asosda hisob-kitob qilinadigan asosiy shartnomalar doirasidagi instrumentlarga egaligi; yoki”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356693" id="8356693">quyidagi mazmundagi “i” kichik band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356694" id="8356694">“(i) tashkilot taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar doirasidagi (7-son MHXSning 44Yo-bandida tavsiflangan) moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalangan yoki ulardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan boʻlsa va ushbu mexanizmlar tashkilotga uzaytirilgan toʻlov muddatlarini yoki tashkilotning taʼminotchilariga ertaroq toʻlov muddatlarini taqdim etsa.”.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356695" id="8356695"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="8356696" id="8356696">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son <a href="/ru/acts/8350315">buyrugʻiga</a><br />7-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="8356697" id="8356697"><b>16-son “Ijara” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha</b></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="8356698" id="8356698"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356699" id="8356699">1. 102A-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356700" id="8356700">“102A. Boshlanish sanasidan soʻng sotuvchi-ijarachi qayta ijaradan yuzaga kelgan foydalanish huquqiga 29 — 35-bandlarni va qayta ijaradan kelib chiqqan ijara majburiyatiga 36 — 46-bandlarni qoʻllaydi. 36 — 46-bandlarni qoʻllashda, sotuvchi-ijarachi “ijara toʻlovlari” yoki “qayta koʻrib chiqilgan ijara toʻlovlari”ni shunday belgilashi lozimki, sotuvchi-ijarachi oʻzida saqlab qolgan foydalanish huquqiga tegishli foyda yoki zararning hech qanday miqdorini tan olmasligi kerak. Ushbu banddagi talablarning qoʻllanilishi sotuvchi-ijarachining 46(a)-bandga muvofiq ijara shartnomasining qisman yoki toʻliq bekor qilinishi bilan bogʻliq har qanday foyda yoki zararni foyda yoki zarar sifatida tan olishiga toʻsqinlik qilmaydi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356701" id="8356701">2. V1G-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356702" id="8356702">“V1G. 2022-yil sentabrda eʼlon qilingan “Sotish va qayta ijaraga olishda ijara majburiyati” V2-bandiga oʻzgartirish kiritdi hamda 102A va V20D-bandlarni qoʻshdi. Sotuvchi-ijarachi mazkur oʻzgartirishlarni 2024-yil 1-yanvarda yoki undan keyin boshlanadigan yillik hisobot davrlari uchun qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq qoʻllashga ruxsat etiladi. Agar sotuvchi-ijarachi ushbu oʻzgartirishlarni oldingi davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni oshkor qilishi lozim.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356703" id="8356703">3. V2-banddagi “V1 — V19-bandlaridagi” degan soʻzlar “V1 — V20D-bandlaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356704" id="8356704">4. V20G-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356705" id="8356705">“Sotish va qayta ijaraga olishda ijara majburiyati”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356706" id="8356706">5. V20D-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="8356707" id="8356707">“V20D. Sotuvchi-ijarachi “Sotish va qayta ijaraga olishda ijara majburiyati”ni (V1G-bandga qarang) dastlabki qoʻllash sanasidan keyin tuzilgan sotish va qayta ijaraga olish bitimlariga nisbatan 8-son BHXSga muvofiq retrospektiv tarzda qoʻllashi lozim.”.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="8356563" id="8356563">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026 y., 10/26/3400-2/0779-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
