Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moliyaviy hisobotning halqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertiza komissiyasini shakllantirish tartibi;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini ushbu hujjatlardan foydalananuvchilar va ilmiy jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, quyidagi tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilishini taʼminlasin:
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlari matnidan davlat tili va boshqa tillarda foydalanishga ruxsat olish maqsadida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi bilan shartnoma shartlarini koʻrib chiqish;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarining davlat tilidagi matnini mazkur hujjatlardan foydalanuvchilar, ilmiy jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilish;
mutaxassislar muhokamalari natijasida kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish va zarurat boʻlganda, davlat tiliga tarjima qilingan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlari matnini qayta koʻrib chiqish;
xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini qoʻllash amaliyoti boʻyicha tizimli ravishda seminar-treninglar oʻtkazish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-avgust,
507-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 507-son qaroriga
ILOVA
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi (keyingi oʻrinlarda — MHXS fondi) tomonidan qabul qilingan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar (keyingi oʻrinlarda — MHXS hujjatlari) matniga MHXS fondi tomonidan qabul qilingan quyidagi hujjatlar kiradi:
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga tushuntirishlar;
MHXS hujjatlari matniga kiritiladigan oʻzgartirishlar;
MHXS hujjatlari matnining ajralmas qismi sifatida MHXS fondi tomonidan belgilangan boshqa hujjatlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun MHXS hujjatlarini tan olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan MHXS fondi bilan MHXS hujjatlaridan foydalanish huquqini olish uchun shartnoma tuzish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
Oldingi tahrirga qarang.
MHXS hujjatlarini MHXS fondidan rasmiy ravishda qabul qilish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun MHXS hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish;
Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun MHXS hujjatlarini tan olish toʻgʻrisidagi buyrugʻini qabul qilish;
Moliya vazirligining MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasida tan olish toʻgʻrisidagi buyrugʻini belgilangan tartibda Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligining MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olish toʻgʻrisidagi buyrugʻini hamda MHXS hujjatlari matnini “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilish;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Moliya vazirligining veb-saytida MHXS hujjatlarining davlat va boshqa tillardagi matnini eʼlon qilish;
davlat tilidagi MHXS hujjatlari matnining doimiy ravishda yangilanib borilishini taʼminlash.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun MHXS hujjatlarining davlat tilidagi matni tan olinishi lozim.
Moliya vazirligi MHXS hujjatlarining davlat tilidagi tarjimasini MHXS fondidan olinishini taʼminlaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun MHXS hujjatlarini tan olish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun MHXS hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish
6. MHXS hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Moliya vazirligi tomonidan ekspertiza komissiyasi tuziladi.
Ekspertiza komissiyasining tarkibi va ish reglamenti Moliya vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ekspertiza komissiyasining tarkibi buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, MHXS hujjatlaridan foydalanuvchilar, xalqaro ekspertlar, ilmiy jamoatchilik vakillaridan iborat boʻlib, kamida yetti nafarni tashkil etadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash mumkinligini tasdiqlash maqsadida ekspertiza komissiyasi har bir MHXS hujjatlarini har tomonlama koʻrib chiqishni taʼminlashi lozim.
8. MHXS hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Moliya vazirligi tomonidan ekspertiza komissiyasiga barcha zarur hujjatlar taqdim etiladi.
9. Ekspertiza natijalari ekspertiza komissiyasining xulosasi shaklida rasmiylashtiriladi va unda quyidagi yakuniy fikrlardan biri aks ettiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida MHXS hujjatlarini toʻliq qoʻllash mumkinligini tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida MHXS hujjatlarining ayrim qoidalarini chiqarib tashlagan holda qoʻllash mumkinligini tasdiqlash va bunda ushbu hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanishi mumkin boʻlmagan qoidalarini koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida MHXS hujjatlarini toʻliq qoʻllash mumkin emasligini tasdiqlash.
10. Ushbu Nizomning 9-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi holatlarda, ekspertiza komissiyasining xulosasida MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash mumkin emasligi tasdiqlanishi yoki alohida MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllashni tasdiqlashga olib kelishi mumkin boʻlmagan shartlar va sharoitlar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
11. Ekspertiza komissiyasining faoliyati va ekspertiza natijalari Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali jamoatchilikka taqdim etib boriladi.
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududida MHXS hujjatlarini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida MHXS hujjatlarini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror Moliya vazirligi tomonidan ekspertiza komissiyasining xulosasi asosida qabul qilinadi.
13. Moliya vazirligining MHXS hujjatlarini amalga kiritish boʻyicha qarori quyidagilardan biri toʻgʻrisida boʻlishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida MHXS hujjatini toʻliq amalga kiritish toʻgʻrisida;
ushbu Nizomning 9-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan MHXS hujjatlarining ayrim qoidalarini chiqarib tashlagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga kiritish toʻgʻrisida;
ushbu Nizomning 9-bandi toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan alohida MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash mumkin emasligi toʻgʻrisida.
14. Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi hududida MHXS hujjatlarini amalga kiritish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qarori ekspertiza komissiyasining xulosasi kelib tushgandan soʻng eʼtirozlar boʻlmaganda qabul qilinadi.
Ekspertiza xulosasi boʻyicha eʼtirozlar boʻlsa, Moliya vazirligi uni ekspertiza komissiyasiga qayta koʻrib chiqish uchun yuboradi. Qayta koʻrib chiqish natijalari ekspertiza komissiyasining xulosasi shaklida rasmiylashtiriladi va shunga asosan Moliya vazirligining buyrugʻi qabul qilinadi.
MHXS fondidan MHXS hujjatlarini toʻliq yoki uning alohida qoidalarining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi tegishli hujjat kelib tushganda, MHXS hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmagan holda ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
15. MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur buyruq belgilangan tartibda Adliya vazirligida davlat roʻyxatdan oʻtkaziladi, bunda davlat tiliga tarjima qilingan MHXS hujjatining matni Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish predmeti hisoblanmaydi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Moliya vazirligining MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olish toʻgʻrisidagi buyrugʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olingan MHXS hujjatlari matni ushbu Nizomning 3-bandi yettinchi xatboshida belgilangan tartibda rasmiy eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
Bunda MHXS hujjatlarining oʻzida boshqacha muddat belgilangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olingan MHXS hujjatlari matni hujjatning oʻzida belgilangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar MHXS hujjatining kuchga kirish sanasi ushbu Nizomning 3-bandi yettinchi xatboshida belgilangan tartibda rasmiy eʼlon qilingan sanadan keyin boʻlsa va MHXS fondi tomonidan ushbu MHXS hujjatini uning kuchga kirish sanasigacha ixtiyoriy qoʻllash ruxsat etilgan boʻlsa, tashkilotlar ushbu MHXS hujjatini rasmiy eʼlon qilingan sanadan kuchga kirgunga qadar ixtiyoriy qoʻllashi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olingan MHXS hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilishini tugatish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur buyruq belgilangan tartibda Adliya vazirligida davlat roʻyxatdan oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olingan MHXS hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilishini tugatish ushbu Nizomning 3-band yettinchi xatboshida belgilangan tartibda rasmiy eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Agar MHXS hujjatlarining davlat tilidagi matni bilan ushbu hujjatlarning ingliz tilidagi matni oʻrtasida farq aniqlansa, manfaatdor shaxslar davlat tilidagi matnga aniqlik kiritish uchun Moliya vazirligiga murojaat qilishi mumkin. Moliya vazirligi MHXS hujjatlarini ularning davlat tilidagi matni bilan ushbu hujjatlarning ingliz tilidagi matni oʻrtasidagi muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazish uchun ekspertiza komissiyasiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza komissiyasi ushbu farq tasdiqlangandan soʻng belgilangan tartibda MHXS hujjatlarining davlat tilidagi matniga tegishli tushuntirish berish uchun Moliya vazirligiga xulosa yuboradi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
19. MHXS hujjatlari rasmiy eʼlon qilingandan soʻng Moliya vazirligi veb-saytida joylashtiriladi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibining
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Moliya vazirligi

MHXS hujjatlarini MHXS fondidan rasmiy ravishda qabul qilish.

Belgilangan muddatlarda


2-bosqich

Moliya vazirligi

MHXS fondidan olingan MHXS hujjatlarining davlat tilidagi matnini ekspertiza komissiyasiga taqdim etish.

Hujjatlar olingandan soʻng

10 kun muddatda


3-bosqich

Ekspertiza komissiyasi

(tarkibi Moliya vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi)

Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash mumkinligini tasdiqlash maqsadida MHXS hujjatlarini har tomonlama koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha ekspertiza xulosasini taqdim etish.

Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng bir kalendar

oy muddatda


4-bosqich

Moliya vazirligi

Ekspertiza komissiyasining xulosasi asosida MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga kiritish yoki tugatish toʻgʻrisida Moliya vazirligining buyrugʻini qabul qilish va Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish.

Ekspertiza komissiyasi xulosasi taqdim etilgandan soʻng bir hafta muddatda


5-bosqich

Adliya vazirligi

1. Moliya vazirligining MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga kiritish yoki tugatish toʻgʻrisidabuyrugʻini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Moliya vazirligining MHXS hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olish toʻgʻrisidagi buyrugʻini hamda MHXS hujjatlari matnini “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari toʻplami” va Oʻzbekiston Respublikasi qonunsilik hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilish.

Moliya vazirligining buyrugʻi taqdim etilgandan soʻng oʻttiz kun muddatda


6-bosqich

Moliya vazirligi

MHXS hujjatlari rasmiyeʼlon qilingandan soʻng veb-saytda joylashtirish.

Davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng

uch kun muddatda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/507/1211-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)